"HIBAT UL-HAQOYIQ"DA TAZOD SAN'ATINING O'RNI
Abstract
Ushbu maqolada Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida tazod san’atining qo‘llanilishi, uning didaktik mazmunni kuchaytirishdagi badiiy vazifalari tahlil qilinadi. Baytlardagi “ko‘ni-yolg‘on”, “bilim-bilimsizlik”, “baholik-bahosiz” kabi zid tushunchalar shoirning fikrni ta’sirchan yetkazishida muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada tazodning mazmun va shakl jihatidan ko‘p xilligi, misralarda uyg‘unlik va ohangdorlik yaratishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan.
Full text
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 55 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17867986 "HIBAT UL-HAQOYIQ"DA TAZOD SAN’ATINING O‘RNI Alisherova Nurchehraxon Zarifjon qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo‘nalishi 1-kurs magistr talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida tazod san’atining qo‘llanilishi, uning didaktik mazmunni kuchaytirishdagi badiiy vazifalari tahlil qilinadi. Baytlardagi “ko‘ni-yolg‘on”, “bilim-bilimsizlik”, “baholik-bahosiz” kabi zid tushunchalar shoirning fikrni ta’sirchan yetkazishida muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada tazodning mazmun va shakl jihatidan ko‘p xilligi, misralarda uyg‘unlik va ohangdorlik yaratishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: Tazod, “Hibat ul-haqoyiq”, Ahmad Yugnaki, zidlanish, didaktik uslub, badiiy san’at, mazmun, bayt tahlili. АННОТАЦИЯ В данной статье рассматривается использование приёма аниттезы (тазод) в произведении Ахмада Югнаки «Хибат ал-хакаик». Подробно анализируется, как противопоставления — «истина–ложь», «знание– невежество», «ценный–бессценный» — усиливают дидактическую направленность произведения и придают выражению мысли поэта особую выразительность. В статье раскрывается семантическое и структурное разнообразие аниттезы и её роль в создании гармонии и ритмичности строк.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 56 Ключевые слова: Антитеза, «Хибат ал-хакаик», Ахмад Югнаки, противопоставление, дидактика, художественный приём, анализ бейтoв. ANNOTATION This article analyzes the use of antithesis (tazod) in Ahmad Yugnaki’s “Hibat alHaqāyiq”, emphasizing its role as an artistic device that strengthens the didactic message of the work. Binary oppositions such as “truth–falsehood,” “knowledge– ignorance,” and “value–worthlessness” serve as expressive tools that sharpen the poet’s intended meaning. The study highlights the structural and semantic diversity of antithesis and its contribution to harmony and expressiveness within the poetic lines. Keywords: Antithesis, Hibat al-Haqayiq, Ahmad Yugnaki, opposition, didactic style, poetic device, content, verse analysis. Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq" asari didaktik ruhda bo‘lib, xalqimizning boy va qadirli meroslaridan biridir. Asarda tazod san’atining keng qo‘llanganligi e’tiborli jihat sanaladi. Negaki,asarda boshqa san’atlar ,chunonchi, istiora, o‘xshatish, hikmat, ba’zi o‘rinlarda, tajohuli orif kabilar qo‘llanilgan bo‘lsa-da eng samarali badiiy tasvir vositasi tazoddir. Tazod-baytda bir-biriga zid tushunchalar tashuvchi so‘zlarni qo‘llab, ta’sirchan obraz va lavhalar yaratish san’ati. Tazodda bir-biriga qarama - qarshi narsa va tushunchalar to‘qnashtiriladi, ayni chog‘da, ularning zamini asosi zid tushunchalarni mujassamlashtirgan obyekt birligi va shu obyektni ta’sirli qilib ochish va unga nisbatan kitobxonda faol munosabatdan iborat. Demak, tazod misralar ta’sirchanligini oshirib, shoir ifodalamoqchi bo‘lgan fikrni yanada aniqroq yetkazib beradi. Turkiy adbiyotning sarchashmasi bo‘lgan bu asarda qo‘llangan san’atlar, xususan, ko‘p uchraydigani tazod qiziqarli jihatdir. "Hibat ul-haqoyiq"da ulug‘ shoir ana shu tazod orqali o‘z fikr va mushohadalarini ta’sirchan chiqishini ta’minlab beradi. Chunonchi,
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 57 Baholik dinar ul biliklik kishi, Bu johil biliksiz bahosiz bishi. Biliklik biliksiz qachon teng bo‘lur, Biliklik tishi - er, johil er - tishi. Avvalo, bayt mazmuniga e’tibor qaratamiz. Ya’ni "U bilimli kishi baholi dinor, bu johil bilimsiz bahosiz narsadir. Bilimli bilimsiz qachon teng bo‘lardi, bilimli ayol - er kishi, bilimsiz er kishi-ayol". Endi esa, to‘rtlikdagi tazodlar- "dinor-bishi", "bikiklibiliksiz", "baholik-bahosiz", "bilikli tishi-johil er" juftliklaridir. Biliklik biringa biliksiz mingin, Tengakli tengadi bilikning tengin. Ya’niki, "Bilimlining biri bilimsizning mingiga teng, ilmning qadriga ilimli yetadi". Bu baytda "bir" va "ming" so‘zlari tazodni hosil qilgan. Bu so‘zlarni kontekstdan ayrganimizda bir-biriga zidlanmaydi, aksincha, unda ma’no yaqinligi bor, ya’ni ikkisi ham son. Lekin mazmun nuqta’i nazaridan tazod yuzaga kelmoqda. Quyidagi baytlarda Yugnakiy yanada orginal tazod yarata olgan. Ko‘ni so‘z asaltek bu yolg‘on basal, Basal yeb achitma ag‘iz, ye asal. Ya yalg‘an so‘z igtek ko‘ni so‘z shifa, Bu bir so‘z o‘zag‘i urulmish masal. Bayt ma’nosi quyidagicha: "To‘g‘ri so‘z asal kabidir, yolg‘on sarimsoqpiyozdir, sarimsoq piyoz yeb, og‘zingni achitma, asal ye. Yolg‘on so‘z kasallikdek, to‘g‘ri so‘z - shifo, bu haqida maqol ham to‘qilgan". Demak, "asal-basal", "ig-shifa" lisonlari tazodni yuzaga keltirgan. Keyingisi: Bu kun bar, yarin yo‘q bu dunya nangi, Maning demishing nang adinlar o‘ngi. Qamug‘ to‘lg‘an eslur ,tugal eskilur, Qamug‘ abadinning xarobo‘l so‘nggi.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 58 To‘rtlikni tabdili shunday: "Bu dunyo boyligi bugun bor bo‘lsa, ertaga yo‘q bo‘ladi,meniki deyayotganlaring birovlarga qoladi.Barcha to‘lgan narsalar ozayadi, yemiriladi, barcha obod yerlar so‘ngida xarob bo‘ladi". Qarama - qarshi so‘zlar-"bu kun-yarin", "bar-yo‘q", "abadonxarob". Suchuk tatting ersa achiqqa anun, Birin kelsa rohat, kelur ranj o‘nun. Aya ranj qatig‘so‘z so‘rur umguchi Bu achun qachon ul umunchqa o‘run. Ya’niki, "Achchiq totsang, shiringa yo‘y, bir marta rohat kelsa, orqasidan o‘n marotaba ranj keladi. Ey mehnat va qiyinchiliksiz rohat istovchilar, bu dunyo orzulariga o‘rin yo‘q". She’rda "birin-o‘nun", "rohat-ranj", tazodni yuzaga keltirgan. Baytlarda bir-biriga qarama-qarshi tushunchalarni qiyoslash natijasida mazmun yaxlitligi yuzaga kelgan. Axi erni o‘ggil o‘gar ersa sen, Baxilg‘a qatig‘ ya o‘qun kizlagil. "Maqtasang, saxiy kishini maqta, baxil kishiga qattiq yoy o‘qini saqlab qo‘ygin". Misralarda zidlangan so‘zlar- "axi" va "baxil". Birinchi misrada axiga, ikkinchisida baxilga nisbat berilgan. Zidlash orqali saxiy va baxlga qilinadigan munasabat aks etadi. Jafa qildachingg‘a yanut qil vafa, Arimas necha yuvsa, qon birla qan. "Senga jafo qilguvchiga vafo bilan javob qaytar, qon bilan qon yuvilsa hech arimas". "Vafo-jafo" - tazodni ifodalagan. Baytda qarshilantirish orqali yuzaga kelgan fikrni hikmat bilan asoslaydi. Ulug‘luqqa tegsang yengilma o‘zung, Qali kiysang atlas unutma bo‘zung. Ulug‘ bo‘ldug‘ungcha tuzunrak bo‘lub, Uluqqa kichikka siliq tut so‘zung.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 59 "Ulug‘likka yetishsang, unga o‘zing yengilma,agar atlas kiysang, bo‘zingni unutma. Ulug‘liginga yarasha tuzukroq bo‘lib, ulug‘ga kichikka so‘zingni silliq tut". Demak, bu baytlarda tazod- "atlas" va "bo‘z. Kitobxon kichik bir qiyos natijasida hikmat va xulosaga ega bo‘ladi. Baytdagi tazodga e’tibor bersak deyarli hammasi bir - biriga zidalangan va shu sabab ta’sirchan ifoda hosil bo‘lgan. Misralardagi so‘zlar o‘zaro zidligi uchun, ifoda yorqin. Bu yerda undoshlar takrori ham go‘zal ohangdorlikka hissa qo‘shgan. Yana bir misolimizda "asal-basal", "ig-shifa" zidlanishlarini belgilagan edik. Bunda ham shoir zidlash orqali kitobxonda ijobiy taassurot uyg‘otadi. Ya’ni baytlardagi tazod misralarning o‘zaro ma’nodoshligini yuzaga keltirgan. Umuman olganda, butun bir koinot zidliklarga asoslangan. Jaloliddin Rumiyning yozishicha: " har qanday "ashyo" ning qimmati ziddi bilan ayon bo‘ladi, ziddi bo‘lmagan narsani ta’rif etish imkoniyatdan tashqaridadir". Tazod san’at ayniqsa didaktik adbiyotda keng qo‘llanadi. Xususan xalq og‘zaki ijodida ham.Masalan, "Birni ko‘rib fikr qil, mingni ko‘rib shukur qil" kabi. Demak, maqol mazmuniga ko‘ra, umuman ham, zidlash orqali fikr ravshan aks etadi. Ertakalada ham xuddi shunday xususiyatlarni kuzatamiz,ya’ni yaxshi va yomonni solishtirib , qarshilash natijasida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Ahmad Yugnakiy esa buni go‘zal mahorat ila isbotladi. O‘quvchiga yetkazmoqchi bo‘lgan qarashlarini mukammal darajada ulasha oldi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. "Adabiyiyotshunoslik atamakarining izohli so‘zligi" T.Salaev, G.Qurbonniyozov. 2. G‘aniyeva, S. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. – Toshkent: Universitet, 2000. 3. Qodirov, N. O‘zbek adabiyotida badiiy san’atlar. – Toshkent: Fan, 1991. 4. To‘xliyev, B. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1993.