scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK VA FRANSUZ TILLARIDA TOPISHMOQLARNING ETIK VA TARBIYAVIY FUNKSIYALARI: TILSHUNOSLIK TALQINI

Fazliyeva, Nurgul Mirali qizi

Abstract

Ushbu maqolada topishmoqlarni til, madaniyat va tafakkur kesishgan nuqtada tahlil qilib, ularni jamiyatning axloqiy qadriyatlarini saqlovchi muhim ma’naviy birlik sifatida izohlaydi. O‘zbek va fransuz topishmoqlaridagi tarbiyaviy mazmunning farqlanishi ikki xalq dunyoqarashidagi kollektivistik va individualistik tamoyillar bilan asoslanib, lingvokulturologik tafovutlarni ravshan ko‘rsatadi. Tadqiqotda metafora, ko‘pma’nolilik, til o‘yinlari kabi badiiy vositalarning bolalarda abstrakt va mantiqiy fikrlashni shakllantirishdagi roli ilmiy dalillar bilan yoritiladi. Muallif topishmoqlarning kognitiv-evristik funksiyasi orqali avlodlar tajribasini ixcham va esda qoluvchi shaklda kodlashga xizmat qilishini ta’kidlab, bu jihatning har ikki madaniyatga xos universalligini ko‘rsatadi.

Full text

ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 111 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17871385 O‘ZBEK VA FRANSUZ TILLARIDA TOPISHMOQLARNING ETIK VA TARBIYAVIY FUNKSIYALARI: TILSHUNOSLIK TALQINI Fazliyeva Nurgul Mirali qizi Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti 6-2Uzb 25 guruh 1-kurs talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada topishmoqlarni til, madaniyat va tafakkur kesishgan nuqtada tahlil qilib, ularni jamiyatning axloqiy qadriyatlarini saqlovchi muhim ma’naviy birlik sifatida izohlaydi. O‘zbek va fransuz topishmoqlaridagi tarbiyaviy mazmunning farqlanishi ikki xalq dunyoqarashidagi kollektivistik va individualistik tamoyillar bilan asoslanib, lingvokulturologik tafovutlarni ravshan ko‘rsatadi. Tadqiqotda metafora, ko‘pma’nolilik, til o‘yinlari kabi badiiy vositalarning bolalarda abstrakt va mantiqiy fikrlashni shakllantirishdagi roli ilmiy dalillar bilan yoritiladi. Muallif topishmoqlarning kognitiv-evristik funksiyasi orqali avlodlar tajribasini ixcham va esda qoluvchi shaklda kodlashga xizmat qilishini ta’kidlab, bu jihatning har ikki madaniyatga xos universalligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: topishmoq, devinette, lingvomadaniyat, axloqiy qadriyat, kognitivevristik funksiya, metafora, o‘zbek folklori, fransuz folklori, qiyosiy tahlil. ABSTRACT This article analyzes riddles at the intersection of language, culture and thought, interpreting them as an important spiritual unit that preserves the moral values of society. The difference in the educational content of Uzbek and French riddles is based on the collectivist and individualist principles of the worldview of the two peoples, ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 112 clearly demonstrating linguocultural differences. The study highlights the role of such artistic means as metaphor, polysemy, and language games in the formation of abstract and logical thinking in children with scientific evidence. The author emphasizes that through the cognitive-heuristic function of riddles, they serve to encode the experience of generations in a concise and memorable form, and shows the universality of this aspect inherent in both cultures. Keywords: riddle, devinette, linguoculture, moral value, cognitive-heuristic function, metaphor, Uzbek folklore, French folklore, comparative analysis. Kirish Og‘zaki adabiyotni xalq ko‘ngilxushligining mevasigina deb o‘ylash xato. U xalqning aqli va vijdonidir. U xalqning sobit ma’naviy qiyofasi va tarixiy xotirotidir. Biz ham ushbu ilmiy tadqiqot ishimizda xalq og‘zaki ijodining eng qiziqarli hamda boy janrlaridan biri bo‘lgan topishmoqlar ustida ishlashga, ularni ilmiy asoslarda tadqiq qilishga bel bog‘ladik. 1 O‘zbek va fransuz topishmoqlari xalq og‘zaki ijodining qisqa, obrazli shakli sifatida axloqiy qadriyatlar va tarbiyaviy me’yorlarni siqilgan holda ifodalovchi lingvomadaniy birlik hisoblanadi, ya’ni o‘zbek va fransuz xalqlariga mansub topishmoqlar og‘zaki ijodning ixcham va obrazlarga boy turi bo‘lib, ular jamiyatning ma’naviy-axloqiy qarashlari hamda tarbiyaviy tamoyillarini qisqa, lekin mazmunan chuqur shaklda ifodalovchi lingvomadaniy fenomen sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, topishmoqlar xalqlararo madaniy tajribaning uzviy qismi sifatida ularning til, tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorini aks ettiradi, hamda og‘zaki ijod namunalarining kommunikativ, didaktik va estetik funksiyalarini birlashtiruvchi noyob vosita hisoblanadi. Ularning tarkibiy va stilistik xususiyatlari esa xalqning qadriyat tizimi, dunyoqarashi va axloqiy qadriyatlarini qisqa, lekin aniq va obrazli ifoda qilish imkonini yaratadi. Shu nuqtai nazardan, topishmoqlar nafaqat folklor tadqiqotlari uchun qimmatli manba, balki lingvistik, madaniy va sotsiokultural tadqiqotlar uchun 1 Yangi o’zbekiston talabalari axborotnomasi. Xalq og’zaki ijodida topishmoqlar. Mirzayeva Dilshoda Ikromjonovna. Xoshimova Mashxura Shuxratjon qizi. Toshkent-2023. – B.91. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 113 ham mustahkam ilmiy maydon yaratadi. Fransiyaning eng mashhur folklorshunos va etnograf olimi Paul Sébillot XIX asr oxiri va XX asr boshida ijod qilgan va fransuz xalq og‘zaki ijodining turli janrlarini, jumladan topishmoqlarini to‘plagan va tadqiq qilgan. 1904-1906-yillar davomida yozilgan "Le Folklore de France" asarida Sébillot fransuz xalq topishmoqlari, maqollari, afsonalari va boshqa xalq og‘zaki ijodi haqida batafsil ma’lumot bergan. U xalq topishmoqlarining madaniy va ijtimoiy ahamiyatini tahlil qilib, ularni turli mintaqalar va davrlar bo‘yicha to‘plagan. 1 Asosiy qism Topishmoqlar va ularning o‘zbek tilidagi shakllari. O‘zbek topishmoqlari tilshunoslik nuqtayi nazaridan metafora, metonimiya va analogiyaga asoslangan murakkab semantik konstruktsiyalarni tashkil etadi, ya’ni Metafora, metonimiya va analogiya - predmet yoki hodisalar o‘rtasidagi munosabatlarni badiiy yoki mantiqiy yo‘l bilan ifodalovchi ma’no ko‘chishi usullaridir. Metaforada ma’no o‘xshashlik asosida, metonimiyada esa yaqinlik yoki bog‘liqlik asosida ko‘chadi, analogiyada esa ikki narsa o‘rtasidagi umumiy belgi yoki funksiyaga tayangan qiyoslash amalga oshiriladi. Topishmoqlarning ko‘rinishlari turlichadir, masalan, topmacha, jumboq, matal va mumtoz adabiyotda qo‘llanadigan turlaridan biri – chistondir. Bu janr haqida adabiyotshunos olima I.Adizovaning “Uvaysiy ijodida chiston janri” nomli maqolasi mavjud. Olima chiston janrining o‘zbekcha ilk namunasi Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asarida uchrashini qayd etadi. 2 Misol uchun metafora usulida: ”Oq ko‘lmak ustida qora qushlar raqsga tushadi.U nima?” (Irodabonu Avvalboyeva.Bolalar uchun topishmoqlar.”Yurist-media markazi” nashriyoti.Toshkent-2018.) 3 1 “Modern science and research”.Volume 2 / Issue 11 / Uif:8.2 / Modernscience.UZ. O'zbekiston Milliy universiteti, Alfraganus universiteti qoshidagi Biofizika va biokimyo institute. Toshkent davlat stomatologiya instituti. Mirzayeva Y.T, Usmanov P.B, Ahmadaliyev N.N. Toshkent-2023. – B.375. 2 Zamonaviy ilm-fan va ta’lim istiqbollari ilmiy-amaliy konferensiyasi. O’zbek topishmoqlari badiiyati va ginezi. Hamroyeva Umida Haydar qizi. Fevral-2025. – B.889. 3 Irodabonu Avvalboyeva.Bolalar uchun topishmoqlar.”Yurist-media markazi” nashriyoti.Toshkent-2018. – B.14. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 114 Javobi: Qog‘oz va qalam. Izoh: ”Oq ko‘lmak “ - qog‘oz,”qora qushlar” – qalamning yozayotgan chiziqlari obrazli metafora asosida berilgan. Metonimiya usulida: ”Uyga mehmon kelsa, birinchi bo‘lib taxtaga qo‘l cho‘zadi.U nima?” Javobi: Eshik tutqichi. (Irodabonu Avvalboyeva.Bolalar uchun topishmoqlar.”Yurist-media markazi” nashriyoti.Toshkent-2018.) Izoh:Bu yerda “taxta “ – eshikning o‘zi, “qo‘l cho‘zish” esa tutqich orqali eshik ochilishi metonimik yaqinlik asosida tasvirlangan. Analogiya usulida: “Daraxt meva beradi, u esa bilim beradi.U nima?” (Irodabonu Avvalboyeva.Bolalar uchun topishmoqlar.”Yurist-media markazi” nashriyoti.Toshkent-2018.) Javobi: Kitob. Izoh:Bu yerda daraxt va kitob orasida analogiya ishlatilgan: daraxt meva berishi bilan insonni oziqlantirsa, kitob ham bilim berib tafakkurni “oziqlantiradi”. • Topishmoqlarning fransuz tilidagi shakllari. Fransuz topishmoqlari (fransuzcha “devinettes”) – bu til, madaniyat va mantiqning rivojlantirish vositasidir. Fransuz tadqiqotchilari xalq og‘zaki ijodi, xususan topishmoqlarni o‘rganishda, metafora va istioraning rolini chuqur tahlil qilgan. Ularning izlanishlari xalq madaniyati va mifologiya elementlarini, shuningdek tilning badiiy ifoda vositalaridagi ahamiyatini aniqlashga qaratilgan. Shu orqali ular ramzlar va badiiy obrazlarning madaniyat va til kontekstidagi o‘rnini o‘rganishga intilgan. Masalan 1908-2009 yillarda yashab ijod qilgan fransuz antropologi va strukturalisti Claude Lévi-Strauss xalq madaniyati, jumladan xalq og‘zaki ijodidagi ramzlar, metafora va istioralarni o‘rganishga katta e’tibor qaratgan. U topishmoqlardagi badiiy ifodalarni inson tafakkuri va madaniy o‘zgarishlar bilan bog‘lagan. 1 Fransuz topishmoqlari lingvistik va kognitiv jihatdan yuqori darajada 1 “Modern science and research”.Volume 2 / Issue 11 / Uif:8.2 / Modernscience.UZ. O'zbekiston Milliy universiteti, Alfraganus universiteti qoshidagi Biofizika va biokimyo institute. Toshkent davlat stomatologiya instituti. Mirzayeva Y.T, Usmanov P.B, Ahmadaliyev N.N. Toshkent-2023. – B.375. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 115 murakkab ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida qaralishi mumkin, chunki ular tilning semantik va sintaktik qatlamlarini chuqur tahlil qilishni talab qiladi, shu bilan birga insonning mantiqiy, lateral va kreativ fikrlash qobiliyatlarini uyg‘otadi. Ular so‘z o‘yinlari, omonimlar, metaforalar va idiomatik ifodalar orqali mantiqiy deduksiya va kontekstual idrokni rivojlantiradi, shuningdek, madaniy va tarixiy kodlarni o‘zida aks ettirib, kollektiv bilish va ijtimoiy tajribaning uzviy qismi sifatida xizmat qiladi. Shu jihatdan, fransuz topishmoqlari nafaqat o‘yin va ko‘ngilochar vosita, balki til, tafakkur va madaniyatning kesishgan nuqtasida joylashgan kompleks kognitiv-madaniy struktura sifatida talqin qilinadi. O‘zbek tilida bo‘lgani singari fransuz topishmog‘ida metafora quyidagicha namoyon bo‘ladi: Par exemple: “Je suis une mer sans eau, où voyagent des navires sans voile. Qui suis-je ? “ (Men suv yo‘q dengizman, unda yelkanlarsiz kemalar suzadi. Kimman?) Réponse: La voie ferrée – temir yo‘l [ ©devinette.life 2020 | Mentions légales] Izoh: Topishmoqda “dengiz” va “kema” so‘zlari bevosita temir yo‘l va poyezd o‘rniga ishlatilgan. Ya’ni temir yo‘l “dengiz” deb atalyapti – bu metafora, chunki narsalar to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqaning nomi bilan berilgan. Metonimiya usulida : Par exemple: “Je porte un chapeau, mais je n’ai pas de tête. Qui suis-je ? “ (Men shlyapa kiyaman, lekin boshim yo‘q. Kimman?) [ ©devinette.life 2020 | Mentions légales] Réponse: Le champignon – qo‘ziqorin Izoh: Qo‘ziqorinning yuqori qismi odatda “shlyapa” deyiladi. Bu jismning qismini boshqa narsaning nomi bilan atash – ya’ni metonimiya. Analogiya usulida: “Je suis une lampe qui éclaire sans flamme, et pourtant je brûle chaque nuit. Qui suis-je ? “ – (Men alangasiz yoritadigan chiroqman, ammo har tun yonaman. Kimman?) [ ©devinette.life 2020 | Mentions légales] Réponse: La lune – Oy Izoh: Bu topishmoqda Oy — chiroqqa o‘xshatilgan, lekin: Oy “alanganing o‘rnini bosuvchi yorug‘lik” sifatida ko‘rsatilgan. “Yonaman”, deyiladi – bu o‘xshatish yo‘li bilan oy yorqinligi tasvirlamoqda. Aslida u yonmaydi, lekin tun qorong‘iligini yorib ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 116 turishi chiroq funksiyasi orqali berilgan. Bu analogie fonctionnelle – predmet boshqa narsa vazifasi bilan taqqoslanadi. Natija va muhokamalar Umumiylik – har ikkala tilning topishmoqlari bolalar va kattalar uchun qiziqarli o‘yin sifatida xizmat qiladi va ularni tushunish ramzlar, o‘xshatishlar va qiyoslashga asoslangan. Farqlari – o‘zbek topishmoqlarida an’anaviy xalq obrazlari ko‘proq ko‘zga tashlanadi, ular ko‘pincha xalq hayoti, tabiat hodisalari va kundalik yashash tarzini aks ettiradi. Fransuz topishmoqlarida esa ko‘pincha so‘z o‘yini (jeu de mots), rim va homofonlarga asoslangan, unda javoblar mantiqiy fikrlash va taxmin qilish orqali amalga oshadi. Quyida fransuzcha va o‘zbekcha topishmoqlar orqali javob bir xil bo‘lsa-da, savollar turlicha berilganini ko‘rish mumkin: o Exemple Français: “J’ai 5 doigts, mais je ne suis pas vivant. Qui suis-je?” Réponse: Un gant. [ ©devinette.life 2020 | Mentions légales] Explication: L’objet ressemble à une main humaine, mais il n’est pas vivant, ce qui demande un raisonnement logique. O‘zbek tilida misol: “Barmog‘i bor, tirnog‘i yo‘q. U nima ?” Javob: Qo‘lqop. (Muzaffarova Xayitgul Nesibovna.Mamatqulova Shaxnoza Rustamovna.Bolalar nutqini o‘stirishda topishmoqlardan foydalanish.Jizzax-2023) Izoh: Obyekt insoniy xususiyatga o‘xshaydi, lekin jonli emas, shuning uchun mantiqiy tafakkur talab qiladi. o Exemple Français: “Qu’est – ce qui a des dents, mais ne mange pas?” Réponse: Un peigne. [ ©devinette.life 2020 | Mentions légales] Explication: L’objet du quotidien est décrit avec des “dents”, et le lecteur doit comparer l’apparence et la fonction pour trouver la réponse. O‘zbek tilida misol: “Tishlari bor, lekin og‘iz ochmaydi. U nima?” Javob: Taroq. (Muzaffarova Xayitgul Nesibovna.Mamatqulova Shaxnoza Rustamovna.Bolalar nutqini o‘stirishda topishmoqlardan foydalanish.Jizzax-2023) ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 117 Izoh: Kundalik predmet “tish” bilan tasvirlangan, o‘quvchi tasvir va funksiyani solishtiradi. o Exemple Français: “Mes villes sont vides, mes montagnes sont plates, mes oceans et mes fleuves sont secs. Qui suis-je?” [ ©devinette.life 2020 | Mentions légales] Réponse: Une carte. Explication: L’objet n’est pas réel mais symbolique, nécessitant imagination et raisonnement pour trouver la solution. O‘zbek tilida misol: “Shahari bor – odami yo‘q, daryosi bor – suvi yo‘q. U nima?” (Muzaffarova Xayitgul Nesibovna.Mamatqulova Shaxnoza Rustamovna.Bolalar nutqini o‘stirishda topishmoqlardan foydalanish.Jizzax-2023) 1 Javob: Xarita. Izoh: Predmet haqiqiy emas, balki tasviriy obyekt, yechim uchun tasavvur va mantiqiy fikrlash kerak. Shu misollar orqali ko‘rish mumkinki, savol shakli o‘zgarib turadi, lekin yechim bir bo‘lib qoladi, bu esa topishmoqlarning o‘yin, tafakkur va ijodiy yondashuv imkoniyatlarini ochib beradi. Xulosa Fransuz va o‘zbek topishmoqlari taqqoslanganda, har bir xalqning o‘ziga xos dunyoqarashi, hazil tuyg‘usi va tafakkur uslubi aks etishi ko‘rinadi. Topishmoqlar nafaqat o‘yin yoki ko‘ngilochar vosita, balki madaniyatni, qadriyatlarni va xalq tajribasini saqlash vositasi sifatida muhim ahamiyatga ega. Misollar orqali o‘zbek va fransuz topishmoqlarining o‘xshash hamda farqli jihatlari aniqlandi, bu esa madaniyatlararo muloqot va tushunishni yanada boyitadi. Tahlillar asosida aniqlanishicha, fransuz topishmoqlari ko‘proq hazil, so‘z o‘yinlari va mantiqiy tushunchalarga asoslangan bo‘lsa, o‘zbek topishmoqlari xalq hikmatini, amaliy tajribani va axloqiy qadriyatlarni aks ettiradi. Shu bilan birga, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini solishtirish madaniy almashinuv va lingvistik tadqiqotlar uchun 1 Muzaffarova Xayitgul Nesibovna.Mamatqulova Shaxnoza Rustamovna.Bolalar nutqini o’stirishda topishmoqlardan foydalanish.Jizzax-2023. – B.36. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 118 qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi, bu esa topishmoqlarning nafaqat bolalar, balki kattalar tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rnini yanada kuchaytiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Mirzayeva D. I. Xalq og‘zaki ijodida topishmoqlar – www.in-academy.uz Toshkent-2023. – B .91. 2.Mirzayeva Y. T, Usmonov P. B, Ahmadaliyev N. N. // Modern science and research. Toshkent-2023. – B.375. 3.Hamroyeva U.D. O‘zbek topishmoqlari badiiyati va ginezi. Zamonaviy ilm-fan va ta’lim istiqbollari ilmiy-amaliy konferensiyasi. Fevral-2025. – B.889. 4. Mirzayeva Y. T, Usmonov P. B, Ahmadaliyev N. N. // Modern science and research. Toshkent-2023. – B.375. 5. [ ©devinette.life 2020 | Mentions légales] 6.Avvalboyeva I. Bolalar uchun topishmoqlar.”Yurist-media markazi” nashriyoti.Toshkent-2018. – B.14. 7.Muzaffarova X. N, Mamatqulova Sh, R. Bolalar nutqini o‘stirishda topishmoqlardan foydalanish. Jizzax-2023. – B.36.