scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KORXONANI TASHQI MUHITINING NOANIQLIGI VAZIYATIDA STRATEGIK BOSHQARUVGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Muhammadiyev Utkir Axmedovich; Ravshanbekova Madinabonu Xusan qizi

Abstract

Ushbu maqolada tashqi muhitning yuqori darajada noaniqligi bilan tavsiflanadigan zamonaviy sharoitda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalardagi strategik boshqaruvning metodologik muammolari tahlil qilingan. Tadqiqotning ilmiy-amaliy muamosi bo‘lib, mikrodarajada strategik qarorlarni amalga oshirish davrida tashqi muhitda ro‘y beradigan o‘zgarishlar hisoblanadi. Noaniqlik sharoitida strategik menejmentning nazariy va metodologik yondashuvlarini dolzarbligini tahlil etish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi. Strategik menejmentning asosiy tamoyillari, iqtisodiy tahlil, korxonalar iqtisodiyoti hamda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni boshqarishda noaniqlik konsepsiyasi ushbu maqolaning metodologik asosi hisoblanadi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 100 KORXONANI TASHQI MUHITINING NOANIQLIGI VAZIYATIDA STRATEGIK BOSHQARUVGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Muhammadiyev Utkir Axmedovich Sam DAQU “Biznesni boshqarish” kafedrasi dotsenti. Ravshanbekova Madinabonu Xusan qizi Sam DAQU magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17886324 Annotatsiya. Ushbu maqolada tashqi muhitning yuqori darajada noaniqligi bilan tavsiflanadigan zamonaviy sharoitda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalardagi strategik boshqaruvning metodologik muammolari tahlil qilingan. Tadqiqotning ilmiy-amaliy muamosi bo‘lib, mikrodarajada strategik qarorlarni amalga oshirish davrida tashqi muhitda ro‘y beradigan o‘zgarishlar hisoblanadi. Noaniqlik sharoitida strategik menejmentning nazariy va metodologik yondashuvlarini dolzarbligini tahlil etish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi. Strategik menejmentning asosiy tamoyillari, iqtisodiy tahlil, korxonalar iqtisodiyoti hamda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni boshqarishda noaniqlik konsepsiyasi ushbu maqolaning metodologik asosi hisoblanadi. Tayanch iboralar: Strategik boshqaruv, strategik rejalshtirish, korxona strotegiyasi, boshqaruvda aniqlik. Аннотация. В данной статье рассматривается вопросы строительного управления организации (предприятии) в сложных современных условиях. Современные условия характеризуется высоким уровнем неопределённости внешней среды предприятия. Целью настоящей статьи является анализ теоретических и методологических основ к стратегического менеджмента. Основные теоретические положения стратегического менеджмента, экономика и статистика предприятий и неопределённость внешней среды являются методическими основами данной статьи. Уточнены основные понятия стратегического менеджмента как стратегия и стратегического менеджмента как стратегия и стратегическое управление. Ключевые слова: стратегия, стратегическое планирование и управление, неопределённость внешней среды, методы адаптивного планирования. Respublikamiz prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi qurilishi tarmog’ini modernizatsiya qilish jadal innovatsion rejalashtirishning 20202025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi (2020 yil 27-noyabr PF-6119son) farmonida qurilish tarmog’ini yanada takomillashtirish arxitektura va qurilish organlari hamda muassasasalarini izchil rivojlantirish mexanizmni shakillantirish davlat boshqaruv tizimining samaradorligini ta’minlash va boshqa shu kabi vazifalar qo‘yilgan. Ushbu dolzarb va keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirishda qurilish tashkilotlari hamda turli muammolar paydo bo‘ladi. Tashqi muhit omillarining tez o‘zgarishi ya’ni murakkabligi sharoitida korxonani strategik boshqaruvi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Korxonaning strategik boshqaruvi-bu ilm-fandagi va amaliyotdagi nazariy va metodologik tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyatlariga ega alohida sohasi hisoblanadi. Strategik boshqaruv dolzarb hisoblanishi bilan birgalikda uning usullari va amalga oshirish vositalarining tashqi muhitga ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 101 bog’liq ravishda o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Korxona, tashkilot faoliyat ko‘rsatish sohasi va masshtab ko‘lamidan qa’tiy nazar har qanday iqtisodiy tizim tarkibida tavsiflanadi. Korxona tashkilot faoliyat ko‘rsatish sohasi va masshtab ko‘lamidan qat’iy nazar har qanday iqtisodiy tizim tarkibida tayanch bo‘g’in sifatida qaraladi. Menejment fan sifatida korxonani asosiy muammosi ya’ni, foydani maksimallashtirish harakatlari jaroyonida shakillangan. Bunda hozirgi paytda kam xarajatlar bilan uzoq kelajakda samarali tashkiliy-iqtisodiy tadbir choralarini amalga oshirish hisobiga foyda olishga asosiy e’tibor qaratiladi. Korxonaning moliyaviy baquvvatligi, maqsadli bozor ulushini kengaytirish, iste’molchilar guruhining korxona tovarlariga sodiqligi, tashqi muhit o‘zgaruvchanligi davrida korxonaning barqarorligi va boshqa shu kabilar o‘z vaqtida va yuqori malakali boshqaruv qarorlari tarkibida yaratilgan boshqaruv strategiyasining ijobiy natijalaridir. Dunyo iqtisodiyotida narxlarning tezkorlik bilan o‘zgarish, logistik aloqalarning barqarorligi, yuqori darajadagi raqobat muhiti, transaksion xarajatlarning uzluksiz olib borish va shunga o‘xshash salbiy ta’sirlar korxona rahbariyatidan tezkor shu bilan birgalikda boshqaruvda nostandart, lekin tashqi muhit o‘zgarishlariga mos keladigan va yondashuvlarni qo‘llashni talab qiladi. Oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan, shu sababli e’tiborga olish qiyin bo‘lgan ko‘p sonli olimlarnoaniqlik deb ataladigan yagona muammoni vjudga keltirdi. Olimlarning fikricha, ushbu muammo XXI asrda yangicha ahamiyat kasb etmoqda [1].O‘z navbatida ushbu muammo korxonaning strategik boshqaruvining nazariy va metodologik asoslarini qayta ko‘rib chiqishni va korxonaning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishni talab qiladi. Zamonaviy ilm-fan hozircha yaxlit va barcha noaniq vaziyatlarga mos keladigan yagona fikrga yoki noaniqlik sharpoitida korxonani rivojlantirish strategiyasini yaratish va amalga oshirishning universal modelini yarata olmadi. Bunda taklif qilinadigan variantlar turli-tuman bo‘lib, ular tarkibida hattoki bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan holatlar ham uchraydi. Umuman olganda, korxona faoliyatiga salbiy ta’sir etadigan omillarning barchasini ahamiyatini inobatga oladigan, korxonaning strategik vazifalarini noaniqlik vaziyatida samarali yechish imkoniyati mavjud emas. Faoliyat yuritadigan har bir xo‘jalik sub’ekti - bu o‘ziga xos alohida noyob xususiyatlarga ega ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, u o‘zining endogen va ekzogen xususiyatlariga ega hisoblanadi. Ushbu tizim davriy ravishda shunga o‘xshash o‘ziga xos xususiyatlarga ega boshqa tizimlar ta’sirida bo‘ladi ya’ni, raqobatchilar, ta’minotchilar, iste’molchilar, davlat organlari, bozorlar, tarmoqlar, texnologiyalar va hakozalar. Bunda barcha tizimlar uzluksiz o‘zgarishlar ta’siri ostida harakat qiladi. Ushbu salbiy ta’sir etuvchi omillarni ko‘pchiligini nazorat qilib bo‘lmaydi. Korxona faoliyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarning jamlanmasining o‘zaro ta’siri va o‘zaro harakatlari ham noyob holat hisoblanadi hamda u harakatlanadi va rivojlanib boradi. Shu sababli noaniqlik konsepsiyasi nuqtainazaridan korxonani boshqaruvi tashqi muhit o‘zgarishlariga nisbatan muntazam ravishda moslashishini nazarda tutadi. Bunda strategik boshqaruvni korxonani uzoq muddatli rivojlanish potensialiga tegishli fundamental va korxona uchun muhim ahamiyatga ega tashqi muhit o‘zgarishlariga nisbatan strategik moslashish sifatida tasvirlash mumkin. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 102 Ilm-fan va ob’ektivlik nuqta-nazaridan qaraydigan bo‘lsak, umuman qabul qilingan boshqaruv fe’l-atvori va yagona tartib qoidalari mavjud bo‘lmasa ham, u yoki bu boshqaruv vaziyatlariga mos keladigan yondashuvlarni, uskuna va mexanizmlarni taklif etish mumkin. Boshqaruv vaziyatining noaniqligi mavjud bo‘lgan sharoitda strategik boshqaruv yondashuvlarining nazariy metodologik jihatlarining dilzarbligini taqiqlash ushbu ilmiy izlanishlarning maqsadi hisoblanadi. Ilmiyamaliy tadqiqotlarning aniq yo‘naltirilgan vazifasi - bu strategik boshqaruv qarorlarining samaradorligini va umuman korxonalarda boshqaruv faoliyatini oshirish hisoblanadi. Strategik rejalashtirish - boshqaruv sohasidagi butun dunyo olimlarining ko‘p sonli tadqiqotlarini o‘zida aks ettiradigan ilmiy menejmentning eng muhim qatlamlaridan biri hisoblanadi. I.Ansoff [2], U. King va D.Mak Klilland [5], F.Kotler [3], M.Porter [4], D.Strikland, A.Tompson [5] va boshqalar strategik boshqaruvning asoschilari hisoblanadi. Korxonalarning strategiyalarini tashqi muhit omillari, vaqt va noaniqlik vaziyati bo‘yicha tadqiqotlarni P.Dayl va F.Shtern, P.Oldkorn amalga oshirganlar. Ushbu sohagao‘z hissasini qo‘shgan Vatandoshimizning va Rossiya menejment olimlarining tadqiqotlari ham muhim ahamiyatga ega. Murakkab iqtisodiy sharoitlarda korxonani boshqarish muammolarini o‘rgangan olimlar B.Yo‘ldoshev, O.Buxanskiy [12], G.Kleyner va boshqalar. Ushbu muammolarni yechishga bag’ishlangan tadqiqotlarni quyidagi yo‘nalishlarga ajratish mumkin. 1. Noaniqlik vaziyatida strategik boshqaruvning nazariy - metodologik asoslarini rivojlantirish. Omillar tashqi muhit omillarini korxona faoliyatiga ta’sirini asoslaydilar. Tayanch yondashuvlarni, strategik boshqaruv modellarini o‘zgaruvchan tashqi muhitda ularning belgilarini va o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etganlar.[13]. Mikroiqtisodiy muammolarni pandemiya paytida va logistic aloqalarning qiyinlashishi vaziyatida korxonalarni strategik boshqaruviga bag’ishlangan tadqiqotlar alohida dolzarblik kasb etadi.[14] 2. Noaniqlik vaziyatida strategik boshqaruvning usullarini takomillashtirish. Olimlar va mutaxassislar boshqaruv vaqtlarini, qo‘llaniladigan hisoblash usullarining samaradorligini aniqlash variantlarini taklif qilganlar va ularni tasniflaganlar hamda formallashtirganlar [15]. 3. Noaniqlik vaziyatida korxonani faoliyatini strategik rejalashtirishni boshqaruvni dolzarb funkitsiyasi sifatida qarash. Bunda hattoki o‘zgaruvchan muhitda korxonaning ishlab-chiqarish potensialini kengaytirish maqsadida strategik rejalashtirishning usullari shakillari va vositalari takomillashtiriladi [16] Tadqiqotlar va omillar tomonidan taklif etiladigan yondashuvlar odatda bir-biriga mos keladi va bir-birini to‘ldiradi, chunki real sharoitda korxona rahbariyati yagona konsepsiyaga joylashmaydigan ko‘p sonli muammolarni yechimlariga to‘g’ri keladi. Ta’kidlash lozimki, muhitni tahlil etish va maqsadlarni aniqlash va uni muvoffaqiyatli amalga oshirish sohasida ilm-fan sezilarli ijobiy natijalarga erishdi. Lekin hozirgacha, barqarorlik mavjud bo‘lmagan muhitda korxonalrning strategik rejalarini amalga oshirishning samarali mexanizmini yaratish zamonaviy menejmentning asosiy muammolaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Tashqi muhit ta’siori boshqaruv tizimidantashkilot to‘plagan resurslarni va tashkiliy potensialni saqlagan holda yuqori darajadagi moslashuvchanlikni talab qilmoqda. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 103 Strategik boshqaruv va rejalashtirish nazariyasining zamonaviy ta’limoti, korxona iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish hamda ijtimoiy - iqtisodiy tizimlarni boshqarishda noaniqlik konsepsiyasi ushbu maqolaning metodologik asoslari hisoblanadi. Metodik jihatdan ushbu maqola iqtisodiy tahlilning umumiy usullarigatizimlashtirish, umumlashtirish, abstraksiya va taqqoslashga asoslanadi. Tadqiqotlar menejment fanining korxona, strategik boshqaruv, strategik rejalashtirish, tashqi muhit noaniqligi, boshqaruv samaradorligi va boshqa shu kabi kategoriyalariga tayanadi. Strategik boshqaruv zamonaviy menejmentda keng tarqalgan tushuncha hisoblanadi. Strategiya tushunchasiga, turli-tuman qarashlar, fikrlar va yondashuvlarning yagona tushunchasi yaratilgan. Menejment fanida keng tarqalgan adabiyotlar strategiya so‘ziga har-xil ma’noga ega tushunchalarni taklif qilganlar. Jumladan; muvoffaqiyatga erishish konsepsiyasi, rivojlanishning kompleks rejasi, rivojlanishning bosh rejasi, kompaniya intiladigan yakuniy natija, maqsad va vazifalarning majmuasi va boshqa shu kabilardir.[38-39]. “Strategiya” tushunchasi biznes nazariyasiga va amaliyotiga harbiy sohadan kirib kelgan bo‘lib, qadimgi yunon tilida Strategos “lashkarboshi san’ati” degan ma’noni anglatadi. Strategiya tashkilotning missiya va maqsadlarini amalga oshirishni ta’minlash uchun har tomonlama puxta o‘ylangan va uzoq kelajakga mo‘ljallangan boshqaruv rejasi hisoblanadi. Avvalambor, strategiya oliy rahbariyat tomonidan shakillantiriladi, lekin uni amalga oshirish jaroyonida boshqaruvning barcha pog’onalarining xodimlari ishtirok etadi. Strategik reja korxonaga indivudiallik va aniqlik bag’ishlaydi hamda qanaqa ishchi xodimlarni jalb etish va qanaqalarini jalb etmaslik kerakligini ko‘rsatadi. Strategik reja shunday yaratilishi kerakki, u uzoq vaqt mobaynida nafaqat yaxlit bo‘lishi balki, zarurat tug’ilganda, korxona faoliyatini modernizatsiyalash va qayta yo‘naltirish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun u qayshqoq, moslashuvchan bo‘lishi lozim. Tushinarliki, korxonada amalga oshiriladigan barcha o‘zgarishlar tashqi muhitda yuz beradigan yangi vaziyatlar tufayli xususan; tovar narxlari, talab ko‘lami, resurslar texnologiya, yangi mahsulotlar, raqobatchilar va shunga o‘xshash yo‘nalishlar bo‘yicha yangi axborotlar asosida amalga oshirilad. Rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy menejmentning asoschilari o‘zlarining shaxsiy tushunchalariga mos ravishda boshqaruv strotegiyalariga yondashuvlarni taklif qildilar.U.Ansoff strategiyani tashkilot o‘z faoliyatida boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun qo‘llaydigan qoidalar majmuasi sifatida tasvirlaydi. Uning fikricha, strategiya - bu boshqaruvga tizimli yondashuv bo‘lib, u murakkab tashkilotga barqarorlikni ta’minlaydi va rivojlanishning umumiy yo‘nalishini aniq ko‘rsatadi.[2] (U.Ansoff 1989 yil). F.Kotler ta’kidlaydiki, kompaniya o‘z faoliyatining ustunkor yo‘nalishlarini aniq belgilash va noyob resurslardan maqsadli foydalanish uchun boshqaruv strategiyasiga ehtiyoj sezadi; atrofmuhitda yuz beradigan o‘zgarishlarga va raqobatchilarning hulqiga mos keladigan javob reaksiyasini amalga oshirish uchun korxona va tashkilotlar boshqaruv strategiyalarini yaratishlari lozim.(F.Kotler 2008 yil). M.Porterning fikricha, strategik rejani yaratish asosida firma bilan uning atrofmuhitni taqqoslash yotadi [4] ( M.Porter 2020 yil). Rossiyada ko‘pchilik tadqiqotchilar iqtisodchi olim O.Buxanskiyning yondashuvlariga tayanadi. Uning fikriga muvofiq, “strategik boshqaruv”- bu tashkilotni shunday boshqaruvki, bunda tashkilot asos sifatida insonlarning potensialiga tayanadi, ishlab-chiqarish faoliyatini iste’molchilarning talablarini qondirishga yo‘naltiradi, korxonada tashkiliy o‘zgarishlarni o‘z ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 104 vaqtida amalga oshiradi va tashqi muhitga moslashtiradi. Ushbu hatti-harakatlar pirovard natijada tashkilot uzoq vaqt mobaynida yashash va o‘zining maqsadiga erishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.[12] (O.Buxanskiy 2016 yil). Yuqorida keltirilgan ilmiy tadqiqotlar bir-biriga o‘xshash fundamental xususiyatlarga ega, chunki ular tashqi muhitning beqarorligini inobatga oladi. Lekin strategiya tushunchasi keng tarqalib universal xarakter kasb etishga qaramay, korxonaning o‘ziga xos xususiyatlari va korxonada mavjud muammolar tufayli uni amalda qo‘llash cheklangandir. Shular sababli strategiya tushunchasiga korxonaning tayanch mehnat unumdorligi yoki raqobatchi korxonalardagi mehnat unumdorligi darajasiga qaraganda yuqoriroq natijaviylikni ta’minlaydigan maqsadlar, tamoyillar va ustunkor yo‘nalishlar tizimi sifatida qarash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Oddiy korxona rejalaridan farqli strategik reja asosida faoliyat ko‘rsatishning birnecha belgilari mavjud. Birinchidan, uzoq kelajakka mo‘ljallangan reja - bu strategiya degani emas. Boshqaruv strategiyasi uzoqmuddat bilan belgilanmaydi, balki ichki va tashqi vaziyatga mos keladigan boshqaruv jaroyonini tashkil etish bilan farqlanadi. Ikkinchidan, tashkilot oldiga qo‘yiladigan maqsad vazifalarning dolzarbligi ya’ni bir tomondan noaniq vaziyatlar tufayli paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni (huddi shunday ustun tomonlarni) e’tiborga olish hamda boshqa tomondan, albatta, ushbu maqsad vazifalarni amalga oshirish potensialiga ega bo‘lish. Uchinchidan, strategiya ta’sirida nafaqat ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, balki korxonani maqsadli bozorida asosiy mezonlar bo‘yicha uning strategik vaziyatini yaxshilashga erishishi lozim. Ma’lumki, strategiya korxonaning strategik maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqsadlarni va unga mos keladigan, tashkilot uchun ahamiyatli vazifalarni aniqlash strategiyani zaruriy boshlang’ich shartlaridan biri hisoblanadi. Strategik maqsad yaratish shaklidan qa’tiy nazar tashkilotning rivojlanish yo‘nalishini ya’ni uning oldingi holatidan yoki asosiy raqobatchilarning bozor vaziyatidan ustunkor vaziyatga ega bo‘lishini aks ettirishi lozim. Agar strategik reja tarkibiga kiritiladigan mezonlarning birortasi noaniq yoki vaqto‘tishi bilan o‘zgarsa, maqsad va vazifalar korxona uchun o‘zining dolzarbligini yo‘qotadi. Aynan muhit o‘zgarishi tufayli paydo bo‘ladigan noaniqliklar strategiya tarkibidagi o‘zgarishlarni talab qiladi. Shu sababli korxona menejmenti sezilarli ta’sir etuvchi omillarni inobatga olib, ularning salbiy ta’siriga qarshi tadbir choralarni bir necha variantlarini oldindan rejalashtirish lozim.Dunyo tajribasida Covid-19ni korxonalar faoliyatoiga salbiy ta’sir etuvchi omil sifatida ko‘rsatish mumkin. Lekin ushbu omil ko‘pchili korxonalarning faoliyatiga salbiy ta’sr etgan bo‘lsa, boshqalari qaysiki, masofaviy ishlash va internet tijorat istiqbolini oldindan ko‘ra olganlar ijobiy natijalarga erishdilar. Strategik rejalarning zahira variantlari to‘g’risidagi muammolar zamonaviy korxonalar uchun juda ham dolzarb hisoblanadi. Kompaniyalar oldin qabul qilingan va katta mablag’lar sarflangan strategiya doirasida faoliyatni davom ettirishi kerakligi, yoki yanada ko‘proq mablag’larni talab qiladigan lekin yanada jozibador natijalarni hamda istiqbolni ta’minlaydigan strategik o‘zgarishlarni amalga oshirish kerakmi, degan savolga vaqti-vaqti bilan duch keladilar. An’anaviy menejment, odatda, har qanday yo‘llar bilan imkoni boricha qo‘shimcha xarajatlarni sarflash bilan hal qilish tarafdori hisoblanadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 105 Bunday mexanik qarorlar korxonani rivojlanish potensialini va faoliyat samaradorligini pasayishiga masalan korxona ishlab chiqradigan tovarlar nomenklaturasini va assortimentini qisqarishiga yoki yangi tovarlarga, innovatsiyalarga hamda imkoniyatlarga yetarlicha e’tibor bermay, ishlab -chiqarishrishni texnologiyasini ortiqcha standartlashuviga olib kelishi mumkin. Xususan ba’zi kompaniyalar o‘zlari egallagan bozor sigmentlarini saqlab qolish uchun ongli ravishda milliy xususiyatlarni e’tiborga olmaydilar (burgerlar va bigmoklar shular jumlasidandir). Korxona faoliyati uchun ahamiyatli omillarni e’tiborga olgan holda, faoliyat ko‘lamidan qat’iy nazar amaldagi strategik rejadan voz kechish (hattoki ushbu rejani yarmisi bajarilganda ham) va yangi strategik rejani bajarishga kirishishi mumkin. Strategiyani o‘zgarishi sifatsiz menejment degani emas. Agar yangi strategiya quyidagi ustunliklardan birortasini; bilim, ko‘nikmalar va tajriba, resurslardan foydalanishi yoki korxonaning barqaror raqobat ustunlarini ta’minlaydigan bo‘lsa, strategiyani o‘zgartirish yoki almashtirish mumkin. Strategiyani o‘zgartirishning quyidagi ikki varianti mavjud; Birinchi variantbunda strategik maqsad o‘zgarmaydi, faqat uni amalga oshirish traektoriyasi yoki masshtabi, usullari, qurollari, texnologiyasi, amalga oshirish joyi, vazifalar tarkibi, tashkiliy strukturasi va boshqa shunga o‘xshash unsurlari o‘zgarishi mumkin. Quyidagi 1rasmda Korxonaning strategik rejasini maqsadlarni saqlagan holda uning troektoriyasini o‘zgartirish sohasi keltirilgan. Rasm1. Maqsadlarni o‘zgarmay harakat yo‘nalishini o‘zgartirgan holda korxona strategiyasini rejalashtirish sxemasi. Taktik qadamlar majmusining o‘zgarishi so‘zsiz, xarajatlarni va ish vaqti sarfini ko‘paytiradi. Oldin rejalashtirilmagan vazifalarni bajarish o‘z navbatida rivojlanishning boshqa yo‘nalishiga o‘tishga sabab bo‘ladi. Ikkinchi reja -Kelajak konsepsiyasi 2 α Birinchi reja -Kelajak konsepsiyas 1 Strategiyani o‘zgarishi Strategiya maqsadi Muhitning sezilarli ta’siri O’tmish ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 106 Oldingi xarajatlar α xarajatlarni talab qiladi. Lekin ushbu barcha xarajatlar “Ikkinchi reja” yordamida amalga oshirilgan strategik maqsadlar tarkibida o‘zini oqlashi mumkin. Agar “birinchi reja” o‘zgarmaganda ushbu xarajatlar o‘zini oqlamasligi mumkin edi. Shunday qilib, korxonani boshqarish jaroyonida muhim omillarning kuchli ta’sirini e’tirof etish bilan barcha o‘zgarishlarga nisbatan javob reaksiyasini amalga oshirish zaruriyati strategiyani o‘zgartirishning fundamental asoslari hisoblanadi. Muhit o‘zgarishi bilan bog’liq ravishda dastlab qabul qilingan maqsadlarni amalga oshirish mumkin bo‘lmaganda strategiyani o‘zgartirishning Ikkinchi variantdan foydalanish mumkin. Bunda strategik maqsadlarning o‘zgarishi bilan birgalikda strategik harakat yo‘nalishi yoki uni vaqt bilan bog’liq davrlarda ham o‘zgaradi. Ushbu vaziyatlarga mos ravishda strategik rejaning davrlari bo‘yicha moslashuvchan (sirpanchiq) grafiklarni tuzish tavsiya etiladi. Ushbu grafiklarning mohiyati shundan iboratki, bunda o‘zaro bog’liq strategik va taktik qarorlar kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan tashqi muhit omillarining salbiy ta’sirlarni inobatga oladi, masalan diskot rejalashtirishdan farqli avvalambor, tashqi muhitning dastlabki boshlang’ich vaziyat hisobga olinadi. Moslashuvchan rejalashtirishni misol tariqasida ko‘rib chiqamiz (2-rasm). Rasm-2 Korxonada moslashuvchan (sirpanchiq) strategik rejalashtirishdan foydalanish sxemasi. Strategik reja besh yilga taktik reja esa bir yilga yaratiladigan bo‘lsa unda har yili yangi besh yillik rejalar yaratilishi lozim. Ushbu rejalar amalga oshirilish davrida yuz bergan tashqi muhit o‘zgarish larini e’tiborga olgan har yil tuziladigan besh yillik va taktik rejalar tarkibida inobatga olinishi lozim. Vertikal strelkalar tashqi muhit omillarning sezilarli salbiy ta’sirlari ostida rejalashtirilgan davrlarga mos keladigan o‘zgarishlarni bildiradi. A1 B1 C1 D1 E1 A2 B2 C2 D2 E2 A3 B3 C3 D3 E3 A4 B4 C4 D4 E4 A5 B5 C5 D5 E5 D A V R L A R 1 2 5 4 3 8 7 6 10 9 Strategik variantlar Birinchi strategik reja Ikkinchi strategik reja Uchunchi strategik reja To’rtinchi strategik reja Beshinchi strategik reja ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 107 A,B,C,D,E indekslari strategik rejalashtirish davrlariga mos keladi. Strategik rejaning tarkibi o‘zgarmasligi mumkin.Lekin maqsadlarning yo‘nalishlari va taktik vazifalarning tarkiblari o‘zgaradi. Masalan, A2 bosqichning tarkibi A1 yoki B1 davrlari tarkibiga qaraganda sezilarli farq qilishi mumkin. Rasm-2da keltirilgan rivojlanish bosqichlari uzoq davom etishi va xarajatlar ko‘payishi mumkin.Lekin yakuniy samaradorlik dastlabki variantlarga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi. Strategik rejalashtirish jaroyoni chiziqli, orqada qoladigan, faqat moslashuvchanlikni inobatga olishga qaratilgan bo‘lmay, balki spiral ko‘rinishida rivojlanishi, oldindan ko‘ra bilishni, tashabuskor bo‘lishini va korxonani samarali rivojlanishi uchun keng tashkiliy makonni targ’ibot etadigan fanga aylanib bormoqda. Zamonaviy sharoitda tashqi muhit omillarining muntazam ravishda ta’siri, korxonaning faoliyat ko‘rsatish shart-sharoitining o‘zgarishi shularga mos ravishda belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishning ehtimolli xarakteri strategik boshqaruvning dolzarbligini oshirishga sabab bo‘lmoqda. Xattoki uzoq istiqbolda korxonani boshqarish qayshqoq bo‘lishi va o‘zgarishlarga mos ravishda moslashishiga tayyor bo‘lishi lozim. Strategik rejalshtirish-strategik boshqaruvning muhim funksiyasi bo‘lishi bilan birga u korxonani kelajakdagi muvoffaqiyatini ta’minlovchi juda nozik va indivudallashgan vosita hisoblanadi. O‘zgarishlar tezligi va korxona resurslarini, (aqliy, psixologik, kadrlar, moddiy, texnologik va boshqalar) yetishmasligi tufayli hozirgacha ko‘pchilik tashkilotlar har qanday yo‘llar bilan dastlabki rejani bajarishga harakat qiladilar.Lekin menejment san’ati murakkab va o‘zgaruvchan muhit ta’sirida ushbu rejani qanchalik to‘laqonli amalga oshirishga erishishdan iborat. Ammo, amaliyotdagi bir qator tajribalar avvalgi rejalarni amalga oshirishga zo‘r berishni samarasiz ekanligini ko‘rsatadi. Tadqiqotchilarning fikriga muvofiq, samarali strategik reja hattoki strategik maqsad yagona bo‘lmasligini ularni amalga oshirish variantlari ko‘p sonli bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydilar. Yangi strategik maqsadlar va strategik rejalarning variantlari oliy rahbariyat tomonidan foyda va talab qilinadigan xarajatlarni nuqtai-nazaridan qabul qilinadi. Strategik rejani o‘zgarishiga bog’liq ravishda xarajatlar sezilarli darajada ko‘payishi mumkin. Lekin ushbu yangi vaziyatda yakuniy foydani ko‘payishi ehtimoli ham oshib boradi. Uzluksiz davom etadigan noaniqlik vaziyatida moslashuvchan strategik rejalashtirish foydalanish o‘z vaqtida taktik vazifalar komplekisini yaratish ning maqsadga muvofiq vositasi hisoblanadi. Ushbu moslashuvchan strategik rejalar korxonani uzoq muddatli rivojlanishiga va samaradorlik tamoyillariga to‘liq mos keladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Prizedenti Sh.M.Mirziyoyev PF-6119-son farmoni. 2. Ансофф И Стратегическое управление. М. Эканомикаю1989.519 с. 3. Kotler The Word Foremost Authorityon Marketing.answer Your guestions Moscow Olip Business 2008 200p 4. Porter M.E.The Competitive Adran tadge of Nationis Moscow Alpina publisher 2020.947p. 5. Томпсон А.А.Стриленд А.Дж. Стратегический менеджмент. Искуство разработки и реализации стратегии.М.ТонитиДана,2017. 576 с. 6. Muhxammadiyev U.A Strategik menejment. Toshkent Lesson Press 2021 y 440 b