scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOLALAR ADABIYOTIDAGI YANGI SO'ZLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR

Najmiddinova, Charosxon Husniddin qizi; Hamrayev, M.A

Abstract

Ushbu maqolada bolalar adabiyotida uchrayotgan yangi so‘zlar, ularning ma’nosi va bolalar nutqiga ko‘rsatadigan ta’siri haqida ayrim fikr-mulohazalar bayon etiladi. Xususan, bolalar uchun yaratilgan zamonaviy badiiy matnlarda yangi leksik birliklar tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishi, matnning qiziqarli va jonli bo‘lishiga xizmat qilishi yoritiladi. Shuningdek, bunday yangi so‘zlarning bolalar lug‘atini boyitish, ularni mustaqil fikrlashga yo‘naltirish hamda badiiy obrazlarni yanada aniqroq tasavvur qilishdagi roli tahlil qilinadi. Maqolada yangi so‘zlarning o‘qitish jarayonidagi didaktik ahamiyati ham ko‘rsatib beriladi.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 4 DOI: https://10.5281/zenodo.17890486 BOLALAR ADABIYOTIDAGI YANGI SO‘ZLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR Najmiddinova Charosxon Husniddin qizi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Maktabgacha va Boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi M.A.Hamrayev Ilmiy rahbar: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Maktabgacha va Boshlang‘ich ta’lim fakulteti professori, filologiya fanlari nomzodi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada bolalar adabiyotida uchrayotgan yangi so‘zlar, ularning ma’nosi va bolalar nutqiga ko‘rsatadigan ta’siri haqida ayrim fikr-mulohazalar bayon etiladi. Xususan, bolalar uchun yaratilgan zamonaviy badiiy matnlarda yangi leksik birliklar tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishi, matnning qiziqarli va jonli bo‘lishiga xizmat qilishi yoritiladi. Shuningdek, bunday yangi so‘zlarning bolalar lug‘atini boyitish, ularni mustaqil fikrlashga yo‘naltirish hamda badiiy obrazlarni yanada aniqroq tasavvur qilishdagi roli tahlil qilinadi. Maqolada yangi so‘zlarning o‘qitish jarayonidagi didaktik ahamiyati ham ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: bolalar adabiyoti, yangi so‘zlar, neologizmlar, lug‘at boyligi, badiiy matn, obrazlilik, ifodalilik, lingvistik rivojlanish. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 5 АННОТАЦИЯ В данной статье представлены некоторые размышления о новых словах (неологизмах), встречающихся в детской литературе, а также их роли в развитии речи детей. Особое внимание уделяется тому, как новые лексические единицы в современных художественных произведениях для детей расширяют выразительные возможности языка, делают текст более живым и интересным. Кроме того, анализируется значение новых слов в обогащении детского словарного запаса, формировании образного мышления и более глубокого восприятия художественных образов. В статье также рассматриваются дидактические возможности использования новых слов в образовательном процессе. Ключевые слова: детская литература, новые слова, неологизмы, словарный запас, художественный текст, образность, выразительность, лингвистическое развитие. ABSTRACT This article presents several reflections on new words that appear in children’s literature and their role in the development of children’s speech. Special attention is given to how newly introduced lexical units in modern literary works for children expand the expressive possibilities of language and make texts more vivid and engaging. In addition, the article analyzes the importance of new words in enriching children’s vocabulary, fostering imaginative thinking, and enhancing their perception of literary images. The didactic potential of using new words in the educational process is also discussed. Keywords: children’s literature, new words, neologizms, vocabulary enrichment, literary text, imagery, expressiveness, linguistic development. Bolalar adabiyoti — bu bolalar yoshiga mos ravishda yaratilgan badiiy, ilmiyommabop, tarbiyaviy va ma’rifiy asarlar majmuasidir. U bolalarning yosh GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 6 xususiyatlari, dunyoqarashi, qiziqishlari va psixologik ehtiyojlarini hisobga olgan holda yaratilib, ular tafakkuri va nutqining rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu jihatdan qaraganda, yangi so‘zlar bolalar adabiyotida alohida ahamiyat kasb etadi. Til muntazam rivojlanib boradi. Jamiyatdagi ilm-fan, texnologiya, madaniyat va ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar yangi tushunchalar va, demak, yangi so‘zlarning tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, bolalar adabiyotida ham zamonaviy hayot bilan bog‘liq neologizmlardan foydalanish tobora ko‘paymoqda. Pedagogik nuqtayi nazardan esa, yangi so‘zlar o‘quvchilarda lug‘at boyligini kengaytiradi, so‘zlarni turlicha qo‘llash ko‘nikmasini shakllantiradi hamda ularda badiiy nutqni his qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Tilshunos olim A. G‘ulomov neologizmlarni tilning boyishi va yangilanishidagi muhim qatlam sifatida baholaydi. Uning fikricha: “Tilning lug‘at tarkibi jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq. Yangi tushunchalar paydo bo‘lishi bilan yangi leksemalar yuzaga keladi va tilning lug‘at fondi muntazam kengayib boradi.” Neologizmlar (yun. neos — yangi, logos — soʻz) — jamiyat taraqqiyoti, hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo boʻlgan yangi narsa va tushunchalarni ifodalovchi soʻzlar. Neologizmlarning yangiligi dastlab paydo boʻlgan vaqtlardagina sezilib turadi: vaqt oʻtgach, ular "yangilik" xususiyatini yoʻqotib, odatda, faol soʻzlar qatoriga oʻtadi. Masalan, oʻzbek tili uchun bir qancha yil davomida yangi hisoblangan marketing, reyting, tender soʻzlari hozirgi kunda umumisteʼmoldagi soʻzlarga aylanmoqda. Tildagi umumiy neologizmlar bilan bir qatorda individual uslubiy yoki okkazional neologizmlar ham mavjud. Bunday neologizmlar mualliflar tomonidan maʼlum bir kontekstda uslubiy talab asosida yaratiladi. Neologizmlar ilmiy asarlarda shu uslubga xos termin sifatida atash (nominativ) vazifasini bajaradi. Badiiy asarlarda, odatda, uslubiy vazifani bajaradi. Neologizmlarning paydo boʻlish yoʻllari xilma-xil boʻlib, ular tilning mavjud lugʻaviy tarkibi va grammatik qonun-qoidalari asosida yangi soʻz yasash yoʻli, shuningdek, mavjud soʻzning lugʻaviy maʼnolaridan birini yangi maʼnoda qoʻllash yoʻli bilan va boshqa tildan soʻz qabul qilish orqali hosil qilinadi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 7 Bolalar adabiyotida "yangi so‘zlar"ning mavjudligi, avvalo, zamonaviy dunyo va jamiyatdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni asosan quyidagi yo‘nalishlarda tahlil qilish mumkin: 1.Zamonaviy texnologiya va bilimlar bilan bog‘liq yangi atamalar: Raqamli dunyo, internet, kompyuterlar, mobil qurilmalar va ilmiy kashfiyotlar bilan bog‘liq yangi terminlar, masalan, "internet", "veb-sayt", "raqamli o‘yinlar", "robot", "sun’iy intellekt" kabi so‘zlar bolalar adabiyotiga kirib keladi. 2.Ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarni aks ettiruvchi so‘zlar: Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar, madaniy hodisalar, global tendensiyalar va yangi tushunchalar bilan bog‘liq so‘zlar, masalan, "globalizatsiya", "madaniy xilma-xillik", "milliymadaniy qadriyatlar" kabi tushunchalar bolalar adabiyotida o‘z aksini topishi mumkin. 3.Adabiy-badiiy yangiliklar: Ijodkorlar yangi janrlar, uslublar va badiiy izlanishlar natijasida o‘z asarlarida yangi obrazlar, metaforalar va metaforik til vositalarini qo‘llaydilar. Bu esa adabiy tildagi yangi so‘zlar yaratilishiga olib keladi.Misollar: 4.Bolalar adabiyotining o‘ziga xos rivojlanishi: Bolalar adabiyoti ma’naviyaxloqiy tarbiya, estetik did va intellektual salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, uning rivojlanishiga yangi g‘oyalar, tushunchalar va so‘zlar kirib kelishi tabiiydir. Misollar: Shu nuqtai nazardan, bolalar adabiyotida yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi zamonaviy dunyoni aks ettirish, yosh avlodni yangi voqelikka tayyorlash va ularning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi. Pedagoglar fikricha, so‘z boyligini oshirish uchun bola yangi so‘zlarni o‘rganishi muhim. Bu ularga bir tushunchani turlicha bayon etish imkonini beradi, tilning zangori va boyligini anglashga yordam beradi va fikrlash doirasini kengaytiradi, adabiyotga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. Bunga misol qilib. 2-sinf o‘qish savodxonligi darsligida “Toshkentdagi yangi bog‘’’ matnida ham “attraksion”, “monument” singari yangi so‘zlarni olsak bo‘ladi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 8 Yana 5-sinf ona tili darsligida “Yangi paydo bo‘lgan so‘zlar” mavzusidagi quyidagi matnda tilimizga yangi kirib kelgan so‘zlarni uchratishimiz mumkin: Odamlarning 10 foizi noyob talantga ega bo‘ladi. Ular intellektual rivojlangan insonlar sanaladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, daholarning aksariyati bolalik chog‘idayoq o‘z iste’dodlarini namoyon etishgan. O‘ta talantli bolalarni vunderkind deyishadi. Masalan, Alisher Navoiy, Imom al-Buxoriy, Motsartlar sakkiz yoshdayoq o‘z zakovatlari bilan atrofidagilarni lol qoldirishgan. O‘zbek tilining boyishiga sabab bo‘layotgan yangi so‘zlarning ayrimlariga izoh berib o‘tamiz. Motivatsiya – bu insonni ma’lum bir ishni qilishga, maqsad sari intilishga undaydigan ichki yoki tashqi sabablar to‘plami. Oddiyroq qilib aytganda, motivatsiya – “nima uchun harakat qilaman?” degan savolga javob beruvchi kuch. Layfhak – bu inglizcha “life hack” so‘zidan olingan bo‘lib, hayotni osonlashtiradigan, vaqt va kuchni tejaydigan foydali maslahat yoki usul degan ma’noni anglatadi. Admin – bu so‘z inglizcha “administrator” so‘zidan olingan bo‘lib, tashkilot, sayt, guruh yoki tizimni boshqaruvchi shaxs degan ma’noni anglatadi. Vunderkend – bu so‘z nemis tilidan olingan “Wunderkind” atamasidan kelib chiqqan bo‘lib, juda yosh bo‘lsa ham g‘oyat iste’dodli, iqtidorli bola yoki shaxs degan ma’noni anglatadi. Xulosa qilib aytganda, bolalar adabiyotidagi yangi so‘zlar bolaning til va tafakkur rivojida muhim rol o‘ynaydi. Yangi so‘zlarni o‘rganish orqali bola bir tushunchani turlicha ifodalashni o‘rganadi, tilning boyligini anglaydi va adabiyotga qiziqishi ortadi. Shu bilan birga, pedagoglar ta’kidlashicha, yangi leksik birliklarni qo‘llash bolaning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va uni mustaqil o‘qishga, fikrini erkin ifodalashga undaydi. Umuman olganda, bolalar adabiyotidagi yangi so‘zlar til o‘rganish jarayonini qiziqarli va samarali qiladi, shuningdek, bolalarda intellektual va madaniy rivojlanishni rag‘batlantiradi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 9 Mustaqil bajarish uchun mashqlar: I.Berilgan gaplardagi yangi so‘zlarni aniqlab, ularni izohlashga harakat qiling: 1.Bugungi kunda zamonaviy ta’lim jarayonida IT texnologiyalar katta imkoniyatlar yaratmoqda. 2.Globallashuv dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirmoqda. 3.Har bir loyihaning muvaffaqiyati yaxshi ishlab chiqilgan strategiyaga bog‘liq. 4.Intelektual salohiyati yuqori bo‘lgan o‘quvchilar murakkab masalalarni tezda hal qila olishadi. 5.Renessans davrida shakllangan ilmiy yutuqlar bugungi zamonaviy bilimlar rivojiga asos bo‘lib xizmat qiladi. 2. Quyida berilgan neologizmlardan foydalanib matn tuzing. Marketing, reyting, tender, internet, bank, bankomat, investitsiya, investor, kapital, globallashuv, renessans, brend. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. M.Hamrayev va b., Ona tili(oliy o‘quv yurtlari uchun darslik). Toshkent-2017 2. M.Hamrayev va b., Ona tili va bolalar adabiyoti(1-qism, Ona tili),Toshkent - 2023 3. U.B.Aydarova, O‘qish savodxonligi (umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinf o‘quvchilari uchun darslik), Toshkent-2023 4. N.Mahmudova, A.Sobirov va boshqalar, Ona tili(umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun darslik, to‘la yangilangan 5-nashr), Toshkent-2023 5. Internet resurslari: neologizm.uz, in.academy.uz, wikipediya.uz, inlibrary.uz