scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONDA INTERNET TIJORATDA RISK MENEJMENTI AMALIYOTI

Ubaydullaeva, Dilrabo Boborahmatovna

Abstract

So‘nggi yillarda elektron to‘lovlar infratuzilmasining kengayishi, “Digital Uzbekistan – 2030” strategiyasi hamda “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun sektorda texnik, huquqiy va kiberxavfsizlik xavflarini kamaytirishga xizmat qilmoqda. Tadqiqotning amaliy qismi O‘zbekistonning eng yirik marketpleys Uzum Market misolida risk-menejment tizimini o‘rganishga bag‘ishlangan. Kompaniya faoliyatida operatsion, reputatsion, huquqiy, moliyaviy havflar va kiberxavflarni boshqarish bo‘yicha qo‘llanilayotgan chora-tadbirlar, xususan IT–barqarorlik, yetkazib berish tizimi, ma’lumotlarni mahalliy serverlarda saqlash, sotuvchilarni tekshirish, firibgarlikka qarshi algoritmlar qo‘llash va logistika xavflarini kamaytirish strategiyalari tahlil qilindi.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 86 DOI: https://10.5281/zenodo.17891472 O‘ZBEKISTONDA INTERNET TIJORATDA RISK MENEJMENTI AMALIYOTI Ubaydullaeva Dilrabo Boborahmatovna JIDU II-kurs tayanch doktoranti, “tizimli tahlil va menejment” kafedrasi, 08.00.03 Menejment, E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA So‘nggi yillarda elektron to‘lovlar infratuzilmasining kengayishi, “Digital Uzbekistan – 2030” strategiyasi hamda “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun sektorda texnik, huquqiy va kiberxavfsizlik xavflarini kamaytirishga xizmat qilmoqda. Tadqiqotning amaliy qismi O‘zbekistonning eng yirik marketpleys Uzum Market misolida risk-menejment tizimini o‘rganishga bag‘ishlangan. Kompaniya faoliyatida operatsion, reputatsion, huquqiy, moliyaviy havflar va kiberxavflarni boshqarish bo‘yicha qo‘llanilayotgan chora-tadbirlar, xususan IT–barqarorlik, yetkazib berish tizimi, ma’lumotlarni mahalliy serverlarda saqlash, sotuvchilarni tekshirish, firibgarlikka qarshi algoritmlar qo‘llash va logistika xavflarini kamaytirish strategiyalari tahlil qilindi. Kalit so‘zlar: Internet tijorat, marketpleys, platforma, risk menejmenti, gibrid tizim. So‘ngi to‘rt yil ichida internet tijorat bozorida sezilarli o‘sish kuzatilgan, 2019 yilda elektron to‘lov tizimlarining paydo bo‘lishi va mahalliy to‘lov tizimi bilan integratsiyalashuvi internet tijoratni qo‘llab quvatlovchi muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qildi. Respublikada internet tijoratning barqaror rivojlanishini ta’minlash va GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 87 yuzaga keladigan hatarlarni kamaytirish maqsadida qator strategiyalar va huquqiy hujjatlar qabul qilingan. “Digital Uzbekistan – 2030” strategiyasida elektron tijoratda texnik risklar: uzilishlar, kechikishlar yoki ma’lumotlarning yo‘qolish xavfini sezilarli darajada kamaytirish maqasadida infratuzilmani rivojlantirish, internet xizmatlarini kengaytirish va kiberxavfsizlikni mustahkamlashga e’tibor qaratilgan. 2022-yilda qabul qilingan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunda elektron savdo jarayonlari, shartnomalarning tuzilishi, elektron hujjatlarning yuridik kuchi va iste’molchi huquqlarini himoya qilish masalalari belgilangan. Qonunga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolariga tegishli shaxsiy ma’lumotlar mamlakat hududida joylashgan serverlarda saqlanishi shart. So‘nggi yillarda e-commerce subyektlari uchun kiberxavfsizlik choralarini kuchaytiruvchi me’yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda. Bu hujjatlar fishing, xakerlik hujumlari yoki ma’lumotlarning buzilishi kabi xavflarni kamaytirishga qaratilgan bir qator qarorlar va normativ hujjatlar qabul qilindi. Bugungi kunda O‘zbekistondagi eng yirik va eng jadal rivojlanayotgan onlayn savdo platformasi Uzum Market hisoblanadi. Kompaniya tashkiliy modeli o‘zida bir nechta yirik xalqaro elektron tijorat platformalari: Wildberries, Ozon, Amazon va Yandeks Market tajribalarini mujassamlashtiradi. Shu jihatdan Uzum Marketni “gibrid” tuzilma deb ta’riflash mumkin, chunki unda turli elektron savdo formatlari: klassik marketpleys, o‘z assortimentiga ega savdo tizimi hamda kengaytirilgan xizmatlar majmuasi birlashtirilgan. Kompaniyada risklarni boshqarish va inqirozli vaziyatlarga javob berishda maxsus mas’ul xodimlar faoliyat yuritadi. Bu esa Uzum Market faoliyatida risk-menejment alohida strategik yo‘nalish sifatida shakllanayotganini ko‘rsatadi. Hozirgi bosqichda bunday bo‘linmalar asosan Toshkentdagi markaziy ofisda mavjud, biroq yaqin istiqbolda ularni hududiy darajada ham joriy etish rejalashtirilgan. Uzum Market faoliyatida foydalanuvchi ma’lumotlarini saqlash masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Kompaniya mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlash uchun serverlarni faqatgina O‘zbekiston hududida joylashtiradi va shu orqali milliy qonunchilik talablariga to‘liq rioya qiladi. Shu tariqa, ma’lumotlarni saqlash va GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 88 qonunchilikka moslik kompaniya uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlardan biri sifatida qaraladi. Bunday yondashuv bir nechta muhim afzalliklarni ta’minlaydi. Birinchidan, foydalanuvchilar uchun huquqiy himoya kafolatlanadi, chunki ma’lumotlar milliy qonunchilik va tegishli davlat organlari nazorati ostida bo‘ladi. Ikkinchidan, ma’lumotlarning xorijiy yurisdiksiyalarga o‘tib ketishi bilan bog‘liq xavflar kamayadi, bu esa foydalanuvchilarning maxfiyligini qo‘shimcha darajada himoya qiladi. Uchinchidan, serverlarning mamlakat ichida joylashuvi kiberxavfsizlik darajasini oshiradi hamda ma’lumotlarni tezroq qayta ishlash imkonini beradi. Uzum Market faoliyatida xavfsizlik va sifatni ta’minlash mexanizmlaridan biri sifatida sotuvchilar va ularning mahsulotlarini nazorat qilish alohida o‘rin tutadi. Platformaga yangi sotuvchilarni jalb qilish jarayonida ular ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda xavfsizlik xizmati tomonidan mavjud ma’lumotlar asosida tekshiruv o‘tkaziladi. Ushbu bosqichda sotuvchining shaxsiy va huquqiy ma’lumotlari, faoliyat yuritish ruxsatnomalari hamda avvalgi tajribasi tahlil qilinadi. Biroq faqat dastlabki tekshiruv bilan cheklanib qolish yetarli emas. Shu sababli Uzum Market qo‘shimcha nazorat tizimini joriy qilgan. Xususan, Uzum FBO (Fulfillment by Uzum) omborlariga kelib tushadigan har bir mahsulot alohida nazoratdan o‘tkaziladi. Bu jarayonda mahsulot sifati, uning iste’molchilarga xavfsizligi va e’lon qilingan karta (mahsulot tavsifi, xususiyatlari, sertifikatlari) bilan to‘liq mosligi tekshiriladi. (1-rasm) Uzum Market O‘zbekiston bozorida nafaqat yirik logistika hamkorlari (masalan, O‘zbekiston Pochtasi, Emu va boshqalar) bilan ishlashi, balki sotuvchilarni qo‘llabquvvatlashning innovatsion tizimini joriy etishi bilan ham ajralib turadi. Kompaniyaning asosiy ustunliklaridan biri shundaki, platformaga yangi ro‘yxatdan o‘tgan har bir sotuvchiga darhol shaxsiy menejer biriktiriladi. Mazkur tizimning GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 89 samaradorligi shundaki, menejerning rag‘batlantirish mexanizmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvchining savdo ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Shu bois, menejer nafaqat maslahat beradi, balki sotuvchini faol kuzatib, unga qachon va qancha hajmda mahsulotni Uzum omborlariga yetkazib berishi lozimligini oldindan ma’lum qiladi. Bu esa “out of stock” xavfini minimallashtiradi hamda mahsulotlarning doimiy ravishda yetarli bo‘lishini ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, Wildberries, Ozon va boshqa yirik xalqaro marketpleyslarda shaxsiy menejerlar asosan yirik brendlar yoki katta hajmda savdo qiluvchi sotuvchilar uchun taqdim etiladi. Uzum Market esa bunday imkoniyatni ham yangi boshlayotgan sotuvchilarga, ham tajribali tadbirkorlarga bir xil darajada taqdim etadi. Natijada, kompaniya tovar yetishmovchiligi xavfini bartaraf etibgina qolmay, balki sotuvchilarning barqaror rivojlanishini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Uzum Marketning eng muhim ustunligi — mahalliy sharoitga moslashganligi, tezkor logistika va mahalliy sotuvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashi mahalliy foydalanuvchilar orasida eng ommalashgan onlayn tijorat bozori xisoblanadi. AliExpress kiberxavfsizlik bo‘yicha eng rivojlangan tizimga ega, Wildberries o‘rtacha Sotuv jarayonida qo'shimcha monitoring Maxsulotni mlatformada joylashtirish Sotuvga ruxsat berish Maxsulotni sifatini va mosligini nazorat qilish Maxsulotning jismoniy sifati mahsulot kartasi (tavsifi, sertifikatlar, xususiyatlar) Maxsulotni Uzum FBO omborlariga yetkazish Sotuvchi ma'lumotlarini tekshirish (Xavfsizlik xizmati) Shaxsiy ma'lumotlar litsenziya, ruxsatnomalarning tekshiruvi oldingi tajriba Sotuvchini ro'yxatdan o'tkazish GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 90 darajada xavfsizlik choralarini qo‘llaydi, Uzum Market esa hali rivojlanish bosqichida bo‘lib, asosiy himoya elementlari mavjud bo‘lsa-da, xavfsizlikning ko‘plab muhim jihatlari ustida ishlashni davom ettirishi kerak. Wildberries kompaniyasi xususiy korporativ tuzilishga ega bo‘lib, unda boshqaruv jarayonlari asosanmarketpleys asoschisi tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Qarorlar qabul qilish jarayoni tezkorlik va yuqori darajadagi shaxsiy nazorat bilan tavsiflanadi. Shu bois, direktorlar kengashi va maxsus qo‘mitalar bu korporatsiyada yetakchi o‘rin egallamaydi. Risk-menejment tizimi mavjud bo‘lsada, u xalqaro korporativ standartlar darajasida formalizatsiyalashmagan va boshqaruv modeli avtoritar va markazlashgan xarakterga ega. AliExpress Alibaba Groupning xalqaro miqyosdagi tarkibiy qismi hisoblanadi. Alibaba Groupning korporativ boshqaruv tizimi yuqori darajada institutsionalizatsiyalashgan bo‘lib, unda direktorlar kengashi, mustaqil direktorlar, shuningdek audit, risk va komplayens qo‘mitalari faoliyat yuritadi. Boshqaruv tizimi ko‘p pog‘onali tuzilishga ega: global darajadagi strategik qarorlar Alibaba Group tomonidan belgilanadi, milliy bo‘linmalar esa mahalliy sharoitga moslashtirilgan faoliyat olib boradi, operatsion bo‘g‘in esa kundalik biznes jarayonlarini amalga oshiradi. Risk-menejment tizimi umumiy korporativ strategiyaga chuqur integratsiyalashgan bo‘lib, xalqaro fond birjalari talablariga mos ravishda tashkil etilgan. Uzum Market O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritayotgan nisbatan yangi kompaniya bo‘lib, uning korporativ boshqaruv tizimi shakllanish bosqichidadir. Kompaniyada Toshkent shahrida risklar va inqirozli vaziyatlarni boshqarishga ixtisoslashgan alohida bo‘lim faoliyat ko‘rsatmoqda. Kelgusida ushbu tizimni hududiy darajada ham kengaytirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu kompaniyaning risk-menejmentni markazlashtirilgan modeldan gibrid tizimga o‘tkazishga intilayotganini ko‘rsatadi. Uzum Market o‘z boshqaruv modelida xalqaro tajribani sintez qilish yo‘lini tanlagan: Wildberriesdan tezkor boshqaruv va markazlashuv, Ozondan formalizatsiyalashgan jarayonlar, AliExpressdan esa masshtablash va IT- GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 91 infratuzilmani rivojlantirish elementlarini o‘zlashtirmoqda. Marketpleys o‘zining innovatsion, mahalliy sharoitga moslashtirilgan risk-menejment tizimini shakllantirish jarayonidadir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, № ZRU-792, 29.09.2022. — Toshkent. Qonun matni Lex.uz saytida. URL: https://lex.uz/docs/6907193 2. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Prezident Farmoni, 05.10.2020. — Toshkent. URL: https://lex.uz/docs/5031048 3. Analysis of E-commerce Marketplaces in Uzbekistan: The Case of Uzum Market, ZoodMall, and Alifshop. (2025). Global Economic Review: Journal of Economics, Policy, and Business Development, 1(4), 103–112. URL: https://ecomindspress.com/index.php/ger/article/view/55 4. The Role of Electronic Commerce Sites and Marketplaces in the Development of Small Business in Uzbekistan. (2024). American Journal of Business Management, Economics and Banking, 30, 38 URL: https://www.researchgate.net/publication/392363616