scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHAXSNING HUQUQIY MAQOMI VA GENDER TENGLIK

Asadullayev, Ulug'bek Baxtiyor o'g'li; Ibodullayeva, Sarvinoz Xurshid qizi

Abstract

Ushbu maqolada shaxsning huquqiy maqomi va gender tenglik masalalari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining normativ-huquqiy bazasi hamda xalqaro huquqiy standartlar asosida tahlil qilinadi. Maqolada shaxsning huquqiy maqomini tashkil etuvchi asosiy elementlar – huquq va erkinliklar, majburiyatlar, fuqarolik, huquqiy layoqat va muomala layoqati ko‘rib chiqiladi. Gender tenglikning huquqiy asoslari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Gender tengligi to‘g‘risida”gi Qonun va xalqaro konvensiyalar kontekstida tadqiq etiladi. Davlat siyosati va amaliyotda gender tengligini ta’minlash mexanizmlari, ayollar huquqlarini himoya qilish tizimlari hamda shaxsning huquqiy maqomi bilan gender tenglikning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 79 DOI: https://10.5281/zenodo.17891410 SHAXSNING HUQUQIY MAQOMI VA GENDER TENGLIK Asadullayev Ulug‘bek Baxtiyor o‘g‘li Namangan davlat universiteti o‘qituvchisi E-mail: [email protected] Ibodullayeva Sarvinoz Xurshid qizi Namangan davlat universiteti “Yurisprudensiya” yo‘nalishi 1-kurs talabasi E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada shaxsning huquqiy maqomi va gender tenglik masalalari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining normativ-huquqiy bazasi hamda xalqaro huquqiy standartlar asosida tahlil qilinadi. Maqolada shaxsning huquqiy maqomini tashkil etuvchi asosiy elementlar – huquq va erkinliklar, majburiyatlar, fuqarolik, huquqiy layoqat va muomala layoqati ko‘rib chiqiladi. Gender tenglikning huquqiy asoslari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Gender tengligi to‘g‘risida”gi Qonun va xalqaro konvensiyalar kontekstida tadqiq etiladi. Davlat siyosati va amaliyotda gender tengligini ta’minlash mexanizmlari, ayollar huquqlarini himoya qilish tizimlari hamda shaxsning huquqiy maqomi bilan gender tenglikning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: shaxsning huquqiy maqomi, gender tenglik, huquq va erkinliklar, fuqarolik, diskriminatsiya, davlat siyosati, majburiyatlar. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 80 ПРАВОВОЙ СТАТУС ЛИЧНОСТИ И ГЕНДЕРНОЕ РАВЕНСТВО АННОТАЦИЯ В данной статье анализируются правовой статус личности и вопросы гендерного равенства на основе нормативно-правовой базы законодательства Республики Узбекистан и международных правовых стандартов. В статье рассматриваются основные элементы правового статуса личности – права и свободы, обязанности, гражданство, правоспособность и дееспособность. Правовые основы гендерного равенства исследуются в контексте Конституции Республики Узбекистан, Закона “О гендерном равенстве” и международных конвенций. Анализируются механизмы обеспечения гендерного равенства в государственной политике и практике, системы защиты прав женщин, а также взаимосвязь правового статуса личности с гендерным равенством. Ключевые слова: правовой статус личности, гендерное равенство, права и свободы, гражданство, дискриминация, государственная политика, обязательства. LEGAL STATUS OF THE INDIVIDUAL AND GENDER EQUALITY ABSTRACT This article analyzes the legal status of the individual and gender equality issues based on the regulatory framework of the legislation of the Republic of Uzbekistan and international legal standards. The article examines the main elements of the legal status of the individual – rights and freedoms, obligations, citizenship, legal capacity and capacity to act. The legal foundations of gender equality are explored in the context of the Constitution of the Republic of Uzbekistan, the Law “On Gender Equality” and international conventions. The mechanisms for ensuring gender equality in state policy and practice, systems for protecting women’s rights, as well as the relationship between the legal status of the individual and gender equality are analyzed. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 81 Keywords: legal status of the individual, gender equality, rights and freedoms, citizenship, discrimination, state policy, obligation. Bugungi globallashuv davrida shaxsning huquqiy maqomi va gender tenglik masalasi har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy huquqiy davlatning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan gender tengligi masalasi bugungi kunda dunyo hamjamiyatining eng dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Shaxsning huquqiy maqomi – shaxs bilan davlat va jamiyat, shuningdek, boshqa shaxslar o‘rtasida mavjud bo‘lgan huquq, erkinlik, burch va majburiyatlar yig‘indisi yoki majmui tushuniladi. Mashhur rus huquqshunosi, konstitutsiyaviy huquq nazariyotchisi N.V.Vitrukning ham fikriga ko‘ra, shaxsning huquqiy maqomi — bu shaxsning davlat bilan o‘zaro munosabatlarida huquqiy jihatdan belgilangan holati bo‘lib, u shaxsga tegishli bo‘lgan huquqlar, erkinliklar, majburiyatlar va qonuniy kafolatlardan iborat tizmidir. Shaxsning huquqiy maqomi tushunchasi qadimgi sivilizatsiyalar davridan shakllana boshlagan. Qadimgi Bobil, Misr, Hindiston va Xitoyda odamlarning huquqiy maqomi keskin tabaqalashgan edi. Qullarga qaraganda, zodagonlar keng huquq va imkoniyatlarga ega edilar. Feodalizm davrida shaxsning huquqiy maqomi meros qilib olinadigan imtiyozlar va majburiyatlarga asoslangan edi. Jamiyat qat’iy tabaqalangan bo‘lib, zodagonlar, ruhoniylar, burjuaziya va dehqonlar har xil huquqlarga ega edilar. Ikkinchi darajali feodal o‘z suvereniga qarashli bo‘lib, unga sodiqlik va xizmat majburiyati yuklangan edi. Biroq, 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, shaxsning huquqiy maqomini yangi tamoyillar asosida qurishga kirishildi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi shaxsning huquqiy maqomining mustahkam poydevorini yaratdi. Aynan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasida; “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati,tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.’’ Bu konstitutsiyaviy norma shaxsning huquqiy maqomining GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 82 asosiy tamoyillarini belgilaydi. Huquqshunoslikda shaxsning huquqiy maqomining turli tasnifi mavjud: Umumiy huquqiy maqom – bu barcha fuqarolar yoki jamiyat a’zolari uchun umumiy bo‘lgan huquq va majburiyatlarni bildiradi. Bu maqom Konstitutsiya va asosiy qonunlar bilan belgilanadi. Barcha uchun bir xil va yagona hisoblanib, u nisbatan barqaror va umumiy shaklda amal qiladi. Maxsus huquqiy maqom – bu ma’lum bir sohada yoki faoliyat turida ishlashga bog‘liq qo‘shimcha huquq va majburiyatlarni ifodalaydi. Masalan, davlat xizmatchilari, sudyalar, prokurорlar maxsus huquqiy maqomga ega. Individual huquqiy maqom – bu konkret shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari, mehnat faoliyati, oilaviy ahvoli va boshqa holatlardan kelib chiqqan holda shakllangan huquq va majburiyatlar to‘plamidir. Shaxsning huquqiy maqomining mohiyati quyidagi fundamental jihatlardan iborat: Birinchidan, huquqiy maqom shaxsga yuridik shaxsiyat beradi. Bu shaxsning mustaqil huquqiy subyekt sifatida tan olinishini, huquqiy munosabatlar ishtirokchisi bo‘la olishini anglatadi. Ikkinchidan, huquqiy maqom shaxsning jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi va rasmiylashtiradi. U shaxsning ijtimoiy rolini huquqiy kategoriyalarga o‘tkazadi, uning huquq va majburiyatlarini aniqlab beradi. Uchinchidan, huquqiy maqom shaxs va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi, ya’ni, davlat shaxsga ma’lum huquqlar beradi va ma’lum majburiyatlarni yuklaydi, shaxs esa bu huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi. To‘rtinchidan, huquqiy maqom shaxslararo munosabatlarning huquqiy asosini tashkil etadi. Insonlar o‘rtasidagi munosabatlar ularning huquqiy maqomi orqali tartibga solinadi. Gender tengligi insoniyat oldida turgan eng muhim ijtimoiy masalalardan biridir. Gender tenglik tushunchasi jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm-fan, sport munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini anglatadi. Insoniyat tarixi davomida gender tengsizligi ko‘plab mamlakatlar va madaniyatlarda chuqur ildiz otgan muammo sifatida namoyon bo‘lib kelgan. Ayollarning siyosiy, iqtisodiy va GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 83 ijtimoiy hayotda erkaklar bilan teng huquqlarga ega bo‘lishi yo‘lidagi kurash XX asrda kuchli sur’atlarda rivojlanib, bir qancha xalqaro hujjatlar qabul qilinishiga olib keldi. Endilikda xotin–qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyaga to‘xtaladigon bo‘lsak, 1979-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan xalqaro shartnoma hisoblanadi. Mazkur konvensiya ayollar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro qonun sifatida ta’riflangan bo‘lib, 1981-yil 3-sentabrda tuzilga hamda 189 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. O‘zbekiston Respublikasi ayollar huquqlarini har doim ta’minlashga alohida e’tibor beradi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib, 1995-yil 18-avgustda BMTning Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllaariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shildi. Bugungi kunda BMT ning “Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiyasi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va ko‘plab boshqa xalqaro me’yoriy hujjatlar gender tengligini ta’minlash zarurligini e’tirof etadi.Gender tengligi nafaqat ayollar huquqlarini himoya qilish masalasi, balki jamiyat taraqqiyoti, iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanish uchun zarur shart hisoblanadi. Gender tenglikni yoshlarga singdirish masalasida oila va mahalla institutlaridan tashqari ta’lim tizimining ham ahamiyati katta. Chunki bolada nima to‘g‘ri va nima noto‘g‘ri ekanligi haqidagi qarashlar maktabgacha ta’lim muassasasi, maktab va keyinchalik oliy ta’lim muassasasi orqali ham shakllantirilib boriladi. Bunda eng asosiy ko‘rsatkich ta’lim tizimining tashkil etilish xususiyati bilan bog‘liq. Ya’ni mamlakatimizda ta’lim dunyoviy bo‘lib, o‘g‘il bolalar va qiz bolalar birgalikda sinf-dars ko‘rinishida tahsil olishadi. Maktabda o‘g‘il va qizlar ilk marotaba oila a’zosi bo‘lmagan qarama-qarshi jins vakillari bilan ko‘p vaqt o‘tkazadi. Aynan sinfdagi qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan munosabatlar tizimining mavjudligi yoshlar ongida genderga nisbatan to‘g‘ri dunyoqarash shakllanishiga asos bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, gender tengligining yuqori darajasi demokratiya standartlarining mustahkamlanishi, korrupsiyaning kamayishi va ijtimoiy adolatning ta’minlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekistonda so‘nggi GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 84 yillarda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha muhim qonunlar qabul qilinmoqda, ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligi ortib bormoqda. Masalan, ayollarning rahbarlik lavozimlarida ishlashi, biznes boshlashi yoki o‘qish, kasb tanlash imkoniyatlari kengaymoqda. Bu nafaqat ayollarning o‘ziga, balki butun jamiyatning rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, gender tenglikni ta’minlash uchun faqatgina huquqiy asoslar yetarli emas. Ijtimoiy ong, madaniy stereotiplar va qadriyatlar ham asta-sekin o‘zgarishi zarur. Misol uchun, ayollar erkaklar bilan solishtirganda o‘rtacha 20% kam ish haqi oladilar. Jahon bo‘yicha faqat 24% parlament a’zolari ayollardan iborat. Ta’lim sohasida ko‘plab mamlakatlarda qizlarning maktabga borish imkoniyati cheklangan. Jamiyatda ayolning faolligini cheklovchi noto‘g‘ri tasavvurlar, “ayolning joyi faqat uyda” degan qarashlar tobora eskirib bormoqda. Zamonaviy jamiyatda ayollar nafaqat oilada, balki iqtisodiyot, ilm-fan, texnologiya, diplomatiya kabi sohalarda ham teng darajada muvaffaqiyatga erishmoqda. Bu esa gender tenglik nafaqat inson huquqining bir bo‘lagi, balki taraqqiyotning asosiy omili ekanini ko‘rsatadi.Ayrim odamlar gender tengligini erkaklar va ayollarning bir xil bo‘lishi deb tushunishadi. Aslida bu tenglama emas, balki teng imkoniyatlar va huquqlardir. Gender tengligi ayollarga ustunlik berish emas, balki mavjud kamsitishlarni bartaraf etishdir. So‘nggi o‘n yilliklarda gender tenglik masalalarida rivojlanish kuzatilmoqda; ko‘proq qizlar maktabga boryapti, kamroq qizlar erta turmushga chiqishga majbur qilinmoqda, ko‘proq ayollar parlamentda va rahbarlik lavozimlarida ishlamoqda, gender tengligini oshirish uchun qonunlar isloh qilinmoqda. 2030-yilgacha gender tengligi xususiy va davlat sohalarida ayollar huquqlarini cheklab qo‘yayotgan kamsitishning ko‘plab asosiy sabablarini bartaraf etish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishni talab qiladi. Masalan, kamsituvchi qonunlarni o‘zgartirish va tenglikni faol rivojlantirish uchun qonunlarni qabul qilish kerak. Shunga qaramay, 49 mamlakatda ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunlar hali ham mavjud emas, 39 ta davlatda esa qizlar va o‘g‘illar uchun teng meros huquqi mavjud. Gender asosidagi zo‘ravonlikka barham berish bugungi kunda dunyodagi eng dolzarb masaladir. Ayollarning barcha sohalardagi samarali GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 18 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 85 mehnati, ayniqsa, farzandlar tarbiyasi, oila hayotidagi ulkan xizmatlarini hech narsa bilan oʻlchab, qiyoslab boʻlmaydi.Xususan “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat xamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, jamiyat va davlat xayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi”, deb O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida" gi, 2019-yil 2sentabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” qonun gender tengligini ta’minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab berdi. Bu qonun qabul qilinishi O‘zbekiston jamiyatida gender munosabatlarini tartibga solish va ayollar huquqlarini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi. Xulosa qilib aytganda, shaxsning huquqiy maqomi va gender tenglikni ta’minlash – demokratik davlatning asosiy tamoyillaridan biridir. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyat hayotini yanada adolatli, barqaror va farovon qiladi. Har bir inson o‘z huquqlari himoyalanganini his qilgan jamiyatda haqiqiy rivojlanish va ijtimoiy uyg‘unlik yuzaga keladi. Shaxsning huquqiy maqomini mustahkamlash va gender tengsizlikni kamaytirish yo‘lida qilinadigan har bir sa’y-harakat ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaydi, inson huquqlarining to‘liq ro‘yobga chiqishiga xizmat qiladi va jamiyat taraqqiyotiga keng yo‘l ochadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. “Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiyasi, 1979-yil. 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (2023-yil tahriri). 3 O‘zbekiston Respublikasining “Ayollar va erkaklarning teng huquqlari va imkoniyatlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni - 2019-yil 2-sentyabr, O‘RQ-562-son (yangi tahrirdagi qonun) 4. “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni - 02.09.2019 yildagi O‘RQ-561-son.