Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 987 BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARIDA PROFESSIONAL-TERMINOLOGIK KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI Vallamatova Sadoqat Samatjon qizi O’zMPU, 2-kurs tayanch doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17893862 Annotatsiya, Maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining professional tayyorgarligida yuqori darajadagi terminologik kompetensiyani shakllantirish zarurati asoslanadi.Shuningdek, an’anaviy ta’lim usullaridan farqli o‘laroq, terminologik bazani shakllantirish uchun tizimli va ilmiy asoslangan ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanishning afzalliklari muhokama qilingan.Xususan, pedagogik tezaurus yondashuvi orqali talabalarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantish bilan birga, ularning ilmiy, metodik va pedogagik bazalarini kengaytirish va rivojlantirib borish imkonini beradi.Maqolada pedagogik tezaurusdan foydalanish talabada nafaqat leksik boylikni oshirishga, balki chuqur kontekstual va tizimli kasbiy kompetensiyani shakllantirishga xizmat qilishi muhokama qilingan. Kalit so‘zlar: tezaurus, pedagogik tezaurus, terminologik kompetensiya, integrativ yondashuv, kontekstual yondashuv, tizimli yondashuv, LMS, CLIL, COCA, Miro. Respublikamizda so‘nggi yillarda pedagog kadrlar tayyorlashda har tomonlama yetuk, zamonaviy, bilimli hamda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash jarayonini xalqaro malaka talablari asosida tashkil etish, bo‘lajak o‘qituvchilarni ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan holda tayyorlash, chet tillarda erkin fikrlarini bayon eta oladigan mutaxassislar tayyorlashda jahon svilizatsiyasi yutuqlaridan keng foydalanishning me’yoriy asoslari yaratildi va moddiy-texnik bazasi boyitildi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish va ta’lim sifatini baholash asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyati sifati va samaradorligini oshirish ustuvor vazifa etib belgilandi [1].Natijada oliy ta’lim muassalarida chet tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil etish imkoniyati kengaytirildi. Kadrlar tayyorlash jarayonida zamonaviy yondashuvlardan samarali foydalanish va rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribalarini joriy etish bugungi O‘zbekiston ta’lim tizimida keng ko‘lamli amalga oshirilayotgan ishlardan bo‘lib, bunday tajribalarni qo‘llash,avvalo,o‘quv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish,pedagogik jarayonni innovatsion metodlar asosida tashkil etish hamda talabalarning kasbiy tayyorgarligini yangi bosqichga olib chiqish imkonini yaratadi. Metodist olim J.J.Jalolov : “ Chet til o‘qitishdagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va yoyishdan ko‘zlanadigan maqsad ham ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishga qaratiladi [2].” deb ta’kidlaydilar. Jahonda ta’lim standartlari doimiy ravishda yangilanib borayotgan bugungi kunda, ingliz tili o‘qituvchisining roli shunchaki til ko‘nikmalarini o‘rgatuvchi darajasidan, professionalmetodik kontentni boshqaruvchi darajasiga ko‘tarildi. O‘qituvchi xalqaro ta’lim hujjatlari, metodik adabiyotlar va ilmiy tadqiqotlarni o‘z ona tilida ham, xorijiy tilda ham tushunishi va sharhlay olishi lozim. Bu esa yuqori darajadagi professional-terminologik kompetensiyani talab qiladi. Terminologik aniqlik nafaqat o‘qituvchining o‘z bilimini oshirib borishiga, balki dars
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 988 berish jarayonida o‘quvchilarga ma’lumotni yetkazish, o‘quv dasturlarini tahlil qilish va baholash mezonlarini ishlab chiqishda ham kasbiy samaradorlikning bevosita ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shunday qilib, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari professional tayyorgarligida terminologik bazani shakllantirish uchun tizimli va ilmiy asoslangan metodologiya yaratishni taqozo etadi. Ta’lim muassalarida,xususan,oliy ta’lim muassasalarida keng qo‘llanilib keliniyotgan tazaurus yondashuv ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligida ilmiy atamalarning amaliyotga joriy etilishida ayniqsa, qo‘llanilishi ayni muddaodir. Tezaurus - bu bir so‘zning ma’nodoshlarini yoki unga o‘xshash so‘zlar ro‘yxatini, shuningdek zid ma’noga ega bo‘lgan turli so‘zlarni topish uchun ishlatiladigan ma’lumotnoma jamlanmasi-lug‘atlar hisoblanadi [3].Tezaurus ba’zan “sinonimlar lugʻati” yoki “sinonimlar qomusi” deb ham ataladigan, ma’lumotlar manbasi boʻlib,unda soʻzlar ma’nolari boʻyicha tartiblanadi, ba’zan keng va tor ma’nodagi atamalar tuzilmasi sifatida,ba’zan esa shunchaki sinonimlar va antonimlar roʻyxati sifatida beriladi [4]. V.I.Bogoslovskiy,N.V.Bordovsdkaya,V.A.Izvozchikov,L.Yu.Monaxova, O.N.Shilova va boshqa olimlar tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida “tezaurus’ tushunchasini ifodalash darajalari ajratilgan va asoslangan:1) kategoriyaviy darajatushunchalar va ular orasidagi aloqalar bilan ifodalangan dunyo manzarasi; 2) aniq-ilmiy darajasintaktik jihatdan aniqlangan,muayyan ilmiy sohaning ochiq axborot bazasi,semantik jihatdan ayni paytda mavjud bo‘lgan o‘ziga xos munosabatlarga muvofiq tuzilgan; 3) o‘quv fani darajasi-tegishli ilmiy tezaurusning mantiqiy yopiq qismi bo‘lib,o‘rganilayotgan predmet sohasida muvaffaqiyatli yo‘nalish olish va faoliyat yuritish maqsadida o‘rganuvchi tomonidan o‘zlashtirish uchun mo‘ljallangan;4) shaxsiy daraja o‘rganuvchi tomonidan faol qo‘llanadigan bilimlar,ko‘nikmalar,malakalar va hokazolarni o‘zlashtirish zaxirasi bo‘lib,u muayyan shartlar ta’sirida dolzarblashadi.Bunda o‘rganuvchining istalgan predmet sohasida tezaurusini shakllantirish jarayoni uni to‘liq tayyorlashni anglatadi. “Tezaurus” ta’rifining semantik ma’nosining tarixiy rivojlanishini ko‘p qirrali tahlil qilinsa,tezaurus biron bir fanni, jumladan pedagogik atamalar bilan bo‘lgan muommoni konstruksiya qilish va uni hal qilishning konseptual modelini ishlab chiqish uchun metodologik asos ekanligi haqida xulosa qilish imkonini beradi [6].Shunday qilib,tezaurus talabaning kasbiy rivojlanishiga sabab bo‘ladigan o‘ziga xos “axborot to‘plovchi” sifatida namoyon bo‘ladi.Uning mazmuni o‘ziga xos predmet muhiti-o‘qitish davrida shakllangan va turli faoliyat turlarida faol qo‘llanadigan axborot,bilim va ko‘nikmalar bilan belgilanadi.Shuningdek, pedagogik tezaurus professional kompetensiya oshib borishida,ikkinchi tomondan, pedagogikada sodir bo‘ladigan turli o‘zgarishlar bilan bog‘liq,zarur axborot,bilim va tajribani shaxsiy o‘zlashtirishga yordam beradigan,tashkil etuvchi,boshqaruvchi va rag‘batlantiruvchi rolni bajaradi.Bundan tashqari,tezaurus ta’lim muhitining rivojlanishi bilan bog‘liq holda doimiy ravishda boyitilib,takomillashtirib boriladi. Pedagogik tezaurus esa— bu ta’lim-tarbiya jarayoni, pedagogika fani va metodika sohalariga oid asosiy tushunchalar, atamalar va kategoriyalarni tizimli jamlaydigan, ularning oʻzaro bogʻliqliklarini, soʻzlarning ma’nodoshlarini va ularning tarkibiy munosabatlarini koʻrsatib beradigan maxsus lug‘at yoki ma’lumotnomadir [5]. An’anaviy tezauruslar asosan leksik boylikni oshirish uchun foydalanilsa, pedagogik tezauruslardan nafaqat leksik boylikni oshirish uchun, balki oʻquv jarayonini takomillashtirish va aniq oʻquv maqsadlarga erishish uchun ham ishlatiladi. Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining professional kompetensiyasini shakllantirishda pedagogik terminologiyani chuqur o‘zlashtirish
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 989 muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki terminologik kompetensiyani shakllantirish dinamik va kompleks jarayon bo‘lib, bu jarayonni samarali tashkil etishda metodologik asoslarga tayanish va tizimli o’quv jarayonini tashkil etish muhimdir. An’anaviy ta’limda terminlar ko‘pincha passiv lug‘at sifatida o‘qitiladi. An’anaviy usullardan farqli o‘laroq, zamonaviy ta’lim amaliyoti pedagogik tezaurusni o‘qitishda uchta asosiy yondashuvni birlashtirishni talab qiladi.Ulardan integrativ, kontekstual va tizimli yondashuvlarni tahlil qilib chiqsek: 1. Integrativ yondashuv: bu yondashuv bevosita "Pedagogik Tezaurus" funksiyasini bajaruvchi vositalarni o‘quv platformalari (LMS)ga integratsiya qilishni nazarda tutadi.Masalan, a) LMS (Learning Management System) platformasidagi Glossariy: Moodle yoki Canvas kabi platformalar yordamida har bir kurs doirasida maxsus terminologik glossariy yaratiladi. Bu glossariy bevosita o‘quv materiallari bilan bog‘lanib, talaba matnda duch kelgan har qanday yangi pedagogik terminning izohini, sinonimini va kontekstual qo‘llanilishini o‘sha joyning o‘zida topish imkoniyatini beradi va ta’limdagi uzviylik tamoyilini ta’minlash uchun asos bo‘la oladi. b) Wikiterm loyihalari (Maxsus Wiki-bazalar): Talabalar guruhlarga bo‘lingan holda, o‘zlari o‘rganayotgan terminlar bazasini birgalikda yaratadi, tahrir qiladi va ularni o‘zbek va ingliz tilidagi kontekstual misollar bilan boyitadi. Bu nafaqat leksik boylikni, balki jamoaviy tahlil qilish kompetensiyasini ham,muloqot ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. 2. Kontekstual yondashuv a) CLIL (Content and Language Integrated Learning): ushbu usulda pedagogik tezaurusni shakllantirish uchun boshqa fanlar (masalan, psixologiyasi, fizika) bevosita ingliz tilida o‘qitiladi. Tezaurus bu jarayonda maxsus pedagogik-terminologik lug‘at sifatida ishlatilib, talabaning kasbiy bilim bazasini xorijiy tilda tez va aniq o‘zlashtirishiga yordam beradi. b) COCA ( Corpus of Contemporary American English): talabalarga pedogogik yoki lingvistik terminlarning akademik,ilmiy yoki metogik kontekstlarda qanday qo‘llanilishini o‘rgatish va terminlarning semantik ma’nosini tushunishga zamin yaratadi. c) Thesaurus.com (Elektron lug‘at) : ilmiy tilda samarali yozish, gapirish va ilmiy matnlarni chuqurroq tahlil qilish imkonini beradigan, metodik hujjatlarni yozishda terminlarni to‘g‘ri qo‘llash, ma’nodoshlari bilan almashtirish va ularning mos birikmalarini topish uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan elektron lug‘atdir. 3. Tizimli yondashuv Pedagogik tezaurusni tizimli yondashuv asosida o‘qitish atamalarni faqat yodlashni emas, balki ularni o‘zaro bog‘langan bir butun tizim sifatida tushunishni talab etadi. Bunda platformalar terminlarning tarkibiy va assotsiativ bog‘liqligini vizual tarzda yaratish va namoyish etishga va tizimli o‘rganish uchun ishlatiladi. a) Miro (Mind Mapping): asosiy termin atrofidagi bog‘liq atamalarni guruhlash va ularning aloqasini ko‘rsatish uchun foydalaniladi.Platformadan individual yoki bir vaqtning o‘zida guruh bilan birga foydanish mumkin.Shuningdek, platforma hech qanday to‘lov talab qilmaydi va dastur va platformalardan ilgari foydalanmagan talabalar uchun ham mos keladi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, pedagogik tezaurusni o‘qitishdagi bu kompleks yondashuvlar bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida nafaqat leksik, balki chuqur kontekstual va tizimli kasbiy kompetensiyani shakllantiradi.Zero, mehnat bozoridagi jadal o‘zgarishlar, globallashuv sharoitida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish har bir mamlakat uchun eng muhim vazifalardan hisoblanib,ichki va jahon mehnat bozorida malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratish istagini aks ettiradi.Bu jarayonda chet tillarni,xususan ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 990 yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash esa bugungi kunda ta’lim tizimini oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir.Chunonchi,ta’lim tizimi pedagoglardan faqat bilimli bo‘lishni emas, balki zamon talablariga moslashishni taqazo etmoqda.Xalqaro miqyosdagi o‘zgarishlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim jarayonida yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. Shu ma’noda, chet tillarini o‘qitishda pedagoglardan nafaqat til ko‘nikmalarini yuqori darajada egallash, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’limda qo‘llay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish,shuningdek ilmiy,tahliliy, ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishni,o‘z kasbiy faoliyatida doimiy o‘zgarishlarga moslashib,zamonaviy metod ,yondashuv va texnologiyalarni samarali qo‘llay olish qobiliyatini talab etadi. Terminologik aniqlik o‘qituvchining kasbiy samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shunday qilib, ushbu maqolada taklif etilgan pedagogik tezaurus yondashuvi terminologik bazani shakllantirish uchun ilmiy jihatdan asoslangan samarali metodologiya bo‘lib xizmat qiladi. Integrativ, kontekstual va tizimli yondashuvlarning (LMS glossariylar, CLIL, Miro kabi) kompleks qo‘llanilishi orqali, talabalar terminlarni nafaqat yodlash, balki ularni kasbiy faoliyatning turli kontekstlarida tushunish va qo‘llash ko‘nikmasini egallaydilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oczbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni.- O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,2017-yil,6-son,70-modda. 2. J.J.Jalolov. “Chet til o‘qitish metodikasi”, “o‘qituvchi nashriyotmatbaa ijodiy uyi ,Toshkent-2012. 20-bet 3. Sivakumar, S., & Sivasubramanian, S. (2014). Enhancing Tamillearners' vocabulary acquisition through the use of a pedagogical thesaurus. // Journal of Language Teaching and Research, 5(4). Pp. 845-851. 4. https://en.wikipedia.org/wiki/Thesaurus 5. Rahmatova Z. A. Pedagogik terminlar tizimini takomillashtirishning lingvistik asoslari. // Filologiya fanlari nomzodi dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2021. – B. 20-22. 6. Nation, P. (1990). Teaching and learning vocabulary. Boston: Heinle & Heinle.