scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KUTUBXONALARNING KELIB CHIQISHI VA ZAMONAVIY KUTUBXONACHINING O'RNI

Tulanboyeva Mahliyo G'anisher qizi, Mahliyo G'anisher qizi Tulanboyeva

Abstract

Ushbu maqolada kutubxonalar tarixiy shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy kutubxonachilik kasbining jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Dastlabki kutubxonalar faqatgina hukmdorlar va zodagonlar uchun xizmat qilgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan jamoat kutubxonalari aholi uchun bilim manbai sifatida shakllangan. Kutubxonachilik sohasi esa avvalgi “kitob yig‘uvchilar”dan boshlab, bugungi kunda ko‘p qirrali, malakali va har tomonlama bilimga ega mutaxassislik sifatida qaralmoqda. Maqolada kutubxonachining axborot vositachisi, ma’naviy tarbiyachi, psixolog va texnik mutaxassis sifatidagi zamonaviy roli yoritilgan. Shuningdek, muallif kasbga oid zarur bilim va ko‘nikmalarni – notiqlik, psixologiya, dizayn, informatika, tibbiyot va boshqa fanlar bilan bog‘lab tahlil qiladi. Yakunda kutubxona va kutubxonachilik sohasi nufuzi oshishi uchun amaliy takliflar ilgari surilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1023 KUTUBXONALARNING KELIB CHIQISHI VA ZAMONAVIY KUTUBXONACHINING O’RNI 1Tulanboyeva Mahliyo G’anisher qizi, 2Mahliyo G’anisher qizi Tulanboyeva 1Zafarobod tuman axborot kutubxona markazi Axborot – bibliografiya xizmat Rahbari, 2Head of the Information and Bibliography Service at the Zafarobod District Information and Library Center https://doi.org/10.5281/zenodo.17894727 Kutubxona – bu g‘oyalar maskani, unga hammani taklif qilish mumkin. A. Gersen. Annotatsiya. Ushbu maqolada kutubxonalar tarixiy shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy kutubxonachilik kasbining jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Dastlabki kutubxonalar faqatgina hukmdorlar va zodagonlar uchun xizmat qilgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan jamoat kutubxonalari aholi uchun bilim manbai sifatida shakllangan. Kutubxonachilik sohasi esa avvalgi “kitob yig‘uvchilar”dan boshlab, bugungi kunda ko‘p qirrali, malakali va har tomonlama bilimga ega mutaxassislik sifatida qaralmoqda. Maqolada kutubxonachining axborot vositachisi, ma’naviy tarbiyachi, psixolog va texnik mutaxassis sifatidagi zamonaviy roli yoritilgan. Shuningdek, muallif kasbga oid zarur bilim va ko‘nikmalarni – notiqlik, psixologiya, dizayn, informatika, tibbiyot va boshqa fanlar bilan bog‘lab tahlil qiladi. Yakunda kutubxona va kutubxonachilik sohasi nufuzi oshishi uchun amaliy takliflar ilgari surilgan. Kalit so’zlar: kutubxona, kutubxonachi, kutubxonachilik kasbi, axborot vositachisi, ma’naviyat targ’ibotchisi, psixologik ko’makchi, jamoat kutubxonasi, kitobxonlik, zamonaviy kutubxona, madaniyat, resurslar, texnologiya, rivojlanish, targ’ibot, oliy ta’lim, mutaxassis, kitobxon psixologiyasi, o’qish madaniyati, buktreyler, ko’rgazma, informatika, dizayn sohasi, xorijiy til, sifatli ta’lim. Abstract. This article explores the historical development of libraries, their evolution, and the role of modern librarianship in society. Initially, libraries served only rulers and elites, but over time, public libraries emerged as a source of knowledge for the masses. The field of librarianship has evolved from mere "book collectors" to a multifaceted, skilled profession requiring diverse expertise. The article highlights the modern librarian’s roles as an information intermediary, a promoter of cultural values, a psychological supporter, and a technical specialist. It also analyzes the essential skills and knowledge needed, including communication, psychology, design, IT, and even medical basics. Finally, practical suggestions are offered to enhance the prestige and impact of libraries and librarianship. Keywords: Library, Librarian, Librarianship, Information Intermediary, Cultural Advocate, Psychological Support, Public Library, Reading Culture, Modern Library, Culture, Resources, Technology, Development, Advocacy, Higher Education, Specialist, Reader Psychology, Reading Culture, Book Trailer, Exhibition, IT, Design, Foreign Language, Quality Education. Kutubxonalar paydo bo’lganidan buyon necha asrlar o’tgan bo’lsa ham aynan mana shu soha hali hamon yashab kelmoqda, rivojlanmoqda. Insonlar kutubxonalarni qanday baholashadi, INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1024 kutubxonalar insonlar uchun kerakmi, kutubxonalar uchun kutubxona xodimlari kerakmi yoki insonlarga kutubxonachi xodimlar kerakmi? Bugun biz shu mavzuda gaplashamiz. Kutubxonalar qanday paydo bo’lgan? Dastlabki kutubxonalar paydo bo’lishiga qadimgi davrlarda ma’lum bir vositaga asoslangan bilim olish shakllari qimmat bo’lganligi sabab bo’lgan. O’sha davrlarda bilimning o’zi aholining hamma qatlami uchun bo’lmagan. Ya’ni oldinlari faqat yuqori tabaqa odamlari, davlat hukmdorlari, oliy mansab kishilar bilim olishi mumkin edi. Aynan shu maqsadda ochilgan kutubxonalar esa ularga yordamchi vosita sanalgan. O’sha davrlardagi axborot tashuvchilar esa – papirus, pergament, loydan yasalgan bitiklar juda qimmatbaho bo’lgan. Aynan buning sababi esa ularni ishlab chiqarish jarayoni yoki materiallarning yuqori narxi odamlarning bilim olishga bo’lgan xohishini so’ndirgan. Keyinchalik esa jamoat kutubxonalari paydo bo’la boshladi. Jamoat kutubxonalari ko’paygani sari aholining ilm olishga bo’lgan ishtiyoqi kuchayib bordi. Odamlar sekin – asta kitob o’qish kishiga ko’p foyda keltirishi va ma’lumot to’plashning eng samarali usuli ekanligini tushunib o’zlari uchun kutubxonalar barpo etishni boshlaganlar. Oʻrta asrlarning oxirida katta cherkovlar qurilgan paytda odamlar ular qoshida kichik kutubxonalar tashkil qilishni boshlagan. Ulardan ilhomlangan Universitetlar ham kitob yigʻishni boshlashgan. Parij, Geydelberg va Florensiya universitetlari “zanjirband qilingan” kitob toʻplamlari bilan mashhur boʻlgan. Kitob tayyorlash shunchalik qiyin boʻlganki, noxush holatlarning oldini olish uchun kitoblar devorlarga katta zanjirlar bilan mixlab qoʻyilgan. Ya’ni bu degani insonlar kitoblarga qiziqqani sari kitoblarni to’plash ham avj olgan, umuman jaydari tilda aytganda kutubxonachilik sohasi rivojlanib borgan. O’sha davrlarda kutubxonachilar “Kitob yig’uvchi” deb atalgan. Keyinchalik bu soha ancha rivojlanib, har tomonlama takomillashib barqaror o’rniga ega bo’ldi. Bu soha rivojlangani sari tub aholi orasida ziyolilar soni ham ortgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Xususan, aniq ma’lumotlarga bir to’xtalsak, 1. Tarix zarvaraqlarini ochadigan bo’lsak, Rim imperatori bo’lgan Yuliy Sezar tarixda unchalik ham yaxshi nom qoldirmagan. Lekin biz bilmagan ma’lumotlardan biri bu Sezar tomonidan aholi uchun jamoat kutubxonalarining yaratilishidir. Jamoat kutubxonalari qurishni birinchi boʻlib qadimgi rimliklar oʻylab topishgan. Yuliy Sezar esa jamoat kutubxonalarining butun tizimini yaratishni rejalashtirgan va vafotidan keyin bunday kutubxonalar katta shuhrat qozongan. Rimning boy aholisi kambagʻallar uchun maxsus kutubxonalar tashkil etishgan, shuningdek oʻzlari uchun ulkan kitoblar kolleksiyasini toʻplashgan. IV asrga kelib Rimda 28 ta jamoat kutubxonasi mavjud boʻlgan. Bizning davrimiz boshlarida kutubxonalar cherkov va monastirlarning ajralmas qismiga aylangan. Rohiblar kitoblarni oʻqib, nusxa olganlar: koʻplab kutubxonalarning faoliyati ularning saʼy-harakatlari evaziga taʼminlangan. – deb yozadi rimlik kitobxonlar. 2. 1400-yilga kelib Oksfordda joylashgan universitet kutubxonada kitoblarni toʻplashni boshlagan. Hozirda uning Bodleyn kutubxonasi butun dunyo universitet kutubxonalari orasida eng yirigi hisoblanadi. Afsuslanarlisi, biz bugungi kunda bilgan jamoat kutubxonalari atigi 100 yildan beri mavjud. Bundan oldingi davrlar kutubxonalari haqida esa tub aholi deyarli ma’lumotga ega emas. 3. XIX asrning boshlarida ingliz siyosatchilari xalqni kutubxonalarni qoʻllab-quvvatlashga da’vat etgan. Bu esa yaxshi natija olib kelgan. Kitoblar bilan birga kitobxonlar sonining ortishi kutubxonalarning ko’payishi uchun katta vosita bo’lgan. 1850-yilda ingliz INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1025 parlamenti kutubxonalarni tashkil qilishga ruxsat bergan. Bu jarayon esa xususiy kutubxonalarning ochilishiga yo’l bergan. [1. https://sinaps.uz/bilasizmi/6379/.] Kutubxonalarni tashkil qilish davomida odamlarga yordamchi bo’ladigan, ishini yengil qiladigan, bu sohani tushunadigan odam kerakligini ular kutubxonaga borib izlagan kitobini qidirganda, va to’g’ri ma’lumot olishni xohlashganda va eng asosiysi kitoblarni uzoq vaqt saqlash o’sha davrlarda muhim ahamiyatga ega bo’lganligi sababli aynan mana shu soha bo’yicha o’z ishini ustasi bo’lgan odamlar jalb etilgan. So’ngra bu kitob yig’uvchi, to’plovchi va saqlovchilarni o’zida mujassamlaydigan ustalar (ya’ni xodimlar)ni tayyorlashgan. Bu esa o’z – o’zidan kutubxonachilik kasbining shakllanishiga olib kelgan. Kutubxonachilik kasbi Kutubxonachi - bu kasb, yuqorida aytib o'tilganidek, zamonaviy dunyoda unchalik keng tarqalgan bo’lmasada, lekin asrlar davomida shakllanib kelayotgan soha desak bo’ladi. Bundan tashqari, bu kasb IT texnologiyalari bilan solishtirganda unchalik talab qilinmaydi. Lekin bu soha juda kerakli hamda aholi qatlami orasida o’z nufuziga ega kasb. Xo’sh, kutubxonachi kim? Har bir inson hayotida kamida bir marta bunday ishchilarga duch kelgan. Kutubxonachi - kutubxonada ishlaydigan xodim. Ya'ni, o'ziga xos "kitoblar saqlovchisi". Bundan tashqari, bunday xodim adabiyotni yaxshi biladi va tezda to'g'ri topishda yordam berishga qodir va u fuqarolarga ma'lumot topishda hamda kitobxonlarni tezda tushunadigan inson bo’lishi lozim. Aslini olganda, kasbda juda qiyin narsa yo'qdek tuyuladi. Faqat kutubxonada ishlash juda qiyin ish. Haqiqiy va muvaffaqiyatli kutubxonachi ko'plab fazilatlar va ko'nikmalarga ega bo’lishi kerak. Qanday qilib bunday xodimga aylanish mumkin? Buning uchun kutubxonachi juda ko’p mashaqqatlarni yengib o’tishi, kitobxonlar bilan muloqot o’rnatishi, til va adabiyot, tarix, informatika, psixologiya fanlarini chuqur egallashi kerak. Xo'sh, har qanday kasb kabi bizda ham ma'lum bilim talab qilinadimi? Ha albatta. Yo'nalishning o'zi zamonaviy yoshlar orasida unchalik mashhur emasligini hisobga olsak, kutubxonachi sifatida keyingi ishga joylashish uchun mutaxassislik tanlash unchalik katta emas. Ya’ni bu sohada ishlagan odamni boshqa sohaga taklif qilish o’ylantiradigan holdir. Odatda faqat gumanitar fanlarga ustunlik beriladi. Xususan, “Kutubxonachi”, “Hujjatlar”, “Adabiyot”, Ba'zan biz "Madaniyatshunoslik", "Filologiya" ni ham uchratishimiz mumkin. Kamdan-kam hollarda, lekin hali ham "Menejment" kabi mutaxassislik mavjud. Aslida, yaxshi kutubxonachi faqat oliy ma'lumot bilan cheklanmaydi, Buning uchun u texnik maktabda ham o'qish mumkin. Aynan bir xil yoʻnalishlarda. Oʻrtacha hisobda kutubxonachilar ham boshqalar kabi ko’proq oʻqishiga toʻgʻri keladi, ya’ni – 4 yoki 5 yil. Qaysi joy bizning ishimizga aylanishi muhim emas - markaziy kutubxona, bolalar yoki boshqa kutubxonalar. Ammo haqiqat shuki, barcha kutubxonachi birdek bilim olishi, o'rganishi, tajriba almashishi kerak. Ba'zi hollarda siz "ishsiz" qolishingiz mumkin, Ana shunda tushunib yetasiz keyingi pog’ona bu bilimning davomiyligi ya’ni universitet. Keyingi bosqich diplomning borligi, sizning shaxsiy bilimingiz va fazilatlaringiz bilan qoplanishi kerak. Ish beruvchiga haqiqiy kutubxonachi ekanligingizni isbotlash unchalik ham oson emas. Ya’ni soha nomini eshitsangiz oson va sodda ishdek tuyulishi mumkin. Lekin aslida kutubxonachilik sohasi kasb mahorati, notiqlik san’ati psixologiya sohalarini birlamchi; kimyobiologiya, fizika, matematika, tibbiyot, dizayn va IT sohalarini ikkilamchi bilishi lozim. Nega deysizmi? Albatta bu sohalarning barchasi kasbimizga bog’liq tushunchalardir. Birlamchi masala: INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1026 1. Kasb mahorati – ya’ni uddaburon, tezkorlik, bilim darajasi, kasbiy tayyorgarlik bular boshlang’ich yechim. 2. Notiqlik san’atini o’zida mujassamlashtirgan xodim har doim har sohada eng ilg’or va vaziyatdan chiqib ketishning yagona usuli. Ya’ni hamma narsani bilsangiz-u hech nima deyolmasangiz bu sizga faqat salbiy natija olib keladi. Shuning uchun doimo har gapni o’n marta o’ylab qirq marta qirqib, sakson marta saralab, eng to’g’risini taxlab so’zlang bu ijobiy natijaga olib keladi. 3. Eng qiyin masala bu kitobxon psixikasi. Xo’sh, ularga muomala qilishdan avval ularni har birini tez soniyalarda o’rgana olmaymizku. To’g’rimi? Ayni mana shu damda bizga har doim odamlarni tezda bilishga yordam beradigan psixolog chap miya yordamga keladi. Kitobxonlar faqatgina yosh toifa bilan emas psixologik jihatdan ham toifalanadi. Xususan, Sangvinik, melanxolik, xolerik, flegmatik temperamentlar insonlarning umumiy qaysi sohaga qiziqishi yoki xarakterlanishi bilan turlanadi. Va e’tiborli kutubxonachi mana shu bilimi bilan vaziyatni yengillashtiradi. Bu hech mubolag’asiz asosiy masalalardir. Ana endi ikkilamchi masalani muhokama qilsak, Kutubxonachi faqat kitobxonlarni ehtiyojini qondiradigan shaxs bo’libgina qolmay u yangilik yaratadigan, resurslar (kitob, noyob nashrlar, fotogalereya, elektron,audio hujjatlar)ni toza va yangi holda saqlaydigan kitob saqlovchisi hamdir. Shuning uchun ham, kutubxona xodimi albatta bu sohalarni bilib qo’ysa, o’ziga va boshqalarga yaxshi bo’ladi. Ikkilamchi bilish lozim bo’lgan sohalar: 1. Kimyo – biologiya va fizika sohasi kutubxona sharoiti, hujjatlar saqlanishi, nisbiy namlik hamda yorug’lik darajasi hamda eng qo’rqinchli jarayon resurslarni har xil muhit va turli zararkunandalardan himoya qilish uchun kerak bo’ladi. Bu albatta kutubxonachining yordamchi quroli hisoblanadi. 2. Matematika oliy fan bo’lib, u qaysi sohada ishlamaylik ishchining o’ng qo’l vositasiga aylanadi. Hisob – kitob ham kutubxonachilar uchun kitoblarni jamlash, ro’yhatdan o’tkazish taqsimlash, yaroqsiz kitoblarni fonddan chiqarish jarayonida aniq ma’lumot sifatida qo’llaniladi. 3. Tibbiyot sohasi inson sog’ligining kafolati. U eng kerakli soha bo’lib, kutubxonachilik kasbini tanlagan odamlar biladi bu sohaning fidoyi kasb egasi bo’lishga arzigulik hol ekanligini. Chunki kutubxonaga kirgan odam u yerdan chiqayotganda chang, bakteriyaga to’la xonaning 0.5 % va kitobning allergiya chaqiruvchi virusini 0.2% miqdorda olib ketishini bilmaydi. Kutubxonachi esa har kuni ishga kelganda shunday muhitdan shunday havodan har doim nafas oladi. Inson sog’ligi eng qimmat ne’mat. Lekin xodim har tomonlama himoya vositalarini ishlatgan bo’lsa, havo va yorug’lik darajasi, kitoblar tozaligi hamda xavfsizlik tizimiga amal qilsa to’g’ri ovqatlanish rejimi (ya’ni ovqatlanishdan oldin 1 piyola kefir barcha viruslarni yo’qotadi)da bo’lsa hech qanday xavf tug’dirmaydi. Albatta, bunday sharoitlar ham bosichma-bosqich yo’lga qo’yilmoqda. 4. Dizayn va IT sohasi – zamonaviy raqamlashtirish texnologiyasi davrida eng nufuzli va yangi innovatsiyalarni targ’ib etadigan soha bo’lib, bu bo’yicha har kuni yangi loyihalar yangi startaplar ko’rsatayotgan xodimlarning oshig’i olchi ekanligidan dalolat. Kutubxona binosi kitoblarni joylashtirish kitobxonlarga qulaylik yaratish, kitoblarga zarar bermasdan ishlov berish, Elektron kitoblar va axborot texnologiyalari orqali amalga oshiriladigan jarayonlarning barchasi dizayn sohasiga kiradi. Ya’ni bu reklama qilish degani. Mahsulotingiz yangi har tomonlama mukammal bo’lsayu, uni to’g’ri joylashtira olmasangiz, bu bo’yicha kitobxonlarni qiziqtira olmasangiz. Qanchalik mahsulotingiz zo’r bo’lmasin, INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1027 kitobxon uni chetlab o’tadi. Rassomlar o’zlari chizgan rasmini targ’ibot qiladilar, biznesmenlar ishlab chiqqan loyihalarini targ’ibot qilishadi. Va ular bu sohada mukammal bilimga ega bo’lishadi. Lekin kutubxona sohasi vakillari alohida bu sohada o’qimagan bo’lsada mana shu soha bo’yicha ishlashadi. Ya’ni bir muallif hayoti va ijodi haqida ma’lumot yig’adi, uning bestseller kitobini buktreylerini ishlab chiqadi. Kitobxonlar talabini o’rgangan holda eng zo’r kitoblar ko’rgazmasi tashkil qiladi. Eng asosiysi kitobxonlar ehtiyojiga mos kitoblarni yaxshilab o’rganib kitob targ’ibotlari o’tkazadi. Kutubxonachilar bilim olishi lozimmi? Albatta, boshqa sohalar qatori kutubxona mutaxassislari bilim olishning har bir bosqichini bosib o’tishi lozim va bugungi kunda global sohaga aylangan xorijiy tilni o’zlashtirishi kerak. Har bir sohaning o’z faoliyati va kelajakdagi ilg’or natijasi bo’lgani kabi kutubxonachilik sohasining ham o’ziga yarasha kasb faoliyatiga oid mashaqqatlari, qiyinchiliklari, eng muhimi tajribalari va yutuqlari ya’ni yuqori natija ko’rsatgan fidoyilari bo’lgan. Bunga esa osonlikcha erishilmagan. Eng avvalo kutubxona haqida to’xtalsak, Manbalarga ko’ra kutubxonalar turli tilda talqin etiladi. Kutubxona aslida (arabcha - kutub - "kitoblar", forscha - xona - "uy") axborot yigʻiladigan joydir. Bunda axborot kitob, gazeta, jurnal, video va audio tasma, optik disk va h.k shaklda boʻlishi mumkin. Kutubxonalar tashkilot (jamoat) yoki jismoniy shaxs (shaxsiy kutubxona) tomonidan tashkil etilishi mumkin. Kutubxona — bosma va ayrim qoʻlyozma asarlardan ommaviy foydalanishni taʼminlovchi madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasa hisoblanadi.[2.Oʻzbekistonda kutubxonachilik ishi, T., 1989; Qosimova O., Oʻzbekistonda kutubxonachilik ishi tarixi, T., 1992; Oxunjo-nov E. O., Turkistonda Oʻrta asr kutubxonachilik va bibliografiya ishlari mada-niyati, T., 1994. https://kattakurgon.takm.uz/yangiliklar/item/49-kutubxona-nurxona-o-rta-osiyoning-qadimgikutubxonalari ] Kutubxona xodimi muntazam ravishda bosma asarlar toʻplash, saqlash, targʻib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborot-bibliografiya ishlari bilan shugʻullanadi, ommaning madaniy saviyasini oshirishda faollik koʻrsatadi. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish kutubxonachining asosiy faoliyati boʻlib, qolgan barcha faoliyatlar (kitob fondini butlash va uni tashkil etish, fond mazmunini yoritish, uni kitobxonlarga yetkazish kabilar) asosiy faoliyat uchun xizmat qiladi. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatishning asosiy maqsadi ularni axborot va adabiyotga boʻlgan talablarini imkon boricha toʻliq qondirish va adabiyot tanlashlariga yordam berishdan iborat. Kutubxona oʻz turiga koʻra kitobxonlarni tabaqalarga boʻlib, alohida kitobxonlar guruhlariga ajratgan holda xizmat koʻrsatishni tashkil qiladi. Adabiyotlar targʻibotining barcha shakl va usullari kitobxonlar talabini imkon qadar toʻliq va tezkorlik bilan qondirishga qaratiladi. Va xorijiy tillarni bilish strukturasi har bir kutubxona mutaxassisini yanayam mukammal darajada ishlashi uchun faqatgina foyda ekanligi haqiqat. Ya’ni kitobxonlar kutubxonachi oldiga turli xil til sohasiga oid ilmiy yoki badiiy adabiyot so’rab keladi, bundan tashqari O’zbekiston turli millatlar jamlangan diyor desak mubolag’a bo’lmaydi. Bizning tumanda past ko’rsatkichda bo’lsada rus, qozoq, tojik, qirg’iz millatli aholi uchun ham xizmat ko’rsatiladi. Tajriba almashish jarayonlari malaka o’quv kurslari uchun ham albatta xorijiy tilni bilish lozim. Koʻrib turganingizdek, kutubxonachi – mutaxassislar orasida unchalik mashhur boʻlmagan kasb. Bu adabiyotdan alohida mas’uliyat, bilim va malaka talab qiladi. Kutubxonada ijodkorlik va kitobni chinakam sevuvchigina doimiy ishlay oladi. Aksincha, bu hatto kasb emas, deydiganlar ham bor! Ana endi o’ylab ko’ring, kutubxonaning odamlar orasida yoki barcha INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1028 tashkilotlar qatorida emas pastda turishiga biz o’zimiz sababchi bo’lib qolmayapmizmikin? Nega deyishingiz mumkin? Birinchidan bolalar yoshligidan biz ularga hayoti davomida kutubxonaning o’rinli ahamiyati borligini aytishimiz lozim, lekin afsus biz unday qilmaymiz. Katta yoshlilar va davlat va nodavlat tashkilotlari orasida barcha kutubxonalarning alohida o’rni borligini doimiy targ’ib qilishimiz lozim. Ya’nikim bizni kasb va tashkilotimizni pisand qilmaydigan mansab yo’rg’alari bundan yetarlicha to’g’ri xulosa chiqargan bo’lar edi. Men yuqorida yozgan barcha fikrlarim xulosasi sifatida shunday taklif bermoqchiman. 1. Birinchi navbatda, M.M.T.Vazirligi bilan hamkorlikda har bir o’quvchi oladigan natijasining yuzdan o’n foizini kutubxona bilimi bilan jipslashtirsa. Ya’ni o’quvchi har chorakda hamma fandan nazorat ishi topshirganda kutubxonachi tomonidan barcha sinf o’quvchilari uchun har chorakka 3tadan kitob qo’yilishi hamda o’quvchi tomonidan ular o’qilishi va mana shu kitoblar orqali test yoki viktorina orqali bilimi baholanishi va mana shu baho o’quvchi bahosiga qo’shilib, natijaning mustahkamlanishi. Bu albatta kutubxona uchun va o’quvchi uchun yaxshi yutuqdir. 2. Ikkinchi navbatda, Oliy ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda barcha abituriyentlar uchun kirish testidagi kirish bali natijasiga kutubxonadan foydalangan bilimlarini jipslashtirish. Bunda har bir o’quvchi o’qigan kitoblaridan 20 tasini yozib bera olishi va yanayam aniqlash uchun asarda qatnashgan qahramonlardan 10 tasini sanab bera olishi va bu bilan kirish baliga qo’shimcha 5 yoki 10 ball qo’shilishi. Bunda har bir abituriyent kitob o’qish institutga kirishiga yaxshi yordam bo’lishini his qiladi. 3. Uchinchi navbatda, eng asosiy masala, va biz bu global muammoni chetlab o’tolmaymiz. Har bir davlat tashkilotiga rahbar yoki mutaxassis bo’lib ishga kiradigan odam davlat suhbati bilan birga kutubxonaga a’zoligi va yil davomida kamida 10 ta kitob o’qiganligini asoslaydigan ma’lumotnoma bilan qabul qilinsa, albatta men o’ylayman sohaga ham rivoj bo’ladi, kutubxonalar ham yuksaladi. Bir olim aytgan ekan, yashamoqchimisiz – kitob o’qing. Zero, kitob o’qimagan inson, o’lik insonlar kabidir, - deb. Men nima uchun davlat tashkilotlariga qabul qilinadigan odam kutubxonani bilishi va kitob o’qigan bo’lishi kerak dedim. Chunki hozirgi kunda bilim bizni hayotimizni va kelajagimizni belgilayotgan aynan kutubxona va kitoblar ekanligini anglashsin degan maqsadda qo’shdim. Umuman kitob o’qimagan odam - birinchi navbatta tafakkur qila olmaydi, to’g’ri fikrli keng dunyoqarashli bo’la olmaydi. Eski sarqitlarga aylangan qoidalarni o’ziga oladida nafaqat o’zini balki barcha xodimlarni qiynaydi. Keyin ko’ryabsizki, bu sohaning rivojlanishi bo’lmaydi. Davlat sifatiga ham yomon ta’sir ko’rsatadi. Bilimli, kitobni sevuvchi mutaxassis esa doimo kamtar bo’ladi atrofdagilar bilan xalqchil munosabatda bo’ladi. Har doim yangi g’oyalari orqali kasbini fidoyisiga aylanadi, soha takomillashishiga alohida ahamiyat qaratadi, eng muhimi hamma undan birday rozi bo’ladi. Yaxshilab kuzatgan inson bilimli inson bilan bilimsiz odamni bir qarashda ajratib oladi. Bizning vazifamiz esa kasbimiz yo’lida hormay tolmay aholi orasida kitobxonlikni keng yoyish hamda barcha uchun sevimli bo’lgan kitoblarni kitobxonlarga manzur qilish. Zero, Har qanday tashkilot qanchalik ahamiyatli bo’lsa, kutubxonalar ularning yuraklaridir, har qanday inson sohasining eng zo’r mutaxassisi bo’lsa kutubxonachi xodim ularga to’g’ri taklif va kitoblar taqdim etgan mutaxassislardir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 1. Manba: [https://sinaps.uz/bilasizmi/6379/] INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1029 2. Oʻzbekistonda kutubxonachilik ishi, 1989-y. Qosimova O. Oʻzbekistonda kutubxonachilik ishi tarixi, 1992-y. Oxunjonov E.O. Turkistonda Oʻrta asr kutubxonachilik va bibliografiya ishlari madaniyati, 1994-y. [https://kattakurgon.takm.uz/yangiliklar/item/49-kutubxonanurxona-o-rta-osiyoning-qadimgi-kutubxonalari] INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1030 The origin of Libraries and the role of the modern librarian. Libraries are a haven for ideas, where everyone is welcome. A. Herzen Abstract. This article explores the historical development of libraries, their evolution, and the role of modern librarianship in society. Initially, libraries served only rulers and elites, but over time, public libraries emerged as a source of knowledge for the masses. The field of librarianship has evolved from mere "book collectors" to a multifaceted, skilled profession requiring diverse expertise. The article highlights the modern librarian’s roles as an information intermediary, a promoter of cultural values, a psychological supporter, and a technical specialist. It also analyzes the essential skills and knowledge needed, including communication, psychology, design, IT, and even medical basics. Finally, practical suggestions are offered to enhance the prestige and impact of libraries and librarianship. Keywords: Library, Librarian, Librarianship, Information Intermediary, Cultural Advocate, Psychological Support, Public Library, Reading Culture, Modern Library, Culture, Resources, Technology, Development, Advocacy, Higher Education, Specialist, Reader Psychology, Reading Culture, Book Trailer, Exhibition, IT, Design, Foreign Language, Quality Education. Libraries have existed for centuries and continue to thrive and evolve. How do people perceive libraries? Are libraries necessary? Do libraries need librarians, or do people need librarians? Let’s dive into this topic. How Did Libraries Come to Be? The earliest libraries emerged in ancient times when access to knowledge was expensive and exclusive. Back then, only the elite—rulers, high-ranking officials, and nobility—could access education. Libraries were created to support them, serving as tools for preserving and sharing knowledge. Information carriers like papyrus, parchment, and clay tablets were costly, and their production was complex, which limited people’s access to learning. Over time, public libraries began to appear, sparking a growing interest in knowledge among the broader population. People gradually realized that reading books was a powerful way to gain information and insights. By the late Middle Ages, small libraries were established alongside large churches. Inspired by this, universities also began collecting books. Universities in Paris, Heidelberg, and Florence became famous for their “chained” book collections—books were so valuable that they were chained to walls to prevent theft. As interest in books grew, so did the practice of collecting them, leading to the development of librarianship. This growth also increased the number of educated people among the general population. Let’s look at some key historical points: 1. History shows that Roman Emperor Julius Caesar, though not always remembered fondly, pioneered the creation of public libraries. The Romans were the first to establish libraries for the public. Caesar planned a network of public libraries, and after his death, these libraries gained widespread popularity. Wealthy Romans built libraries for the poor and amassed large personal book collections. By the 4th century, Rome had 28 public libraries. Early in our era, libraries became integral to churches and monasteries, where monks copied and preserved books, sustaining library operations. 2. By the 1400s, Oxford University began collecting books, and today its Bodleian Library is one of the largest university libraries in the world. Surprisingly, modern public INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1031 libraries, as we know them, have only existed for about 100 years. Little is known about earlier libraries among the general population. 3. In the early 19th century, British politicians encouraged public support for libraries, leading to positive outcomes. The rise in readers and books fueled the expansion of libraries. 4. In 1850, the British Parliament permitted the establishment of libraries, paving the way for private libraries to flourish. As libraries grew, there was a need for people to assist visitors, help them find books, provide accurate information, and preserve books for long-term use. This led to the emergence of skilled professionals—librarians—who collected, organized, and preserved books, shaping the profession of librarianship. The Profession of Librarianship Librarianship, though not as widely recognized as fields like IT, is a profession that has evolved over centuries. It remains essential and holds a unique place in society. So, who is a librarian? Most people have encountered a librarian at least once. A librarian is someone who works in a library, essentially a “keeper of books.” Beyond that, they are knowledgeable about literature, quick to help readers find the right resources, and skilled at understanding people’s needs. At first glance, the job might seem simple, but working in a library is far from easy. A successful librarian must possess a wide range of skills and qualities. How does one become a librarian? It requires dedication, mastering communication with readers, and deep knowledge of subjects like literature, history, IT, and psychology. Like any profession, librarianship demands specific education. While not as popular among young people, the field offers limited but meaningful career paths, often focused on humanities like “Librarianship,” “Documentation,” “Literature,” “Cultural Studies,” or “Philology.” Occasionally, fields like “Management” are relevant. Librarianship isn’t limited to higher education; technical schools also offer relevant training. On average, librarians study for 4–5 years, just like other professionals. Whether working in a central, children’s, or specialized library, all librarians must continuously learn, gain experience, and share knowledge. Without ongoing education, a librarian risks becoming outdated. Employers expect more than just a degree—they look for personal qualities, practical skills, and proof of expertise. Librarianship may seem straightforward, but it requires mastery of both primary and secondary skills: Primary Skills: 1. Professional Competence: Being resourceful, quick, and well-prepared is the foundation of the job. 2. Communication Skills: A librarian must speak thoughtfully and clearly. Knowledge is useless if it can’t be shared effectively. Careful, well-chosen words lead to positive outcomes. 3. Understanding Reader Psychology: Readers vary not just by age but by personality types like sanguine, melancholic, choleric, or phlegmatic. A skilled librarian uses psychological insight to quickly understand and assist readers, making interactions smoother and more effective. Secondary Skills: