NUTQ VA TAFAKKUR O'RTASIDAGI O'ZARO BOG'LIQLIK
Full text
147 NUTQ VA TAFAKKUR O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK Eshmamatov Shoxruh Chirchiq davlat pedagogika univarsiteti Jismoniy madaniyat fakulteti Texnologik ta’lim kafedrasi talabasi [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pisixologiya kafedrasi o’qituvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o’g’li oz[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17895011 Annotatsiya Ushbu maqolada nutq va tafakkur tushunchalarining psixologik, lingvistik hamda neyrofiziologik mohiyati chuqur ilmiy tahlil qilingan. Tafakkurning shakllanishida nutqning roli, nutq jarayonining kognitiv asoslari, til - tafakkur o‘zaro munosabatlarining rivojlanish mexanizmlari, shuningdek, nutqning kommunikativ va ijtimoiy funksiyalari ilmiy yondashuv asosida yoritilgan. Kalit so‘zlar: nutq, tafakkur, til, kognitiv jarayonlar, ong, muloqot, psixolingvistika, tushuncha, kategoriyalash, abstrakt tafakkur. Annotation: This article presents an in-depth scientific analysis of the psychological, linguistic, and neurophysiological essence of the concepts of speech and thinking. It examines the role of speech in the development of thinking, the cognitive foundations of speech processes, the mechanisms underlying the relationship between language and thought, as well as the communicative and social functions of speech, all within a scientific framework. Keywords: Speech, thinking, language, cognitive processes, consciousness, communication, psycholinguistics, concept, categorization, abstract thinking. KIRISH Nutq va tafakkur insonning psixik rivojlanishida, ijtimoiy tajriba egallashida, muloqot jarayonida, o‘quv faoliyatida hamda ongning shakllanishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Inson tafakkuri nutq vositasida namoyon bo‘ladi, nutq esa tafakkur mahsulini ifodalaydi. Shuning uchun ham psixologiya, lingvistika, kognitiv fanlar va neyrobiologiyada “nutq–tafakkur” muammosi ko‘p asrlardan beri ilmiy tadqiqotlar markazida qolmoqda. Nutq - bu til vositasida tafakkur mahsullarini ifodalash, axborot almashish, muloqot qilish va o‘zaro ta’sir jarayonlarini tashkil etuvchi ijtimoiy-psixologik hodisadir. U ikki tarkibiy qismdan iborat: 1. Til - belgilar tizimi sifatida. 2. Nutq - shu belgilar orqali fikrni ifodalash jarayoni. Nutq faqat tilning mexanik qo‘llanishi emas, balki ong, idrok, xotira, tafakkur, emotsiya kabi murakkab psixologik jarayonlarning faol integratsiyasidir. Psixologiya faniga ko‘ra, nutq quyidagi turlarga bo‘linadi: Og‘zaki nutq (dialogik va monologik), yozma nutq, ichki nutq, ekspressiv nutq (so‘zlash), retsessiv nutq (tinglash va tushunish), ichki nutq tafakkurning eng yaqin ko‘rinishi sifatida insonning mantiqiy qaror qabul qilish jarayonini tashkil qiladi. Nutqning fiziologik mexanizmlari quyidagilar orqali amalga oshadi: bosh miya po‘stlog‘I, tovush apparati, eshituv analizatori, markaziy nerv tizimi
148 Tafakkur - bu real voqelikni bilishning eng yuqori shakli bo‘lib, unda inson: voqelikni umumlashtiradi, abstraksiyalashadi, mantiqiy bog‘lanishlarni anglaydi, tushuncha, hukm va xulosalar yaratadi. Tafakkur quyidagi komponentlar asosida shakllanadi 1. Idrok - ob’ekt haqida tasavvur hosil qiladi. 2. Xotira - zarur axborotni saqlaydi. 3. Tasavvur - voqelikning yangi obrazlarini yaratadi. 4. Mantiqiy operatsiyalar - tahlil, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash. Tafakkur shu jarayonlarning bir butun tizimda uyg‘un faoliyati orqali tashkil topadi. Psixologiyaga ko‘ra: konkret tafakkur, abstrakt-mantiqiy tafakkur, ijodiy tafakkur, amaliy tafakkur, kritik tafakkur. Har bir tafakkur turi nutqni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Til - inson tafakkurining vositasi. Til bo‘lmasa, murakkab mantiqiy fikrlash ham bo‘lmaydi. L. Vygotskiy ta’kidlashicha: “Tafakkur til orqali shakllanadi, til esa tafakkurning materiallashgan shaklidir.” Nutq - tafakkurning tashqi ifodasi. Inson avval fikrni ichki nutqda shakllantiradi, so‘ng uni og‘zaki va yozma nutq orqali ifodalaydi. Shu bois: Nutqi rivojlangan o‘quvchining tafakkuri - mantiqiy. Lug‘at boyligi yuqori bo‘lgan o‘quvchining tahlil qilish qobiliyati - keng. Zamonaviy neyrofiziologiya shuni ko‘rsatadiki: nutq markazlari faol bo‘lganda miyaning mantiqiy tahlil bilan bog‘liq zonalari ham faollashadi. Bu jarayonlar elektroensefalografiya va neyrovisualizatsiya usullari orqali aniq isbotlangan. Tafakkur nutq jarayonini tartibga soladi: mavzuni tanlaydi, g‘oyalarni tartiblaydi, maqsadni belgilaydi, mantiqiy izchillikni rejalashtiradi. Nutq esa bu g‘oyalarni shakllantiradigan vosita sifatida tafakkur bilan uzviy bog‘liq. O‘quvchilarda nutqni rivojlantirish quyidagilar orqali amalga oshiriladi: lug‘at zahirasini boyitish, grammatik kompetensiyani shakllantirish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, mustaqil monolog qilish ko‘nikmasini shakllantirish, yozma nutqni rivojlantirish. Tafakkurni shakllantirishda: tahlil va sintez mashqlari, mantiqiy misollar, tushunchalarni solishtirish, umumlashtirish, muammoli vaziyatlar yaratish, ijodiy topshiriqlar muhim ahamiyatga ega. O‘quv jarayonida nutq va tafakkurni birgalikda rivojlantirish quyidagilar orqali amalga oshiriladi: matn bilan ishlash, og‘zaki va yozma bayon, nutqiy munozaralar, loyihaviy ishlar, tahliliy esse yozish, ijodiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar. Agar nutq normal rivojlanmasa, quyidagilar kuzatiladi: mantiqiy fikrlashning sustligi, tushunchalarning notekis shakllanishi, xotiraning cheklanishi, tahlil va sintezning qiyinlashuvi. Agar tafakkur jarayoni buzilsa: izchil nutq shakllanmaydi, mazmunli bayon kuchsiz bo‘ladi, so‘z tanlashda qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Shu sababli logopedik va psixologik yondashuvlar bir butun tizim sifatida qo‘llanishi zarur. XULOSA Nutq va tafakkur bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan murakkab psixologik jarayonlardir. Tafakkur til vositasida shakllansa, nutq tafakkurning tashqi namoyoni sifatida faoliyat yuritadi. Nutq va tafakkurning rivoji o‘zaro ta’sirda kechadi: tafakkur boy bo‘lsa, nutq izchil va mazmunli bo‘ladi; nutq yetarli darajada rivojlanmasa, tafakkur jarayoni ham cheklangan bo‘ladi. Pedagogik tajriba shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarda nutq va tafakkurni birgalikda rivojlantirish ularning intellektual salohiyatini oshiradi, mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantiradi va o‘quv faolligini kuchaytiradi. Nutq va tafakkur integratsiyasi ta’limning zamonaviy konsepsiyalarida markaziy o‘rin egallaydi.
149 Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Vygotskiy L. S. Myshlenie i rech. – Moskva, 1982 2. Leontyev A. N. Deyatel'nost, soznanie, lichnost. – Moskva, 1975. 3. Piaget J. Child’s Conceptual Development. – London, 1977. 4. Chomsky N. Language and Mind. – Cambridge, 2006. 5. Zimnyaya I. A. Psixologiya obucheniya. – Moskva, 1991. 6. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim konsepsiyasi, 2020.