INTELEKT RIVOJLANISHIDA IRSIYAT VA MUHITNING O'RNI
Full text
153 INTELEKT RIVOJLANISHIDA IRSIYAT VA MUHITNING O'RNI Marxamarqulova Mushtariy Chirchiq davlat pedagogika universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti Texnologik ta'lim kafedrasi [email protected] Ozodqulov Olimjon Baxodir o‘g‘li Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pisixologiya kafedrasio‘qituvchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17895215 Annotatsiya Ushbu maqolada intellektning rivojlanishida irsiyat va muhitning o‘zaro ta’siri, ularning shaxs intellektiga ta’sir darajasi hamda genetik va tashqi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Irsiyat, muhit, intellekt, rivojlanish, genetik omillar. Annotation: This article analyzes the interaction between heredity and environment in the development of intelligence, the degree of their influence on an individual's intellect, and the correlation between genetic and external factors. Keywords: Heredity, environment, intelligence, development, genetic factors. KIRISH Intelektning rivojlanishida irsiyat va muhit o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi va ta’sir qiladi. Irsiyat shaxsning intellektual salohiyatining asosini belgilasa, muhit ushbu salohiyatning to‘liq namoyon bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaydi yoki aksincha, cheklashi mumkin. Ushbu omillar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir har bir insonning noyob intellektual rivojlanishini shakllantiradi. Genetik omillar intellekt rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotlar intellekt darajasining taxminan 50–60 foizi genetik meros orqali belgilanadiganini ko‘rsatadi. Biroq genetik omillar tashqi muhit ta’siri bilan birgalikda ishlaydi. Masalan, Flynn effekti deb ataluvchi ilmiy hodisa intellektning o‘sishi faqat genlarga emas, balki muhit omillariga ham bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi. Ayniqsa egizaklar va oilaviy tadqiqotlar irsiy omillarning intellekt rivojlanishidagi o‘rnini yaqqol namoyon etadi. Shu bilan birga, genlar faqat imkoniyatlarni belgilaydi, ularning qanday namoyon bo‘lishi esa tashqi ta’sirlarga bog‘liq. Inson rivojlanishi jarayoni uchta asosiy omil - irsiyat, muhit va tarbiyaning birgalikdagi ta’siri orqali shakllanadi. Tug‘ma va irsiy moyilliklar “irsiyat” tushunchasi orqali izohlanadi va ular muhit hamda tarbiya ta’sirida rivojlanadi. Ushbu omillar o‘rtasidagi muvozanat buzilganda shaxsning rivojlanish jarayonida nomutanosibliklar yuzaga kelishi mumkin. Ba’zan tug‘ma imkoniyatlar yetarli bo‘lsada, muhit yoki tarbiya yetishmagani sabab salohiyat to‘liq ro‘yobga chiqmaydi. Inson rivojlanishining irsiy dasturi deterministik va o‘zgaruvchan qismlardan iborat. Deterministik qism inson naslining davom etishi, nutq, to‘g‘ri yurish, mehnat faoliyati va tafakkur kabi umumiy insoniy xususiyatlarni ta’minlaydi. O‘zgaruvchan qism esa shaxslar o‘rtasidagi individual farqlarni belgilaydi. Tashqi jismoniy belgilar - tana tuzilishi, ko‘z, soch va teri rangi, qon guruhi, rezus-faktori - ota-onalardan meros bo‘lib o‘tadi va insonlar o‘rtasidagi ko‘rinadigan farqlarni belgilaydi. Shuningdek, nerv sistemasining xususiyatlari, psixik jarayonlarning kechish sur’ati va xarakteri
154 ham irsiy omillar ta’sirida shakllanadi. Ba’zi ruhiy buzilishlar yoki organizm faoliyatiga ta’sir qiluvchi kasalliklar avloddan-avlodga o‘tishi mumkin. XULOSA Irsiyat va muhitning o‘zaro ta’siri inson intellektining shakllanishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Genetik omillar intellektual salohiyatning boshlang‘ich imkoniyatlarini belgilab bersa, muhit va tarbiya ushbu imkoniyatlarning qanchalik ro‘yobga chiqishini belgilaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, irsiy va tashqi omillar bir-birini to‘ldirgan holatdagina shaxsning intellektual rivojlanish jarayoni to‘laqonli kechadi. Shuning uchun ham shaxs rivojlanishini to‘g‘ri yo‘naltirishda biologik, psixologik va ijtimoiy omillarni birgalikda hisobga olish muhimdir. Intellekt rivojlanishining murakkab mexanizmi irsiy dastur bilan tashqi muhit o‘rtasidagi muvozanatga tayanadi va aynan ushbu muvozanat shaxsning individual imkoniyatlarini namoyon etadi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Gottfredson, L. S. (1997). Mainstream science on intelligence: An editorial with 52 signatories. Intelligence, 24(1), 13–23. 2. Nisbett, R. E., Aronson, J., Blair, C., Dickens, W., Flynn, J., Halpern, D. F., & Turkheimer, E. (2012). Intelligence: New findings and theoretical developments. American Psychologist, 67(2), 130–159. 3. Plomin, R., DeFries, J. C., Knopik, V. S., & Neiderhiser, J. M. (2016). Top 10 replicated findings from behavioral genetics. Perspectives on Psychological Science, 11(1), 3–23. 4. Plomin, R., & Spinath, F. M. (2004). Intelligence: Genetics, genes, and genomics. Journal of Personality and Social Psychology, 86(1), 112–129. 5. Ritchie, S. J. (2015). Intelligence: All that matters. John Murray Learning.