ONLAYN SAVDO DO'KONINI YARATISHDA FOYDALANILADIGAN DASTURLAR VA XIZMATLAR TAHLILI
Abstract
Ushbu maqolada biz raqamli iqtisodiyotni asosiy bo’lagi hisoblangan elektron tijoratni tashkil etish, hamda tashkiliy jarayonda foydalaniladigan dasturlar va xizmatlarni tahlilini ko’rib chiqamiz. Bunda onlayn savdo do’konini yaratishda no-code dasturlari va ularning afzalliklari batafsil yoritib beriladi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 164 ONLAYN SAVDO DO’KONINI YARATISHDA FOYDALANILADIGAN DASTURLAR VA XIZMATLAR TAHLILI Buranov Olmas SamDAQU “Biznesni boshqarish” kafedrasi dotsenti. [email protected] Kamolova Sohiba SamISI “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi o’qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17895768 Annotatsiya. Ushbu maqolada biz raqamli iqtisodiyotni asosiy bo’lagi hisoblangan elektron tijoratni tashkil etish, hamda tashkiliy jarayonda foydalaniladigan dasturlar va xizmatlarni tahlilini ko’rib chiqamiz. Bunda onlayn savdo do’konini yaratishda no-code dasturlari va ularning afzalliklari batafsil yoritib beriladi. Kalit so‘zlar: elektron tijorat, No-Code, marketpleys, onlayn do’kon, ijtimoiy tarmoqlar, Web-Sayt. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida elektron tijoratning tutgan o’rni beqiyos. Onlayn to’lovlar, pul o’tkazmalari sohasining rivojlanishi ham aynan elektron tijorat sohasining rivojlanishi bilan bevosita bog’liq. Bugungi kunda butun dunyoga mashhur elektron tijorat platformalari: Amazon, eBay, Alibaba kabilar yangi masofa tanlamas onlayn xaridlar erasini yaratib berdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu o’rinda takidlash lozimki Markaziy osiyoda ham IPO ga chiqqan, ayni vaqtda kapitalizatsiyasi 41 mlrd dollardan oshgan marketpleys – Kaspi ham o’z iste’molchilari uchun raqamli ekotizim yaratib ularga qator qulayliklar yaratib kelmoqda. Elektron tijorat (e-commerce) - bu Internet orqali savdo-sotiq va xaridni amalga oshirish demakdir. Elektron tijorat vaqtni va pulni tejashga yordam beradi. Birinchidan, mahsulot qidirib, zarur narsani topishga vaqt sarflamaysiz, buyurgan narsangizni qisqa fursatda yetkazib berishadi. Bundan tashqari, Internet orqali sotilayotgan buyumlar narxi do‘konlarda yoki bozorlarda sotilayotgan xuddi shunday buyumlardan ma’lum foizgacha arzonga tushadi, chunki sotuvchida joy masalasi, mahsulotni saqlash muammolari bo‘lmaydi. 1 Marketpleys - bu internet do'konlardan farqli o'laroq, sotuvchilarga o'z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etib, ularni mijozlari bilan bog’ovchi savdo maydonchasi hisoblanadi Elektron tijorat sohasi jadal sur’atlarda rivoj topib borarkan, bozordagi raqobat sog’lomlashadi, mahsulotlar diversifikatsiyasi oshadi, buning natijasida esa iste’molchilardagi mavjud tanlovni oshishi hamda mahsulotlarning narxi barqarorlashishi kuzatiladi. Elektron tijoratni yo’lga qo’yishda bir nechta tanlovlar mavjud. Tijorat egasi o’z strategiyasiga qarab tijoratini: Web saytlarda Ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, Telegram) Mobil ilovalarda (Android/Ios) yo’lga qo’yishi mumkin. 1 Rasulev D.M, Vapoyev S.K – Elektron tijorat: O’quv qo’llanma. - T. : TDIU, 2007. - 186 b.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 165 Marketing byudjetiga qarab birortasida yoki barchasida bir vaqtda boshlashi mumkin bo’ladi. Hozirgi kunda onlayn savdo do’konini yaratishda bir qancha saytlar tayyor shablonlardan foydalanish imkonini beradigan No-code (kodsiz dasturlash) xizmatini taklif qilmoqda. Ulardan ba’zi birlari bepul bo’lsa aksari qismi ma’lum bir oylik obuna evaziga xizmatlarini taqdim etib kelishmoqda. No-code (inglizcha "no code" dan) - bu maxsus platformalar yordamida kod yozmasdan IT mahsulotlarini (veb-saytlar, veb-va mobil ilovalar) yaratish usuli. Bugungi kunda no-code taxminan 16 milliard dollar hajmiga ega istiqbolli bozor bo‘lib, 2027-yilga kelib u 125 milliard dollargacha o‘sishi mumkin, daromad esa yiliga o‘rtacha 24,2 foizga oshishi kutilmoqda. Kodsiz ishlab chiqish ayniqsa Yevropa va Qo'shma Shtatlarda mashhur, prognozlarga ko'ra, uch yil ichida barcha ilovalarning 65 foizi kodsiz platformalar yordamida yaratiladi. 2 Dastlab endi onlayn savdo sohasiga kirib kelayotgan startaplar o’zlari uchun 0 dan websayt yasatishi uchun sarflaydigan pulining o’rniga no-code dasturlari yordamida o’zlari tayyor shablonlar orqali veb-ilovalar yaratishi mumkin. Endi faoliyatini boshlagan, yoki MVP (minimum valuable product) holatidagilar uchun “No-code” xizmatlaridan foydalanish ayni muddao hisoblanadi. Quyida “No-code” xizmatini taklif etuvchi bir nechta saytlarning tahlilini ko’rib chiqamiz: 1. Shopify.com sayti. Shopify-dan foydalanishning asosiy afzalliklaridan biri bu ularning xavfsizlik choralari va davomiy takomillashib borishidadir. Shopify saytining e’tiborga molik afzalliklaridan yana biri bu yangi foydalanuvchilar uchun sodda interfeysga ega ekanligi hisoblanadi. Analitika, ijtimoiy tarmoq integratsiyasi, mahsulotlarni qo'shish va buyurtmalarni qayta ishlash bir muncha oson. 1-rasm. Shopify-ning yillik obuna xizmatidan foydalanilganda 1 oyga to’g’ri keladigan obuna narxlari ko’rsatilgan. 2. Softr.io sayti. Softr.io - bu hech qanday kodlash bilimisiz ajoyib va funktsional vebsaytlarni yaratishga imkon beruvchi keng qamrovli kodsiz veb-ishlab chiqish platformasi. Softr.io ishonchli xostingni taqdim qiladi va veb-saytingiz tez va xavfsiz bo'lishini ta'minlaydi. Afzalliklariga - O'zining qulay interfeysi, shablonlari, integratsiyalari, tahliliy boshqaruv paneli va ishonchli xostingga ega ekanligi kiradi. 2 https://trends.rbc.ru/trends/education/61dfee139a794706d0cc4383
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 166 2-rasm. Softr-ning yillik obuna xizmatidan foydalanilganda 1 oyga to’g’ri keladigan obuna narxlari ko’rsatilgan. 3. Bubble.io sayti. Bubble - murakkab veb-ilovalarni 10 barobar tezroq va arzonroq yaratish imkonini beradi. Afzalliklari - tezlik, samaradorlik, xavfsizlik, moslashuvchanlik, ishonchlilik va soddalikni taklif etishidir. Shuningdek, u mijozlarni jalb qilish va sotuv lidlarini konvertatsiya qilishni yaxshilash imkonini beruvchi elektron pochta integratsiyasini ta'minlaydi. 3-rasm. Bubble-ning yillik obuna xizmatidan foydalanilganda 1 oyga to’g’ri keladigan obuna narxlari ko’rsatilgan. 4. Wix.com sayti Wix - bu bepul, foydalanuvchilar uchun qulay, veb-sayt yaratish platformasi hisoblanib, o’ziga xos jihati o’zining mahalliy toʻlov yechimi Wix Paymentsga egaligidir. Afzalliklari - foydalanuvchi uchun qulay va intuitiv muharrirlar, cheksiz sozlash imkoniyatlariga ega shablonlar, ijtimoiy media integratsiyalari, kengaytirilgan SEO imkoniyatlari hamda ishonchli xostingdan iborat. 4-rasm. Wix-ning yillik obuna xizmatidan foydalanilganda 1 oyga to’g’ri keladigan obuna narxlari ko’rsatilgan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 167 Yuqoridagi ma’lumotlar asosida xulosa qiladigan bo’lsak, onlayn savdo do’konini yaratishda No-code dasturlaridan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjud bo’lib, ular tijorat egasining vaqtini hamda pulini tejashga xizmat qiladi. Statistika shuni ko’rsatib turibdiki endilikda No-code ga bo’lgan talab oshadi va o’z navbatida mavjud afzalliklar soni ham tobora ortib boradi. Agar elektron tijoratni xalqaro miqyosda yo’lga qo’yish istagi bo’lsa shopify.com sayti tavsiya qilinadi, sababi Shopify kuniga o'rtacha 2,1 million faol foydalanuvchiga ega bo’lib, 2024 yil holatiga ko'ra 700 million iste’molchiga ega hamda Shopify-da 175 mamlakatdan 1,75 milliondan ortiq savdogar bor. Bugungi kunda 5.6 million onlayn-do'kon Shopify-dan foydalanadi. Shopify butun dunyo bo'ylab elektron tijorat ulushining 16,36 foizini egallaydi. Bu ko’rsatkichlar shuni ko’rsatib turibdiki shopify bilan xalqaro bozorda faoliyatni boshlash muvaffaqiyatga erishish ehtimolini oshiradi. Agar elektron tijorat biror region miqyosida faoliyat yuritadigan bo’lsa Wix.com sayti tavsiya etiladi. Chunki bu saytda onlayn do’kon yaratish juda oson va interfeysi soddaligi yangi foydalanuvchilar uchun qiyinchilik tug’dirmaydi. Obuna narxi ham qolgan saytlarga nisbatan bir muncha arzon. Shu kabi faktorlar biror region miqyosida faoliyat yuritish uchun to’g’ri tanlov desak mubolag’a bo’lmaydi FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Rasulev D.M, Vapoyev S.K – Elektron tijorat: O’quv qo’llanma. - T.: TDIU, 2007. - 186 b. 2. Suyunov D.X, Kenjabayev A.T, Ro’ziyev A.O. - Elektron tijorat. Darslik. -T.: 2023. –298 b. 3. Ayupov R.H - Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar. O’quv qo’llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2020, 554 bet. 4. Chaffey, D., & Ellis-Chadwick, F. (2019). Digital marketing: Strategy, implementation and practice. Pearson. 5. Turban, E., King, D., Lee, J., Liang, T. P., & Turban, D. C. (2018). Electronic commerce 2018: A managerial and social networks perspective. Springer