scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QURILISH SOHASIDA INNOVATSION RIVOJLANISH VA RAQAMLASHTIRISH

Aliyeva Nigora Bozor qizi; Elmatova Asila Faxriddin qizi; Jo'raqulova Elnura Otabek qizi

Abstract

Ushbu maqolada qurilish sohasida innovatsion menejment va raqamlashtirish jarayonlarining ahamiyati, ularning tarmoq samaradorligi hamda boshqaruv tizimlariga ta’siri yoritilgan. Qurilish jarayonlarini zamonaviy IT-texnologiyalar asosida tashkil etish, avtomatlashtirish va sifat nazoratini takomillashtirish orqali resurslardan oqilona foydalanish, inson omilini kamaytirish hamda shaffoflikni oshirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan “Raqamli O‘zbekiston– 2030” strategiyasi doirasidagi islohotlar, BIM, GIS, va IoT kabi raqamli tizimlarning amaliy qo‘llanilishi misolida qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotda innovatsion yondashuv va menejmentning samarali integratsiyasi qurilish sohasining barqaror rivojlanishi uchun muhim omil sifatida baholangan

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 184 QURILISH SOHASIDA INNOVATSION RIVOJLANISH VA RAQAMLASHTIRISH Aliyeva Nigora Bozor qizi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti o’qtuvchisi. Elmatova Asila Faxriddin qizi Jo’raqulova Elnura Otabek qizi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalari. https://doi.org/10.5281/zenodo.17896220 Annotatsiya. Ushbu maqolada qurilish sohasida innovatsion menejment va raqamlashtirish jarayonlarining ahamiyati, ularning tarmoq samaradorligi hamda boshqaruv tizimlariga ta’siri yoritilgan. Qurilish jarayonlarini zamonaviy IT-texnologiyalar asosida tashkil etish, avtomatlashtirish va sifat nazoratini takomillashtirish orqali resurslardan oqilona foydalanish, inson omilini kamaytirish hamda shaffoflikni oshirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan “Raqamli O‘zbekiston– 2030” strategiyasi doirasidagi islohotlar, BIM, GIS, va IoT kabi raqamli tizimlarning amaliy qo‘llanilishi misolida qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotda innovatsion yondashuv va menejmentning samarali integratsiyasi qurilish sohasining barqaror rivojlanishi uchun muhim omil sifatida baholangan Kalit so’zlar: “Raqamli O‘zbekiston– 2030” strategiyasi doirasidagi islohotlar, BIM, GIS, va IoT kabi raqamli tizimlar. Kirish So’ngi yillarda O’zbekistonda qurilish sohasida iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion rivojlanish va raqamlashtirish jarayonlari olib borilmoqda. Qurilish jarayonlari ham bundan mustasno emas. Qurilish sohasi ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri bo’lib jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishida alohida o’rin egallaydi. Bu sohaning asosiy vazifasi binolar va inshootlarni qurish, jarayonni nazorat qilish, rekonstruksiya qilishdan iborat. Metodologiya Yirik uy-joy massivlari va infratuzilmalari barpo etilmoqda. Shu bilan birga bu sohaga xorijiy ilg’or texnologiyalarni ham jalb qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takommillashtirish chora tadbirlari to’g’risida» 2018-yil 2-apreldagi PF-5392-son Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida». Hamma sohada bo’lgani kabi qurilishda ham kamchiliklar bo’lib turadi. Masalan qurilish materiallari va resurslarida .Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun malakali kadrlarni yetishtirish kerak. Asosiy Qism Innovatsiyalar va innavatsion boshqaruvga bugungi kunda berilayotgan e’tibor hozirgi jamiyatimiz hayotini yana bir pog’onaga yaxshilaydi.Bundan tashqari qurilish sohasida innovatsion g’oyalardan foydalanish ishlab chiqarish jarayonidagi mehnat unumdorligi va resurslarni tejashga yordam beradi.Innavatsion jarayon innavatsion o’zgarishlarni tayyorlash va taqdim etishdan iborat.Bu jarayon natijasida innovatsiya hosil bo’ladi.Innavatsion rivojlanish bu iqtisodiyot va biron bir sohani yanada takomillashtirishdan iborat. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 185 Innovatsion rivojlantirish bu yangi texnologiyalarni, ilmiy yutuqlarni, mahsulotlarni amaliyotda tadbiq etish va bosharuv usullaridan foydalangan holda korxonaning raqobatbardoshliligini yanada oshiradi. Innovatsion rivojlanishning asosiy maqsadlari quydagilardan iborat:  Iqtisodiy o’sishni yanada tezlashtirish  Ishlab chiqarishni yaxshilash  Yangi bo’sh ish o’rinlarini yaratish  Aholining yashash tarzini yanada yaxshilash kabi bir qancha maqsadlarni ilgari suradi. Tahlil va Natijalar Innovatsion rivojlanishning asosiy yo’nalishlari quydagilardan iborat:  Ilm fanni rivojlantirish  Yangi texnologiyalarni tadbiq etish  Raqamli iqtisodiyotga o’tish  Startaplarni va innovatsion g’oyalarni qo’llab quvvatlash. Raqamlashtirish qurilish sohasidagi jarayonlarni kompyuter texnologiyalarni, internet tizimlari va raqamli ma’lumotlar orqali boshqarishdir. Innovatsion rivojlanishning bir qancha turlari bo’lgani kabi raqamlashtirishning ham bir nechta turlari mavjud. Masalan raqamli loyihalash, qurilish jarayonini raqamlashtirish, raqamli boshqaruv tizimlari, tahlil va monitoringni raqamlashtirish. Raqamlashtirishning asosiy maqsadlari bu xatoliklarni kamaytirish, samaradorlikni oshirish, ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash va qaror qabul qilishni yangilashdan iborat. O’zbekistonda raqamlashtirish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida so’ngi yillarda barcha yo’nalishlarda raqamli transformatsiya olib borilmoqda. Misol qilib «Raqamli O’zbekiston-2030 «strategiyasi, qurilish sohasida «Yagona elektron platforma» joriy etilishi kabi bir qancha misollar keltirish mumkin. Xulosa. Qurilish sohasida innovatsion rivojlanish va raqamlashtirish soha yo’nalishini modernizatsiya qilish, samaradorlikni sezilarli darajada oshirish va barqarorlikni ta’millash uchun zarurdir. Ushbu yangi texnologiyalar va jarayonlarni fanga joriy etish orqali ,soha xalqaro standartlarga mos ravishta rivojlanib, global raqobatbardoshlikni oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Inoyatova.D.SH. Qurilishda menejment.-Toshkent,2018 .212-bet. 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning «Raqamli O’zbekiston-2030» strategiyasi to’g’risidagi qarori.-Toshkent,2020-yil 3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qurilish sohasini raqamlashtirish chora -tadbirlari to’g’risidagi «qarori. -Toshkent, 2021-yil. 4. Karimov.N.»Raqamli iqtisodiyot va uning O’zbekiston sanoat tarmoqlarida qo’llanilishi».- Toshkent:Iqtisodiyot nashriyoti,2022-yil.