O`zbekiston Respublikasi "Jinoyat kodeksi"ning umumiy qismida qo`llanilgan murakkab yuridik terminlar tasnifi
Abstract
Ushbu maqolada O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 1–96-moddalarida, ya`ni ushbu Kodeksning umumiy qismida keltirib o`tilgan, huquqiy sohada keng qo`llaniladigan, shuningdek, yuridik tizimda ham muhim o`rin egallagan, fuqarolar uchun tushunib olish birmuncha murakkab bo`lgan ayrim terminlarga atroflicha izoh berildi hamda ularning asl mohiyati tushunarli darajada yoritildi. Fuqarolar (xalq) maqolada mazmuni ochib berilgan ushbu terminlarni bir o`qishda tushunib olishlari va ijtimoiy hayotda ham keng qo’llashlari mumkin. Shuni ta`kidlab o`tish joizki, bu maqolada keltirib o`tilgan terminlarning ahamiyati nafaqat yuridik sohada, balki jamiyatning boshqa sohalarda ham sezilarli o`ringa ega.
Full text
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 297 O`zbekiston Respublikasi “Jinoyat kodeksi”ning umumiy qismida qo`llanilgan murakkab yuridik terminlar tasnifi Jafarov Mahmudxon Xoshimxon o`g`li Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti, yurisprudensiya yo`nalishi, 1-kurs talabasi. Ilmiy rahbar: I. ERNAZAROVA. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti o`qituvchisi. Annotatsiya. Ushbu maqolada O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 1– 96-moddalarida, ya`ni ushbu Kodeksning umumiy qismida keltirib o`tilgan, huquqiy sohada keng qo`llaniladigan, shuningdek, yuridik tizimda ham muhim o`rin egallagan, fuqarolar uchun tushunib olish birmuncha murakkab bo`lgan ayrim terminlarga atroflicha izoh berildi hamda ularning asl mohiyati tushunarli darajada yoritildi. Fuqarolar (xalq) maqolada mazmuni ochib berilgan ushbu terminlarni bir o`qishda tushunib olishlari va ijtimoiy hayotda ham keng qo’llashlari mumkin. Shuni ta`kidlab o`tish joizki, bu maqolada keltirib o`tilgan terminlarning ahamiyati nafaqat yuridik sohada, balki jamiyatning boshqa sohalarda ham sezilarli o`ringa ega. Kalit so`zlar: yuridik termin, Jinoyat kodeksi, terminologiya, qonunchilik, yuridik soha, etimologiya. Классификация сложных юридических терминов, используемых в общей части «Уголовного кодекса» Республики Узбекистан Аннотация. В настоящей статье даются достаточные разъяснения некоторых терминов, широко используемых в общественной жизни и играющих важную роль в правовой системе, которые приводятся в статьях 1–96 Уголовного кодекса Республики Узбекистан, то есть в общей части настоящего закона; некоторым терминам, которые представляют некоторую сложность для понимания граждан, даны достаточные разъяснения, и их истинная сущность изложена в доступной форме, что позволяет гражданам (населению) легко понять термины, содержание которых достаточно полно объяснено в статье, при однократном прочтении. Следует отметить, что значение терминов, приведённых в настоящей статье, существенно не только в юридической, но и в других областях. Ключевые слова: юридический термин, Уголовный кодекс, терминология, законодательство, правовая сфера, этимология
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 298 Classification of complex legal terms used in the general part of the "Criminal Code" of the Republic of Uzbekistan Abstract. This article provides sufficient explanations for some terms that are widely used in social life and play an important role in the legal system, cited in Articles 1–96 of the Criminal Code of the Republic of Uzbekistan, that is, in the general part of this law; some terms that are somewhat difficult for citizens to understand are given sufficient explanations and their true essence is explained in a comprehensible manner, and it is easy for citizens (people) to understand the terms whose content is sufficiently explained in the article in one reading. It should be noted that the importance of the terms cited in this article is significant not only in the legal field, but also in other fields. Keywords: legal term, Criminal Code, terminology, legislation, legal field, etymology. Kirish. Hozirgi kunda tilshunoslikning terminologiya sohasida juda ko`plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda, mazkur sohaga oid yechilmagan muammolar, mavjud kamchiliklar ijobiy hal qilinmoqda. Shunga qaramasdan, yuridik soha terminologiyasida mavjud muammolar talaygina va ularni hal etish zarur. Terminologiya so’ziga ta’rif beradigan bo’lsak, ushbu so’z tor ma`noda ma`lum bir sohaga oid maxsus leksika hisoblanadi. Termin esa o`z navbatida terminologiya sohasining muhim elementi hisoblanadi. Termin tushunchasiga taniqli olim I.Mirzaev tomonidan berilgan ta`rif orqali terminning asil mohiyati nimada ekanligini bilishimiz mumkin: “Termin (lot. Terminus – chegara, had) – bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doir tushunchani ifodalovchi so`z yoki so`z birikmasi”. Terminlarning qo`llanish, tarqalish ko`lami muayyan terminologik sistema bilan cheklangan hamda ular inson faoliyati davrida aniq voqelanadi. Biz o`rganayotgan va tadqiq etayotgan Jinoyat kodeksiga oid ayrim yuridik terminlar shular jumlasidandir. Tadqiqot metodologiyasi. Ozbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida qo`llanilgan ayrim yuridik terminlarni tahlil qilishda, asosan, tavsifiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Asosiy qism. Ma`lumki, yuridik tizimga xos atamalar hamda terminlarni o`rganishda yuridik manbalar: yuridik adabiyotlar va yuridik ensiklopediyalar tadqiqi muhim o`rin egallaydi. Yuridik sohada yetuk bo`lish, ma`lum shaxs kasbining professionali bo`lishi uchun yuridik terminlar haqida atroflicha ma`lumotga ega bo`lmog`i lozim. Umuman olganda, yuridik sohani bularni bilmagan holda to`la anglash, bu sohani to`la ravishda his qilish mumkin emas. Chunki, ushbu soha birmuncha qiyinroq va o`z navbatida qiziq bo`lganligi hamda o`zining “yuridik til”iga ega ekanligi bilan boshqa sohalardan ajralib turadi.
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 299 Tahlil va natijalar. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining umumiy qismi matni tahlilidan ma`lum bo`ldiki, ushbu kodeks moddalarida yuridik sohadan farqli ravishda boshqa sohalarga oid so’zlar, shu jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy, ta`lim va hattoki tibbiyot sohasiga oid terminlar faol qo`llanilgan. Bu terminlarni kerakli darajada tushunib olish fuqarolarga birmuncha qiyinchilik tug`dirmoqda. Buning boisi shundaki, Jinoyat kodeksidagi bu kabi yuridik terminlar xalq tilida batafsil yoritilmagan. Ushbu maqolada 10 ga yaqin bir o`qishda tushunib olish yetarlicha qiyinchilik tug`dirayotgan terminlar batafsil yoritiladi. Biz yuqoridagilarni hisobga olib, tahlil natijasida quyidagi terminlarni mohiyatini batafsil ochishga harakat qildik: ➢ Mahkum; ➢ Turma; ➢ Redsidivist; ➢ Amnistiya; ➢ Reablitatsiya; ➢ Kvalifikatsiya; ➢ Profilaktika. Mahkum – jinoyatni sodir etganlikda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxs, deya turli yuridik adabiyotlarda keltiriladi. Mahkum so`zi arab tilidan olingan bo`lib, “hukm qilmoq”, “qaror chiqarmoq” degan ma`nolarni bildiradi. Ushbu termin Jinoyat kodeksida “hukm ostida bo`lgan kishi” ma`nosida yaxlit so`z, ya`ni “mahkum” termini orqali ifodalangan. Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, ushbu terminning faolligi boshqa sohalarda, asosan, yuridik sohada balanddir. O`z navbatida bu terminni tushunib olish qiyin bo`lsa uni “jinoyatchi”, “sudlangan’ sinonimlari orqali mohiyatini anglash mumkin. Tturma tushunchasiga keladigan bo`lsak, Jinoyat kodeksining 50-moddasida ushbu termin bevosita qo’llanilganligini ko`rishimiz mumkin. Turma – bu turkiy ildizli so`z bo`lib, “tur” fe`lidan kelib chiqqan. Uning ma`nosi esa “turgan joy” deya adabiyotlarda keltiriladi. Ba`zi boshqa manbalarda bu terminni ruscha “тюрьма” (tyurma) so`zining talaffuzi orqali o`zlashgan, ya`ni bu so`z aslida slavyan (rus) tilidan o`zbek tiliga kirib kelganligi haqida o`qishimiz mumkin. Bu termin yuqorida keltirib o`tilgan “mahkum” lar saqlanadigan joyni ifodalashda, asosan, jinoyat huquqida foydalaniladi. Bir ko`rishda bu terminni tushunib olish qiyinchilik tug`dirmasligi tabiiy. Ba’zan ushbu tushuncha xalq tilida “qamoqxona” so’zining sinonimi sifatida ham qo’llaniladi. Ammo, bizningcha turma qamoqxonadan ichki tartibi jihatidan ancha farq qiladi va har
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 300 kim ham unda jazoni o`tashga duchor bo`lmaydi. Redsidivist – huquqiy tizimda xavfli jinoyatchi. Bu termindan Jinoyat kodeksining turli moddalarida faol foydalanilgan (redsidiv jinoyat, redsidivist, redsidivizm, o`ta xavfli redsidivist ko`rinishlarida). Bu terminning etimologiyasi haqida so`z yuritadigan bo`lsak, redsidivist – lotincha recidivus (“yana qaytgan”) so`zidan kelib chiqqan. Bu termindan dastlab tibbiyotda foydalanilgan bo`lib, “kasallikning qaytalanishi” degan ma`noni bergan. Hozirgi kunda esa ushbu termin, asosan, huquqshunoslik fanida “jinoyatga qaytgan shaxs” ma`nosida keng qo`llanilmoqda. Sodda tilda aytadigan bo`lsak, bizning fikrimizcha huquqshunoslik tizimiga ushbu terminning kirib kelishi fikrning ixchamligini, qisqa hamda lo`nda bo`lishlgini saqlagan holda ushbu soha vakillarining ortiqcha so`zga bo`lgan ehtiyojini kamaytiradi. Amnistiya – oliy davlat organining (O`zbekiston Respublikasida Oliy Majlis) huquqiy akti hisoblanib, ayrim shaxslarni jinoiy jazodan ozod qilish qilish, jinoyat ishini bekor etish yoki jazoni yengillashtirish maqsadida chiqariladi. Buni shunday ifodalash mumkinki, amnistiya jinoiy qilmish sodir etib, keyinchalik pushaymon bo`lgan shaxslarga nisbatan chiqariladigan “jazodan xalos etuvchi” hujjatdir. Qonunchiligimizda bu hujjat qachon chiqarilishi mumkinligi haqida ma`lum shartlar ko`rsatilgan. Bu tushuncha yunonchadan kelib chiqqan, hamda “kechirish”, “gunohidan o`tish” degan ma`nolarni bildiradi. O`z navbatida mazkur termin jinoyatchilarni sodir etgan jinoyatini kechirish demakdir. Reablitatsiya (lot. rehablitatio, re – qayta/yana, + habilitas/habilitatis – yaroqlilik, layoqatlilik so`zlaridan; inglizcha rehabilitation) termini ko`p tarmoqlarda keng foydalaniladi. Masalan, huquqiy tizimda nohaq ayblangan shaxsni nomini oqlash, huquqlarini tiklash ma`nosida; tibbiyotda esa sog`lig`ini yo`qotgan odamning jismoniy yoki ruhiy holatini tiklash jarayoni ma`nosini ifodalash maqsadida; ijtimoiy sohada esa jamiyatdagi insonning obro`-e`tiborini, maqomini qayta tiklash ma`nosida qo`llaniladi. Oddiy tushuntiradigan bo`lsak, “reablitatsiya” termini ko`pincha tiklamoq so`zining kengroq ma`nosini berish maqsadida ishlatiladi. Jinoyat kodeksida esa, yuqorida aytib o`tganimizdek, nohaqlik qurboni bo`layotganlarning huquqini tiklash jarayoni ma`nosida foydalanilgan. Kvalifikatsiya, bu termin ko`pchilikka deyarli bir necha marotaba o`qishda ham tushunarsiz bo`lib ko`rinadi, shu bois bu termin ham tahlil natijalariga ko`ra tushunib olish qiyin bo`lgan terminlar sirasiga kiritildi. Kvalifikatsiya so`zi (lotincha qualis “qanday” + facere “qilmoq”) lotincha ildizga ega bo`lib, dastlab sifatini aniqlash ma`nosida keng qo`llanilgan. Bugungi kunda ushbu termin boshqa sohalarda malaka darajasi ma`nosida qo`llanilmoqda. Bu tushuncha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 301 kodeksida esa jinoyatni to`g`ri tasniflash, hisoblash ma`nosida foydalanilgan. Masalan, sodir etilgan ijtimoiy xavli qilmishning Jinoyat kodeksining qaysi moddasi orqali tartibga solinishi uning kvalifikatsiyasi deyiladi. “Kvalifikatsiya” nafaqat yuridik, balki boshqa sohalarda ham foydalaniladi (kasbiy sohada, ta`lim sohasida va h.k). Tahlil natijalari asosida navbatdagi “profilaktika” tushunchasi ham yuqoridagilar kabi tahlil va tasnif berilishi lozim bo’lgan terminlardan dey topildi. Profilaktika – yunonchadan olingan so`z bo`lib, oldindan ogohlantirish, kasallik yoki noxush holatning oldini olish ma`nosini bildiradi. Huquqiy tizimda esa “jinoyatni oldini olish, himoya qilish” ma`nosida keladi. Oson tushuntiradigan bo`lsak, davlat xizmatchisi bo`lgan shaxs, misol uchun, prokratura xodimlari turli qonunbuzarliklar, jinoyatlar va shu kabi noxush holatlarni oldini olish maqsadida profilaktika ishlarini amalga oshiradi va bu bilan jamiyatni, xalqni jinoiy oqibatlardan himoya qiladi. Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, O`zbekiston Respublikasining “Jinoyat kodeksi”da ko`plab terminlar faol qo`llanilgan. Bu maqola mana shu kabi ayrim terminlar sohada qo`llanilsa qanday ma`noni anglatadi, nimani ifodalaydi, degan savollarga qisqacha javob topish maqsadida yozildi. Shu o’rinda qo`llanilgan terminlarning kelib chiqishi har xil tillarga borib taqaladi hamda ularning qo`llanilish sohasi ko`p tarmoqli ekanligini aytib o`tish lozim. Bizning fikrimizga ko’ra, bugungi kunda bu kabi murakkab tushunchalarning ma`nolarini to`la ochish, shuningdek, terminologiya sohasini doimiy boyitib borish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O`zbekiston Respublikasi “Jinoyat kodeksi”. – Toshkent. 2025. 2. O`zbekiston Respublikasi “Yuridik ensiklopediyasi”. – Toshkent. “Adolat” nashriyoti, 2010. – 703 b. 3. Yuridik terminlar izohli lug`ati (faol termin va tushunchalar). – Toshkent. TDYU nashriyoti, 2024. – 336 b. 4. Karen M. Ross “Essential Legal English in Context”. – NYU press, 2019. – 224 b. 5. Kent D. Kauffman “Legal terminology”. 7th edition. – 35 b. 6. Kent D. Kauffman “Legal terminology”. 8th edition. – 236 b. 7. Madvaliyev A. Izohli lug`atda terminlarning leksikografik talqiniga doir. – Toshkent, 2009. – 192 b. 8. Dadaboev H. Zamonaviy o`zbek leksikografiyasi va terminologiyasi. – Toshkent, 2016. – 117 b.