IXTIYORIY DIQQATNING O'ZIGA XOS JIHATLARI
Full text
179 IXTIYORIY DIQQATNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Omonova Farangis Esonovna Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va Boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi [email protected] Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17896451 Annotatsiya Ushbu ishda ixtiyoriy diqqatning mazmuni, psixologik xususiyatlari va uning shakllanish mexanizmlari yoritiladi. Mavzuda ongli boshqaruv, motivatsiya va maqsadning diqqatni faollashtirishdagi o‘rni izohlanadi. Shuningdek, ixtiyoriy diqqatning o‘quv jarayonidagi ahamiyati hamda uni rivojlantirishning samarali yo‘llari ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijalari diqqatni boshqarish kompetensiyasi inson faoliyatida muhim omil ekanini tasdiqlaydi. Kalit so‘zlar: ixtiyoriy diqqat, ongli boshqaruv, motivatsiya, maqsadga yo‘naltirilganlik, ruhiy jarayonlar, faoliyat samaradorligi, diqqatni boshqarish, irodaviy kuch. Abstract: This work explores the essence, psychological characteristics, and mechanisms of voluntary attention. It explains the role of conscious control, motivation, and goal-orientation in activating and maintaining attention. The study also highlights the significance of voluntary attention in the learning process and presents effective methods for its development. The findings confirm that attention regulation is an essential competence for successful human activity. Keywords: voluntary attention, conscious control, motivation, goal-directedness, mental processes, activity efficiency, attention regulation, willpower. KIRISH Ma’lumki, aqliy faoliyatning barcha turlarida diqqat ishtirok etadi. Bizning ishharakatlarimiz ham diqqat ishtiroki bilan sodir bo‘ladi. Diqqat deb,ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obyektga faol qaratilishini aytamiz.Biz o‘z faolyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa hodisa,o‘zimizning qilgan ishlarimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning obyekti bo‘la oladi. Diqqat paytida ongning bir nuqtaga to‘planishi ong doirasining torayishidan iboratdir; bunda go‘yoki ong doirasi anchagina tig‘izlanadi. Diqqatga hamma vaqt u yoki bu darajsidagi faollik xosdir. Bunday faollik ongning bir nuqtaga to‘planishining kuchayishi va ma’lum vaqt mobaynida diqqat qartilgan narsaga ongning faol yo‘naltirilishini saqlab turishdan iborat. Diqqatning fiziologik asosini bosh miya po‘sti qismidagi “optimal qo‘zg‘alish nuqtasi” tashkil qiladi. Optimal qo‘zg‘alish nuqtasi manfiy induksiya qonuniga ko‘ra,bosh miya po‘stining boshqa joylarida tormozlanishni vujudga keltiradi. Diqqat dastavval o‘zining faolligi jihatidan - ixtiyorsiz va ixtiyoriy deb farqlanadi. Diqqatimiz qartilishi lozim bo‘lgan narsani oldin belgilab olib, onli ravishda qo‘yilgan maqsad bilan ishga solingan diqaatni ixtiyoriy diqqat deyiladi. Bu diqqatning boshlanishi va ko‘pincha butun qilinayotgan ish mobaynida davom ettirilishi kuch va zo‘r berishni, ya’ni irodaning ishtirokini talab qiladi.shuning uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Ixtiyorsiz diqqatning kuchi asosan qiyinchiliklarni yengish bilan bog‘liq bo‘lgan irodaviy zo‘r berish darajasi bilan xarakterlanadi. Ixtiyoriy diqqat fiziologik tomondan, asosan, ikkinchi signallar sistemasining faoliyati bilan belgilanadi. O‘quvchi tushuntirilayotgan yangi darsni eshitib
180 o‘tirishi shu ixtiyoriy diqqat bilan ishlashning misoli bo‘la oladi. Bunda o‘quvchi “eshitib o‘tiraman” deb, ilgaridan o‘z oldiga maqsad qo‘yadi va o‘z diqqatini faqatgina o‘qituvchining so‘ziga qaratish uchun kuch sarf qiladi.Shuning bilan birga, o‘quvchi beixtiyor ravishda paydo bo‘lib, o‘qituvchining so‘zini eshitishga xalaqit beruvchi idrok, fikr, hissiyot, xayol kabi boshqa psixik jarayonlarni yo‘qotish uchun ongli ravishda harakat qiladi. Ixtiyoriy diqqat, ninaga ip taqish kabi juda oddiy ishda, ayniqsa, ochiq ko‘rinadi. Juda ko‘p har xil ishlar borki, ular asosan, ixtiyoriy diqqatni talab qiladi, masalan: musahhihning ishi, g‘isht teruvchining ishi, ekskvatorda ishlash va shu kabilar. Bu ishlar boshlanishdan oxirigacha ixtiyoriy diqqat asosida bajariladi. Ixtiyoriy va Ixtiyorsiz diqqat turlari o‘rtasidagi farq shundan iboratki, ixtiyorsiz diqqat bilan qilinadgan faoliyat ko‘pincha unchalik zo‘r bermay, ancha yengillik bilan va deyarli toliqmasdan amalga oshiriladi; ixtiyoriy diqqat bilan qilinadgan har qanday faoliyat esa anchagina zo‘r berishni talab qiladi va birmuncha toliqarli bo‘ladi.bir xil ish jarayonida va, shu jumladan, o‘qish jarayonida ham, ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga va aksincha, ixtiyorsiz diqqat ixtiyoriy diqqatga o‘tib ketishi mumkin. Masalan, qandaydiro‘qish materialini o‘zlashtirishning boshlanishi o‘quvchilardan ixtiyoriy diqqat talab qiladi. Ixtiyoriy diqqatning ixtiyorsiz diqqatga mana shunday o‘tib ketishi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini ancha yengillashtiradi. Ixtiyoriy diqqat ham o‘zining yo‘nalishiga ko‘ra tashqi va ichki bo‘lishi mumkin. Manbai bizning ongimizdan tashqarida bo‘lgan diqqatga tashqi diqqat deb ataladi. Ixtiyoriy diqqatning o‘ziga xos xususiyatlari Ixtiyoriy diqqatning birinchi xususiyati - ongli boshqaruv bo‘lib, shaxs vazifani bajarish jarayonida diqqatini o‘zi tanlaydi va ushlab turadi. Ikkinchi xususiyati - barqarorlik, ya’ni insonning uzoq vaqt davomida bir obyektga e’tibor qaratib ishlay olishi. Uchinchisi - taqsimlanuvchanlik, bunda shaxs bir vaqtning o‘zida bir nechta faoliyat turiga diqqatni ongli tarzda yo‘naltira oladi. To‘rtinchisi - tanlanish, ya’ni inson keraksiz ma’lumotlarni chetga surib, faqat muhim bo‘lganiga e’tibor qaratadi. Yana bir muhim jihat - ixtiyoriy diqqatning shakllanishi iroda bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, irodaviy kuch qancha kuchli bo‘lsa, diqqatni boshqarish shunchalik samarali amalga oshadi. Ixtiyoriy diqqatning barcha ushbu xususiyatlari uni ta’lim, kasbiy faoliyat va shaxsiy o‘sish jarayonlarida muhim psixologik mexanizmga aylantiradi. Ixtiyoriy diqqatni rivojlantirish omillari Ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishda bir nechta psixologik va pedagogik omillar muhim rol o‘ynaydi. Avvalo, motivatsiya kuchli bo‘lsa, diqqatni boshqarish osonlashadi, chunki motiv shaxsni maqsadga yo‘naltiradi. Ikkinchi omil - maqsadning aniqligi: aniq vazifa qo‘yilmagan hollarda diqqat tez chalg‘iydi. Uchinchisi - irodaviy mashqlar, masalan, rejaga amal qilish, vaqtni boshqarish va o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalari diqqat barqarorligini oshiradi. To‘rtinchisi - mashg‘ulotlar va treninglar, xususan meditatsiya, kognitiv mashqlar, konsentratsiya o‘yinlari diqqatni mustahkamlaydi. Ta’lim jarayonida ham o‘qituvchilar topshiriqlarni qiziqarli, o‘quvchilarni rag‘batlantiruvchi shaklda tashkil etishi ixtiyoriy diqqatni faollashtiradi. To‘g‘ri sharoit, tartibli ish muhiti va ruhiy tinchlik ham diqqatni yaxshilovchi omillardandir. Ixtiyoriy diqqatning amaliy ahamiyati va qo‘llanilishi Ixtiyoriy diqqat o‘quv faoliyatida eng muhim psixologik vosita hisoblanadi, chunki bilimni o‘zlashtirish jarayoni bevosita e’tibor barqarorligiga bog‘liq. Talabalar va o‘quvchilar murakkab mavzularni tushunishda, matnlarni tahlil qilishda va muammolarni hal qilishda ixtiyoriy diqqatdan faol foydalanadilar. Kasbiy sohada esa diqqatni boshqarish mehnat samaradorligini oshiradi, xatolar sonini kamaytiradi va tezkor qarorlar qabul qilishni osonlashtiradi. Hayotiy
181 faoliyatda ham ixtiyoriy diqqat vaqtni boshqarish, intizom, o‘zini rivojlantirish va mas’uliyatli qarorlar qabul qilish jarayonlarining ajralmas qismidir. Shuning uchun ixtiyoriy diqqatni rivojlantirish bo‘yicha muntazam mashqlar shaxsning umumiy intellektual va ruhiy salohiyatini oshiradi. Bu jarayon insonning o‘z hayotini ongli ravishda boshqarishi uchun asosiy psixologik resurs sifatida namoyon bo‘ladi. Diqqat bir qancha xususiyatlarga ega bo‘lib,ulardan asosiylari - diqqatning ko‘chuvchanligi, bo‘linishi, ko‘lami, kuchi va barqarorligidir. Bu xususiyatlarning qanchalik yaqqol ifodalanishiga qarab,har xil faoliyat jarayonida ayrim odamlar diqqtining ma’lim bir sifatlari belgilanadi. XULOSA Ixtiyoriy diqqat - bu shaxsning ongli ravishda maqsadga yo‘naltirilgan e’tiborini boshqarish qobiliyatidir. U tashqi omillarga avtomatik ravishda emas, balki ichki motiv, iroda va ongli nazorat asosida shakllanadi. Ixtiyoriy diqqat kishiga murakkab vazifalarni ataylab bajarish, uzoq muddatga diqqatni saqlash, muhim ma’lumotlarga e’tiborni jamlash va samarali faoliyat yuritishga imkon beradi. Shu sababli uni rivojlantirish psixologik salohiyatni mustahkamlash, o‘qish - o‘rganishda, kasbda va kundalik hayotda muvaffaqiyatga erishishda muhim omildir. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Karimova R. “Umumiy psixologiya”. - Toshkent: O‘qituvchi, 2020. 2. Ananyev B.G. “Chelovek kak predmet poznaniya”. - Moskva: Piter, 2018. 3. Zimnyaya I.A. “Psikhologiya obucheniya”. - Moskva: Logos, 2019. 4. Rubinshteyn S.L. “Osnovy obshchey psikhologii”. - Moskva: Pedagogika, 2017. 5. Atkinson R. “Psychology and Human Behavior”. - New York, 2019 6. Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li. (2024). Rahbar va xodim munosabatlarining boshqaruv jarayonidagi psixologik xususiyatlari. Образование наука и инновационные идеи в мире, 41(1), 110 - 113. Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/12079