O'ZBEKISTONDA YUK MASHINALARI BANDLIGINI BOSHQARISHNING RAQAMLI MODELI
Abstract
Transport logistika sohasida mashinalarining bandligini ta’minlash jarayonida raqamli platformalarning ahamiyati juda yuqori bo‘lib, ular mamlakatning raqamlashuv jarayonida jahon logistika tendensiyalaridan ortda qolmaslikni ta’minlaydi hamda zamonaviy global logistika infratuzilmasining ajralmas tarkibiy qismi sifatida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshiradi.
Full text
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 256 DOI: https://10.5281/zenodo.17898646 O‘ZBEKISTONDA YUK MASHINALARI BANDLIGINI BOSHQARISHNING RAQAMLI MODELI Ahmadov Og‘abek Otabek o‘g‘li Toshkent axborot texnologiyalar universiteti E-mail: [email protected] Transport logistika sohasida mashinalarining bandligini ta’minlash jarayonida raqamli platformalarning ahamiyati juda yuqori bo‘lib, ular mamlakatning raqamlashuv jarayonida jahon logistika tendensiyalaridan ortda qolmaslikni ta’minlaydi hamda zamonaviy global logistika infratuzilmasining ajralmas tarkibiy qismi sifatida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshiradi. Jahon tajribasi asosida yuk mashinalari bandligini ta’minlashga qaratilgan yagona raqamli modelni joriy etish iqtisodiyotning turli tarmoqlarida resurslardan samarali foydalanish imkonini yaratib, transport xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston sharoitida mazkur raqamli modelni yaratish quyidagi resurslarni tejashga imkon yaratadi: - Yo‘l va yoqilg‘i xarajatlarini optimallashtirish: Avtomatlashtirilgan marshrutlash algoritmlari bo‘sh yurish masofasini kamaytirib, yoqilg‘i sarfini sezilarli darajada qisqartiradi. - Transport vositalari samaradorligini oshirish: Bandlik koeffitsienti yuqori bo‘lgan mashinalar orqali yuk tashish hajmini oshirish, yuk mashinalaridan maksimal darajada foydalanish imkonini beradi. - Ishchi kuchi va operatsion xarajatlarni qisqartirish: Yuk mashinalarining real vaqt rejimida boshqarilishi operatorlar va haydovchilar ishini optimallashtiradi, qo‘shimcha koordinatsiya xarajatlarini kamaytiradi.
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 257 - Yetkazib berish vaqtini qisqartirish: Optimal yo‘nalishlar va yuklarni moslashtirish tizimi orqali yetkazib berish jarayonida kechikishlar kamayadi va mijozlar xizmat ko‘rsatish sifatidan mamnun bo‘ladi. - Ma’lumotlar asosida strategik qaror qabul qilish: Platforma orqali yig‘iladigan statistik va real vaqt ma’lumotlar asosida transport tarmog‘ining rivojlanish strategiyasini shakllantirish va resurslarni rejalashtirish mumkin. Mazkur raqamli model ma’lumotlar bazasi (TMS – Transport Management System) orqali yuk mashinalari turi, yuk ko‘tarish quvvati, joylashuv va bandlik holati nazorat qilinadi; GPS va IoT integratsiyasi transport vositalarining real vaqt koordinatalari va bandlik holatini kuzatishga imkon beradi; avtomatik marshrutlash va yuk moslashtirish algoritmi yuk turi va miqdori asosida eng yaqin va bo‘sh mashinani tanlab, yo‘l masofasini optimallashtiradi; dynamic pricing (dinamik tariflash) modul orqali talab va bandlik darajasiga qarab transport xarajatlari shakllanadi; monitoring va hisobot tizimi kechikishlar, bandlik koeffitsienti va yoqilg‘i sarfi kabi indikatorlarni doimiy nazorat qiladi. Ilmiy yangilik sifatida O‘zbekistonda yuk mashinalari bandligini baholash va boshqarish uchun yangi integrallashgan indikator – Truck Utilization Index (TUI) taklif qilindi. Mahalliy logistika bozorida raqamli bandlik boshqaruv modeli ishlab chiqildi va uni amaliy tatbiq qilish mexanizmi asoslandi. Optimal yo‘nalishlar va yuklarni avtomatik moslashtirish algoritmi transport resurslarining samaradorligini sezilarli darajada oshirdi. Shuningdek, tariflarni shakllantirishning iqtisodiy mexanizmi raqamli platforma orqali tizimli va shaffof tarzda amalga oshiriladi. Mazkur raqamli model O‘zbekiston sharoitida yuk mashinalari bandligini optimallashtirish orqali transport logistika tarmog‘ida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Modelning amaliy tatbiqi natijasida transport xarajatlari kamayadi, bo‘sh yurish masofasi qisqaradi, bandlik koeffitsienti oshadi, yetkazib berish vaqti tezlashadi va mahalliy yuk tashuvchilarning raqobatbardoshligi ortadi. Shu bilan birga, raqamli model jahon tajribasiga moslashgan holda O‘zbekistondagi transport logistika infratuzilmasini raqamlashtirishning strategik
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 258 yo‘nalishini belgilaydi va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida resurslarni samarali boshqarish imkonini beradi.