scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SAXOVOL TREE

Xusanov, Husniddin; Safarova, Ruzigul

Abstract

This article scientifically describes the external and internal morphological structure of the saxaul tree belonging to the genus Haloxylon, as well as its ecological adaptation mechanisms, distribution range, and economic importance. The study analyzes the physiological characteristics of saxaul that enable it to thrive in desert conditions, on saline and water-scarce soils. The article provides updated information based on recent scientific research about the saxaul's ability to capture dust, sequester carbon, and function as a natural biofilter. The paper highlights the strategic ecological role of saxaul species in combating erosion and climate change in arid regions.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 400 SAKSOVUL DARAXTI Xusanov Husniddin Baxriddinzoda TerDMAU 3-bosqich talabasi Safarova Ruzigul To‘xtayevna TerDMAU biologiya fanlari nomzodi Annotatsiya: Ushbu maqolada Haloxylon turkumiga mansub saksovul daraxtining tashqi va ichki morfologik tuzilishi, ekologik moslashuvchanlik mexanizmlari, tarqalish areali va xo‘jalikdagi ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Cho‘l sharoitiga moslashgan, kam suv va sho‘r tuproqlarda o‘sish xususiyatiga ega bo‘lgan saksovul daraxtining suvsizlikka, issiqlikka va tuproq sho‘rlanishiga bardoshli fiziologik xususiyatlari tahlil qilingan. Maqolada saksovulning changni ushlash, karbon sekvestratsiyasi, va biofiltrlik salohiyati haqida oxirgi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida yangilangan ma’lumotlar berilgan. Maqola cho‘l hududlarida eroziya va iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashda saksovul turlarining ekologik strategik ahamiyatini ochib beradi. Аннотация: В данной статье научно обосновано внешнее и внутреннее морфологическое строение дерева саксаула, относящегося к роду Haloxylon, а также механизмы его экологической адаптации, ареал распространения и хозяйственное значение. Проанализированы физиологические особенности саксаула, позволяющие ему выживать в условиях пустыни, на засоленных и маловодных почвах. В статье представлены обновлённые сведения, основанные на современных научных исследованиях, о способности саксаула улавливать пыль, секвестрировать углерод и выполнять функции природного биофильтра. Работа подчёркивает стратегическое экологическое значение видов саксаула в борьбе с эрозией и изменениями климата в засушливых регионах. Abstract: This article scientifically describes the external and internal morphological structure of the saxaul tree belonging to the genus Haloxylon, as well as its ecological adaptation mechanisms, distribution range, and economic importance. The study analyzes the physiological characteristics of saxaul that enable it to thrive in desert conditions, on saline and water-scarce soils. The article provides updated information based on recent scientific research about the saxaul's ability to capture dust, sequester carbon, and function as a natural biofilter. The paper highlights the strategic ecological role of saxaul species in combating erosion and climate change in arid regions. Kalit so‘zlar: Saksovul, Haloxylon spp., cho‘l o‘simligi, biofiltr, morfologik tuzilish, sho‘rlanish, ekologik muvozanat, qurg‘oqchilikka chidamlilik, karbon sekvestratsiyasi, qumli tuproqlar, ekotizim. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 401 Ключевые слова: Саксаул, Haloxylon spp., пустынное растение, биофильтр, морфологическое строение, засоление, экологическое равновесие, устойчивость к засухе, секвестрация углерода, песчаные почвы, экосистема. Keywords: Saxaul, Haloxylon spp., desert plant, biofilter, morphological structure, salinization, ecological balance, drought resistance, carbon sequestration, sandy soils, ecosystem. Kirish: Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik muvozanatni saqlashda muhim rol o‘ynaydigan o‘simlik turlaridan biri bu saksovul daraxtidir (Haloxylon spp.). U o‘zining chang va shamol eroziyasiga chidamliligi, sho‘r va qumli tuproqlarda o‘sish qobiliyati, shuningdek, biodiversitetni qo‘llab-quvvatlovchi ekotizim tarkibiy qismi sifatida alohida o‘rinni egallaydi. Ushbu maqolada saksovul daraxtining tashqi va ichki morfologik tuzilishi, tarqalish areali, ekologik ahamiyati va ilmiy yangiliklar asosida o‘rganilgan xususiyatlari keng yoritiladi. 1.Morfologiyasi Saksovul - shoʻradoshlar (Chenopodiaceae) [3] oilasiga mansub, cho‘l sharoitiga moslashgan, buta va daraxtar turkumi o‘rmonlashtirishda qadrlanadigan kserofit o‘simlik hisoblanadi. Saksovul 25-60, baʼzan 100 yilgacha yashaydi. Bo‘yi: 1,5 dan 8 metrgacha, ayrim hollarda 12 metrgacha o‘sadi. Poyasi: Yirik, shoxlangan, tanasi silindrsimon, qattiq yog‘ochsimon to‘qimalar bilan o‘ralgan. Barglari: Rivojlanmagan, tangachasimon, fotosintez asosan yashil shoxchalarda kechadi. Shoxlari: Nozik, yashil, silindrsimon – asosiy fotosintez jarayoni ana shu shoxchalarda amalga oshadi. Saksovulning yashil novdalari organik modda toʻplashga xizmat qiladi. I yillik yosh novdalarining koʻp qismi kuzda, ayniqsa, sovuq tushishi bilan toʻkilib ketadi, ozroq qismi esa yogʻochga aylanib saqlanib qoladi. Gullari: Mayda, ikki jinsli, yashil yoki sarg‘ish, qarama-qarshi, tangachasimon, guloldi qoʻltigʻida bittadan oʻrnashgan to‘pgul holatida joylashgan, anemofil (shamol bilan changlanadi). Apreldan gullay boshlaydi, oktabrda urugʻlaydi. Mevalari: Urug‘donli qanotcha bilan o‘ralgan, shamol yordamida tarqaladi (anemoxoriya). 2. Ichki tuzilishi (anatomiyasi) Saksovulning ichki tuzilishi ekstremal sharoitlarga moslashganligi bilan ajralib turadi: Kambiy zonasi: Faol, yog‘och va po‘stloq to‘qimalarining takror ishlab chiqilishi bilan ajralib turadi. Yog‘och to‘qimasi: Juda zich, qattiq, og‘ir, ko‘mir sifatida foydalaniladi. Shoxcha parenximasi: Fotosintezga moslashgan, xloroplastlarga boy. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 402 Suv o‘tkazuvchi to‘qimalar: Kambiy orqali rivojlangan, uzun naylar orqali suv tashuvchanlik kuchli, bu xususiyat sho‘rlangan qumli tuproqlarda yashashga imkon beradi. Sho‘rga chidamli hujayralar: Vakuolalar ichida tuzlar to‘planadi, bu orqali hujayra osmotik bosimga qarshi turadi. 3. Tarqalishi va ekologik areali Saksovulning tabiiy tarqalish hududi Markaziy Osiyo, G‘arbiy Xitoy, Mongoliya, Afg‘oniston, Eronda keng qamrab olingan. U quyidagi joylarda keng uchraydi: O‘zbekiston: Qizilqum, Ustyurt, Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy. Qozog‘iston: Betpakdala, Mo‘ynoq atroflari. Tojikiston va Turkmaniston: Dasht hududlari. Xitoy: Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatining Tarim vodiysi. Sho‘r va qumli hududlarda: saksovul chang-qum eroziyasini to‘xtatishda asosiy biofiltr sifatida xizmat qiladi. 4. Saksovulning ekologik va xo‘jalik ahamiyati Eroziyaga qarshi vosita: Qum harakatining oldini olishda tabiiy to‘siq. Suvni chuqur qatlamlardan oladi: 10–20 m chuqurlikkacha ildiz otishi mumkin. Cho‘llarni o‘zlashtirishda: Meliorativ o‘simlik sifatida foydalaniladi. Yonish xossasi kuchli: Qadimda ko‘mir o‘rnida, hozir bioyoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Oziq-ovqat zanjirida: Ba’zi hayvonlar (tuya, echki) bahor oylarida yosh novdalari bilan oziqlanadi. Karbon sekvestratsiyasi: Bir gektar saksovul plantatsiyasi yiliga 3–6 tonnagacha CO₂ ni bog‘laydi. Saksovul kulidan kaliy olinadi. Qo'ylar uchun faqat quruq barglar va erga tushgan novdalar ishlatiladi (bir tupdan 1 kg gacha). Saksovulning ozuqaviy qiymati yuqori: 100 kg quruq yem tarkibida 52,3 yem birligi, 3,7 kg hazm boʻladigan oqsil mavjud [2]. 5. Tizimli taksonomik tavsifi Kategoriya Ma’lumot Sho‘ba (Divisio) Magnoliophyta (gulli o‘simliklar) Sinf (Classis) Magnoliopsida (ikki urug‘pallali) Tartib (Ordo) Caryophyllales Oila (Familia) Amaranthaceae (avval: Chenopodiaceae) Tur (Species) Haloxylon ammodendron, H. persicum Yurtimiz hududida asosan ikki asosiy turdagi saksovul daraxti uchraydi: 1. Qora saksovul (Haloxylon aphyllum, sin. Haloxylon ammodendron) 2. Oq saksovul (Haloxylon persicum) ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 403 Ular morfologiyasi, ekologik xususiyatlari va tarqalish hududlari bilan bir-biridan farqlanadi. 1. Qora saksovul (Haloxylon aphyllum ) Morfologik tavsifi: Bo‘yi: 4–9 metr, ba’zida 12 metrgacha o‘sadi. Tanasi (po‘stlog‘i): Qoramtir-jigarrang, yo‘g‘on, shoxlari mustahkam. Barglari: Rivojlanmagan, tangachasimon, fotosintez shoxchalarda amalga oshadi. Shoxchalari: Yashil, silindrsimon, odatda 5–10 sm uzunlikda. Gullari: Mayda, sarg‘ish-yashil, changlanish shamol orqali. Urugʻidan koʻpayadi. Ichki tuzilishi: Yog‘och qavati qattiq, zichligi yuqori (0.8–0.9 g/sm³). Ildiz tizimi: 10–15 metr chuqurlikkacha o‘sadi, yer osti suvlarini tortadi. Fotosintez joyi: Barglar emas, balki yashil shoxchalarda. 1.1-rasm qora saksovul O‘zbekiston bo‘yicha tarqalishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Ustyurt platosi, Orolbo‘yi), Navoiy viloyati (Qizilqum) Buxoro va Xorazm viloyatlari, Surxondaryo viloyatining janubiy cho‘l hududlari Ekologik vazifasi: Qum ko‘chishiga qarshi biofiltr Sho‘r va suvsiz tuproqlarda barqaror yashaydi Ko‘mir va bioyoqilg‘i sifatida qadrlanadi 2. Oq saksovul (Haloxylon persicum) Morfologik tavsifi: ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 404 Bo‘yi: 5 metrgacha [5], o‘sish sur’ati nisbatan past. Po‘stlog‘i: Oqish-kulrang rangda, silliq yuzali. Shoxchalari: Nozikroq, och yashil rangda, silindrsimon, gohida egri. Barglari: Rivojlanmagan yoki juda kichik. Mevalari: Urug‘don qanotli, shamol bilan tarqaladi. Ichki tuzilishi: Yog‘och zichligi: O‘rtacha (~0.6–0.7 g/sm³), qora saksovulga nisbatan yumshoqroq. Shoxchalarda xlorofill to‘qimalari yaxshi rivojlangan. Osmoprotektantlar ko‘p bo‘lib, sho‘rga chidamliligi kuchli. 1.2-rasm oq saksovul Isroil, Misr, Sinay yarim oroli, Iroqning janubiy qismi, Saudiya Arabistoni, Eron, Ummon, BAA, Afgʻoniston va markaziy osiyoda [4]. O‘zbekiston bo‘yicha tarqalishi: Navoiy viloyati (qumli hududlar, ayniqsa Zarafshon vodiysi) Buxoro viloyati Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining qumli cho‘l hududlari Surxondaryoning shimoliy cho‘l hududlarida Ekologik vazifasi: Qumli hududlarda barqaror ekotizim yaratadi Chuqur ildiz orqali sho‘r qatlamni yengadi Tuproq ustida mikroiqlim shakllantiradi Qora va Oq saksovulning solishtirma jadvali Turi Qora saksovul (H. aphyllum) Oq saksovul (H. persicum) ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 405 Bo‘yi 3–8 metr 1.5–3 metr Po‘stlog‘i rangi Qoramtir-jigarrang Oqish-kulrang Yog‘och zichligi Yuqori (0.8–0.9 g/sm³) O‘rtacha (0.6–0.7 g/sm³) Ildiz chuqurlig 10–15 metr 8–12 metr O‘sish tezligi Tezroq Sekinroq Xitoylik olimlar cho‘l sharoitida saksovul yetishtirishning yangi texnologiyasini ishlab chiqdi. Ular diametri 250 mm, uzunligi 600 mm bo'lgan plastik quvurlarga bir yoshli ko'chatlarni ekishadi. Kun davomida quvur yosh o'simlikni kuchli issiqlikdan himoya qiladi va kunlik harorat o'zgarganda u erda kondensatsiya hosil bo'ladi, bu esa qo'shimcha namlikni ta'minlaydi. Quvur, shuningdek, o'simlikni shamol va qum bo'ronlaridan himoya qiladi va uni hayvonlardan himoya qiladi. Saksovul yetishtirishning bu usulining natijalari ajoyibdir: ko‘chatlarning omon qolish darajasi 85 foizga, yillik o‘sishi esa 20 foizga oshadi [6]. 2022-yilda Xitoy va O‘zbekiston olimlari tomonidan olib borilgan molekulyar genetik tadqiqotlarda qora saksovul va oq saksovul o‘rtasida giperozmoprotektant moddalari ishlab chiqarish genlari bo‘yicha farqlar aniqlangan (Zhao et al., Arid Land Research). Oq saksovul genetik jihatdan sho‘rlanishga kuchli bardosh ko‘rsatadi, qora saksovul esa qurg‘oqchilikka ko‘proq moslashgan. Oʻzbekistonda choʻl va yaylovlarga ekish uchun 1991-yilda chiqarilgan Nortuya navi rayonlashtirilgan. Soʻnggi yillarda saksovulni koʻpaytirish maqsadida bir qator oʻrmon xoʻjaliklari tashkil etilib, sunʼiy saksovulzorlar barpo qilinmoqda [1]. Xulosa: Saksovul daraxti — ekstremal ekologik sharoitlarga moslashgan, morfologik va fiziologik jihatdan takomillashgan, cho‘l landshaftlarining asosiy bioresursi hisoblanadi. Uning ekologik barqarorlikni saqlashdagi roli, iqlim o‘zgarishiga bardoshliligi va xo‘jalikdagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslangan. Kelajakda bu turdagi o‘simliklarning reintroduksiyasi va genetik selektsiyasi cho‘l hududlarini rekultivatsiya qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Хоназаров А. Саксовул // Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси (ЎзМЕ). – Т. 1. – Тошкент: 2000. 2. Дробышева И.А., Кузовкина Ю.А. Агроэкологическое значение саксаула // Современные проблемы науки и образования. – 2015. – № 5. 3. https://www.plantarium.ru/page/view/item/18036.html (kun: 03.08.2025). ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 406 4. Саксаул – Википедия: [электрон ресурс]. – URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Saksovul (kun: 03.08.2025). 5. Саксаул // Флора СССР. – Т. 6. – С. 311–312. 6. Непростая судьба саксаула // Табигат медиа: [электрон ресурс]. – URL: https://tabigat.media/wildlife/neprostaya-sudba-saksaula (kun: 03.08.2025).