SCEINTIFIC AND PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF ORGANIZING INDEPENDENT WORK IN PRIMARY GRADES
Abstract
This artickle briefly discusses the scientific and pedagogical foundations of effective organization of independent work in primary grades,their role in developing students thinking and creativity skills types of independent work, their planning, and methods adapted to the student are discussed based on scientific theories and practikal recommendations.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 439 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI Jumayeva Feruza Avlonazar qizi Nizomiy nomidagi O‘zMPU 1-bosqich magistranti. Ilmiy rahbar: Pedagogika fanlari falsafa doktori(PhD)v.b dotsent Nuradilova Aselxan Dilshodxo‘ja qizi Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda mustaqil ishlarni samarali tashkil etishning ilmiy-pedagogik asoslari,ularning o‘quvchilarning fikrlash, ijodkorlik haqidagi ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni haqida qisqacha yoritiladi. Mustaqil ishlar turlari,ularni rejalashtirish va o‘quvchiga moslashtirilgan metodlar haqida ilmiy nazariyalar hamda amaliy tavsiyalar asosida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich sinf, mustaqil ish ,metod ,o‘yinli mashqlar, o‘quv topshiriqlar, ona tili НАУЧНО-ПЕДАГОГИЧЕСKИЕ ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ Джумаева Феруза Авлоназар кызы Студентка 1курса УзМПУ имени Низами Научный руководитель: Доктор философии (PhD)по педагогичиским наукам,и.о.доцента Нурадилова Асельхан Дилшодходжа кызы Aннотация: В статье кратко рассматриваются научнопедагогические ocновы эффективной организации самостоятельной работы в начальных классах, её роль в развитии мышления и творческих способностей учащихся. На основе научныx теорий практических рекомендаций рассматриваются виды самостоятельной работы, её планирование и методы, адаптированные к конкретному ученику. Ключевые слова:начальная школа,самостоятелная работа, mетод, игровые упражнения, учебные задачи, родной язык Jumayeva Feruza Avlonazar qizi 1st year master’s student of the Nizami National University of Uzbekistan Sceintific advisor:Doktor of Philosopy in Pedagogical Sceinces (PhD),Associato Professor Nuradilova Aselkhan Dilshodxo‘dja qizi SCEINTIFIC AND PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF ORGANIZING INDEPENDENT WORK IN PRIMARY GRADES Abstract: This artickle briefly discusses the scientific and pedagogical foundations of effective organization of independent work in primary grades,their role in developing students thinking and creativity skills types of independent work, their planning, and methods adapted to the student are discussed based on scientific theories and practikal recommendations.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 440 Keysword: primary school, independent work, method, playful exercises, educational tasksl, native language. Hozirgi rivojlanish jadallik bilan o‘sib borayotgan zamonda ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘quvchilarni bilimli, faol, zukko shaxs sifatida shakllantirish eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa boshlang‘ich ta’lim bosqichi o‘quvchilarning kelajakdagi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq muvaffaqqiyatlarini belgilab beruvchi poydevor hisoblanadi. Boshlang‘ich siflarda mustaqil ishlarini samarali tarzda tashkil etish, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini, hamda aqliy faoliyatini shakllantirishga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda,o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, ijodkorlik, tafakkur erkinligi kabi xususiyatlarni shakllantiradi. Mustaqil ishlar bu o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchi tomonidan, lekin o‘qituvchi ning yordamiga tayanmagan holda bajariladigan o‘quv faoliyatdir. Mustaqil ishlar o‘quvchining bilish qobiliyatini faollashtiradi, o‘z bilimini nazorat qilish, intizom va mas’uliyatni shakllantiradi. O‘quvchilarning ichki qobiliyatlarini yuzaga chiqaradi. Boshlang‘ich sinflarda mustaqil ishlarni tashkil etishning ilmiy-pedagogik asoslari quyidagilarga tayanadi: O‘quvchining rivojlanish xususiyatlari. Bunda yoshga mos psixologik holatlar nazarda tutiladi. Mavzuni tushunishga yordam beradigan didaktik vositalar ya’ni, o‘quv materiali. Mustaqil ishning shakllari metodlari, baholash tizimlari o‘qitish jarayonini tashkil etadi. Bu asoslar “faol o‘qitish”, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim” va differensial yondashuv” kabi nazariyalarga asoslanadi. Boshlang‘ich sinflarda mustaqil ishlarni tashkil etishning asosiy tamoyillari esa: Yoshga oid psixologik xususiyatlar, o‘quv materialining mazmuni va o‘qitish jarayoni hisoblanadi.Yoshga oid psixologik xususiyatlar bu boshlag‘ich sinf o‘quvchilarining diqqati, xotirasi, tafakkuri harakatlanish qobiliyatlari rivojlanayotgan paytda, mustaqil ishlash malakalarini rivojlantirishda o‘quvchilarning bu xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil ishlar o‘quvchilarning yoshiga mos, qiziqarli, murakkablik darajasiga ko‘ra mos ravishda bo‘lishi lozim. Mustaqil ishlar o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi uchun ko‘rgazmali qurollar, mashqlar, topshiriqlar kabi didaktik vositalar bilan ta’minlangan tarzda bo‘lishi lozim bo‘ladi. O‘quv materialining mazmuni ushbu xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. O‘qitish jarayoni esa, og‘zaki savol-javob, yozma mashqlar, rasmlar chizish kabi turli shakllarni o‘z ichiga oladi. Bular bilan bir qatorda o‘qituvchi mustaqil ishlash ko‘nikmasni o‘quvchilarga shakllantirish maqsadida har xil metodlardan foydalanishi mumkin. O‘quvchilarda mustaqil ishlashga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirish uchun baholash muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchilarning mustaqil ishlarini baholashda o‘qituvchi yutuq hamda kamchiliklarni ahamiyatga olishi kerak bo‘ladi. Mustaqil ishlarni tashkil etish: Sinf ichida tashkil qilish hamda sinfdan tashqari turlarga bo‘linadi. Mustaqil ishlarni sinf ichida tashkil qilishda darsning har bir bosqichida turli xil mashqlar, topshiriqlar, matn tuzish kabi vazifalarni berish orqali o‘quvchini mustaqil ishlashga o‘rgatib boriladi. Sinfdan tashqari mustaqil ishlarda uy vazifalarini, ijodiy ishlar, ixtiyoriy ertak yoki hikoya o‘qib kelish, rasmlar asosida matn tuzish kabi topshiriqlar berib borish bilan amalga oshirib boriladi. Doimiy ravishda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tekshirib borish, ularni rag‘batlantirish jarayonni yanada samarali qiladi. Mustaqil ishlarning asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini yanada mustahkamlash hamda fikrlash qobiliyatini yanada rivojlantirish hisoblanadi.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 441 Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarida mustaqil ishlarning bir qancha turlari mavjud. Masalan, Matn bilan ishlash: O‘quvchida o‘qilgan matn g‘oyasini anglashga, matnni tushunishga, matn ichidagi yangi so‘zlarni topish va ma’nosini tushutirish, matnni eslab qolish, qayta hikoya qilish yoki hikoya davomini tuza olish kabi qobiliyatlarni yuzaga chiqaradi. O‘g‘zaki va yozma mashq turlari: Berilgan so‘zlardan mustaqil gaplar tuza olish, xatolarini topish va tuzatish, so‘zlarni ravon to‘g‘ri o‘qish va talaffuz qilish ko‘nimalarini shakllantiradi. Lug‘at va imloga oid mustaqil ishlar: So‘zlarni to‘g‘ri, imlo qoidalariga mos shaklda yoza olish, so‘zlarning imlosini lug‘atdan tekshirish, so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish va berilgan so‘zlardan qo‘shma gaplar tuza olishni shakllantiradi. Doska yoki daftarda bajariladigan mustaqil ishlar: Doskada yoki daftarga yozish, chizish, harf va so‘zlarni yozilishini mashq qilish, doskadan gaplarni ko‘chirib yozish o‘quvchilarni yozma savodxonligini oshiradi. O‘yinli mashqlar: “Topishmoq” va “Tezkor javoblar” nutqiy o‘yinlari, “Kim ko‘proq so‘z topadi” musobaqasi, ”Galdir “,”So‘zdan so‘z kabi o‘yini mashqlar o 'quvchilarning nutqiy boyligini rivojlantiradi. Mustaqil ishlar o‘quvchilar bilimini chuqurlashtirish kengaytirish; kognitiv faoliyatga qiziqishini shakllantiradi, qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bois ham mustaqil ishlar zamonaviy mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirishda asosiy manbalardan biri bo‘lib kelmoqda. Bilimida bo‘shligi bor o‘quvchilarning bilim salohiyatini oshirishda, darsga qiziqish uyg‘otishda o‘quvchining qiziqishlariga oid bo‘lgan mustaqil ish shakllaridan foydalanish, o‘quvchi harakatini rag‘batlantirish o‘quvchida bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga yordam beradi. Oz kompleksli maktablarda o‘quvchilarning mustaqil ishlariga alohida ahamiyat beriladi, chunki o‘qituvchi ikki sinf yoki uch sinf bilan alohida ishlay olmaydi: u bir sinf bilan ishlashi uchun qolgan sinflarga mustaqil ish topshirib, ularni band qilishga majbur. Shuning uchun maxsus mustaqil ishlar tizimi ishlab chiqilishi zarur. Oz komplektli maktablarda savod o‘rgatish davrida mustaqil ishlarni muvaffaqqiyatli uyushtirish uchun “Alifbe”ga qo‘shimcha, ishni jonlantiradigan didaktik tarqatma materiallar muhim ahamiyatga ega. Mustaqil ish savod o‘rgatish jarayonida o‘qituvchining rahbarlik qilishini talab etadi: o‘qituvchi aniq vazifa topshiradi, uni qanday bajarishni yaxshilab tushuntiradi, o‘quvchi bajargan ishni sinfning o‘zida tekshiradi. Boshqa sinflar bilan ishlash jarayonida ham u 1sinf o‘quvchilarining mustaqil ishni qanday bajarayotganini kuzatib boradi. 1 Mustaqil ishlar o‘quv topshiriqlar mustaqil tarzda bajariladigan o‘quv jarayonidir. Mustaqil ishlar o‘quvchilarning amaliy faolligini oshirishga katta hissa qo‘shadi. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘tkaziladigan mustaqil ishlar dars turiga, dars jarayonidagi turli bosqichlarga, dars mavzusining mazmuniga bog‘liq ravishda bo‘ladi boshlang‘ich sinf ona tili darslarida mustaqil ishlardan foydalanish turli metodlardan foydalanish darsning yanada unumdorligini oshirishga yordam beradi. Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinflarda mustaqil ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshiradi, bilim salohiyatini mustahkamlaydi. O‘quvchilarda aql-idrok, izlanish, ijod qilish, tahlil qilish, tafakkur qilish kabi muhim xususiyatlarni shakllantiradi. Mustaqil ishlar qanchalik darajada ilmiy asosda tashkil qilinsa, ta’lim sifati shunchalik 1 K.Qosimova, S.Matchonov, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva ,Sh.Sariyev Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi.-Toshkent 2024
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 442 yuqori darajada bo‘ladi. Pedagog tomonidan qilingan to‘g‘ri metodik yodashuv mustaqil ish samaradorligining muhim omili hisoblanadi. Pedagogning metodik mahorati, individual yondashuvi, motivatsion muhit yaratishi, ko‘rgazmali qurollardan muntazam ravishda foydalanishi mustaqil ishlarning samaradorligini oshirishda asosiy omil hisoblanadi. Mustaqil ishlar o‘quvchilarni tadqiqot olib borish, mustaqil xulosa chiqarish, hayotiy vaziyatlarni tahlil qilishga o‘rgatadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. K.Qosimova, S.Matchonov, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva ,Sh.Sariyev Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent 2024 2. Karimova S. – Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent, 2020. 3. Jumanova N. – Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2019. 4. Hamroyev A. – Boshlang‘ich ta’limda mustaqil ishlarning didaktik asoslari. – Toshkent, 2018. 5. Olloqova O. – Ona tili ta’limida interfaol metodlar. – Buxoro, 2021. 6.Yunusova Y. – Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kompetensiyalarni shakllantirish. – Toshkent, 2022. 7. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.