scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIM MUASSASALARI RAHBARLARINING BOSHQARUV FAOLIYATIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-ILMIY ASOSLARI

Karimova Aziza Avazbek qizi, Mahammatova Ma'muraxon Jalilovna

Full text

PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) TA’LIM MUASSASALARI RAHBARLARINING BOSHQARUV FAOLIYATIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIYILMIY ASOSLARI Andijon davlat pedaogika instituti Pedagogika yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Karimova Aziza Avazbek qizi Pedagogika-psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Mahammatova Ma’muraxon Jalilovna Annotatsiya: Ushbu maqolada taʼlim muassasalari rahbarlarining boshqaruv faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy-ilmiy asoslari, zamonaviy boshqaruvda AKTning o‘rni, rahbarlarning raqamli savodxonligi hamda innovatsion boshqaruv mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, AKTdan foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish bosqichlari, mezonlari, tamoyillari, rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar hamda ta’lim muassasalari boshqaruv tizimini raqamlashtirishda uchraydigan muammolar va ularning yechimlari ilmiy tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: ta’lim muassasasi, rahbar, boshqaruv, AKT kompetensiyasi, raqamli savodxonlik, innovatsion boshqaruv, raqamlashtirish. XXI asrda ta’lim tizimi global raqamli transformatsiya jarayonlarining faol ishtirokchisiga aylandi. Taʼlim muassasalari boshqaruv jarayonlari informatsion oqimlar ko‘paygan, qaror qabul qilish jarayoni tezlashgan, axborotning ishonchliligi va ochiqligi dolzarb ahamiyat kasb etgan sharoitda faoliyat yuritmoqda. Shu bois ta’lim muassasasi rahbarining kasbiy kompetensiyasida AKTdan samarali foydalanish malakalari yetakchi o‘rinni egallab bormoqda. Bugungi kunda rahbarlardan nafaqat pedagogik va boshqaruv ko‘nikmalariga, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan malakali foydalana olishga, PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) raqamli platformalar yordamida tahlil, monitoring, rejalashtirish va boshqaruvning boshqa funktsiyalarini amalga oshirishga tayyor bo‘lish talab qilinadi. Shu nuqtai nazardan, ta’lim muassasalari rahbarlarining AKT kompetensiyalarini ilmiy asosda rivojlantirish, ularning raqamli boshqaruv madaniyatini yuksaltirish va raqamli transformatsiya jarayonida yetakchi bo‘lishlarini ta’minlash dolzarb ilmiy-amaliy vazifalardan hisoblanadi. Ta’lim boshqaruvi pedagogik jarayonni maqsadli tashkil etishga qaratilgan tizimli faoliyat bo‘lib, unda rejalashtirish, tashkillashtirish, motivatsiya, monitoring, tahlil va nazorat kabi funksiyalar muhim o‘rin egallaydi. Zamonaviy yondashuvlarda boshqaruv: - inson kapitali rivoji - innovatsion jarayonlarni boshqarish - raqamli axborot oqimlarini qayta ishlash tizim samaradorligini oshirish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Boshqaruv jarayonlarida AKTning nazariy asoslari ilg‘or ilmiy konsepsiyalarda axborotkommunikatsiya texnologiyalarining tezkor almashinuvi, ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, tahliliy platformalardan foydalanish, boshqaruv qarorlarini tezlashtirish, raqamli kommunikatsiya samaradorligini oshirish uchun asosiy vosita sifatida e’tirof etiladi. AKT rahbarga murakkab boshqaruv vazifalarini avtomatlashtirish, jarayonlarni optimallashtirish, vaqt resursini tejalash hamda sifat monitoringini samarali yuritish imkonini beradi. Ta’lim muassasalari rahbarlarining AKT kompetensiyasining mohiyati bu rahbarning axborot resurslarini izlash, qayta ishlash, tahlil qilish, raqamli texnologiyalar yordamida boshqaruv faoliyatini tashkil etish va samarali qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lishidir. U raqamli savodxonlik, elektron boshqaruv ko‘nikmalari, raqamli kommunikatsiya madaniyati, axborot xavfsizligi kompetensiyasi, analitik va muhandislik fikrlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish ko‘nikmalari kabi tarkibiy qismlardan iborat. AKT kompetensiyasining o‘lchovlari ilmiy manbalarga PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) ko‘ra, rahbarning AKT kompetensiyasi uch o‘lchovda baholanadi: 1. Kognitiv (bilim): texnologiyalar mohiyati, raqamli tizimlar, elektron hujjat aylanishi. 2. Operatsion-amaliy: AKTdan amalda foydalanish, platformalar bilan ishlash. 3. Motivasion-aksiologik: raqamli yangiliklarga tayyorlik, texnologiyalarni ijobiy qabul qilish. Kattalar ta’limi tamoyillariga ko‘ra, o‘quv jarayoni amaliy, muammoli hamda refleksiv xarakterga ega bo‘lishi lozim. AKT kompetensiyasini rivojlantirishda didaktik izchillik va tizimlilik, amaliy yo‘naltirilganlik, interfaollik, innovatsion texnologik yechimlarga tayanish, moslashtirilgan o‘quv mazmuni kabi tamoyillar muhim. AKT kompetensiyasini shakllantirish mexanizmlari modul yondashuvi rahbarlar uchun mo‘ljallangan modul asosidagi o‘quv kurslari raqamli boshqaruv asoslari, elektron hujjat aylanishi, monitoring tizimlari, statistika va analitika platformalari, maktab boshqaruvida sun’iy intellektdan foydalanish kabilarni o‘z ichiga oladi. Raqamli platformalardan foydalangan holda masofaviy o‘qitish rahbarlarga qulaylik yaratadi: istalgan vaqtda o‘qish, jarayonni moslashtirish, o‘zlashtirishni monitoring qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ta’lim muassasasi boshqaruv jarayonida AKTdan foydalanishning afzalliklari judayam ko‘p. Axborot almashinuvining tezlashuvi, qaror qabul qilish jarayonining optimallashuvi, hujjat aylanishining soddalashuvi, ota-ona, o‘quvchi va pedagoglar bilan samarali kommunikatsiya, monitoring va tahlilning avtomatlashtirilishi, resurslarni tejalishiga erishish, ta’lim sifatining oshishiga, uning samaradorligini oshishiga sabab bo‘ladi. AKT kompetensiyasini rivojlantirishda uchraydigan muammolar ham yo‘q emas. Raqamli savodxonlikning yetarli emasligi, texnik ta’minotning pastligi, o‘quv-resurslar bazasining kamligi, kadrlar malakasini oshirish tizimining sustligi, yangi texnologiyalarga moslashishdagi PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) psixologik to‘siqlar, axborot xavfsizligi bo‘yicha bilimlarning yetarli emasligi kabi muammolar ilmiy asoslangan yondashuvlar orqali bartaraf etilishi mumkin. - Ta’lim muassasalari rahbarlari uchun maxsus raqamli boshqaruv dasturlari yaratish. - AKT bo‘yicha muntazam onlayn va oflayn malaka oshirish kurslari tashkil etish. - Virtual boshqaruv laboratoriyalarini yo‘lga qo‘yish. - Ta’lim boshqaruvi jarayoniga sun’iy intellekt asosidagi yordamchi tizimlarni joriy etish. - Raqamli kompetensiyalarni baholash uchun diagnostik mezonlar ishlab chiqish. - AKT yo‘nalishidagi xalqaro tajribalarni o‘rganish, hamkorlikda loyihalar yaratish. orqali taklif va tavsiyalarni ilgari surgan holatda turli muammolarga yechim topishimiz mumkin. Taʼlim muassasalari rahbarlarining boshqaruv faoliyatida AKTdan samarali foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirish – ta’lim tizimi sifatini oshirishning eng muhim omillaridan biridir. Raqamli transformatsiya jarayonlari rahbarlardan yuqori darajada raqamli savodxonlikni, innovatsion fikrlashni, analitik yondashuvni talab qiladi. Mazkur maqolada AKT kompetensiyasining nazariy asoslari, uning tarkibiy qismlari, shakllantirish mexanizmlari hamda rivojlantirish tamoyillari ilmiy tahlil qilindi. AKTdan foydalanish kompetensiyalarining rivojlanishi taʼlim muassasalarida boshqaruvning sifatini oshiradi, zamonaviy talablarga mos boshqaruv modelini shakllantiradi, ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlaydi va pedagogik innovatsiyalarni keng tatbiq etish imkonini beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) 1. Abdullayev A. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi roli. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2021. 2. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A. Ta’lim menejmenti: nazariya va amaliyot. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020. 3. Xodjayev B. Raqamli iqtisodiyot va ta’lim tizimi transformatsiyasi. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2022. 4. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat / Tahrir hay’ati: A. Abduqodirov va boshq. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2021. 5. Ziyamuxamedov B., Sharipov M. Ta’limda innovatsion boshqaruv. – Buxoro: BDU nashriyoti, 2019.