Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 31 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA ARGO VA JARGONLAR TARJIMASINING SOTSIOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI Saidova Nilufar Anvar qizi Annotatsiya Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillarida uchraydigan argo hamda jargon birliklarining sotsiolingvistik tabiati, ularning badiiy matndagi funksional-uslubiy o‘rni hamda tarjima jarayonidagi murakkab jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda argo va jargonlarning ijtimoiy guruh identifikatori sifatidagi vazifasi, yashirin nutq strategiyasi, madaniy kod va konnotativ qatlamlari yoritiladi. Tarjima jarayonida mazkur birliklarning semantik, stilistik va madaniy mazmunini to‘laqonli tiklash uchun madaniy transliteratsiya, izohli tarjima, sotsiolingvistik moslashtirish va diskursiv transformatsiya kabi strategiyalarning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, argo va jargonlarning adekvat tarjimasi matnning ijtimoiypsixologik mohiyatini saqlash, guruhlararo munosabatlar va nutq subyektining statusini to‘g‘ri aks ettirishda muhim omildir. Kalit so‘zlar: argo, jargon, sotsiolingvistika, tarjima, madaniy kod, konnotatsiya, izohli tarjima, transliteratsiya, pragmatik muqobil, ingliz tili, o‘zbek tili. Kirish Zamonaviy tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida argo va jargon til birliklarining lingvistik hamda sotsiolingvistik tabiati, ularning matn mazmuniga ko‘rsatadigan ta’siri, shuningdek, tarjima jarayonida bunday birliklarni adekvat qayta yaratish masalalari alohida dolzarb ilmiy muammolardan biridir. Globallashuv jarayonida turli madaniyat va til vakillarining o‘zaro axborot almashuvi kuchaygani sari badiiy tarjima sohasida yuqori darajadagi madaniy va til kompetensiyasiga ehtiyoj ortmoqda. Argo va jargonlar, ayniqsa, jinoyat olami, yoshlar submadaniyati, kasbiy sohalar, mafiyaviy ierarxiyalar va ijtimoiy qatlamlararo farqlarni aks ettiruvchi muhim ijtimoiy-lisoniy ko‘rsatkich sifatida badiiy matn ichida katta stilistik yuk ko‘taradi. O‘zbek adabiyoti vakillarining ingliz tiliga, ingliz-amerika adabiyotining esa o‘zbek tiliga tarjima qilinishi jarayonida aynan argo va jargonlarning funksional-uslubiy o‘rni, semantik kengligi va sotsiolingvistik belgilari tarjimon uchun murakkab vazifani yuzaga keltiradi. Chunki bu turdagi birliklar faqat lug‘aviy ma’nodan iborat bo‘lmay, balki madaniy kod, ijtimoiy maqom, yashirin nutq strategiyasi, guruh identifikatori, hissiy-ekspressiv muhit yaratish kabi qo‘shimcha mazmunlar bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra, ularni adekvat tarjima qilish uchun tarjimondan lingvistik bilimdan tashqari,
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 32 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us ijtimoiy kontekstni chuqur anglash, sotsiolingvistik sezgirlik, nutqiy vaziyatni talqin qilish va madaniyatlararo kompetensiya talab etiladi. Argo tillari ko‘pincha muayyan ijtimoiy guruh — jinoyatchilar, yoshlar submadaniyati, harbiy tuzilmalar yoki norasmiy birliklar tomonidan qo‘llanadigan maxfiy yoki yarim-maxfiy tizimdir. Ularning asosiy vazifasi begonalardan yashirin aloqa o‘rnatish, ichki birdamlikni mustahkamlash, ijtimoiy masofa yaratish yoki o‘ziga xos guruh o‘zligini shakllantirishdir. Jargonlar esa, asosan, kasbiy doiralarga mansub atamalar, maxsus so‘zlashuv modellari, tor soha uchun xos leksik tizim bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘zbek tilida “otvetchi”, “avtoritet”, “qora bozor”, “qonli yo‘lni tanlash” kabi birliklar argo sifatida faol qo‘llanadi va badiiy matnda muayyan ijtimoiy qatlamning dunyoqarashi, ruhiyati hamda kommunikativ strategiyasini ochib beradi. Ingliz tilida esa “hit”, “contract”, “caporegime”, “consigliere”, “rat”, “made man” singari birliklar jinoyat olamining sotsiolingvistik kodlari sifatida e’tirof etiladi. 123 Argo va jargonlarni tarjima qilish nafaqat semantik muqobil tanlash, balki ulardagi yashirin madaniy konnotatsiyalarni saqlashni ham talab qiladi. Badiiy matnda argo birliklar nutq subyektining ruhiy holati, ijtimoiy mavqei, guruhga mansubligi yoki nutq strategiyasini ko‘rsatadi. Demak, tarjimada mazkur birliklar oddiy “so‘z → so‘z” munosabati asosida o‘tkazilsa, matnning ijtimoiy mazmuni jiddiy darajada yo‘qoladi. Masalan, ingliz tilidagi “rat” - jinoyatchilar tilida “sotqin”, “axborot yetkazuvchi” ma’nosida ishlatiladi. O‘zbek tilida esa “kalamush” biroz boshqa konnotatsiyaga ega bo‘lib, u asosan pastkashlik yoki aldov bilan bog‘liq ma’noda qo‘llanadi. Shu bois, bunday birlikni har doim to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashtirib bo‘lmaydi; mazmunga xos muqobil tanlash yoki izohli tarjima qo‘llanadi. 4 Xuddi shunday, o‘zbek tilidagi “otvetchi” (ruscha argodan kirgan) ingliz tiliga so‘zmaso‘z “responsible person” tariqasida tarjima qilinsa, bu uning mafiyaviy funksional ma’nosini yo‘qotadi. Uning asl semantikasi “guruh topshiriqlarini bajaruvchi, muayyan vazifalarning ijrochisi” kabi kengroq bo‘lib, “enforcer” yoki “appointed executor” tarjimalari kontekstga mosroq bo‘ladi. Argo va jargonlarning tarjimasi quyidagi strategiyalar orqali amalga oshiriladi: 1 Tohir Malik. Shaytanat. – Toshkent: Sharq, 2011. – B. 27. 2 Lawrence Venuti. The Translator’s Invisibility: A History of Translation. – London: Routledge, 1995. – P. 18-20. 3 Mario Pyuzo. Cho‘qintirgan ota (tarj. I. G‘afurov). – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2011. – B. 62-64. 4 Mario Pyuzo. The Godfather. – New York: G.P.Putnam’s Sons, 1969. – P. 147
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 33 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us 1. Madaniy transliteratsiya — atamani asl shakliga yaqin ko‘rinishda o‘tkazish (“consigliere”, “caporegime”) va zarurat tug‘ilganda izoh berish. 2. Izohli tarjima — semantik kengaytirish orqali mazmunni to‘liq ochish (“made man” → “mafiyaning to‘la huquqli qasamyod qilgan a’zosi”). 3. Uslubiy muqobil topish — boshqa tilda sotsiolingvistik jihatdan mos, ammo lug‘aviy jihatdan farqli birlikni qo‘llash (“otvetchi” → “enforcer”). 4. Diskursiv transformatsiya — iboraning matndagi roliga qarab qayta yaratish (“cleaning house tonight” → “ichkarini xiyonatchilardan tozalaymiz”). 5 5. Konnotatsiyani tiklash — hissiy va sotsiolingvistik ohangni saqlagan holda qayta bayon qilish. Bu strategiyalar tarjimada sodiqlik, madaniy moslik va stilistik quvvatning uzluksizligini ta’minlaydi. Argo va jargonlarning tarjima jarayoni shuni ko‘rsatadiki, bu birliklar matnning struktur komponenti emas, balki uning sotsiolingvistik asosini tashkil etadi. Ular orqali badiiy matnda: — guruhlararo ierarxiya; — jinoyat olamining ichki qonun-qoidalari; — ijtimoiy masofa va o‘zaro hurmat darajasi; — ruhiy bosim, tahdid yoki tobelik; — milliy mentalitetga oid muloqot unsurlari yoritiladi. Shu sababli tarjimon ushbu birliklarni to‘g‘ri uzata olmasa, badiiy matnning ruhiymadaniy asoslari jiddiy darajada buziladi. Xulosa O‘zbek va ingliz tillarida argo hamda jargonlar tarjimasining sotsiolingvistik xususiyatlari badiiy tarjimaning lingvopragmatik, stilistik va madaniy qatlamlarini chuqur tahlil qilishni talab etadi. Bunday birliklar oddiy lug‘aviy muqobil bilan almashtirilmaydi; ular ijtimoiy o‘zlik, guruh mentaliteti, yashirin kommunikativ strategiya va madaniy konnotatsiyalarni o‘zida mujassam etadi. Tarjimon mazkur birliklarning sotsiolingvistik mohiyatini anglagan holda, madaniy transliteratsiya, izohli tarjima, uslubiy muqobil va diskursiv transformatsiya usullaridan samarali foydalanishi lozim. Shundagina badiiy matnning mazmuniy, stilistik va hissiy quvvati to‘liq saqlangan holda yangi tilda qayta yaratiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1. Tohir Malik. Shaytanat. – Toshkent: Sharq, 2011 5 Mario Pyuzo. The Godfather. – New York: G.P.Putnam’s Sons, 1969. – P. 188-226.; Mario Pyuzo. Cho‘qintirgan ota. (tarj. A.Habibullo). – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2009. – B. 202-239.; Марио Пюзо. Крeстний отeц. (пeр. Н.Забeлин). – Москва: Эксмо, 2007. – С. 195-230
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 34 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us 2. Lawrence Venuti. The Translator’s Invisibility: A History of Translation. – London: Routledge, 1995 3. Mario Pyuzo. Cho‘qintirgan ota (tarj. I. G‘afurov). – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2011 4. Mario Pyuzo. The Godfather. – New York: G.P.Putnam’s Sons, 1969 5. Mario Pyuzo. Cho‘qintirgan ota. (tarj. A.Habibullo). – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2009 6. Марио Пюзо. Крeстний отeц. (пeр. Н.Забeлин). – Москва: Эксмо, 2007