YASHIL IQTISODIYOT - BARQAROR RIVOJLANISHNING KAFOLATI
Abstract
Yashil iqtisodiyot – bu tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqtisodiy o‘sishni uyg‘unlashtirishga qaratilgan rivojlanish yo‘nalishidir. U barqaror rivojlanishni ta’minlab, ekologik xavfsizlik, ijtimoiy farovonlik va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Shu bois, yashil iqtisodiyot kelajak avlodlar uchun barqaror taraqqiyot kafolatidir.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 306 YASHIL IQTISODIYOT - BARQAROR RIVOJLANISHNING KAFOLATI Djurayeva Maxzuna Azamovna Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti oʻqituvchisi. ORCID: 0009-0007-1967-176Х E-mail: [email protected] Nabiyeva Malika Elmurod qizi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabasi. E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17902912 Annotatsiya. Yashil iqtisodiyot – bu tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqtisodiy o‘sishni uyg‘unlashtirishga qaratilgan rivojlanish yo‘nalishidir. U barqaror rivojlanishni ta’minlab, ekologik xavfsizlik, ijtimoiy farovonlik va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Shu bois, yashil iqtisodiyot kelajak avlodlar uchun barqaror taraqqiyot kafolatidir. Kalit so'zlar: yashil iqtisodiyot, ekologiya, yashil o'sish, sug'orish texnologiyalari, energitika. Аннотация. Зелёная экономика – это направление развития, направленное на рациональное использование природных ресурсов, охрану окружающей среды и гармоничное сочетание с экономическим ростом. Она обеспечивает устойчивое развитие, способствует экологической безопасности, социальному благополучию и экономической эффективности. Поэтому зелёная экономика является гарантией устойчивого прогресса для будущих поколений. Ключевые слова: зелёная экономика, экология зелёный рост, технологии орошения, энергетика. Annotation. The green economy is a development approach aimed at the rational use of natural resources, environmental protection, and harmony with economic growth. It ensures sustainable development, promotes environmental safety, social well-being, and economic efficiency. Therefore, the green economy is a guarantee of sustainable progress for future generations. Key words: Green economy, ecology Green growth, irrigation technologies Energy, power industry. Kirish. Hozirgi kunga kelib global miqyosda ekologik muammolar, iqlim ozgarishlari va tabiiy resurslarning kamayishi insoniyatni yangi iqtisodiy yondashuv va harakatlarga undamoqda. Yashil iqtisodiyot barqaror rivojlanishning muhim omili bo'lib, u iqtisodiy o'sish jarayonida tabiatni asrash, resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta'minlashni maqsad qiladi. METODOLOGIYA. Yashil iqtisodiyot Hozirda dunyo bo'ylab asosiy va dolzarb mavzuga aylanib bormoqda. Bundan ko'zlanayotgan asosiy maqsad tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining yashash tarzini tubdan o'stirish kabi masalalarni bir vaqtda amalga oshirish ko'zda tutilgan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 307 Batafsil aytganda, yashil iqtisodiyot bu ekologik barqarorlik va iqtisodiy o'sishni uyg'unlantiruvchi tizimdir. Bunda, energiya tejamkorlik, texnologiyalarni qo'llash, chiqindilarni kamaytirish qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va tabiiy muhitga, zarar yetkazmaslikni maqsad qiladi. Misol tariqasida, quyosh va shamol energiyasidan foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik toza transportni rivojlantirishbularning barchasi yashil iqtisodiyotga kiradi. ASOSIY QISM Hozirgi kunda tizimda global miqyosda bir qator muammolar mavjud bularga misol sifatida: 1.Energiya manbalarning asosan an'anaviy turlarga bog'liqligi - mamlakatimizda ham energiyaning katta qismi hali ham gaz va ko'mir hisobidan olinadi, qayta tiklanuvchi manbalar ulushi past. 2. Suv resurslarining tanqisligi - qishloq xo'jaligida suvni tejovchi texnologiyalar yetarlicha joriy etilmagan, bu esa ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. 3.Sanoat chiqindilari va havo ifloslanishi ayrim sanoat korxonalarida ekologik standardlarga rioya qilinmaydi. 4.Transportdan chiqayotgan zararli gazlar avtomabillar sonining ortishi havo sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Hozirgi kunga kelib, mamlakatimizda ham sezilarli darajada islohotlar olib borilmoqda, Yangi O'zbekistonning strategik maqsadi ekologik barqarorlikni ta'minlash iqtisodiy o'sishning resurslardan tejamkorliligiga asoslangan yashil rivojlanish modeliga o'tishdir. Shu bois muhtaram Prezidentimiz Shavkat.M.M 2025-yilni "Atrofmuhitni asrash va yashil iqtisodiyot" yili deb e'lon qildi. Shuningdek, davlatimiz rahbari " "AbuDabi barqaror rivojlanish haftalagi " doirasida otkazilgan sammitda, Kam uglerodli rivojlanish bo'yicha uzoq muddatli strategiya va "yashil" moliyalashtirish milliy dasturini ishlab chiqilganligi va investetsiya loyihalarida "yashil" komponentlarni kelgusi besh yılda 50 foizgacha ko'paytirish togrisida ham aytib o'tdilar. Shuningdek, zararli gazlarni monitoring qilish va Milliy savdo tizimlarini joriy etish 2030yilgacha zararli chiqindilarni 35 foizga qisqartirish va bu majburiyatni doimiy oshirib borish reja qilingan. “Yashil makon” dasturi doirasida shaharlar hududlarining kamida 30 foizi ko‘kalamzor maydonlarga aylantirish.Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni 100 foiz tatbiq etish bo‘yicha tizimli ishlarni ham amalga oshirish shular jumlasidandir. 2030 yilgacha O'zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o'tish va “yashil” o'sishni ta'minlash dasturida bir qator muhim strategik maqsadlarga erishish ko'zda tutilgan. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisida hadli konvensiyasining Kioto protokoli va Parij bitimi doirasida majburiyatlariga sodiq qolgan holda issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish mas'uliyati yuklatilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishlab chiqarish quvvatini 15 GVt.ga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan ko'prog'iga etkazish vazifalari belgilanmoqda.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 308 Mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan isloh qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari 2019-yilning oʻzida qoʻshimcha 33,2 ming gektarda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalari joriy etilishini taʼminlash imkonini berdi, bu esa shu kabi texnologiyalar qoʻllanilayotgan yerlar umumiy maydonining 44 foizini tashkil etdi. Bundan tashqari, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish maqsadida 1 million gektargacha maydonda suv tejovchi sug'orish texnologiyasini joriy etish yiliga 200 million ko'chat ekish va ko'chatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish, o'rmon fondi zaxiralari ko'rsatkichini 90 million kub metrdan ortiqroqqa etkazish mamlakatda ekologik barqarorlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hosil bo'ladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65 foizdan oshirish esa aholi punktlarining sanitariya va ekologik holatini yaxshilashda zarur tadbir hisoblanadi. Shuningdek, qaror bilan sanoat tarmoqlarida “yashil” iqtisodiyotga o'tish va energiya tejamkorligini ta'minlash bo'yicha kontseptsiya, 2030 yilgacha O'zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o'tish va “yashil” o'sishni ta'minlash bo'yicha harakatlar rejasi, 2022–2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilg'i-energetika resurslarini tejashning maqsadli parametrlari ham tasdiqlangan. TAHLIL VA NATIJALAR. Shunday chora-tadbirlar natijasida so'nggi besh yilda atmosferaga tashlanayotgan tashlanmalar miqdori 11 foiz kamaydi. Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olishda ekologik toza transport vositalari sonini oshirish, yoqilg'i sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish muhim ahamiyatga ega. Bu borada ham mamlakatimizda qator ishlar qilinmoqda. Masalan, elektromobillar soni ortishi yoki Toshkent shahrida elektrobuslarning harakati yo'lga qo'yilgani bunga yaqqol misol bo'ladi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishlab chiqarish quvvatini oshirish borasida ham sezilarli natijalarga erishilmoqda. Jumladan, 2021 yilda Karmana tumanida ishga tushirilgan (loyiha qiymati 110 million AQSh dollari, quvvati 100 megavatt) quyosh fotoelektr stantsiyasi energetika tizimidagi birinchi ulkan qadam bo'ldi. 252 million kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi mazkur fotoelektr stantsiya 30 mingdan ziyod xonadonni quvvat bilan ta'minlash imkonini berishi bilan birga, 80 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga zamin yaratadi. Atmosferaga 160 ming tonna issiqxona gazi chiqishining oldi olinadi. Mazkur loyihalarning barchasi yashil iqtisodiyot doirasida amalga oshiriladi. Xulosa Yashil iqtisodiyot - bu barqaror rivojlanishning asosiy yo‘nalishi bo‘lib, u iqtisodiy o‘sish jarayonida atrof-muhitga zarar yetkazmaslik, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik muvozanatni saqlashni ko‘zda tutadi. Ushbu yondashuv orqali nafaqat iqtisodiy samaradorlikka, balki jamiyat farovonligiga ham erishish mumkin.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 309 O‘zbekiston ham yashil iqtisodiyot tamoyillarini milliy siyosatga joriy etish orqali energiya tejovchi texnologiyalarni kengaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida izchil harakat qilmoqda. Shunday qilib, yashil iqtisodiyot - bu kelajak avlodlar uchun toza va barqaror hayot yaratishga xizmat qiluvchi eng muhim yo‘nalishlardan biridir. Adabiyotlar: 1. M.S. Rustamov. prezintatsiya "TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI TRANSFORMATSIYA QILISHDA “YASHIL” MOLIYALASHTIRISH ISTIQBOLLARI". 2. https://president.uz 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida. 3. https://lex.uzOʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida