Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 314 YASHIL IQTISODIYOT BO`YICHA O`ZBEKISTONNING XALQARO REYTINGI Djurayeva Maxzuna Azamovna Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti oʻqituvchisi. ORCID: 0009-0007-1967-176Х E-mail: [email protected] Shamsidinova Nigora Orif qizi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabasi. E-mail: nigorashmsidinova5 @.gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.17903297 Annotatsiya. Ushbu maqolada global yashil iqtisodiyot tushunchasi, yashil iqtisodiyotning paydo bo’lishiga sabab bo’ladigan omillar, xorijiy olimlarning “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga yondashuvlari, “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga o’zbek olimlarining yondashuvlari, yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyotning atrof-muhitni muhofaza qilish, iqtisodiy barqarorlik va resurslardan samarali foydalanish jihatlari bilan bog’liq jihatlari yoritib o’tilgan. Maqolada yashil iqtisodiyotning turli xil kategoriyalarining ko’rsatkichlarini aniqlash indekslari, ular haqida ma’lumotlar va ulardan foydalanish usullari ham yaqqol yoritib o’tilgan. Shuningdek, maqolada O’zbekistonda yashil iqtisodiyotga o’tish jarayonlari, amalga oshirilayotgan bir qancha islohotlar va xalqaro tajribalar bilan solishtirishlar keltirib o’tilgan. Iqlim o’zgarishlar va ekologik muammolarga qarshi kurashish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hamda suv resurslaridan tejamkorona foydalanish bo’yicha mamlakatning strategik yo’nalishlari ko’rib chiqilgan. Tayanch so’zlar: Yashil iqtisodiyot, energiya, barqaror rivojlanish, BMT, UNEP, integratsiya, o’sish strategiyalari, resurslar, global iqlim o’zgarishlari, uglerod chiqindilari, innovatsion rivojlanish, energetika, Global Green Economy Index, Environmental Performance Index, global iqlim, ekologik turizm, qishloq xo’jaligi, tabiiy resurs, energetik inqirozlar, ekologik barqarorlik, ekologik tanqislik, ekotizim, infratuzilma. Kirish. Yashil iqtisodiyot – ekologik xavflarni va ekologik tanqislikni kamaytirishga qaratilgan va atrof-muhitni buzmasdan barqaror rivojlanishni maqsad qilgan iqtisodiyot. U ekologik iqtisodiyot bilan chambarchas bogʻliq, lekin asosan siyosiy termin sifatida foydalaniladi. [1] Yashil iqtisodiyot tushunchasi BMTning Atrof-muhit dasturi (UNEP) tomonidan 2008yilda rasman ilgari surilgan. Ushbu dasturda yashil iqtisodiyot "inson farovonligi va ijtimoiy adolatni ta’minlaydigan, ayni paytda ekologik xavflarni va atrof-muhitga zarar yetkazmaslikni kafolatlaydigan iqtisodiyot" deb ta’riflanadi. Bu iqtisodiyot modeli uglerod chiqindilarini kamaytirishga, energiya va resurslardan samarali foydalanishga, barqaror qishloq xo’jaligi, yashil texnologiyalar va ekologik toza sanoatga e’tibor qaratadi. [2] Yashil iqtisodiyotning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan omillar: 1. Iqlim o’zgarishi. XXI asrning boshlarida global iqlim o’zgarishining jiddiy oqibatlari yaqqol namoyon bo’ldi, bu esa ekologik masalalarni yechishda yangicha yondashuvlarni talab qildi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 315 2. Energetik inqirozlar. Neft inqirozi va energiya resurslarining cheklanganligi dunyo iqtisodiyoti uchun yangi energiya manbalariga ehtiyoj tug’dirdi. Yashil energetika - quyosh, shamol, biogaz kabi qayta tiklanadigan energiya manbalariga e'tibor kuchaydi. 3. Xalqaro tashabbuslar. 1992-yilgi Rio-de-Janeyrodagi "Yer sammiti" kabi global anjumanlar ekologik barqaror rivojlanishni rag’batlantirdi va hukumatlar, tadbirkorlar hamda notijorat tashkilotlar yashil iqtisodiy faoliyatni qo’llab-quvvatlay boshladilar. 4. Ekologik faolli va jamiyatchilikning bosimi. Ko’plab ekologik harakatlar va faollar atrofmuhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishga ko’proq e’tibor qaratilishini talab qilin chiqishdi. METODOLOGIYA. Hukumat xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqmoqda. Uzoq muddatli rejalarga ko’ra, ekologik muvozanatni saqlash va iqlim o’zgarishiga moslashish O’zbekiston uchun muhim ustuvor yo’nalishlardan biri bo’lib qoladi. ASOSIY QISM O’zbekistonning Markaziy Osiyoda 1-o’rin va MDH davlatlari bo’yicha 2-o’rin olishiga erishishi, mamlakatning yashil iqtisodiyot sohasidagi faoliyatini muvaffaqiyatli olib borayotganini ko’rsatadi. Bu, ayniqsa, qayta tiklanuvchi energiya, energiya samaradorligini oshirish, va iqlimga moslashish kabi sohalarda olib borilayotgan yirik investitsiya loyihalari va siyosiy tashabbuslarning samarasini bildiradi (4-jadval). 4-jadval Yashil iqtisodiyot bo’yicha O’zbekistonning xalqaro reytingi [13] Hudud O’rin Markaziy Osiyo 1 MDH davlatlari 2 Osiyo 4 Dunyo 13 Manba: Global Green Economy Index, 2023 Yashil iqtisodiyot bo’yicha O’zbekistonning xalqaro reytingi Osiyo bo’yicha 4-o’rin va dunyo bo’yicha 13-o’rin olish orqali global miqyosda yashil iqtisodiyot bo’yicha yuksak poziysiyaga ega bo’lishi, bu sohada erishilgan muvaffaqiyatlarni ta’kidlaydi va boshqa davlatlarga nisbatan ijobiy ta’sir ko’rsatishini anglatadi. Bu O’zbekistonning iqlimga qarshi kurashish va barqaror rivojlanishga bo’lgan jiddiy yondashuvi va global o’zgarishlarga moslashishdagi qat’iyligini ko’rsatadi. TAHLIL VA NATIJALAR. O’zbekistonda qishloq xo’jaligida suvni tejash dolzarb masalalardan biridir. So’nggi yillarda tomchilatib sug’orish, yomg’irlatib sug’orish va lazer yordamida yer tekislash texnologiyalari keng qo’llanilmoqda. Bu usullar suv sarfini kamaytirib, hosildorlikni oshirishga yordam beradi. Shuningdek, aqlli suv boshqaruvi tizimlari joriy qilinib, real vaqt rejimida suv taqsimoti nazorat qilinmoqda. Davlat tomonidan fermerlarni qo’llab-quvvatlash va innovatsion yechimlarni keng joriy etish bo’yicha turli dasturlar amalga oshirilmoqda. Ushbu texnologiyalar O’zbekistonning suv resurslaridan samarali foydalanishiga xizmat qilmoqda:
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 316 Jahon Banki hisobotiga ko’ra global iqlim o‘zgarishlari O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishni jadallashtirishni talab qilmoqda. Suv resurslarining kamayishi va ekologik muammolar qishloq xo’jaligi hamda sanot tarmoqlarida barqaror yechimlarni izlashga undaydi. Shu bois, mamlakatda suv tejovchi texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ekologik toza ishlab chiqarish usullari keng joriy etilmoqda. Yashil iqtisodiyotga o’tish uzoq muddatli barqaror rivojlanish va ekologik muvozanatni ta’minlash uchun muhim yo‘nalishdir [19]. Xulosa Xulosa qilib aytganda, Yashil iqtisodiyotga o’tish bugungi global iqtisodiy rivojlanishning eng muhim yo’nalishlaridan biri sifatida barqaror o’sish, ekologik muvozanat va ijtimoiy farovonlikni ta’minlashga qaratilgan strategik jarayondir. An’anaviy iqtisodiy modelning resurslarga haddan tashqari tayanishi va ekologik tizimlarga yetkazgan salbiy ta’siri natijasida dunyo mamlakatlari yangi, ekologik mas’uliyatli iqtisodiy tizimni shakllantirish zaruratiga duch kelmoqda. Yashil iqtisodiyot nafaqat iqtisodiy o’sish va rivojlanishning yangi modeli, balki atrof-muhitni muhofaza qilish hamda resurslardan samarali foydalanishning muhim vositasi hisoblanadi. Global miqyosda yashil iqtisodiyotga o’tish jarayoni jadallashmoqda va ko’plab davrlar ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida innovatsion texnologiyalarni joriy qilmoqda. Shuningdek, yashil iqtisodiyotga o’tish - bu faqat ekologik chora emas, balki yangi iqtisodiy paradigma hisoblanadi. U energiya samaradorligi, innovatsiyalar, ijtimoiy barqarorlik va xalqaro hamkorlikni o’zida mujassam etgan holda, uzoq muddatli iqtisodiy o’sishning asosiy kafolatiga aylanmoqda. Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, chiqindilarni kamaytirish hamda ekologik innovatsiyalarni joriy ettirishni nazarda tutadi. Xalqaro tajribalar shuni ko’rsatadiki, toza texnologiyalar va “yashil” ishlab chiqarish modellariga o’tish nafaqat ekologik foyda keltiradi, balki yangi investitsiya imkoniyatlarini ham yaratib beradi. Shu jihatdan, yashil iqtisodiyot raqamli innovatsiyalar, energiya xavfsizligi va ekologik muvozanat o’rtasidagi uyg’unlikni ta’minlaydi. O’zbekiston ham ushbu tendensiyadan chetda qolmay, qayta tiklanuvchi energiyamanbalaridan foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va ekologik siyosatni takomillashtirish yo’lida muhim qadamlarni tashlamoqda. Mamlakatimizda yashil iqtisodiyotga o’tish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iqlim o’zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatib, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi. Kelajakda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, bir qancha ekologiki qonunchiliklarni kuchaytirish va xalqaro darajada ekologik hamkorliklarni rivojlantirish orqali O’zbekiston yashil iqtisodiyotning yetakchi mamlakatlaridan biriga aylanishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. “United Nations Environment Programme (UNEP)” 2016-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. 2. https://www.unep.org/explore-topics/resource-efficiency/what-we-do/policy-andstrategy/green-economy 3. BLUEPRINT FOR A GREEN ECONOMY a report by David Pearce Anil Markandya Edward B.Barbier.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 317 https://www.taylorfrancis.com/books/mono/10.4324/9781315070223/blueprint-1-edwardbarbier-david-pearce-anilmarkandya 4. https://www.researchgate.net/publication/230221479.The_PolicyChallenge_for_green_eco nomy_andSustainable_ Development 5. https://whygreeneconomy.org/information/unep-green-economyreport 6. https://www.researchgate.net/publication/40932460_Ecological_Economics 7. https://www.oecd.org/en/publications/serials/oecd-green-growth-studies_g1g14154.html 8. Green economy: meaning and principles. https://greenly.earth/en-us/blog/companyguide/green economy-meaning-and-principles 9. Yuldoshev I., "O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot: rivojlanish istiqbollari", 2020 - yil.