scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOLA NUTQIDA UCHROVCHI DASTLABKI UNDOSHLAR VA ULARNING AKUSTIK XUSUSIYATLARI

Saidaxmedova Odinaxon Ibroximjon qizi

Full text

3 37 4 7.2 BOLA NUTQIDA UCHROVCHI DASTLABKI UNDOSHLAR VA ULARNING AKUSTIK XUSUSIYATLARI Saidaxmedova Odinaxon Ibroximjon qizi Toshkent amaliy fanlar universiteti dotsent v.b., filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Email: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17903853 Annotatsiya. Maqolada 1 yosh 8 oylik tajriba ishtirokchisining nutqidagi mavjud til birliklari asosida undosh fonemalarning o‘zlashtirish holati tahlil qilindi. Tahlilda bola nutqida mavjud tovushlar va ularni talaffuz qilish masalalari, tovushlarni o‘zlashtirish bo‘yicha mavjud qarashlar va tajriba ishtirokchisining natijasi o‘rganildi. Tajriba natijasiga ko‘ra, respondent dastlab lab artikulatsiyasi hamda til artikulatsiyasi yordamida hosil bo‘ladigan tovushlarni o‘zlashtira boshlagan. Artikulyatsiya usuliga ko‘ra, 8 ta tovush portlovchi, 2 ta tovush sirg‘aluvchi: lab artikulatsiyasidagi o‘zlashtirilgan 3 tovush portlovchi, til oldi artikulyatsiyasida 3 tovush (d, t, n) portlovchi 1 tovush (sh) sirg‘aluvchi, til o‘rta artikulyatsiyasida til orqa artikulyasiyasida 2 tovush (q, ng) portlovchi sifatida qayd etildi va mazkur tovushlarni avvalroq o‘zlashtirishiga lingvistik omilning ta’siri o‘rganildi. Kalit so‘zlar: til o‘zlashtirish, fonema, artikulyatsiya, tajriba, respondent, lab artikulatsiyasi, til artikulatsiyasi, portlovchi, sirg‘aluvchi. Аннотация. В статье анализируется состояние освоения согласных фонем на основе имеющихся языковых единиц в речи ребенка в возрасте 1 года 8 месяцев. В ходе анализа изучались звуки, присутствующие в речи ребенка, их произношение, существующие представления об освоении звуков и результаты, полученные участником эксперимента. По результатам эксперимента, респондент изначально начал осваивать звуки, образованные с помощью артикуляции губ и языка. Согласно артикуляционному методу, 8 звуков были зарегистрированы как взрывные и 2 как скользящие: 3 взрывных в губной артикуляции, 3 взрывных в прелингвальной артикуляции (d, t, n), 1 взрывной (sh) в скользящей артикуляции, 2 взрывных в среднеязычной артикуляции (q, ng) в лингвальной заднеязычной артикуляции. Изучалось влияние лингвистических факторов на раннее освоение этих звуков. Ключевые слова: освоение языка, фонема, артикуляция, опыт, респондент, губная артикуляция, лингвальная артикуляция, взрывной, скользящая артикуляция. Annotation. The article analyzes the state of mastery of consonant phonemes based on the existing language units in the speech of a 1 year and 8 month old experimental participant. The analysis studied the sounds present in the child's speech and their pronunciation, existing views on the mastery of sounds, and the results of the experimental participant. According to the results of the experiment, the respondent initially began to master sounds formed using lip articulation and tongue articulation. According to the articulation method, 8 sounds were recorded as plosives and 2 as gliding sounds: 3 plosives in labial articulation, 3 plosives in prelingual articulation (d, t, n), 1 plosive (sh) in gliding, 2 plosives in midlingual articulation (q, ng) in lingual posterior articulation, and the influence of linguistic factors on the earlier acquisition of these sounds was studied. Keywords: language acquisition, phoneme, articulation, experience, respondent, labial articulation, lingual articulation, plosive, gliding. Kirish. Fonologik rivojlanish tilni o‘zlashtirishning muhim jihati bo‘lib, nutq tovushlarini o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi. Undosh tovushlarni o‘zlashtirish va chiqarish qobiliyati bolalarning til rivojlanishidagi asosiy bosqichdir. Undosh tovushlar so‘zlarning 3 38 4 7.2 qurilish bloklarini tashkil qiladi, bu esa bolalarga ma’no yetkazish va samarali muloqot qilish imkonini beradi. Undosh tovushlarni o‘zlashtirishga ko‘plab omillar ta'sir qiladi. Birinchidan, tillar o‘rtasida undosh tovushlarni o‘zlashtirish tartibi va vaqtida sezilarli darajada o‘zgaruvchanlik mavjud. Turli tillarda turli xil fonetik inventarlar va fonologik shakllar mavjud bo‘lib, bu bolalar uchun ma’lum tillarni o‘rganishda o‘ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Undosh tovushlarni o‘zlashtirishning universal va tilga xos jihatlarini tushunish fonologik rivojlanishning asosiy tamoyillarini tushunish uchun juda muhimdir. Ikkinchidan, individual farqlar va atrof-muhit omillari undosh tovushlarni o‘zlashtirishga ta’sir qilishi mumkin. Fonologik kasalliklar yoki eshitish qobiliyatining pasayishi kabi nutq va til buzilishlari bo‘lgan bolalar ma'lum undosh tovushlarni o‘zlashtirishda kechikishlar yoki qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy-madaniy va lingvistik muhit bolalarning turli undosh tovushlar, so‘z boyligi va fonologik naqshlarga ta'sirini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Undosh tovushlarni o‘zlashtirish artikulyatsion mexanizmlar, eshitish idroki va fonologik shakllar o‘rtasidagi muvofiqlikni talab qiladigan murakkab jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bolalar rivojlanish bosqichlaridan o‘tib borgan sari yangi undosh tovushlarni o‘zlashtirish va artikulyatsion ko‘nikmalarini takomillashtirish orqali fonetik inventarizatsiyasini asta-sekin kengaytiradilar. Adabiyotlar tahlili. Yosh bolalarning fonologik rivojlanishi bo‘yicha dastlab o‘tkazilgan tadqiqotlar rivojlanishning tilgacha va dastlabki lingvistik bosqichlarida spontan nutq tovushlarni tahlil qilishga urg‘u berdi, keyingi lingvistik bosqichlarda tadqiqotlar o‘tkazilmoqda [1]. Bir nechta tadqiqotlar taxminan 24 oylik bolalarning fonologik ko‘nikmalari haqida ma’lumot berdi [4]. A.Dayson 24 oydan 39 oygacha bo‘lgan bolalarning fonetik inventarizatsiyasini o‘rganish orqali ushbu tadqiqotni kengaytirdi. U yarim bo‘ylama tadqiqot dizaynidan foydalangan holda, 2,0, 2,5, 2,9 va 3,3 yoshdagi 10 ta respondentdan iborat ikki guruhning fonetik inventarizatsiyasini, shuningdek, undosh klasterlari va bo‘g‘in shakllarini o‘zlashtirish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazgan. Natijalar ushbu respondentlarning spontan nutqlari kombinatsiyasini tahlil qilishga asoslangan edi. [2] Tadqiqot metodologiyasi. Tajriba ishtirokchisi. Nutqi kuzatilayotgan respondentning 1 yosh 8 oylikdagi nutqida mavjud so‘zlar asosida uning fonetik artikulatsiyasi holati tahlil qilinadi. Respondent o‘g‘il bola, uyda ota-onasi bilan muloqotda bo‘ladi, 1 yosh 5 oylikdan xususiy bog‘chaga boradi. Tajriba usuli. Keltiriladigan so‘zlar ikki oy davomida muloqotda bola tomonidan doimiy ishlatiladigan so‘zlar sifatida olindi, bir martalik ishlatilgan yoki barqaror bo‘lmagan so‘zlar tasodifiy deb qaraldi va tahlilga tortilmadi. So‘zlar soni 12 ta va ular quyidagicha: 1.Dada (dada) 3 39 4 7.2 2.Nan(n)a (non) 3.Datta (yotaman) 4.Tetti (ketdik) 5.Biding-biding (bodring) 6.Tatta (oyoq kiyimi) 7.Papa (issiq narsa) 8.Papa/babba (paypoq) 9.O‘q / no‘ (yo‘q) 10.Aya (alo) 11.Oma (olma) 12. Shu (suv) So‘zlar tarkibida mavjud tovushlar alifbo xaritasida qizil va yashil rangda berildi: А а, B b, D d, Е е, F f, G g, H h, I i, J j, K k, L l, М m, N n, О о, P p, Q q, R r, S s, Т t, U u, V v, X x, Y y, Z z, Oʻ oʻ, Gʻ gʻ, Sh sh, Ch ch, ng Tahlillar va natijalar. Natijalarni ko‘rib chiqamiz. Nutqi o‘rganilayotgan respondent barcha 6 unlidan o‘z o‘rnida qo‘llayapti. So‘zlar tarkibida jami 10 undoshdan foydalanilganini kuzatish mumkin. So‘zlar tarkibida 28 o‘rinda undosh tovushlar ishtiroki kuzatilib, 9 o‘rinda to‘g‘ri qo‘llangan. Talaffuz qilingan tovushlarning hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra tasnifini ko‘rib chiqamiz: B, m, p lab-lab undoshlari (3 ta); D, n, t, sh til oldi undoshlari (4 ta) Y til o‘rta undoshi (1 ta) Q, ng til orqa undoshlari (2 ta). Natijalar bola dastlab lab artikulatsiyasi hamda til artikulatsiyasi yordamida hosil bo‘ladigan tovushlarni o‘zlashtirayotganini ko‘rsatadi. Artikulyatsiya usuliga ko‘ra, 8 ta tovush portlovchi, 2 ta tovush sirg‘aluvchi: lab artikulatsiyasidagi o‘zlashtirilgan 3 tovush portlovchi, til oldi artikulyatsiyasida 3 tovush (d, t, n) portlovchi 1 tovush (sh) sirg‘aluvchi, til o‘rta artikulyatsiyasida til orqa artikulyasiyasida 2 tovush (q, ng) portlovchi sifatida qayd etildi. Quyida tovushlarning hosil bo‘lish artikulyatsiyasi bo‘yicha bolaning qaysi nutq organlarini tovush chiqarish nazoratga olayotgani aniqlashadi. B konsonanti. Uning artikulyatsiyasida pastki lab tepa labga tutashadi. Til uchi pastki kurak tishlar uchiga tomon to‘g‘rilangan holda butun til tanasi orqa tomonga sal tortiladi. Ichkaridan kelgan havo lab orqasida to‘planib, tepa labni tepa kurak tishlari uchidan sezilarsezilmas ko‘chiradi va lablarni, juda kichik oraliq hosil qilib ochib chiqadi. Havoning lablarni birdan ochib, portlab chiqishidan hosil bo‘lgan shovqin va qisman un birgalikda b jarangli konsonantini shakllantiradi [3]. 3 40 4 7.2 M sonanti. Uning artikulyatsiyasida lablar yumiladi, til uchi tepa kurak tishlar uchiga yaqinlashib, til oldi qattiq tanglayga va til o‘rtasi yumshoq tanglayga juda yaqin boradi, chuqur til orqa old tomonga siqiladi. Tilning ikki tomoni ko‘tarilib, jag‘ tishlari yoniga tegadi. Umuman, m sonantining artikulyatsion holati b va p konsonantlarining artikulyatsion holatiga juda o‘xshaydi [3]. O‘pkadan kelayotgan havoning tilning muayyan harakati yordami bilan yumilgan lablardan portlab chiqish holatini respondent dastlab nazoratga olganini kuzatdik, undoshlar o‘zlashuvi lablar va til harakatining muvofiq koordinatsiyasi asosida tovushni talaffuz qilish asosida amalga oshgan. Til oldi artikulatsiyasida ham 4 ta tovush o‘zlashtirilishi kuzatilgan. Ulardan 3tasi portlovchi. N sonanti. Uning artikulyatsiyasida lab va tishlar sal ochiladi. Til uchi yoy shaklida tepa kurak tishlar yoniga taqaladi, yonlari jag‘ tishlariga tegadi va uning og‘izdan chiqish yo‘li mutlaqo yopiladi. Til oldi yuzasi qattiq tanglaydan yiroqlashadi, ya’ni o‘rtacha ko‘tarilish holatini oladi. Til orqasi yuzasi nisbatan pastroq va oldinroqqa tortiladi. Chunki lakluk unga tomon tortilib halqumning burun qismi orqa devoridan narilashadi va xoanalar yo‘lini ochadi. Bu sonantning artikulyatsiya o‘rni holati d va t konsonantlari artikulyatsiyasiga juda o‘xshab ketadi. Faqat til orqasining oldinga tortilishi va laklukning unga tomon tortilib, xoana yo‘lining ochilishi bilan farqlanadi [3]. Til oldi artikulyatsiyasi lab artikulatsiyasidan lablarning jips yopiq emasligi bilan farqlanishini kuzatish mumkin, bu holat boladan tovushni talaffuz qilishda qaysi holatda lablar jiplashishi va qaysi holatlarda lablar jipslashmasligini aniqlash vazifasini qo‘yadi, til harakati esa har ikkisida ham o‘xshash, ya’ni tilning tepa kurak tishlariga tegib turishi va havo oqimining shu yerdan portlab chiqishi bilan izohlanyapti. Til o‘rta va til orqa tovushlari artikulyatsiyasidagi harakatlar ham o‘zaro o‘xshash ekanini kuzatish mumkin. Masalan, y va q tovushi talaffuzida ham og‘iz bo‘shlig‘ining keng ochilishi va lablarning chetga toritilishi til uchining patki kurak tishlarga tegib turishi kabi umumiy harakatlar ushbu tovushlarning boshqa tovushlarga qaraganda avvalroq o‘zlashtirilganini bildirishi mumkin degan taxminni beradi. Y konsonanti. Uning artikulyatsiyasida ham og‘izning ochilishi keng bo‘ladi, hatto lab chetlari bilinar-bilinmas ikki tomonga tortiladi. Til uchi pastki kurak tishlar milki ostiga taqalib, til oldi va ma’lum darajada o‘rta yuzasi past tushga holda orqasi keskin ko‘tarilib, chuqur til orqa yumshoq tanglayning lakluk oldiga tutashadi, lekin til o‘rta gati bilna yumshoq tanglay o‘rtasida tor oraliq qoladi. Havo tovush paylarida un hosil qilib, til o‘rta egati bilan yumshoq tanglay oralig‘idan bosim bilan o‘tadi va shovqinni yuzaga keltiradi. Ular bo‘g‘iz va og‘iz bo‘shlig‘ida resonator ton orttiradi va un, shovqin, resonator ton birlikda y jarangli konsonantini shakllantiradi [3]. 3 41 4 7.2 Q konsonanti. Uning artikulyatsiyasida ham og‘iz bo‘shlig‘i keng ochiladi va hatto lab chetlarida usti va ostining tutashligi bo‘lmaydi. Til uchi pastki kurak tishlar milki ortiga taqalib, til oldi va o‘rtasi yuzasi nihoyatda past tushgan holda orqasi keskin ko‘tarilib, chuqur til orqasi yumshoq tanglayning lakluk oldiga jips tutashadi, yonlari tepa jag‘tishlaridan sezilarli narilashadi. Bo‘g‘izda to‘plangan havo bosimi chuqur til orqa va yumshoq tanglay oralig‘ini til o‘rta etagidan birdan, portlab ochadi, shovqin hosil bo‘ladi [3]. Xulosa. Tajriba natijasi o‘zbek tilida dastlabki o‘zlashtiriladigan undoshlar til va lab undoshlari ekanini ko‘rsatmoqda. Lablarni jipslashtirish, til uchini tepa kurak yoki pastki tishlarga tegizish, og‘izni keng ochish, lablarni ikki tomonga tortish kabi harakatlar ushbu tovushlar uchun umumiy harakatlar bo‘lib, undoshlar o‘zlashuvida bola tomonidan dastlab shu harakatlar avtomatlashishi haqidagi xulosaga olib keladi. Ular artikulyatsiyasining o‘zaro o‘xshashligi shu tovushlarning tezroq o‘zlashtirilishiga sabab sifatida ko‘rsatilishi mumkin. Umuman olganda, undosh tovushlarni o‘zlashtirish bo‘yicha tadqiqotlar fonologik rivojlanishning asosiy mexanizmlarini tushunishimizga hissa qo‘shadi. Bu bolalar nutq tovushlarini qanday idrok etishlari va qayta ishlashlari, artikulyatsiya uchun motor ko‘nikmalarini qanday egallashlari va rivojlanayotgan til tizimida fonologik tasvirlarni qanday tashkil qilishlari va boshqarishlari haqida tushuncha beradi. Bu bilim til rivojlanishi haqidagi nazariy tushunchamizni oshirishi va kognitiv va lingvistik fanlarning kengroq sohasiga hissa qo‘shishi mumkin. Fonologik rivojlanishda undosh tovushlarni o‘zlashtirishni o‘rganish uchun tadqiqot usullarining kombinatsiyasidan foydalanish mumkin. Bularga bolalarning nutq tovushlari rivojlanishini vaqt o‘tishi bilan kuzatib boruvchi tadqiqotlar, undosh tovushlarni o‘zlashtirishning o‘ziga xos fonetik va fonologik jihatlarini o‘rganuvchi eksperimental tadqiqotlar va tillar o‘rtasidagi undosh tovushlarni o‘zlashtirishdagi umumiylik va farqlarni aniqlash uchun tillararo qiyosiy tadqiqotlar kirishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Charles A. Ferguson, Lise Menn and Carol Stoel-Gammon (eds.) (1992). Phonological development: models, research, implications. Timonium, MD: York Press. Pp. xviii + 693. 2. Dyson, A. T. (1988). Phonetic inventories of 2and 3-year-old children. Journal of Speech and Hearing Disorders, 53, 89–93. 3. M.Mirtojiyev. O‘zbek tili fonetikasi. –B. 92. 4. P. S. Dale and D. Ingram (eds), Child language: an international perspective. Baltimore: University Park Press, 1981. Pp. xiv + 402.