MATNAZAR ABDULHAKIM LIRIKASIDA BADIIY PSIXOLOGIZM IFODASI
Full text
3 42 4 7.2 MATNAZAR ABDULHAKIM LIRIKASIDA BADIIY PSIXOLOGIZM IFODASI Sabirova Zebo Zokirovna, O‘zMU, Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti v.b., (PhD), mustaqil tadqiqotchi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17903857 Annotatsiya: Ushbu maqolada Matnazar Abdulhakim she’riyati badiiy psixologizm nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Shoir ijodining ustuvor jihatlari sifatida ruhiy kechinmalarni obrazlar orqali mushohada qilish, metaforik tafakkurni keng qo‘llash va psixologik parallelizm asosida lirik jarayonni qurish masalalari yoritiladi. Tadqiqotda “Agava daraxti” she’ri markaziy tahlil obyekti sifatida olinib, undagi ramziy obraz – “agava guli” – inson ruhiyatining ko‘p qatlamli kechinmalarini ifodalovchi kompleks metafora sifatida talqin qilinadi. Shoir lirik qahramonning ichki holatini zavq, iztirob, orzu, hijron, faryod va o‘lim kabi ruhiy holatlar orqali bosqichma-bosqich ochib boradi. She’r kompozitsiyasining ichki dinamika bilan uyg‘unligi, tashqi vaqt, tabiat vaqti va ichki vaqt o‘rtasidagi estetik bog‘liqlik badiiy psixologizmning shoir poetikasidagi yetuk ifodasi sifatida tahlil qilinadi. M. Abdulhakimning lingvopoetik mahorati, xalqona tafakkur va zamonaviy estetik izlanishlarni uyg‘unlashtirishi, milliy lirik tafakkur taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi maqolaning asosiy xulosasi sifatida asoslanadi. Tadqiqot shoir ijodining fikriy-estetik salohiyatini ochish bilan birga, zamonaviy o‘zbek lyrikasidagi poetik tendensiyalarni aniqlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: badiiy psixologizm, lirik tafakkur, agava metaforasi, ichki monolog, psixologik parallelizm, lingvopoetik tahlil, simvolik obrazlar, ruhiy kechinma, intellektual lirika, metaforik tafakkur, lirik qahramon. Annotation: This article analyzes Matnazar Abdulhakim’s poetry from the perspective of artistic psychologism. The study highlights the poet’s distinctive ability to interpret emotional experiences through imagery, employ metaphorical thinking, and construct lyrical processes based on psychological parallelism. The poem “The Agave Tree” is taken as the main object of analysis, where the symbolic image “the agave flower” is interpreted as a complex metaphor expressing multiple layers of human psychological states. The poet gradually reveals the inner world of the lyrical persona through emotions such as delight, sorrow, longing, separation, cry, and death. The harmony between the poem’s internal dynamics and the correlation of external time, natural time, and inner time is examined as a mature expression of artistic psychologism in Abdulhakim’s poetics. The poet’s linguistic-poetic mastery, his ability to synthesize folk mentality with modern aesthetic tendencies, and his contribution to the development of national lyrical thought constitute the core conclusions of the study. This research not only explores the intellectual and aesthetic potential of the poet’s work but also contributes to identifying poetic tendencies in contemporary Uzbek lyric poetry. Keywords: artistic psychologism, lyrical thinking, agave metaphor, inner monologue, psychological parallelism, linguopoetic analysis, symbolic imagery, emotional experience, intellectual lyric poetry, metaphorical thinking, lyrical persona. Аннотация: В данной статье поэзия Матназара Абдулхакима анализируется с позиции художественного психологизма. В центре внимания способность поэта передавать духовноэмоциональные переживания через систему образов, широко использовать метафорическое мышление и строить лирический процесс на основе психологического параллелизма. В качестве основного объекта анализа рассматривается стихотворение «Дерево агавы», в котором символический образ «цветок агавы» трактуется как сложная метафора, отражающая многослойные состояния человеческой психики. Поэт постепенно раскрывает внутренний мир лирического героя через эмоции радости, боли, ожидания, разлуки, крика и смерти. Гармония
3 43 4 7.2 внутренней динамики стихотворения и соотношение внешнего времени, времени природы и внутреннего времени рассматриваются как зрелое проявление художественного психологизма в поэтике Абдулхакима. Лингвопоэтическое мастерство поэта, его умение синтезировать народное мышление с современными эстетическими поисками и вклад в развитие национального лирического мышления составляют основные выводы исследования. Работа помогает не только раскрыть интеллектуально-эстетический потенциал поэта, но и определить поэтические тенденции в современной узбекской лирике. Ключевые слова: художественный психологизм, лирическое мышление, метафора агавы, внутренний монолог, психологический параллелизм, лингвопоэтический анализ, символические образы, душевное переживание, интеллектуальная лирика, метафорическое мышление, лирический герой. Kirish: Matnazar Abdulhakim istiqlol davri o‘zbek she’riy tafakkurida o‘ziga xos poetik ovoz, badiiy-estetik qarashlar, falsafiy tafakkur va lingvopoetik mahorat uyg‘unligini namoyon etgan yirik shoirlardan biridir. Uning ijodi o‘zbek adabiyotida kechgan lirik taraqqiyotning ichki qonuniyatlarini, inson ruhiyatini badiiy tahlil qilish imkoniyatlarini va psixologik lirikada poetik kechinmaning estetik ifoda vositalarini o‘rganishda alohida e’tiborga loyiqdir. Abdulla Oripov tomonidan “butun vujudi, borlig‘i iste’dod ganjiga to‘liq inson edi” [1,4], deya eslangan Matnazar Abdulhakimning she’rlari nafaqat ichki samimiyligi, balki badiiy psixologizmning o‘ziga xos poetic qiyofasi bilan ham ajralib turadi. Shoir lirikasida inson va tabiat, yurak va aql, orzu va haqiqat, muhabbat va fano kabi ziddiyatlar poetik obrazlar orqali ochilib, o‘quvchini chuqur ichki kechinmalar olamiga yetaklaydi. Adabiyotlar tahlili: Shoir ijodida “lirik men” o‘zining ruhiy holatini “sezgirlik” bilan kuzatadi, tuyg‘ularini ramz va timsollar orqali ifodalaydi. Bu esa shoir poetikasini zamonaviy o‘zbek she’riyati doirasida badiiy psixologizm nuqtayi nazaridan tadqiq qilishga asos bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda, Matnazar Abdulhakim ijodini lingvopoetik, estetik va psixologik jihatdan keng doirada o‘rganish, nafaqat bir shoir poetikasini tahlil qilish, balki XX-XXI asr o‘zbek she’riyatidagi umumiy poetik tendensiyalarni anglash uchun ham dolzarb hisoblanadi. “Matnazar Abdulhakim – o‘ychan va intellektual mushohada shoiri. Uning fikrlash ko‘lamiga, ko‘ngil sarhadlariga butun dunyo sig‘adi. Olam sevinchlari-yu tashvishlari, inson ruhiyati evrilishlari, ijodkorning yurak va aql mushohadasi orqali go‘zallik bilan ziynatlanadi. Uning talanti, avvalo, borliqni ziyrak kuzatish, undagi narsa va hodisalardan poetik, zalvorli mazmun topa bilishda ko‘rinadi: [2, 4], deydi adabiyotshunos H. Abdullayev. Shoir o‘z asarlarida milliy madaniyat, xalq og‘zaki ijodi va zamonaviy poetik izlanishlar asosida teran obrazlar tizimini yarata olgan shoirlardandir. Uning she’rlari faqatgina estetik zavqni uyg‘otmay, balki o‘quvchini ruhiy izlanishga, falsafiy mushohadaga chorlaydi. Ayniqsa, obrazlar yaratishdagi poetik mahorati, ularning vaqt doirasida harakatga kirishi, ya’ni tashqi vaqt (ijtimoiy voqelik), tabiat vaqti (falsafiy manzara), ichki vaqt (ruhiy kechinma) o‘rtasidagi dinamik aloqadorlik M. Abdulhakim poetikasining yetuk jihatlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
3 44 4 7.2 Tadqiqot metodologiyasi: Maqolada qiyosiy-tahliliy, germenevtik, lingvistik metdologiyadan foydalanilgan. Tahlillar va natijalar: Shoir o‘z she’rlarida metaforik qatlamlar, psixologik parallelizm, ichki monolog, ong oqimi kabi usullar orqali inson qalbining teran qatlamlarini ochishga intiladi. Ayniqsa, “Agava daraxti” [3, 43] kabi falsafiy-intellektual lirika namunalarida yurakdagi sevgi, hijron, hayot, o‘lim va visol bir butun poetik sistema sifatida namoyon bo‘ladi. She’rning markazida turgan asosiy obraz “agavaning guli” metaforasidir. Bu obraz ko‘p ma’noli bo‘lib, birgina predmet sifatida emas, balki bir vaqtning o‘zida: tuyg‘ular (zavq, qayg‘u, umid, motam), holatlar (visol, hijron, tantana), bardosh (sabr, chidam, sadoqat), va hatto falsafiy tushunchalarni (haqiqat, sadoqat, o‘lim) ham bildiradi. “Agava” obrazi yashirin tabiatga ega bo‘lgan, uzoq vaqt gullamaydigan, lekin gullaganda jonidan kechadigan o‘simlik sifatida tanilgan. Shoir bu biologik faktni psixologik-metaforik obrazga aylantiradi. Demak, “agavaning guli” inson qalbining qulfini ochuvchi, bor hayoti evaziga ochiluvchi ichki haqiqatdir. Shu sababli she’rning har bir bandidagi agava metaforasi yangi obrazli anglanish darajasini ifodalaydi: “Agavaning guli bu – zavqdir”, “...tomosha”, “...haqiqat”, “...faryod”, “...motam”, “...umid”, va nihoyat: Bu – Qays guli, bu – Majnun guli, Gar uzatsam qovrilgay qo‘lim. Agavaning guli bu – bir baxt, Bu – mangu bir hayotbaxsh o‘lim [3, 43]. She’r davomida bir nechta asosiy motivlar ketma-ketlikda va takrorlanish orqali kuchaytiriladi. Masalan: orzu motivi: “agavaning guli orzu, umid” [4]. Bu bandlarda lirik qahramonning yetib kelish istagi, ichki quvonchi va iroda bilan kurashgani aks etadi; iztirob va chidam motivi: “Meni zarra qo‘rqitolmadi”, “Toqat qildim guldasta tuzmay”. Bu yerda lirik “men”ning sabr-toqati, kechikishga bo‘lgan munosabati va sinovlar ruhiy holat sifatida tasvirlanadi; motam va faryod motivi: “Agavaning guli bu – aza”, “...faryod”, “...motam”. Ruhiy toliqish nuqtasida agava endi ruhning o‘rtanishiga aylangan, lirik subyekt shu lahzada yuragining eng tubini ochib beradi; ishq va o‘lim motivi: yakuniy bandda agavaning guli “mangu bir hayotbaxsh o‘lim”ga aylanadi. Bu yerda lirik qahramon o‘z ishqining mukofoti “hayotbaxsh o‘lim” ekanini anglaydi. Motivlarning ketma-ketlikda berilishi psixologik kechinmalarning bosqichma-bosqich chuqurlashib borishini anglatadi. Badiiy psixologizmning yuzaga chiqishida asosiy vositalaridan biri psixologik parallelizm bo‘lib, bu she’rda ikki qatlamda faol ishlatiladi: a) tashqi tasvirlar bilan ichki holat o‘rtasidagi uyg‘unlik: she’rda tashqi voqealik yo‘q, hamma narsa ichki kechinma orqali ifodalanadi. Agava obrazi bu yerda tashqi tabiat hodisasi sifatida emas, balki ichki holatni ramziy ifodalovchi vosita sifatida ishlaydi. Har safar “Agavaning guli bu ...” degan ibora lirik qahramonning yurak holatiga
3 45 4 7.2 tenglashtirilgan. Masalan, “Agavaning guli bu – to‘y” degan bandda qalbda zavq bor, “...bu – motam” degan bandda esa og‘riq, yo‘qotish hissi aks etadi; b) ruhiy kechinma va poetik struktura o‘rtasidagi uyg‘unlik: she’r tuzilmasi ham psixologik jarayonlarga mos keladi. Dastlab quvonch (zavq, tomosha), keyin iztirob (hasrat, hijron), nihoyat faryod, azob va oxirida – o‘lim. Bu ichki dinamika qalbning ruhiy o‘sishi, yetilishi, fano va baqo ziddiyatini aks ettiradi. Har bir psixologik burilish poetik ritmda ham seziladi, misralar qisqaradi, semantik urg‘ular ortadi, ritmik kuchayish yuz beradi. Matnazar Abdulhakimning “Agava daraxti” she’ri zamonaviy o‘zbek adabiyotida intellektual lirikaning badiiy psixologizm bilan uyg‘unlashgan yuksak namunasi sifatida ham baholash mumkin. She’rda shoir birgina ramziy obraz “Agava guli” orqali inson ruhiy holatining ko‘p qatlamli kechinmalarini, hissiy ziddiyatlarini va ruhiy yetilish bosqichlarini obrazli va konseptual tarzda ochib beradi. She’r ichki monolog, metaforik transformatsiya, ramziy assotsiatsiyalar va psixologik parallelizm orqali individual ruhiy holatlarni umumiy falsafiy kontseptsiya darajasiga olib chiqadi. Bu esa badiiy psixologizmni lirik tafakkurning estetik-falsafiy bosqichi sifatida talqin etishga asos bo‘ladi. Demak, “Agava daraxti” nafaqat bir tuyg‘uning ifodasi, balki ruhning, tafakkurning va insoniy mohiyatning badiiy psixologik izohidir. Shu bois ushbu she’r adabiy tafakkurda nafaqat lirik kechinmaning, balki badiiy tafakkurning ham yetuk namunasi sifatida alohida o‘ringa ega. Matnazar Abdulhakim ijodida obraz masalasi, avvalo, shoirning xalqona tafakkur bilan badiiy-estetik qarashlarni uyg‘unlashtira olishida ko‘rinadi. U o‘z she’rlarida milliylik va umuminsoniylikni birlashtirib, obrazlarni oddiy hayotiy manzaralardan olib, ularga falsafiy mazmun yuklaydi. Ta’kidlanganidek, M.Abdulhakim asarlaridagi obrazlar nafaqat estetik zavq uyg‘otadi, balki o‘quvchini o‘zlikni anglashga chorlaydi. Shoirning lirik qahramoni ko‘pincha tabiat obrazlari orqali o‘z ruhiy kechinmalarini ifodalaydi. Masalan, shamol, yomg‘ir, qum, dengiz kabi obrazlar uning she’riyatida oddiy tasvir emas, balki inson ruhiyati, taqdir yo‘llari bilan chambarchas bog‘liq ramzga aylanadi. Bu jihatdan shoir obraz yaratishda simvolik tafakkurni kuchaytiradi. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida vaqt tushunchasining badiiy talqini nafaqat estetik, balki psixologik mazmun kasb etadi. Xususan, M. Abdulhakim lirikasida vaqt poetik obraz sifatida emas, balki inson onggi, qalbi va jamiyat bilan bog‘liq ziddiyatlarning ifoda vositasiga aylanadi. Shoir she’rlarida tashqi vaqt ijtimoiy voqelik, tabiat vaqti ruhiy holat, ichki vaqt esa kechinmalar oqimi bilan bog‘lanadi. U har bir vaqt qatlami orqali shaxs, xalq, tarix va qalb orasidagi murakkab ichki jarayonlarni obrazli tilda talqin etadi. Tashqi hodisalardan ruhiy kechinmalargacha bo‘lgan bu poetik silsila M. Abdulhakim lirikasining badiiy psixologik kuchini oshiradi. Shoir she’riyatida vaqt voqelikning o‘lchovi emas, balki qalb haroratining ifodasidir. Shu jihatdan, shoirning vaqtga munosabati uni poetik tafakkurning zamonaviy paradigmasida alohida tahlil etishni taqozo etadi.
3 46 4 7.2 Tashqi vaqt va ijtimoiy obrazlar ifodasi: shoirning ko‘plab she’rlarida tashqi vaqt ijtimoiy voqelikni anglatadi. Bu yerda obrazlar ko‘proq xalq hayoti, tarixiy holatlar, jamiyatdagi qarama-qarshiliklar orqali yuzaga chiqadi. Masalan, quyidagi she’rda: “Ana, oq tut qoqayotirlar, // Oppoq tutga to‘la hammayoq. // Odamlar tut yemoqda to‘yib, // Daraxt to‘yib yemoqda tayoq.” [3, 13]. Bu satrlarda tashqi voqelikdagi oddiy hodisa daraxt va odamning “to‘yishi” obrazga aylanadi. Shu jarayonda psixologik dramatizm yuzaga keladi: odamlar nafsi “to‘ygani” sari, daraxt azob chekishda davom etadi. Bu tashqi vaqt manzarasidan ijtimoiy-psixologik obrazga o‘tishdir. Tabiat vaqti va ruhiy metaforalar ifodasi: tabiat manzaralari shoir ijodida o‘z-o‘zidan estetik bezak emas, balki inson qalbining aksidir. Tabiat vaqti ko‘pincha ruhiy kechinmalarga uzatiladi. Masalan: “Fasllar ariday qo‘nib uchadi, // Mevalanib borar inson degan gul” [3, 80]. Bu satrlarda fasllarning almashinuvi tashqi vaqtni, inson umrining o‘tkinchiligi esa tabiat vaqti orqali ruhiy-motivatsion obrazni ifodalaydi. “Mevalanib borar inson” iborasi inson hayoti bosqichlarini metaforik tarzda ifodalab, ruhiy-psixologik anglashga olib keladi. Ichki vaqt va psixologik dramatizm: shoir obraz-motivlar orqali ichki vaqt, ya’ni ruhiy kechinmalar oqimini tasvirlaydi. Masalan: “Bizning yuraklarda ilon bor edi, // Bizning yuraklarda yasholmasdi qush” [3, 12]. Bu misralarda tashqi voqelik yo‘qdek ko‘rinadi, ammo aslida ichki dramatizm, ya’ni inson qalbidagi ezgulik va yovuzlik kurashi obrazga aylangan. Bu ichki vaqtning badiiy ko‘rinishi bo‘lib, M. Abdulhakimning psixologik lirikasini yorqin namoyon etadi. Matnazar Abdulhakim ijodida vaqt badiiy obrazlar tizimida ko‘p qatlamli semantik qatlamga ega. Tashqi vaqt ijtimoiy voqelik va tarixiy holat fonida psixologik dramatizmni vujudga keltirsa, tabiat vaqti ruhiy kechinmalar, hissiy o‘zgarishlar bilan qamrab olinadi. Ayniqsa, ichki vaqt qalbdagi ziddiyatlar, ezgulik va yovuzlik, orzu va iztirob, umid va halokat singari holatlarning metaforik ifodasiga aylanadi. Shoir obrazlar orqali vaqtni faqat o‘tuvchi hodisa sifatida emas, balki aql va tuyg‘u maydoni sifatida ko‘rsatadi. Vaqt bu yerda axloqiy va estetik mezon, ruhiy holatlarni baholovchi poetik mezonga aylanadi. M. Abdulhakim she’riyati badiiy psixologizm doirasida vaqtni nafaqat his qilish, balki uni sezdirish, uni kechirish orqali anglash zarurligini namoyon etadi. Demak, shoir she’riyatida vaqt kechinma, anglash va qalb jarayonlarining ramziy harakatidir. Matnazar Abdulhakim ijodida obraz-motivlar tizimi va badiiy psixologizm Obraz-motiv Tashqi vaqt (ijtimoiy voqelik) Tabiat vaqti (falsafiy manzara) Ichki vaqt (psixologik kechinma) daraxt – odam odamlar daraxt mevasidan to‘ymoqda daraxt kaltaklanmoqda fidoyilik → iztirob fasl – inson hayot fasllar kabi o‘tadi mevalanib borar inson inson umrining
3 47 4 7.2 o‘tkinchiligi qush – ilon tashqi voqelik ko‘rinmaydi zidlash orqali ruhiy manzara aks ettirilgan ezgulik va yovuzlik kurashi marhum jonlar xotira va tarixiy ong hayot va o‘limning badiiy qaramaqarshiligi sevgi va xotiraning tiriltiruvchi kuchi shoh – xalq siyosiy-ijtimoiy vaziyat shohning osoyishtaligi tabiat muvozanatiga zid shaklda ifodalangan xalq ruhiyatidagi iztirob Xulosa: Shoir lirikasida badiiy psixologizm ifodasi bo‘yicha quyidagicha xulosalar berish mumkin: a) obraz va vaqt dinamikasi: M. Abdulhakim lirikasida obraz-motivlar harakati tashqi voqelikdan tabiat manzarasiga, undan esa ichki kechinmaga o‘tadi. Bu jarayon psixologik dramatizmni kuchaytiradi; b) obraz-motivlar va psixologizm sintezi: qush–ilon, marhum jonlar, daraxt–odam kabi obrazlar ramzlash orqali inson qalbining ziddiyatlarini ochadi. Bu jihatdan M.Abdulhakim she’riyati “psixologik lirika”ning yorqin namunasi hisoblanadi; d) milliy va umuminsoniy uyg‘unlik: shoir milliy obrazlardan foydalanib, ularga umuminsoniy falsafiy qatlam yuklaydi. Bu o‘zbek adabiyotini jahon adabiyoti kontekstida ham o‘qishga imkon beradi. Bahsli jihat shundaki, ba’zi tadqiqotchilar shoir obrazlarini murakkab, ramziy qatlamlarga haddan tashqari boy, deb baholaydi. Ammo bu murakkablik aslida ruhiy haqiqatni chuqurroq anglash imkoniyatini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Абдулла Орипов. Теран ижод // Матназар Абдулҳакимни эслаб. Хотиралар. Тошкент.LESSON PRESS. 2017. – Б. 4. 2. Абдуллаев Ҳ. Мангуликка мухтасар назар (Матназар Абдулҳаким шахсияти ва ижодига чизгилар). – Урганч – 2018. – Б. 5. 3. Матназар Абдулҳаким. Жавзо ташрифи. –Тошкент: Шарқ, 2008.- Б.43. 4. https://t.me/M_Abdulhakim.