scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDA TO'RT KOMPONENTLI FE'L FRAZEMALAR

Xaytbayev Oybek Allambergenovich

Full text

3 53 4 7.2 O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDA TO‘RT KOMPONENTLI FE’L FRAZEMALAR Xaytbayev Oybek Allambergenovich Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti assistent o‘qituvchi e-mail: [email protected] https://orcid.org/0009-0000-0875-1552 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17903867 Annоtаtsiya: Mazkur maqolada hozirgi o‘zbek va qoraqalpoq adabiy tillaridagi to‘rt komponentli fe’l frazemalar nazariy ham amaliy jihatdan misollar asosida isbotlangan. Tayanch so‘zlar: Frazema, komponent, sema, sinonim frazema, semantik komponent. Аннотация: В данной статье на примерах теоретически и практически продемонстрированы четырехкомпонентные глагольные словосочетания в современных узбекском и каракалпакском литературных языках. Ключевые слова: Фразема, компонент, сема, синонимическая фразема, семантический компонент. Abstract: This article provides a theoretical and practical demonstration of four-component verb phrases in the modern Uzbek and Karakalpak literary languages based on examples. Key words: Phraseme, component, sema, synonym phraseme, semantic component. Kirish. Hozirgi o‘zbek va qoraqalpoq adabiy tillarida frazeologik birliklar tarkibining murakkablashuvi kuzatiladi. Shular orasida to‘rt komponentli fe’l frazemalar alohida qatlamni tashkil etib, ular nutqda tayanch ma’no markazini fe’l orqali ifodalaydi, qolgan komponentlar esa mazmunni kuchaytiruvchi yoki aniqlashtiruvchi vazifani bajaradi. Bu turdagi birliklar lug‘aviy barqarorlik, ko‘chma ma’no va sintaktik yaxlitlik jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ikki tildagi frazeologik tizimning ichki qurilishini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. To‘rt komponentli fe’l frazemalarning nisbatini, tarkibiy tuzilishini va semantik funksiyasini aniqlash ularning frazeologik tizimdagi o‘rnini belgilashga imkon beradi. Shu sababli mazkur tadqiqotda o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi bunday birliklarning strukturaviy modeli, tarkibiy qismlar o‘rtasidagi munosabat va ma’no markazining tashkil topishi asosiy tahlil obyekti sifatida tanlandi. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotda o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi to‘rt komponentli fe’l frazemalarni aniqlash, tasniflash va ularning tarkibiy-semantik xususiyatlarini tekshirishga qaratilgan lingvistik metodlar qo‘llandi. Avvalo, mavjud frazeologik lug‘atlar, adabiy matnlar korpusi va folklor namunalari asosiy manba sifatida tanlandi. Keyin aniqlangan birliklar strukturaviy tahlil metodi orqali tarkibiy qismlari, sintaktik bog‘lanishlari va tayanch/notayanch komponentlar funksiyasi bo‘yicha tekshirildi. Shuningdek, qiyosiy-lisoniy tahlil metodi o‘zbek va qoraqalpoq tillarida bir xil model asosida shakllangan frazemalarning o‘xshash va farqli jihatlarini ko‘rsatish uchun qo‘llandi. 3 54 4 7.2 Semantik tahlil esa fe’l frazemalarning ko‘chma ma’nosi, idiomatik darajasi va nutqdagi pragmatik vazifasini aniqlashga xizmat qildi. Тasniflash jarayonida komponent soni, fe’lning grammatik xususiyatlari va frazemaning ustuvor ma’no markazi asosiy mezon sifatida belgilandi. Tahlil va natijalar: (Analysis and results). Hozirgi o‘zbek va qoraqalpoq adabiy tillaridagi to‘rt komponentli ot+ravish+ot+fe’l; ot+ravish+ravishdosh+fe’l; ot+ot+ot+fe’l, ot+ko‘makchi+ravish+fe’l tipidagi fe’l frazemalar misollar asosida tahlilga tortildi. Turkiy tilshunoslikda frazeologik sinonimlar birmuncha o‘rganilgan, ularning grammatik xususiyatlariga bag‘ishlangan bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. Turkiyshunoslikda frazeologik sinonimiya muammosi ilk bor Z.Uraksin tomonidan maxsus o‘rganilgan. Olim leksik variantlar va grammatik variantlarni ajratadi. Leksik variantlarning paydo bo‘lishini a) ot komponentini almashtirish; b) fe’l komponentini almashtirish natijasida hosil bo‘lgan variantlarga; grammatik variantlarning hosil bo‘lishida: a) qiyoslash o‘ramlari bilan farqlanadigan, b) sifat bilan ifodalangan qismlarda qo‘shimchaning boryo‘qligi bilan farqlanadigan, v) kelishik qo‘shimchalarining bor-yo‘qligi bilan farqlanadigan grammatik variantlarga ajratadi. [1] M.Abdurahmonova “Turkman tilida son komponentli turg‘un birikmalar” nomli nomzodlik dissertatsiyasining alohida bobini turkman tilidagi iboralar orasidagi variatsiya va sinonimiya masalalarini o‘rganishga bag‘ishlagan. Ishda ta’kidlanishicha, turkman tilida sinonim iboralar bir-biridan: a) bir komponentga ko‘ra, b) ikki komponentga ko‘ra, v) uch va undan ortiq komponentga ko‘ra farqlanishi ajratib ko‘rsatadi. [2] K.Mamedovaning “Hozirgi ozarbayjon adabiy tilida frazeologik sinonimiya” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida muallif frazeologik sinonimlar orasidagi giperbolizatsiya, metaforizatsiya, metonimiya kabi hodisalar tahliliga e’tibor qaratgan.[3] O‘zbek tilshunosligida frazemalarning grammatik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar ham talaygina. Sh.Rahmatullayev 1952-yilda himoya qilgan nomzodlik dissertatsiyasida fe’l frazeologizmlarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlagan bo‘lsa, [4] “O‘zbek tilida fe’l frazemalarning bog‘lashuvi” nomli monografiyasida: “Frazemalarda hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi sintaktik bog‘lanishlarning barcha turlari o‘z aksini topgan. A.Rafiyevning “O‘zbek tili frazeologik birliklarining struktural-funksional xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida frazeologiya ob’ekti tor doirada tushuniladi, ishda faqat sof frazemalar o‘rganiladi. Ishning dastlabki bobida ikki komponentli, uch komponentli, to‘rt va undan ortiq komponentli frazemalarning strukturalgrammatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ishning ikkinchi bobida frazemalarni tayanch komponentiga ko‘ra tasnif qilishga harakat qiladi. Bu tamoyilga muvofiq o‘zbek tili frazemalari substantiv, fe’l, adyektiv, adverbial frazemalar deb to‘rt guruhga ajratiladi. 3 55 4 7.2 M.Vafoyevaning “O‘zbek tilida frazeologik sinonimlar va ularning strukturalsemantik tahlili” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasining I bobi frazeologizmlarning tadqiqiga bag‘ishlangan. Ishning II bobida frazeologik sinonimlarning struktural xususiyatlarini tashqi strukturasiga ko‘ra, ya’ni frazema komponenti sifatida ishtirok etayotgan so‘zlarning turkumi va miqdoriga qarab: 1. Ikki komponentli. 2. Uch komponentli, 3. To‘rt va undan ortiq komponentli frazeologik sinonimlarga ajratadi. Frazeologik sinonimlarning semantik xususiyatlaridan kelib chiqib, ularning fe’l, sifat va ravish kabi turkumlik semalarini belgilaydi va ularni: 1. Fe’l FS. 2. Sifat FS 3. Ravish FS lar kabi guruhlarga ajratib tahlil qiladi. [5] Prof. Sh.Rahmatullayev 2010-yil nashr ettirgan “Hozirgi adabiy o‘zbek tili” darsligining ikkinchi kitobida frazemalarning grammatik qurilishini tahlil qiladi. Ularni tarkibidagi sintaktik qurilishning turlariga ko‘ra ikki turga ajratadi: a) birikmaga teng qurilishli, b) gapga teng qurilishli frazemalar. Frazeologik birliklarning turkumlanishini tahlil qilar ekan, ularni quyidagicha ko‘rsatadi: “Frazema deb lug‘aviy frazeologik birliklarga aytiladi hamda quyidagi turkumlarga ajratiladi: ot, sifat, fe’l, ravish hamda kesimlik frazemalari. Frazemalarda son hamda olmosh turkumining yo‘qligi tabiiy. Frazemalarning deyarli beshdan to‘rt qismini fe’l frazemalar tashkil qilib, “predmetning harakat-holati” semasi bilan turkumlanadi: bosh eg- (“itoatkor bo‘l”) miyasi g‘ovlab ketdi – miyasini g‘ovlatib yubor- (“o‘ylayverib gangi-“), qon(i)ni buz- (“asabiylanishiga olib kel“) kabi”. [6] Ot+ravish+ot+ fe’l tipidagi fe’l frazemalar To‘rt va undan ortiq komponentli frazemalar o‘rganilayotgan tillarda kam bo‘lsa ham uchraydi. Podadan oldin chang chiqarmoq – to‘ydan ilgari nog‘ora qoqmoq kim ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan ilgari gapirib yurmoq. Yuqoridagi frazemaning komponentlari ot+ravish+ot+fe’l tipida joylashgan: Lekin Qo‘ziboyning goho podadan oldin chang chiqarish odati borligidan, ba’zilar uni “So‘nggi axborot” deb ham atasharkan (H.Nazir). “Og‘ayni,– dedi Muhiddin, – ko‘p katta ketaverma. Podadan avval chang chiqarish yaxshi emas. Mana endi har ko‘rganida piching qilaveradi”. “Nimaga piching qilardi. Agar so‘zimizning ustidan chiqmasak, komsomol emasmiz (R.Fayziy). Xolnisa (ovqat olib chiqadi). Qarilik qursin, podadan ilgari chang chiqarib, seni xafa qilayozdik-a... Dehqonboy. Sizlar xafa bo‘lmasalaring bo‘lgani, onajon (A.Qahhor). Allofrazemalar tarkibidagi ravish komponent (oldin, avval, ilgari) almashgan. Kampirga aytib qo‘ying, to‘ydan ilgari nog‘ora qoqib yurmasin. O‘qishni tamom qilganimdan keyin bir gap bo‘lar (G‘.G‘ulom). To‘ydan oldin nog‘ora chalma, xotin, hali o‘g‘ling uylanadigan bo‘lgani yo‘q. Avval o‘qishini bitirsin, ishi tayin bo‘lsin (P.Qodirov). Sinonimi tarkibidagi allofrazemalarda fe’l komponenti (qoqmoq, chalmoq) almashgan. 3 56 4 7.2 Qoraqalpoq tilida ham mazkur tipdagi frazemalarning tayanch komponenti fe’l bilan, notayanch komponentlari ot, ravish, ot turkumidagi so‘zlar bilan ifodalanadi: tırnaq arasınan kir izledi, padadan aldın shań shıǵardı kabi: Meniń bir bergen podarkamdı ol saǵan jıl-on eki ayda da tawıp bere almaydı. Davay, onı qalay bolmasın úyińnen shıǵar. Militsiya degen jaqsı bolmaydı. Olar tırnaqtıń astınan kir izleytuǵın ońbaǵanlar! (K.Allambergenov. “Dárya tartılǵan jıllar”). Onı jezdeń elestirmey ketken. – Bunshama kep tırnaq astınan kir izlep sóyleyseń-á! Sen óziń meniń menen birge kelgen Nurjamalmısań, ya… – Solman, solman! Aytpa deseń aytpay-aq qoyaman (M.Nizanov “Tańlamalı shıǵarmaları. VII tom”). Ot+ravish+ravishdosh+fe’l komponentli frazemalar Qoraqalpoq tilida ham mazkur tipdagi frazemalarning tayanch komponenti fe’l bilan, notayanch komponentlari ot, ravish, fe’lning ravishdosh shakli bilan ifodalanadi. Masalan, Átteń, bayaǵı jayman úlestirip júrgen Sarıgúldiń inisi on úsh jasında kúydirǵiden qaytıs bolıp, suwpı menen kempirin waqtınan burın otırǵızıp ketti (M.Nizanov. “Dushpan”). Hesh jerge sıyıspay júrip, Sibirge barıp semser siltegen Qoshımnıń asıǵı ádewir alshılap ketti (K.Mambetov. “Posqan el”). Ot+ot+ot+fe’l komponenti fe’l frazemalar Mazkur tipdagi frazemalarning tayanch komponenti fe’l bilan, notayanch komponentlari otlar bilan ifodalanadi. Dimog‘(i)dan eshak qurti yog‘iladi kimning? o‘ta darajada kekkayib, kibr – havoli bo‘lmoq. Varianti: burn(i)dan eshak qurti yog‘iladi. Sinonimi: dimog‘(i) ga qurt tushdi kimning? dimog‘(i)da osh pishadi kimning? dam(i)da osh pishadi kimning? Boboxo‘ja domla mudrlik vazifasiga o‘tgandan beri, qorovul aytgancha, dimog‘idan eshak qurti yog‘iladigan bo‘lib qolgan edi (P.Tursun. “O‘qituvchi”). Dimog‘(i) ga qurt tushdi kimning? o‘ta darajada kekkayib, kibr – havoli bo‘lmoq. Sinonimi: dimog‘(i)dan eshak qurti yog‘iladi kimning? dimog‘(i)da osh pishadi kimning? dam(i)da osh pishadi kimning? ... mudarris o‘ziga mahram qilib oldi. Ana shundan keyin Mamarayim afandining dimog‘iga qurt tushdi (M.Ismoiliy. “Farg‘ona tong otguncha”). (O‘TFL, 136). Qoraqalpoq tilida mazkur tipdagi frazemalarning tayanch komponenti fe’l bilan, notayanch komponentlari otlar bilan ifodalanadi. Masalan, Endi siz benen biz er adambız, qızdıń tilin sheshesi biledi (M.Nizanov. “Dushpan”). Oylaǵan sayın ishim iyt jırtqanday bolıp, ishken asım boyıma taramaydı (M.Nizanov. “Dushpan”). Olardıń eń birinshi aljasıǵı – úyip-tógip wádeler beriletuǵın daǵazadan baslanadı, Jalǵas! Ot+ko‘makchi+ravish+fe’l komponentli fe’l frazemalar Mazkur tipdagi frazemalarning tayanch komponenti fe’l bilan, notayanch komponentlari ot, ko‘makchi va ravish bilan ifodalanadi: 3 57 4 7.2 Yer bilan yakson bo‘lmoq nima? – Yer bilan yakson qilmoq kim? yoki nima? kimni? yoki nimani? butunlay yemirilmoq, yo‘q bo‘lmoq. Varianti: yer bilan yakson aylamoq; yakson qilmoq; yer bilan yakson qildirmoq; kim? kimga? nimani? yer bilan yakson qilinmoq nima? Sinonimi: kulini ko‘kka sovurmoq kim? nimaning?- kuli ko‘kka sovurildi. nimani? - Lekin hozir mening ko‘nglim yer bilan yakson. Taqdir menga iste’dod bergan, kuch bergan, g‘ayrat bergan, ammo nechun baxt bermagan? (P.Qodirov. “Yulduzli tunlar”). “Nima, birato‘la yer bilan yakson bo‘lishini xohlaysizmi?”– dedi Saidiy (A.Qahhor. “Sarob”). Ko‘l bo‘yiga quritgani yoygan to‘rlarimizni Allonboyning podasiga toptatib, yer bilan yakson qilishibdi (A.Muxtor. “Qoraqalpoq qissasi”). Direktor buva, ba’zan odamni yer bilan yakson qilib yuborishingiz yomon-da, terim payti xotin esga kelami? (T.Malik. “Charxpalak”). U toqqa chiqmay do‘lanali bo‘lishga, kon qazimasdan xazina topishga, o‘qimasdan obro‘- e’tibor qozonishga, aqlni peshlamasdan raqiblarini yer bilan yakson qilishga intiladi (X.To‘xtaboyev. “Mungli ko‘zlar”) (O‘TFL, 548). Qoraqalpoq tilida mazkur tipdagi frazemalarning tayanch komponenti fe’l bilan, notayanch komponentlari ot, ko‘makchi va ravish bilan ifodalanadi: jer menen jeksen (birdey) boldı, jer menen jeksen qıldı (etti) kabi. Ekinshiden, ol bizlerdey júregi taza, qudaydan tilegen adamlardı dinnen bezdirip, joldan azǵırıp, xalıqtı bizge qarsı qoyıp, kózimizdiń tirisinde jipá-jiksiz jer menen jeksen etpekshi: Áne, ol sonıń ushın gunákar (O. Xojaniyazov). Xulosa (Conclusion). Umuman olganda o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi sinonim frazemalarning ko‘pchiligini fe’l frazemalar tashkil etadi. Bunday frazemalar tayanch komponentini fe’llar, notayanch komponentini boshqa turkum so‘zlari tashkil qilib, ular ikki, uch, to‘rt va undan ortiq komponentli bo‘lishi mumkin. To‘rt va undan ortiq komponentli frazemalar tahlili ham shuni ko‘rsatadiki, lug‘atlarda bunday strukturali frazemalar ozchilikni tashkil qiladi. Turkum nuqtayi nazardan qaralganda ularning ichida ham fe’l turkumiga oid frazemalar ko‘p, sifat va ravish frazemalar kam ekanligi aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ураксин З.Г. Фразеологические синонимы в совремeнном башкирском языке: Автореф. дис. …канд. филол. наук. – Уфа, 1966. – С. 12. 2. Абдурахманова М. Устойчивые словосочетания с числителными в туркменском языке: Автореф. дис. … канд. филол. наук. – Ашгабад, 1972. – С. 10-12. 3. Мамедова К.А. Фразеологическая синонимия в современном азербайджанском языке: Автореф. дис. … канд. филол. наук. – Баку, 1983. – С. 18-20. 4. Рахматуллаев Ш.У. Основные грамматические особенности образных глагольных фразеологических единиц современного узбекского языка: Автореф. дис. … канд. филол. наук. – Москва, 1952. – 16 с. 5. Вафоева М.Й. Ўзбек тилида фразеологик синонимлар ва уларнинг структурал-семантик таҳлили: Филол. фан. ном. ... дис. автореф. – Тошкент, 2009. – 26 б. 6. Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги адабий ўзбек тили. Иккинчи китоб. – Тошкент: Мумтоз сўз, 2010. – Б. 185-191. 3 58 4 7.2 7. Paxratdinov Q., Bekniyazov Q. Qaraqalpaq tiliniń frazeologizmler sózligi. – Nókis: qaraqalpaqstan, 2018. 8. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent, 1992. 9. Eshbaev J. Qaraqalpaq tiliniń qısqasha frazeologiyalıq sózligi. – Nókis: Qaraqalpaqstan, 1985.