scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"QISSAYI KURASH AZ XISLAT" ASARINING MATN TARIXI

Shahnoza Rasulova

Full text

3 59 4 7.2 “QISSAYI KURASH AZ XISLAT” ASARINING MATN TARIXI Shahnoza Rasulova filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) University of Business and Science Toshkent filiali Tillar kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17903872 Annotatsiya. Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yashab ijod etgan ma’rifatparvar shoir Sayid Haybatullohxoʻjaning “Qissayi kurash az Xislat” asarining matn tarixi yoritilgan. Mazkur she’riy qissaning matn tarixini o‘rganish Xislatning ijtimoiy voqeliklarga munosabati, ijodiy uslubidagi o‘ziga xosliklar, hayotiy qiziqishlari, o‘y-kechinmalari haqida muayyan tasavvurlar hosil qilish mumkin. Mavzuni yoritishda qiyosiy-tarixiy, matniy-qiyosiy, statistik tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqotda masnaviyning qoʻlyozma, toshbosma bayozlar va nashr variantidagi matniy tafovutlar sabablari aniqlangan hamda asliyatga muvofiq ishonchli matnlari tiklangan. Kalit soʻzlar: qo‘lyozma, matn tarixi, adabiy manbashunoslik, qissa, masnaviy, bayoz, qofiya, g‘azal, asosiy matn, hoshiya. Abstract. This article sheds light on the textual history of the work “Qissayi kurash az Xislat” by the enlightened poet Sayid Haybatullohxoja, who lived and created at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century. Studying the textual history of this poetic narrative allows one to form certain ideas about Xislat’s attitude towards social realities, the peculiarities of his creative style, his life interests, and reflections. Comparative-historical, textual-comparative, and statistical analysis methods were used in addressing the topic. The study identifies the reasons for textual differences in manuscript, lithograph, and published versions of the masnavi and restores reliable texts in accordance with the original. Key words: text history, literary source studies, story, masnavi, bayaz, rhyme, gazal, main text, margin. Аннотация. В данной статье освещается история текста произведения “Киссаи кураш аз Хислат” поэта-просветителя Саида Хайбатуллаходжи, жившего и творившего в конце XIX - начале XX веков. Изучение истории текста этой поэтической повести позволяет получить определенные представления об отношении Хислата к социальным реалиям, особенностях его творческого стиля, жизненных интересах и мыслях. При освещении темы были использованы сравнительно-исторический, текстово-сравнительный, статистический методы анализа. В исследовании выявлены причины текстовых различий в рукописном, литографическом баёзах и издательском варианте маснави, а также восстановлены достоверные тексты в соответствии с оригиналом. Ключевые слова: история текста, литературное источниковедение, повесть, маснави, баяз, рифма, газель, основной текст, поля. Kirish. Toshkent adabiy muhitining zabardast vakillaridan biri Sayid Haybatullohxoʻja Said Orifxoʻja oʻgʻli Xislat oʻz zamonida mutarjim, bayoznavis shoir, noshir, kotib, xattot, noshir sifatida tanilgan va tan olingan. Biroq uning hayot yoʻli va ijodiy faoliyati mukammal oʻrganilmagan. Oʻzidan salmoqli adabiy meros qoldirgan Xislat asarlarini ilk manbalar asosida oʻrganish, matnshunoslikda erishilgan soʻnggi ilmiy-nazariy yutuqlarga tayanib, asarlarini matniy tadqiq etish muhim vazifalardan biridir. Haybatullohxo‘ja Xislat asarlari matnshunoslik, manbashunoslik doirasida tahlil qilinar 3 60 4 7.2 ekan, bu fanning nazariy asoslaridan bo‘lgan matn tarixini o‘rganish muhim masalalardan sanaladi. Ijodkor asarlarining matn tarixini o‘rganish ularning yaratilish davri, tuzilishi, mazmun-mundarijasi, umumiy va o‘ziga xosliklari haqida tasavvur beradi. Shuningdek, shoirning orzu-maqsadlari, kechinmalari, voqeliklarga ijobiy-salbiy munosabatlari kabi masalalar ham matn tarixini o‘rganish orqali yoritiladi. Haybatullohxo‘ja Xislat lirikaning g‘azal, muxammas, marsiya, masnaviy, fard turli janrlarida qalam tebratgan. Alisher Navoiy, Fuzuliy, Huvaydo, Muqimiy, Furqat, Kamiy kabi mumtoz adabiyotimiz namoyandalarining ijodiga izdoshlik qilgan. Ularning g‘azallariga muxammaslar bog‘lagan. Shoir she’rlarining mazmun-mundarijasini diniy, ishqiy, ma’rifiy-axloqiy, ijtimoiy kabi turlariga bo‘lish mumkin. Adabiyotlar tahlili. Xislat ijodi xususida ba’zan umumiy tarzda, ba’zan maxsus maqolalar e’lon qilingan bo‘lsa-da, asarlarining matn tarixi bilan bog‘liq jihatlari tadqiq etilmagan. Zero, “Matn tarixi qo‘lyozma manbalar genealogiyasini tekshirishdan muallifning va hatto manbani ko‘chirgan kotibning dunyoqarashi va g‘oyasini o‘rganishgacha, asarning yuzaga kelishida muallif ijodiy niyatining ro‘yobga chiqishidan uning yaratilishigacha u yoki bu darajada aloqador bo‘lgan boshqa adabiy yodgorliklar bilan o‘zaro bog‘liq jihatlari tadqiqigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni qamrab oladi” [1;12]. Xislat ijodida kurash voqealari bayon etilgan she’riy qissa alohida o‘rin egallaydi. Shoir yashagan XIX asr oxiri XX asr boshlarida ham kurash xalqning sevimli tomoshalaridan biri bo‘lgan. Shunday kurash musobaqalarining shohidi bo‘lgan Xislat unga bog‘liq tafsilotlarni qalamga olgan. Mazkur she’riy qissaning matn tarixini o‘rganish Xislatning ijtimoiy voqeliklarga munosabati, ijodiy uslubidagi o‘ziga xosliklar, hayotiy qiziqishlari, o‘y-kechinmalari haqida muayyan tasavvurlar hosil qilish mumkin. 869 raqamli qo‘lyozma bayozga Xislatning kurash tafsilotlari yoritilgan masnaviyning ikki xil nusxasi ko‘chirilgan: biri asosiy matnda, ikkinchisi hoshiyada. Ushbu she’riy qissaning kirill imlosidagi tabdili A.Jalolovning “G‘azallar”[2;76], M.Asadullaev, T.Zufarovlarning “Tarannum” to‘plamlarida nashr etilgan [3;105]. Tadqiqot metodologiyasi. “Qissayi kurash az Xislat” asarining matn tarixini o‘rganishda qiyosiy-tarixiy, matniy-qiyosiy, biografik metod hamda tasniflash, tavsif qilish usullaridan foydalanildi. Birlamchi manbalardagi ma’lumotlar, qo‘lyozmalar qiyosiy tipologiyasi ijodkor asarlarining eng ishonchli matnlarini tiklash imkonini berishi jihatidan alohida ahamiyatga ega. Matn tarixi, ilmiy-tanqidiy matn, adabiy asarlarning muallif dastxati bilan ko‘chirilgan nusxalarini nashr variantlari bilan qiyoslash singari ilmiy muammolar, ayniqsa, matnshunoslik va adabiy manbashunoslikning asosini tashkil etadi. Tahlil va natijalar. Mazkur she’rning matn tarixi olim Q.Pardaev tasnifi asosida o‘rganildi. Ular quyidagilar: a) asar yozilishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar, ijodkor maqsad va rejalarining yuzaga chiqish jarayoni; b) asarning qo‘lyozma manbalardagi kitobat tarixi; s) 3 61 4 7.2 asarning joriy nashrlar dagi matni masalasi; d) asar ilmiy talqinlarining matn tarixi bilan bog‘liqligi [4;14]. Asar yozilishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar, ijodkor maqsad va rejalarining yuzaga chiqish jarayoni. Xalqimiz uchun yangi yil (sarsoli), yangi kun – Navro‘z bayramini nishonlash, kurash bo‘yicha bellashuv tashkil qilish xalqimizning azaliy an’analaridan biridir. Xislat she’riy qissasini masnaviy shaklida yozgan bo‘lib, ushbu satrlar shoir qalamga olgan voqeliklar bilan o‘quvchini tanishtiradi: Eshiting, ey yoronlar aytayin so‘z, Kiribon yangi yil, chun bo‘ldi Navro‘z. Qilay sarsoli Toshkandin hikoyat, Qiziq bo‘ldi tamoshosi nihoyat... Eshiting bo‘lsangiz oqil so‘zimni, Pisand etmas kishi ko‘rsa o‘zimni. Bayon aylay siza Ahmad kuroshin, Qilur maydonda ul Rustam taloshin... She’riy qissada tilga olingan Ahmad polvon haqida sport murabbiyi T. Odilov shunday ma’lumot beradi: “XX asrning boshlarida o‘zbek xalqi orasida toshkentlik Ahmad polvonning nomi mashhur bo‘lib ketdi. Ahmad polvon naqadar kuchli va mahoratli bo‘lgan. U XIX asrning 90-yillarida faqat Toshkent muzofoti emas, butun Turkistonga tanilgan polvon bo‘lib yetishgan”[5;8]. Shuningdek, Toshkent shahrining qomusiy to‘plamida ham kurashchi polvon haqida shunday qaydlar o‘rin olgan: “Ahmad polvon (Tolibboev) (18671932) – mashhur o‘zbek polvoni. Toshkent shahrining Shayhontohur dahasida tug‘ilgan. Bolaligidan baquvvat bo‘lib voyaga yetgan. Ahmad polvon xalq sayillarida o‘tkaziladigan kurash musobaqalarida chiniqqan...Farg‘ona va Toshkent vohasidagi bellashuvlarda g‘olib kelgan Xo‘ja polvon ham unga bas kela olmagan” [6;92]. Demak, Xislat qissasining qahramoni o‘zbek kurashchilari ichida nom qozongan Ahmad polvon bo‘lib, shoir o‘zi guvohiga aylangan kurash musobaqasini she’riy nazmga solgan. Asarning qo‘lyozma manbalardagi kitobat tarixi. 869-qo‘lyozma bayozning 16-23sahifalari hoshiyasi hamda 495-498-betlarida kurash mavzusidagi masnaviyning 2xil nusxasi ko‘chirilgan. Namunadagi tasvirlardan ham ko‘rinmoqdaki, hoshiyadagi qissa matni bayoz sahifalariga keyinchalik ko‘chirib qo‘yilgan. Asosiy matndagi qissa روک فیرعت رد تلصخشا لزغ “G‘azali Xislat dar ta’rifi kurash” deb sarlavhalangan, 23 bayt – 46 misradan iborat. Hoshiyadagi matn esa زا شاروک یصق تلصخ “Qissayi kurash az Xislat” deb nomlangan, 32 bayt – 64 misradan tashkil topgan. Xislat dastlab she’riy qissasini g‘azal deb atagan, bizningcha, keyinchalik quyidagi omillar “Qissayi kurash” (“Kurash qissasi”) deb qayta nomlanishiga sabab bo‘lgan. Birinchidan, she’riy qissa g‘azal shaklida (a-a, b-a, v-a) emas, masnaviy kabi (a-a, b-b, v-v ) qofiyalanish 3 62 4 7.2 tizimiga ega. Ikkinchidan, g‘azallar, odatda, 3-19 baytdan tashkil topadi. Xislatning she’riy qissasi miqdor jihatdan ham (32 bayt) bu talabga mos kelmay qolgan. Uchinchidan, voqelikning ifodalash tarzi g‘azaldan ko‘ra, masnaviy shaklida ancha erkin va qulayroq sanalgan. Hazrat Navoiy aytganlaridek, masnaviy orqali voqelikni keng va batafsil ifoda etish mumkin: “Masnaviykim, burun dedim oni, So‘zda keldi vasi’ maydoni” [7;35]. Sharq mumtoz adabiyotining bilimdonlaridan bo‘lgan shoir dostonlar yaratiladigan she’riy shakl – masnaviyga murojaat qilib, o‘ziga xos uslubdagi voqeiy qissasini yaratgan. Adabiyotshunos A.Jalolov bu she’riy qissaga shunday ta’rif bergan: “Xislatning toshkentlik Ahmad polvonga bag‘ishlangan “Qissayi kurash az Xislat” nomli 64 misrali masnaviysi ham bevosita xalq dostonlari uslubida yozilgan. Xislatning o‘zi ilk ijodidan boshlaboq badiiy asar tilini xalq jonli so‘zlashuv tiligi mos va yaqin bo‘lishi kerakligini tushunib, o‘z she’rlarini ommaga tushunarli qilib yaratdi. Shuning uchun ham uning yozgan asarlari xalqqa tushunarli, sodda, ravon, shu bilan birga xalq kuylariga juda yaqin turadi” [8;25]. Darhaqiqat, she’riy qissaning uslubi ravon, o‘qilishi yengil, sodda tilda yozilgan. Bayozdagi har ikki matn o‘zaro tahlil qilinganda hoshiyadagi she’riy qissa ancha pishiq va mukammal holda yozilgani anglashiladi. Hoshiyadagi 3, 6, 11, 12, 13, 14, 15baytlar asosiy matn tarkibida uchramaydi. Xislat bayozning asosiy matndagi nusxasiga nega qo‘shimcha baytlar kiritgani izoh talab qilishi tabiiy. Yuqorida keltirilgan ayrim baytlarni tahlil qilamiz: Kurash mundin muqaddam mamnu’ erdi, Olib xavl boylara fudradga berdi. (3-bayt) Matndagi “mamnu’” – “man etilgan”, “taqiqlangan”, “xavl” – ruxsat etilgan, “pudrat(fudrat)” – “bir tomon ikkinchi tomon buyurtmasi asosida ma’lum bir ishni to‘lig‘icha bajarib berish majburiyati olgan shartnoma va shu asosda bajariladigan ishning o‘zi” kabi ma’nolarini anglatadi. Q.Atoev ma’lumotlariga ko‘ra, “XX asr boshlarida kurash musobaqasi shu darajada taraqqiy qildiki, u hukmron sinf ko‘zlagan tor doiradan chiqib, ommani o‘z ta’siriga keng tortadigan tomosha turiga aylandi. Shundan keyin chor amaldorlari omma orasida kurashning rivojlanishiga chek qo‘yishga urindi hamda bunday musobaqalarni uyushtirishni hukmron doiralarning istagiga bo‘ysinuvchi chora-tadbirlar ko‘ra boshladilar. Masalan, Toshkent politsiya mahkamasi e’lon qilgan buyruqda hukumat vakillarining ruxsatisiz shaharda kurash musobaqasini man etilganligi aytilgan edi” [9;37]. Bizningcha, Xislat “Kurash mundin muqaddam mamnu’ erdi”, deb yozganida Q.Atoev keltirgan voqealarni nazarda tutganligi ehtimoldan holi emas. Hoshiyaga ko‘chirilgan, avvalgi nusxada uchramaydigan 11,12, 13,14,15-baytlarida Ahmad polvonning ta’rifi, kurash musobaqasiga tayyorgarlik jarayonlari ifodalangan. 3 63 4 7.2 Aning hech tegmag‘an yonboshi yerg‘a, Yiqar erdi kurash tushganda sherg‘a. Butun dunyoni mashhur pahlavonin, Bilurman yerg‘a yiqmay qo‘ymag‘onin, – ushbu baytlarida Xislat Ahmad polvonning nomini dunyoga tanitgan voqealarni nazarda tutgan. Shuningdek, baytlar mazmunidan shoirning Ahmad polvon kurashlarini muntazam kuzatgani, uning muxlislaridan ekanligini anglash mumkin. Akademik Shuhrat Sirojiddinov ta’kidlaganidek, “Qadimiy qo‘lyozma kitob matnlari davr ruhini aks ettiradi. Ularni jiddiy o‘rganish muallifning dunyoqarashi, ijtimoiy voqelikka munosabati, davr ilm-fani darajasi va siyosiy jarayonlari haqida muayyan tasavvur berishi mumkin” [10;16]. Xislat she’riy qissaning hoshiyaga ko‘chirilgan nusxasini yanada sayqallashtirib, mazmunini mukammallashtirishga uringani matnlar o‘zaro taqqoslanganida ko‘zga tashlanadi: Asosiy matn (495-bet) Hoshiyadagi matn (16-bet) یناملااراد کنیروک یدلوب شاروک بوک رلایدلیک بلیغیییناولهپ Kurash bo‘ldi ko‘ring dor-al-amoni, Yig‘ilib keldilar ko‘p pahlavoni. رلاناملاارادشاروک مد لوا بولوب بوک رلایدلیک بلیغییرلاناولهپ Bo‘lub ul dam kurashdor alamonlar, Yig‘ilib keldilar ko‘b pahlavonlar. هرلاناکلوا بولوبروضنم ییاج لوش روظنم هغملاع رید هناخردنلق Bo‘lub ulkanlara shu joyi manzur, “Qalandarxona”der olamg‘a mashhur. روضنم ییاج لوش بولوب هغرلاغولوا روظنم هغملاع رید هناخردنلق Ulug‘larga bo‘lib shul joy manzur, “Qalandarxona” der olamg‘a mashhur یلاع ییاج بیاجع رب لوا یدیا یلاثم مدآ رلایدراب کیدخلم Edi ul bir ajoyib joyi oliy, Malaxdek bordilar odam misoli. یلاع ییاج بیاجع رب لوا یدیا یلاثم مدآ رلایدلیک کیدخلم Edi ul bir ajoyib joyi oliy, Malaxdek keldilar odam misoli. Qissada musobaqa uchun rahbarlar (ulkanlar, ulug‘lar)ga ma’qul kelgan joy “Qalandarxona” deb atalishi yozilgan. Sport murabbiysi T. Odilov risolasida Ahmad polvonni ko‘rgan 108 yoshli Obid Mahmudovning fikrlarni keltirgan: “Hali ham xotiramda. Ahmad aka Beshyog‘ochning Kamolon mahallasida istiqomat qilardi. O‘sha vaqtlarda kurashxonada (ko‘mir saroyining ichida – hozirgi GUMning o‘ng tomoni) tez-tez kurash musobaqalari bo‘lib turardi. Ahmad aka kurash tusharmish degan ovozani eshitgan kattayu kichik kurashxona tomonga oshiqar edi”[11;9]. Bizningcha, she’riy qissadagi kurash musobaqasi o‘tkaziladigan, “olamg‘a mashhur” deya ta’riflangan “Qalandarxona” O.Mahmudov tilga olgan joy bo‘lsa kerak. She’riy qissa baytlaridan Ahmad polvon musobaqaga yarador holatda bo‘lsa ham kelganligi, uning raqibi Xo‘ja polvon ekani oydinlashadi: Biqinda bor edi Ahmad yarosi, Ko‘runmay ko‘ziga oq-u qarosi. 3 64 4 7.2 Xo‘japolvon bo‘lub anga talabgor, Urubon behuda lofini bisyor. “Asar matni tarixini o‘rganishda unga oid bevosita va bilvosita ma’lumotlar ko‘lami matnning ilmiy haqqoniyligini ta’minlashga xizmat qiladi. Chunki “hech bir yodgorlik tanholikda mavjud emas” [12;62]. She’riy qissaning matn tarixini o‘rganishda bevosita ma’lumot beruvchi manbalardan biri M.Muhammadjonovning “Turmush urinishlari” asaridir. Unda Ahmad polvonning musobaqadagi raqibi Xo‘ja polvon haqida shunday yozilgan: “1904-yili quvalik Xo‘ja pahlavon Toshkentga kelib, atrofda “manman” degan pahlavonlarni bitta qo‘ymay qoyil qilib yiqitib yurar edi. Shu pahlavon Toshkentda ikki oycha davr surib, yuzlab chopon kiydi va pul orttirdi. Oxiri o‘ziga baravar keladigan pahlavon qolmagandan keyin Ahmad polvon bilan kurash tushmoqqa talabgor bo‘ldi. Bu vaqtda Ahmad pahlavonning beliga yara chiqib, qiynalib yurgan edi. Nomusi kuchli bu shijoatli pahlavon uning talabini qaytarmadi” [13;33]. Demak, Xislat qalamga olgan kurash musobaqasi 1904-yilda o‘tkazilgan. Bu paytda 23-24 yoshli shoirning sinchkov, hayotga qiziquvchan paytlari bo‘lgan. Akademik Shuhrat Sirojiddinov fikricha: “Matn tarixini o‘rganish qo‘lyozma asarning mavjud nusxalarini qiyoslashdan boshlanadi. Matnlar to‘liq, nuqsonli, tuzatilgan (redaksiyaga uchragan) yoki tugatilmagan ko‘rinishlarda uchraydi. Qo‘lyozma nusxalarda uning tarixi bevosita qayd etilgan yoki bilvosita aniqlanadigan belgilar yordamida tiklanadi” [14;18]. Qo‘lyozma bayozdagi har ikkala she’riy matnlar qiyosiy tahlil qilinganda, hoshiyadagi masnaviyning shaklan to‘liq, mazmunan mukammal ekanligi anglashiladi. O‘z navbatida, Xislatning so‘z qo‘llash mahorati, ifoda uslubi, ijodining o‘ziga xos jihatlari namoyon bo‘ladi: Asosiy matn (497-498-betlar) Hoshiya matni (20-23-betlar) نادیم یدراب نوچ نابلاغاب ینیلب ناریح یدلوب هچرب ینیﹼدق بوروک Belini bog‘labon chun bordi maydon, Ko‘rub qaddini barcha bo‘ldi hayron. ناسنا ناکروک نیتسب ودق یدریا رید ناﹼرغ یریشرب وب یکایوک روریا Der erdi qaddu bastin ko‘rgan inson, Erur go‘yoki bu bir sheri g‘arron. مد لوا هحیتاف بیریب رلاقیلاخ مدمه هلریب نس نابید نوسلوب رضح Xaloyiqlar berib fotiha ul dam, Hizr bo‘lsun debon sen birla hamdam. هحیتاف رلایدریب قیلاخش مد لو مدمه هلریب نس نابید نوسلوب رضح Xaloyiq berdilar fotiha shul dam, Hizr bo‘lsun debon sen birla hamdam. یناعد صلاخ نیدهچرب نابیلآ دلد نیامتیا شومارفینادخ نی Olibon barchadin xolis duoni, Faromush etmayin dildin xudoni یناعد بیلآ هداتروا یدراروت دلد نیامتیا شومارفینادخ نی Turordi o‘rtada olib duoni, Faromush etmayin dildin xudoni. هجاوخ یکراکبلط بولوب ناولهپ رایسیب هدوهیب ینیفلا نابوروا Ki Xo‘ja pahlavon bo‘lub talabgor, Urubon lofini behuda bisyor. هجاوخ ناولاپراکبلط اکنا بولوب رایسیب هدوهیب ینیفلا نابوروا Xo‘japolvon bo‘lub anga talabgor, Urubon behuda lofini bisyor. هجاوح یک نادنچ یدلیق روز ناولهپ ناریح یدلوب یاملازوا ینیغایا Ki Xo‘ja pahlavon zo‘r qildi chandon, راز مسراتوک یدروا روز بید هنادنچ ناریح یدلوب یاملازوا ینیغایا Ko‘tarsam zora deb zo‘r urdi chandon, 3 65 4 7.2 Ayog‘ini uzolmay bo‘ldi hayron. Ayog‘ini uzolmay bo‘ldi hayron. تبون هغدمحا یرخآ نابیتی تصرف وا نیدری بوزوا ینیغایا Yetibon oxiri Ahmadg‘a navbat, Ayog‘ini uzub yerdin u fursat. هغدمحا یرخآ نابیتی تبون هلیا رب بوزواتصرف وا نیدری Yetibon oxiri Ahmadga navbat, Uzub bir zo‘r ila yerdin u fursat. اکیکارکوک هدتونیم نوا نیراتوک اکری یدیوق یبمدق ریب نوا بیساب Ko‘torib o‘n minutda ko‘kragiga, Bosib o‘n bir qadamni qo‘ydi yerga. کارکوک هچتونیم نوا نیراتوک اغی هغری یدیوق یبمدق ریب نوا بیساب Ko‘torib o‘n minutcha ko‘kragig‘a, Bosib o‘n bir qadamni qo‘ydi yerg‘a. یا یدید کنیدلیقی نیدنم ناولهپ کنیدلیب یطرش غیلناولهپ لوش روریا Dedi: ey pahlavon, mandin yiqilding, Erur shul pahlavonlig‘ sharti bilding. یا یدید کنیدلیقی نیدنم ناولهپ کنیدلیب یطرش کیلناولهپ لوش روریا Dedi: ey pahlavon, mandin yiqilding, Erur shul pahlavonlik sharti bilding. دابنیرفآ کنیم نم هغدمحا میدید دازیمدآ ومرولوب روز کنینوم Dedim Ahmadg‘a man ming ofarinbod, Muningdek zo‘r bo‘lurmu odamizod. دابنیرفآ رلاریا ناکروک رلایدید دازیمدآ ومرولوب روز کنینوم Dedilar ko‘rgan erlar ofarinbod, Muningdek zo‘r bo‘lurmu odamizod. تمحر هغدمحا لشوا تلصخ یدیید تّ وق روز وب ناکیا ناکریب ادخ Dedi Xislat o‘shal Ahmadg‘a rahmat, Xudo bergan ekan bu zo‘ru quvvat. د تمحر هغدمحا لشوا تلصخ نابی تمت یدلیق ینیس هصق ینشاروک Debon Xislat o‘shal Ahmadg‘a rahmat, Kurashni qissasini qildi tammat. Asarning joriy nashrlardagi matni masalasi. Xislat “Kurash qissa”ning dastlabki tabdil shakli adabiyotshunos A.Jalolov tomonidan “G‘azallar” to‘plamida chop etilgan. Ushbu nashrga 869 raqamli qo‘lyozma bayozning hoshiyasidagi she’riy matn asos qilib olingan. Ammo nashrda qo‘lyozmadagi 21-bayt tushirib qoldirilgan: یناعد بیلا هداتروا یدراروت ینادخ نیدلد نیامتیا شومارف Turordi o‘rtada olib duoni, Faromush etmayin dildin Xudoni. Bizningcha, bu bayt ateizm–xudosizlik tashviqoti olib borilgan davrda atayin nashrdan tushirib qoldirilgan. 869 raqamli bayozning asosiy matnidagi she’riy qissa esa M.Asadullaev, T.Zufarovlarning “Tarannum” to‘plamida chop etilgan. E’tiborlisi, nashrdagi ushbu ikki misra bayozdagi har ikki matnda tarkibida uchramaydi: Kurash olmoq uchun Ahmad u fursat, Turubon o‘rnidin Ahmad u zahot [15;105]. “Tarannum” mualliflari kurash qissasi matnidan so‘ng shunday izoh yozganlar: “She’rning bu matni “Xislat. G‘azallar” (T. – 1971) kitobidan keltirilgan matndan farq qiladi. Avvalambor, bu matndagi baytlar soni 24 ta bo‘lgani holda, kitobdagi baytlar soni 31 tadir. Bundan tashqari, baytlar bayonida juda ham ko‘p farqlar mavjud. Fikrimizcha, bu matn mazkur she’rning dastlabki nusxalaridan biri bo‘lsa kerak” [3;107]. 3 66 4 7.2 “Tarannum” mualliflari bu yerda A.Jalolovning tabdil nashrini nazarda tutganligini ta’kidlash lozim. Biroq ushbu fikrlar biroz bahsli, izohlashni talab etadi. Birinchidan, 869 raqamli qo‘lyozmaning hoshiyasidagi she’riy matn, mualliflar yozganidek, 24 emas, 23 baytdan iborat. Ikkinchidan, A.Jalolov nashridagi matn “Kurash qissasi”ning dastlabki nusxalaridan bo‘la olmaydi. Chunki A.Jalolov Xislatning kurashga bag‘ishlangan masnaviysi bayozning asosiy matnida mavjud bo‘lsa-da, hoshiyadagi, aniqrog‘i, keyinchalik qayta ishlov-tahrirdan o‘tkazilgan nusxasini nashr ettirgan. Uchinchidan, A.Jalolov nashridagi baytlar soni 31 ta bo‘lib, 869 raqamli qo‘lyozmada 32 tadir. Qo‘lyozma bayozning hoshiyasida yozilgan nusxasi keyinchalik yaratilganini nazarda tutsak, A.Jalolov nashridan o‘rin olgan “Kurash qissasi” matni nisbatan to‘liq va mukammal varianti deyishimiz mumkin. Asar ilmiy talqinlarining matn tarixi bilan bog‘liqligi. Qo‘lyozma bayozdagi “Kurash qissasi” “G‘azallar” va “Tarannum” to‘plamlariga (bir bayt tushgani, ortgani hisobga olinmaganda) asl holicha ko‘chirilgan. Mazkur kurash voqeasi manbalarda shoir tasvirlagan holatda aks etgan. E’tiborli tomoni, M.Toshqinning “Turmush urinishlari”da Xislat va Karimbek Kamiy taxallusi qo‘llangan she’riy qissa mavjudligi aniqlandi. Risola muallifi dastlab Ahmad va Xo‘ja polvonlarning kurash musobaqasini hikoya qiladi, so‘ngra 24 bayt (44 misra)dan masnaviyni keltiradi. Mazkur matnning umumiy mazmuni biz tarixini o‘rganayotgan she’riy qissa bilan bir xil, ya’ni Ahmad va Xo‘ja polvonlarning bahsi va so‘nggida Ahmad polvonning g‘alabasi bilan yakunlanadi. Matnning ayrim bandlari 869 raqamli qo‘lyozmaning hoshiyasida kelgan nusxasiga o‘xshab ketsa, ayrim bandlari har ikkisidan farq qiladi. Xulosa. Anglashiladiki, bu kurash musobaqasiga Xislat kabi uning ustozi Karimbek Kamiy ham guvoh bo‘lgan va birgalikda ushbu voqeani nazmga solganlar. “Tarannum” kitobida kurash voqeasining bevosita shohidi bo‘lgan sozgar Usta Usmonning xotiralari keltirilgan. Unga ko‘ra, o‘sha kuni (kurash bo‘lgan kun – Sh.R.) bilet 10 tiyin o‘rniga 15 tiyinga chiqib ketgan ekan. U davrda bu juda katta pul hisoblangan. Ahmad polvon kurashdan keyin xaloyiq in’om etgan barcha sovg‘alarni tavoze bilan Xo‘ja polvonga taqdim etgandan so‘ng xaloyiqqa murojaat qilib: “Sizlarning yuzlaringdan o‘ta olmadim!” – deya belidagi katta yarasini ko‘rsatgan ekan [3;107]. Kurash mavzusiga oid manbalarni o‘rganar ekanmiz, XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida o‘zbek xalq yakka kurashining belbog‘li kurash deb nomlangan kurashchilari ichida Ahmad polvon va Xo‘ja polvonlarning nomlari har o‘rinda yonma-yon tilga olinganiga guvoh bo‘ldik. Shuningdek, ushbu manbalar shoir keltirgan voqeliklarga mos holda talqin etilganligi qayd etish lozim. 3 67 4 7.2 Haybatullohxo‘ja Xislat qalamiga mansub “Kurash qissasi” o‘zbekona milliy ruhda yozilgan nodir asarlardan sanaladi. Ushbu asar orqali ijodkorning milliy adabiy an’analarni o‘z ijodiga sindirganligi anglashiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Жабборов Н. Ўзбек матншунослиги ва унда матн танқиди, илмий-танқидий матн истилоҳларининг ўрни / Ўзбек мумтоз адабиётини ўрганишнинг назарий ва манбавий асослари. Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. – Тошкент: Mumtoz so‘z, 2019. – Б.12 2. Хислат. Ғазаллар (Тузувчи ва сўзбоши муаллифи: А. Жалолов). – Тошкент: Адабиёт ва санъат,1971. – Б. 76. 3. Хислат. Тараннум (Нашрга тайёрловчи ва сўзбоши муаллифлари: М. Асадуллаев, Т. Зуфаров). – Тошкент: Merius, 2009. – Б. 105. 4. Пардаев Қ. Муқимий шеъриятида матн тарихи, таҳрири ва талқини. Филол. фан. д-ри (DSc)...дисс. – Тошкент, 2019. – Б. 84. 5. Одилов Т. Миллий кураш – спортнинг оммавий тури. – Тошкент: Ўзбекистон, 1975. – Б. 8. 6. Тошкент энциклопедияси. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2009. – Б. 92. 7. Алишер Навоий. Сабъаи сайёр. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1991. – Б.35. 8. Жалолов А. Озодликни улуғлаб. – Тошкент: Фан, 1987. – Б. 25. 9. Атоев А. Кураш. – Тошкент: Ўқитувчи, 1987. – Б. 37. 10. Сирожиддинов Ш. Матншунослик сабоқлари. – Тошкент: Navoiy universiteti, 2019. – Б.16. 11. Одилов Т. Миллий кураш – спортнинг оммавий тури. – Тошкент: Ўзбекистон, 1975. – Б. 9. 12. Лихачев Д.С. При участие А.А. Алексеева и А.Г. Боброва. Текстология на материале русской литературы X-XVII веков. – Санкт-Петербург: Алетейя, 2001. – С. 62. 13. Мўминжон Муҳаммаджонов. Турмуш уринишлари. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1969. – Б. 33. 14. Сирожиддинов Ш. Матншунослик сабоқлари. – Тошкент: Navoiy universiteti, 2019. – Б.18. 15. Мўминжон Муҳаммаджонов. Турмуш уринишлари. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1969. – Б. 34. 16. Boyatov, O., & Ravshanova, M. (2024). The Study of Syntactic Level in Uzbek Linguistics. 17. Боятов, О. (2023). Mazjub Namangoniy asarlarining janr xususiyatlari. Узбекистан: язык и культура, 2(2), 47-62. 18. Боятов, О. (2022). Majzub Namangoniyning badiiy san’atlardan foydalanish mahorati. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 60-75.