scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIMDA DIFFERENSIAL YONDASHUV VA VIZUAL MASHQLAR YORDAMIDA IMLO SAVODXONLIGINI OSHIRISH

To'rayeva Shaxnoza Baxodirovna

Full text

3 84 4 7.2 TA’LIMDA DIFFERENSIAL YONDASHUV VA VIZUAL MASHQLAR YORDAMIDA IMLO SAVODXONLIGINI OSHIRISH To‘rayeva Shaxnoza Baxodirovna Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti [email protected]om DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17903914 Annotatsiya. Maqolada differensial yondashuvning afzalliklari, imlo savodxonligini o‘stirishning qulay va zamonaviy usullari haqida so‘z yuritiladi. Ona tili o‘qitishda raqamli texnologiyalardan unumli foydalanish, turli dasturlar orqali o‘quvchilarga topshiriqlar tayyorlash, bajarish hamda baholash, imlo savodxonligini rivojlantirishda interaktiv muhit yarata olish kabi omillar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: imlo savodxonligi, differensial yondashuv, vizual imlo mashqi, interaktiv muhit, virtual o‘qitish texnologiyalari, raqamli savodxonlik. Аннотация: В статье обсуждаются преимущества дифференцированного подхода, удобные и современные методы повышения орфографической грамотности. Анализируются такие факторы, как эффективное использование цифровых технологий при преподавании родного языка, подготовка, выполнение и оценка заданий для учащихся с помощью различных программ, а также создание интерактивной среды для развития орфографической грамотности. Ключевые слова: орфографическая грамотность, дифференцированный подход, визуальное орфографическое упражнение, интерактивная среда, виртуальные технологии обучения, цифровая грамотность. Abstract. The article discusses the advantages of a differentiated approach, convenient and modern methods for developing spelling literacy. Factors such as the effective use of digital technologies in teaching the native language, the preparation, implementation and assessment of tasks for students through various programs, and the ability to create an interactive environment for developing spelling literacy are analyzed. Keywords: spelling literacy, differential approach, visual spelling exercise, interactive environment, virtual learning technologies, digital literacy. Kirish. XXI asr axborotlashgan jamiyat asri boʻlib, taʼlim tizimida axborot texnologiyalarini qoʻllash nafaqat dolzarb vazifa, balki zaruriyatdir. Axborot texnologiyalari oʻquvchilarga cheksiz axborot resurslaridan foydalanish, bilimlarni mustaqil oʻzlashtirish va koʻnikmalarni interaktiv muhitda shakllantirish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020.05.10.dagi PF-6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida aholining barcha qatlamlarida raqamli ko‘nikmalarni oshirish maqsadida quyidagi tadbirlar – yoshlar orasida axborot texnologiyalarini ommalashtirish, shuningdek, aholining barcha qatlamlari orasida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish; axborot texnologiyalari sohasida masofaviy, onlayn va virtual o‘qitish texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, onlayn kurslar uchun platformalar ishlab chiqish amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. 3 85 4 7.2 Adabiyotlar tahlili. Bilamizki, oʻquv jarayonida tatbiq etilgan raqamli texnologiyalar nafaqat ushbu sohadagi bilim va koʻnikmalarning shakllanishiga, balki oʻquvchi dunyoqarashining kengayishiga, shaxsiy fazilatlarining takomillashuviga taʼsir koʻrsatadi, bilim olish jarayonining oʻziga nisbatan qiziqishini oshirishga, oʻrganishni rivojlantirishga xizmat qiladi. Koʻplab olimlarning fikriga koʻra, raqamli texnologiya vositalari oʻquvchilarning ijodiy tafakkuri rivojlanishiga ham jiddiy ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Matn, nutq, grafika, animatsiya, musiqa, video va turli xil usullarning kombinatsiyasidan dars mashgʻulotlarida unumli va oʻrinli foydalanib darsning mazmuni va shaklini taʼminlash oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi: maʼlumotlardan tezkor foydalanish, audio va vizual materiallardan istalgan makon va zamonda foydalana olish mumkinligi, koʻrib idrok qilishni, mustaqil, ongli ravishda xulosa chiqarishni osonlashtiradi. Shu nuqtayi nazardan ona tilini o‘qitishda, jumladan imlo savodxonligini takomillashtirishda qo‘llash mumkin bo‘lgan raqamli yondashuv va vositalar ham anchagina. Ayniqsa, differensial yondashuv asosida imlo savodxonligini oshirish birmuncha samarali ekanligi isbotlandi. Sousa D., Tomlinson C., Vygotsky L. kabi olimlar o‘z ilmiy qarashlarida differensial yondashuv nafaqat o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirishi, balki ularning o‘zlashtirish darajasini ham yaxshilashini ta’kidlab o‘tishgan. Jumladan, L. Vygotsky differensial yondashuv ta’lim jarayonida o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning “yaqin rivojlanish zonasi”ga ko‘ra o‘qitish tamoyillarini ilgari suradi. Vygotskyning tadqiqotlari differensial ta’lim uchun asos bo‘ladi, chunki u har bir o‘quvchining rivojlanish darajasini hisobga olish orqali ularning yanada yuqori natijalarga erishishi mumkinligini ta’kidlaydi. Ushbu g‘oya differensial yondashuvlarda qo‘llanilib, o‘quvchilarni o‘z darajasiga mos va qiziqarli o‘quv faoliyatlariga jalb qilish uchun nazariy asos bo‘ladi. Tadqiqot metodologiyasi. Imlo savodxonligini o‘stirishga mo‘ljallangan mashq va topshiriqlar differensial yondashuv asosida tashkil etilsa, samaradorlikka erishish foizi ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Biz quyida tajribalarimizdan misollar keltiramiz. “Do‘stingni top” o‘yini. Bu o‘yin o‘quvchilarning o‘zbek tilidagi imlo qoidalarini o‘zlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan didaktik mashq bo‘lib, unda o‘quvchilar so‘zlarning yozilishiga ko‘ra ularni uchta asosiy imlo tamoyili (qo‘shib yozish, ajratib yozish, chiziqcha bilan yozish)ga muvofiq ravishda tasniflaydilar. Ushbu mashq ikki ustunli tuzilishga ega bo‘lib, birinchi ustunda imlosi noma’lum bo‘lgan so‘zlar keltiriladi. Ikkinchi ustunda esa imlo qoidalarining bo‘limlari taqdim etiladi. O‘yin jarayonida o‘quvchilar birinchi ustundagi har bir so‘zni tahlil qilib, uning leksik ma’nosi va o‘zbek tili imlo qoidalariga asoslanib, ushbu so‘zning qanday yozilishi kerakligini aniqlaydilar (Qarang: 1rasm). 3 86 4 7.2 1-rasm. “Do‘stingni top” o‘yini So‘ngra ular bu so‘zni ikkinchi ustundagi tegishli imlo qoidasi bo‘limiga joylashtiradilar. Mashq yakunlangandan so‘ng o‘quvchilarga ularning javoblari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi haqida darhol axborot beriladi. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarning xatolarini tezda aniqlash va ularni tuzatish, shuningdek, imlo qoidalarini mustahkamlash imkonini beradi. Mazkur turdagi mashq kognitiv yondashuvga asoslangan bo‘lib, o‘quvchilarni faol fikrlashga, tahlil qilishga va o‘z bilimlarini qo‘llashga undaydi. Shuningdek, o‘yin elementlarining qo‘llanilishi o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va o‘quv jarayonini yanada samarali qiladi. Ushbu didaktik o‘yin o‘quvchilarning ortografik savodxonligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishga ham xizmat qiladi (Qarang: 2-rasm). 2-rasm. “Do‘stingni top” o‘yini. “Vizual imlo mashqi” o‘yini o‘quvchilarning imlo savodxonligini interaktiv va qiziqarli tarzda rivojlantirishga qaratilgan didaktik vositadir. Mazkur o‘yin vizual qabul qilish, so‘z boyligini mustahkamlash va imlo qoidalarini amaliyotda qo‘llash orqali o‘quvchilarning yozma nutq ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Mazkur o‘yinda dastlab ekranda muayyan bir obyekt, jonivor, o‘simlik yoki tushunchani aks 3 87 4 7.2 ettiruvchi rasm paydo bo‘ladi. Rasmning ostida o‘quvchi o‘z javobini imlo xatolarsiz yozishi uchun maxsus matn kiritish maydoni joylashgan bo‘ladi. O‘quvchi o‘z javobini kiritgach, uni tekshirish uchun “Javobni yubor” tugmasini bosadi. Agar o‘quvchi rasmdagi narsaning nomini to‘g‘ri va imlo xatolarsiz yozgan bo‘lsa, ekranda ijobiy ishora (masalan, “✓” belgisi) paydo bo‘ladi. Agar o‘quvchi javobida imlo xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, ekranda salbiy ishora (masalan, “X” belgisi) va shu so‘zning to‘g‘ri imlo varianti ko‘rsatiladi (Qarang: 3–4-rasm). 3-rasm. “Vizual imlo mashqi”. 4-rasm. “Vizual imlo mashqi”. Metodik asoslari: 1. Vizual o‘rganish tamoyili: O‘yinning asosiy metodik tayanchi vizual o‘rganish tamoyiliga asoslanadi. Ta’lim psixologiyasida ma’lumki, inson miyasi vizual ma’lumotlarni tezroq va samaraliroq qabul qiladi va esda saqlaydi. Ekranda namoyish etilgan rasm o‘quvchida aniq obrazni shakllantiradi, bu esa so‘zning imlosini eslash va to‘g‘ri yozishga yordam beradi. 3 88 4 7.2 2. Obrazli fikrlashni rivojlantirish: O‘yin o‘quvchining obrazli fikrlash qobiliyatini faollashtiradi. Rasmga qarab, o‘quvchi, avvalo, tasvirlangan obyekt yoki hodisani idrok etadi, so‘ngra uning o‘zbek tilidagi nomini esga tushiradi. Bu jarayon so‘zning fonetik va grafik shakllari o‘rtasida mustahkam bog‘lanish hosil qiladi. 3. Amaliy mashg‘ulot orqali o‘rganish: Nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash o‘quv jarayonining muhim shartlaridan biridir. “Vizual imlo mashqi” o‘yini o‘quvchilarga imlo qoidalarini faol ravishda qo‘llash imkoniyatini beradi. Har bir urinish o‘quvchining imlo bo‘yicha bilimlarini tekshirish va mustahkamlash uchun imkoniyat yaratadi. 4. Zudlik bilan tanlangan javobga baho berilishi: O‘yinning muhim jihatlaridan biri bu o‘quvchining javobiga zudlik bilan teskari aloqa berishdir. To‘g‘ri javob uchun ijobiy ishora (masalan, “to‘g‘ri” belgisi), xato javob uchun esa salbiy ishora (“xato” belgisi) va to‘g‘ri variantning ko‘rsatilishi o‘quvchiga o‘z xatolarini tushunish va ularni tuzatishga yordam beradi. Bu esa o‘z-o‘zini nazorat qilish va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Tahlillar va natijalar. Tadqiqot jarayonida o‘quvchilarning imlo savodxonligini rivojlantirish maqsadida “Do‘stingni top” va “Vizual imlo mashqi” o‘yinlari sinovdan o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, interaktiv o‘yinlar o‘quv jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. “Do‘stingni top” o‘yinining amaliy ahamiyati: 1. Qoidalarni tushunishni mustahkamlaydi: O‘quvchilar qoidani o‘qib, unga mos keladigan misolni topishga harakat qilishlari, qoidaning mohiyatini chuqur tushunishlariga yordam beradi. 2. Diqqatni jamlashni talab qiladi: To‘g‘ri javobni topish uchun o‘quvchilar so‘zlarni diqqat bilan o‘qib chiqishlari va taqqoslashlari kerak, bu esa ularning diqqatni jamlash qobiliyatini rivojlantiradi. 3. Mustaqil o‘rganishga yordam beradi: O‘yin o‘quvchilarga o‘z bilimlarini sinab ko‘rish va mustahkamlash imkoniyatini beradi, bu esa ularning mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantiradi. 4. Qiziqarli shakl: O‘yin elementlari o‘quv jarayonini qiziqarli qiladi va o‘quvchilarning imloni o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi. 5. Turli qoidalarni qamrab olish imkoniyati: O‘yinni turli xil imlo qoidalariga moslashtirish mumkin, bu esa imlo savodxonligining turli aspektlarini qamrab olishga yordam beradi. “Vizual imlo mashqi” o‘yinining amaliy ahamiyati: 1. Imlo savodxonligini oshirish: O‘yin o‘quvchilarning o‘zbek tilida so‘zlarni to‘g‘ri yozish ko‘nikmalarini sistemali ravishda rivojlantirishga yordam beradi. Muntazam ravishda o‘ynash orqali o‘quvchilar ko‘plab so‘zlarning imlosini eslab qoladilar va xato qilish ehtimolini kamaytiradilar. 3 89 4 7.2 2. O‘quv jarayonini qiziqarli qilish: Ta’limni o‘yin elementlari bilan birlashtirish o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi va darsga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. “Vizual imlo mashqi” o‘yini o‘quv jarayonini bir xillikdan xalos qiladi va uni qiziqarli hamda samarali qiladi. 3. Individual yondashuvni ta’minlash: O‘yinni turli murakkablik darajalarida tashkil etish mumkin. Masalan, boshlang‘ich sinflar uchun oddiyroq rasmlar va so‘zlar, yuqori sinflar uchun esa murakkabroq tushunchalar va so‘zlar ishlatilishi mumkin. Bu esa har bir o‘quvchining bilim darajasiga mos ravishda mashq qilish imkoniyatini yaratadi. 4. Tezkor baholash vositasi: O‘yin o‘qituvchi uchun o‘quvchilarning imlo bo‘yicha bilim darajasini tezkor ravishda baholash imkoniyatini beradi. O‘quvchilarning javoblari tahlil qilinib, qaysi mavzularda yoki so‘zlarda ko‘proq xato qilayotganliklari aniqlanishi mumkin. Bu esa o‘quv jarayoniga o‘z vaqtida tuzatishlar kiritishga yordam beradi. 5. Mustaqil o‘rganishni rag‘batlantirish: O‘yin o‘quvchilarga mustaqil ravishda o‘z imlo savodxonliklarini tekshirish va yaxshilash imkoniyatini beradi. O‘quvchilar darsdan tashqari vaqtda ham o‘ynab, o‘z bilimlarini mustahkamlashlari mumkin. Umuman olganda, interaktiv o‘yinlar asosida tashkil etilgan mashqlar o‘quvchilarning imlo savodxonligini samarali rivojlantirish, diqqatini jamlash va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, o‘quv jarayonining qiziqarli va ijodiy shaklda tashkil etilishi motivatsiyani oshiradi va ta’limning sifatini yaxshilashga yordam beradi. Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, imlo savodxonlikni rivojlantirishda ijodiy topshiriqlarning o‘rni beqiyosdir. Bunday topshiriqlar o‘quvchilarni passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantirib, ularning mustaqil fikrlash, tahlil qilish va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Wordwall dasturida yaratilgan interfaol ijodiy topshiriqlar o‘quvchilarga imloni qiziqarli va samarali tarzda o‘zlashtirish imkoniyatini beradi, bu esa ularning yozma savodxonlik darajasini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Мейер Р. Э. A Cognitive Theory of Multimedia Learning: Implications for Design Principle. Santa Barbara, 1998. P. 23-25. 2. Миньяр-Белоручев Р. К. Методика обучения французскому языку. М., 1990. С.173. 3. Щукин А. Н. Методика преподавания русского языка как иностранного. Учебное пособие. Москва. «Высшая школа» 2003. – C.229. 4. Воителева Т.М. Теория и методика обучения русскому языку: учеб.пособие для вузов. – М.: Дрофа, 2006. – С.319. 5. Mavlonova K. M., Qo‘ldosheva S. X., Hakimova N. S., Siddiqov M. R. Ona tili. 5-sinf (II qism). Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun darslik. – Toshkent: “Novda Edutainment”, 2024. – 160 b. 6. Vygotsky, L.S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press, 1978. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6079-sonli Farmoni. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash, 2020.05.10.