USERBAY ALEUOVNING FAOLIYATIDAGI ILMIY G'OYALARI
Full text
3 20 4 7.2 USERBAY ALEUOVNING FAOLIYATIDAGI ILMIY G‘OYALARI Kosbergenov Baxram Maxsetbaevich, Ajiniyoz nomidagi NDPI o‘qituvchisi, p.f.b.f.d (PhD) DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17904245 Annotatsiya. Maqolada asosan professor Userbay Aleuovning ilmiy faoliyatidagi g‘oyalari, ularning tasniflanishi haqidagi fikrlari ifodalangan. Kalit so‘zlar: jamiyat, tarix, ta’lim-tarbiya, qadriyat, etika, folklor,tarix, din, isloxat. Аннотация. В статье в основном изложены идеи профессора Усербая Алеуова в его научной деятельности и его взгляды на их классификацию. Ключевые слова: общество, история, образование, ценности, этика, фольклор, история, религия, реформа. Abstract. The article mainly expresses Professor Userbay Aleuov's views on educational, spiritual, and aesthetic research. Keywords: society, history, education, values, ethics, folklore, history, religion, reform. Kirish. U.Aleuov pedagogika ilmini juda teran tadqiq qilgan va o‘ziga singdira olgan olim. U hohlagan mavzuda pedagogika nazariyasi, o‘qitish metodikasi, asosiysi pedagogika tarixi bo‘yicha juda kuchli mutahassis edi. U.Aleuov Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasining barcha joylarida, hattoki Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy meroslarining ijtimoiy-falsafiy va pedagogik fikrlarni tadqiq qilish bilan shug‘illangan yetakchi olim edi. Mazkur faslda biz professor U.Aleuovning adolatli jamiyat, ta’lim-tarbiya, xalq pedagogikasi, estetika, tarbiyaviy dasturlar, din, tarix haqidagi g‘oyalarini chuqur tahlil qilamiz. Metodologiya. Tadqiqot davomida quyidagi uslublar asos qilib olindi: - Ilmiy bilish yondashuvi: bu usul orqali bilimlar majmui va predmetning mohiyatini anglash, balki unga eltuvchi yo‘l ko‘rsatiladi. - Axloqiy-falsafiy yondashuv: tarixiy namoyondalar va qahramonlarning harakati va orqali badiiy saboq yoritiladi. U.Aleuovning adolatli jamiyat haqidagi g‘oyalari. Professor U.Aleuov o‘zining ilmiy tadqiqotlarida odamzot jamiyatining shakllanishi va rivojlanishida ta’lim-tarbiyaning tasirchanlik kuchini asosiy masala sifatida qarab, bunga yuqori baho beradi. Uning fikriga ko‘ra: “Агар жамият адолат, маданият, билим ва инсонпарварлик қадриятларига бой бўлса, унинг моддий эҳтиёжлари тезроқ қондирилади. Шу боис, жамиятни ривожлантириш учун таълим ва тарбия тўғри йўналишда олиб борилиши лозим. Таълим нафақат билим бериш, балки жамиятнинг тараққиёти ва фаровонлиги учун муҳим омиллардан бири ҳисобланади”[1,13]. U.Aleuovning ta’lim-tarbiya haqidagi g‘oyalari.
3 21 4 7.2 U.Aleuov odamzot jamiyatining rivojlanishida, hozirgi globallashuv jarayonida milliyligimizni saqlagan holda, o‘z vataniga sodiq xizmat qiladigan yoshlarni tarbiyalashda, barkamol avlod sifatida yetishib chiqishida xalq pedagogikasi, xalqimiz qoldirgan tarbiyaviy urf-odat, dasturlar alohida ahamiyatga ega deb hisoblaydi. “Olim o'zining ta’limiy qarashlarida, yoshlarimizda milliy ta’lim, ma’naviy farovonlik va o‘z-o‘zini anglash kabi tushunchalarning shakllanishi faqat xalq pedagogikasi orqali amalga oshirilishini tushuntiradi”[1]. Ushbu olim ta’kidlaydiki, “Insoniyatni hayvonlar kabi yashagan primitiv vahshiylikdan zamonaviy jamiyatning eng yuqori cho'qqilariga olib borgan jarayon — ya’ni ular aql va bilimni egallab, insoniylik bilan harakat qilishni boshlagan jarayon — ta’lim va tarbiya orqali amalga oshdi. Ta’lim va tarbiya insoniyatni jamiyat sifatida saqlab kelgan va hozirgi kunda ham davom ettirayotgan eng kuchli omillardir” [1]. Qadimgi ta’lim tushunchalarini, maktablarning tarixini va pedagogik g‘oyalarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ta’lim va tarbiya falsafalari doimiy taraqqiyotga intilgan. Ta’lim va tarbiyaning kelib chiqishi hamda ularning asosiy rivojlanish bosqichlariga e’tibor qaratish, bu jarayonlarning har doim yangilik va muvaffaqiyatga intilganini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, qadimiy ma’naviy meroslar va ta’lim falsafalarini o‘rganishning ahamiyatini muhokama qilayotganda, olim shunday deydi: “Қарақалпоғистонда таълим фикрининг шаклланиши, унинг ривожланиши, ўтган тарихий даврларда юзага келган йўллар ва дуч келган қийинчиликлар ҳозирги таълим муаммоларининг ечими халқ таълими дастурларида — халқ педагогикаси, доно мутафаккирларнинг таълим қарашлари, инсониятнинг маънавий ва маданий меросини шакллантирган диний таълимда, миллий мактабларнинг ривожланишида эканлигини кўрсатади. Биз уларга эътибор қаратишимиз, уларни чуқур ўрганишимиз ва жамоатчиликка тақдим этишимиз керак ” [1]. U.Aleuovning xalq pedagogikasi haqidagi g‘oyalari. Uning fikricha xalq pedagogikasi, dasturiy pedagogik madaniyat keng mazmundagi tarbiya tizimini tavsiya qiladi. Bundagi insonni shakllantiruvchi tarbiyaviy omillar, tarbiyaviy usul va vositalar, tarbiya turlari alohida boy va har xillikka ega. Xalq pedagogikasi insonni xalq farzandi qilib tarbiyalashni maqsad qiladi. Shuningdek, olim yoshlarni xalq pedagogikasi dasturlarini qabul qilib shakllantirish, ularda o‘z yurtini, xalqini, o‘z-o‘zini anglashini, milliy xususiyatlarini tushunib balog‘atga yetishini ta’minlashini aytadi. Barchamizga ma’lum xalq pedagogikasi tarbiya jarayoni xalq hayotining ajralmas bir bo‘lagi hisoblanib, bunda xalqning ommaviy holda o‘zlarining bevosita tarbiya ishiga aralashishi bilan ishga tushadi. Olim shunday deydi: “Қорақалпоқ халқининг ҳар бир қаҳрамонлик эпоси ўзига хос таълимий тажрибани акс эттириб, қаҳрамоннинг туғилишидан бошлаб унинг мақсад ва орзуларини рўёбга чиқаришгача бўлган жараённи ўша давр
3 22 4 7.2 халқ таълими доирасида ёритади. Эпосларда инсон камолоти учун турли педагогик усуллар қўлланилиб, улар бир – биридан фарқ қилади ва халқнинг идеал шахсни тарбиялашга бўлган ёндашув ҳамда усулларини намоён этади. Шу жиҳатдан, ҳар бир Қорақалпоқ эпоси халқнинг қаҳрамон тарбиялаш тажрибаси ва ушбу жараён натижаларининг ёрқин намунаси ҳисобланади” [2,9]. Ayniqsa, jirovlar xalqimizning mazkur qahramonlik dostonlari bilan terma-kuylari orqali xalqning o‘tkazgan baxtli hayotini va ko‘rgan mushkul holatlari bilan o‘kinchlarini qo‘bizga solib kuylab, inson yodiga tushirganda, inson his-tuyg‘uga berilmay, ko‘ngli bo‘shamay tura olmaydi. Xalqning boshidan kechirgan yaxshi-yomon kunlari yodiga tushib, xayolida o‘sha voqealarga aralashib, jadallanib, qizishish harakatlariga berilib ketadi. Xalq pedagogikasidagi ushbu ruh odamlarning qoniga singib, ko‘nglida his-tuyg‘u uyg‘onib, o‘z xalqini sevishni, yurtining vatanparvari bo‘lishni shakllantiradi, – deb yozgan edi professor U.Aleuov. Olimning xalq pedagogikasiga oid tadqiqotlarini keyingi faslda chuqurroq dadqiq qilamiz. U.Aleuovning estetik tarbiya haqidagi g‘oyalari. U.Aleuov Qoraqalpoq xalqi o‘zining san’ati bilan ham alohida ko‘zga tushib, ma’lum darajada dunyo davlatlari bilan munosabat izlari saqlanganini aytadi. Shuningdek, olimning qayd etishicha Orol dengizi bo‘ylari tarixga ma’lum “Buyuk ipak yo‘li” bo‘yida bo‘lib, qoraqalpoq xalqining qadimgi ota-bobolari asrlar davomida yaratgan madaniy meroslari bilan san’at dasturlari har doim yangilanib, o‘ziga xos xususiyatlari bilan takrorlanmas belgilarga ega bo‘lgan. Professor U.Aleuov oʻz tadqiqotlarida yoshlarning estetik tarbiyasiga, shuningdek, musiqaning insonga goʻzallik tuygʻularini shakllantirib, olam goʻzalligini tushunib yashashiga erishtirishdagi ahamiyatiga alohida ahamiyat bergan. U qoraqalpoq shoirmutafakkirlari Kunxo‘ja, Ajiniyoz va Berdaqning yoshlarga estetik tarbiya berish g‘oyalarini maktablarda keng foydalanish tarafdori boʻldi. Olimning fikricha: Musiqa – odamzod aqlining gʻoyat nozik va insonda karomatlilik mavjudligini sezdiruvchi inson aqlining magʻizi jamlangan xosiyatli ijodi. U yoshlarga ham bilim, ham tarbiya berish vositasi. Bu haqida P.Palwaniyazov quyidagicha izoh beradi: “Professor U.Aleuovning musiqiy ta’lim va tarbiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari hozirgi ta’lim jarayoniga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Uning Qaraqalpaqistonda ta’lim davralarining shakllanishi va rivojlanishi' nomli asarida, 1993 yilda 'Bilim' nashriyoti tomonidan Nukusda chop etilgan, VII, VIII va IX bo‘limlarida mashhur jirovlardan va bakhshilardan musiqiy ta’lim va tarbiya haqidagi qarashlari o‘rganilgan” [3,65-66] – va U.Aleuovning ilmiy tadqiqotlari baholangan.
3 23 4 7.2 Shuningdek, pedagog musiqa toʻgʻridan toʻgʻri odamning ichki his-tuygʻulariga ta’sir qilishi sababli, u yerdagi mujassamlashgan voqeaga tinglovchi xayoli yordamida aralashib, obrazga kirib ketishga, oʻsha obrazdagi gʻoyalarga birlashishga majbur boʻladi deydi. U.Aleuov o'zining tadqiqotida shunday degan: “Musiqa, insonning mavjudot, tabiat va ijtimoiy hayot bilan aloqalaridan kelib chiqadigan quvonch yoki g‘am-g‘ussa hissiyotlarini o‘z ichiga olib, inson estetik madaniyatining rivojlanishi va sifat jihatlarini ta’sir qiladi. Aynan u, insonning harakatlarini va insonparvarlik tamoyillarini yuqori darajaga ko‘taradi. Shaxslarning hayotga estetik nuqtai nazardan qarashlariga yordam berib, ularning ichki dunyosini boyitadi, kelajak uchun energiya va motivatsiya yaratib, ularni orzu va istaklarini amalga oshirishda yordam beradi, yangi, yashirin g‘oyalarni kashf etadi. O‘ylardan amallarga o‘tish tezda ro‘y bermaydi; ba’zida turli fikrlar, shubhalar va noaniqliklar inson ruhini qiynaydi, fikrlar darhol amalga oshmaydi, balki asta-sekin rivojlanadi. Musiqa bu hodisalarning aniq yechimga erishish jarayonini tezlashtiradi[4,6-13]. U.Aleuovning tarbiyaviy an’ana haqidagi gʻoyalari. Inson paydo bo‘lishi bilan tarbiyaviy hodisalar ham birgalikda shakllanib mazmun kasb etib borgani ma’lum. Insonlarning o‘z avlodini hayot kechirishga, mehnatga o‘rgatishi insoniyat jamiyati bilan birga yashab kelayotgan tarixiy hodisa bo‘lib, qadimgi yovvoyilik hayotdan boshlab to yozish-chizish vujudga kelmagan vaqtlarda ham yoshlarga ta‘limtarbiya berish insonlarning hayotida shakllangan har xil ijtimoiy tushunchalar bilan tartibqoidalar asosida amalga oshirilib borgan. Qadim zamonlardan boshlab avloddan avlodga, otadan bolaga o‘tib kelayotgan xalq dunyoqarashlari bilan tabiiy va ijtimoiy xattiharakatlari asosida xalq dasturlari paydo bo‘lib, bular xalqning yoshlardagi tarbiya bilan bog‘liq hayot sharoitlarini o‘zida mujassamlashtirgan. U.Aleuov urf-odat, dasturlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishini bir tomondan ahamiyatli ijtimoiy holat deb, unda xalqning dono nasihatlari bilan og‘zaki ijodi, ertak, afsona, rivoyat, topishmoq, maqol-matallari o‘z ko‘rinishini topgan deydi. Natijada, yosh avlodning ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan ilg‘or dasturlar bilan urf-odatlarni bilishi va uni boyitishi hayot kechirishning ba’zi bir qonuniyati hisoblangan. “Oltin ko‘ldan birinchi yodgorlikda: Sen mening yaxshi urf-odatlarimdan va mening niyatlarimdan ayrilma deb yozilgan so‘zlar kelajak avlodlarga xalqning urf-odati bilan yoshlarni tarbiyalash ishlarining me’ros bo‘lishini, tutash ketma-ket davom ettirilib, kelasi avlodlar ham ushbu dasturlarni saqlashi kerakligini, buni avlotdan-avlodga bog‘lab takomillashtirib borish lozim”, - deb yozgan edi U.Aleuov[4]. U.Aleuovning diniy tarbiya haqidagi g‘oyalari. U.Aleuov ilmiy va badiiy asarlarında din va uning ta’limiy ahamiyatini keng yoritgan. U shunday degan: “Дин инсоният ва миллий маданиятнинг ажралмас қисмидир. Бугунги кунда мавжуд бўлган барча динлар дастлаб ўзини бошқариш, хулқ - атвор, онг ва тушунчани шакллантириш мақсадида яратилган таълимотлар
3 24 4 7.2 ҳисобланади. Улар ахлоқий тизим, инсон ҳаёти учун қоидалар мажмуи ва қатъий талаблар тўпламини ташкил этади. Бу диний таълимотлар инсон онгининг руҳий жараёндаги доирасини кенгайтириб, инсоният тажрибасини ва унинг орттирган маданий меросини бойитган. Ушбу тушунчаларни инсон онгидан ажратиш нотўғри бўлади”[5,78]. Shuningdek, U.Aleuovning yozishicha ilk davrlarda tarbiyaviy dasturga aylangan diniy rivoyatlar har xil tabiiy hodisalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Tabiat va jamiyat hodisalariga ta’sir qiluvchi tarbiyaviy kuchga ega rivoyatlar bu faqat diniy dunyoqarash bo‘lib qolmasdan, ilmiy ko‘rinish belgilariga ham ega bo‘lgan. Olim rivoyatni tabiat hodisalari bilan ijtimoiy hayotni badiiy tasvirlash ikki xil ko‘rinishga bo‘ladi: - birinchisi, badiiy usulda har qanday ishonch, urf-odat, orzu-niyat, odob-axloq, xulqatvor, tartib-intizomni o‘zida jamlaydi; - ikkinchisi, tabiat bilan inson o‘rtasidagi haqiqatlikni, diniy kuchga ishonchni, odam ongining qudratini aks ettiradi. U.Aleuov turk xalqlaridan chiqqan buyuk olimlar Beruniy, Ahmad Yassaviy, Ulug‘bek, Imom Buxoriy va boshqa dunyoga mashhur ilm-fan vakillarining yoshlarni tarbiyalashda o‘z dunyoqarashi, turmush tarzlari va ta’lim-tarbiyalari asosini islom dinining dasturlaridan, Muhammad (s.a.v) payg‘ambar hadislaridan olganliklarini ta'kidlaydi. O‘lkamizda yoshlarning ma’naviy shakllanishiga asos bo‘lgan insonlarning hayot tarzini va ishonchini vujudga keltirgan islom dini, urf-odatlari bilan tarbiyaviy dasturlari ming yillardan buyon davom etib kelayotgani ma’lum. Bular hozirgi kunda ham o‘z qiymatiga ega. Ayniqsa, U.Aleuov Muhammad (s.a.v) payg‘ambar hadislarida ilmni “inson chirog‘i” deb, qaysi davrda bo‘lsa ham ilm-fan insoning baxtli, sog‘-salomat yashashiga shartsharoitlar yaratuvchi, olg‘a qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirish usuli, chorasi deb baholadi. U.Aleuovning pedagogika tarixiga oid g‘oyalari. Professor U.Aleuov hayotining oltmish yildan ziyod qismini pedagogika nazariyasi, pedagogika tarixi va pedagogik mahoratga bag‘ishladi. Pedagog ta’lim - tarbiyaning inson hayotida qanchalar zarurligini, jamiyatni rivojlantiruvchi asosiy omil ekanligini va uning odamzot bilan birga paydo bo‘lganligi aytadi. U.Aleuov pedagogika tarixini o‘rganishning ahamiyatini ta’kidlaydi. U pedagogika tarixini o‘rganishning maqsadlarini quyidagicha belgilaydi: Pedagogik g‘oyalar rivojlanishida davriy xususiyatlarni aniqlash; “Maktab va pedagogik tushunchalarning rivojlanishini taqqoslash asosida tahlil qilish va umumlashtirish; Pedagogik merosni axiologik nuqtai nazardan baholash va bizning qadriyatlarimiz asosida aloqalar o‘rnatish;
3 25 4 7.2 Pedagogik manbalar bilan ishlash va ularni tipologik va matn tahlili nuqtai nazaridan o‘rganish; Pedagogik g‘oyalar rivojlanishidagi asosiy maqsadlardan biri, ularning tahlili orqali ta’lim rivojlanishining maqsadli yo‘nalishlarini bashorat qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish ekanligi aniq bo‘ldi” [1].. Bundan tashqari, U.Aleuovning “Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istondagi pedagogika fanining ba’zi masalalari” maqolasida ta’lim haqida so‘z yuritib, “ta’lim samaradorligi ma’lum darajada o‘qituvchining shaxsiyati va kasbiy mahoratiga bog‘liq” deb yozadi. U shuningdek, bugungi kunda, ilm-fan, texnika va muhandislik sohalarining tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davrida, bu yangi va yuqori talablarni o‘qituvchiga qo‘yadi” [5,22] deb, zamonaviy o‘qituvchilar nafaqat o‘z fanida, balki pedagogika, innovatsiya va informatika sohalarida ham malakali bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. U.Aleuovning ta’lim islohatlari haqidagi gʻoyalari. Ta’lim-tarbiya islohatlari haqida gap ketar ekan, U.Aleuov bu sohani rivojlantirish va isloh qilish taraftori edi. U pedagogika fanining rivojlanishini xohlab, undagi mavjud muammolar, istiqbolli rejalar va amaliy xarakatlar konseptsiyasini yaratishga xarakat qildi. Masalan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1934 yili dastlab oʻqituvchilar instituti sifatida ochilgan va hozirgi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga aylantirilgan oʻquv maskanida qoraqalpoq tilida yozilgan birorta darslik, oʻquv qoʻllanma mavjud boʻlmagan. Pedagogika fanlari doktori U.Aleuovning 1993-yilda yozilgan “Qoralpog‘istonda ta’limiy fikrlarning shakllanishi va rivojlanishi” nomli ilmiy ishida ta’lim va talaba tarbiyasini global standartlarga mos ravishda olib borish, birxillikdan saqlanish va samarali ish sifatini oshirish zarurligiga urg‘u beriladi. Userbay Aleuov jamiyat rivojini mamlakatimizning intellektual salohiyati, xalq ta’limi va tarbiyasining jahon standartlariga asoslangan holda yaxshilanishi va milliy poydevorini mustahkamlash bilan bog‘liqligini ta’kitlaydi”[6,14-18]. Shuningdek, Userbay Aleuov maskur asarida shunday deydi: “Ha, haqiqattan ham jamiyat rivoji bizning mamlakatimizningaqliy salohiyati va ilm-faniga, xalq ta’limi va tarbiyasining dunyo standartlariga mos ravishda takomillashuvi hamda milliy poydevorning mustahkamlanishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir”. Ma’lumki, ushbu masalalarni hal etish va ularni ta’lim tizimiga integratsiya qilish uchun o‘qituvchilarni motivatsiya va qat’iyatlilik zarur. U shuningdek : “Ta’lim va tarbiyaning samaradorligi ma’lum darajada o‘qituvchining shaxsiyati va professional qobiliyatlariga bog‘liqdir”. Xususan, “bugungi kunda ilm-fan, texnologiya, muhandislik va texnikaning tez rivojlanishi oq‘ituvchiga yangi va paydo bo‘layotgan talablarni qo‘yadi. O‘qituvchidan faqat o‘z fani bo‘yicha mutaxassis va pedagog bo‘lish emas, balki ta’lim va tarbiya
3 26 4 7.2 sohasiga innovatsion yechimlarni kiritadigan, axborot texnologiyalarini mustaqil ravishda qo‘llay oladigan, yangi ta‘lim texnologiyalariga asoslangan pedagogik faoliyatni tashkil etadigan, o‘ziga xos usullarni qo‘llaydigan va talabalarga mustaqil fikrlash va tanqidiy fikrlashni o‘rgatadigan shaxs bo‘lishi talab qilinadi. Hozirgi kunda o‘qituvchi mustaqil, ijodiy shaxs bo‘lishi kerak”, deb ta’kidlaydi”. Bundan tashqari, U.Aleuov bir nechta maqolalar nashr etib, barcha oliy ta‘lim muassasalarida “MOODLE LMS” tizimidan foydalanishni tavsiya qilgan va uning afzalliklarini tushuntirgan. 2019-yilgi maqolasida u, “Toshkent farmatsevtika instituti markaziy metodik kengashining qaroriga asosan, Moodle LMS masofaviy ta’lim tizimi ta’lim jarayonida foydalanish uchun tavsiya etildi. Hozirda Toshkent farmatsevtika institutining barcha yo‘nalishidagi birinchi kurs talabalari Farmatsevtikada axborot texnologiyalari kursiga yozildilar. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Moodle LMS tizimidan mustaqil o‘qish jarayonini tashkil etishda o‘qituvchilar va talabalarga qulaylik yaratadi” [7,62-63], deb yozgan. U.Aleuovning tarix haqidagi gʻoyalari. Fan, shoir, o‘qituvchi va filolog bo‘lish bilan birga, U.Aleuov tarixshunos sifatida ham tanilgan. Tarix fanlari doktori va professor B.Qoshanov U.Aleuovning ushbu sohadagi ishlari haqida shunday deydi: “Biz Professor Userbay Aleuovni Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi davrlardan hozirgi kungacha bo‘lgan ijtimoiy-falsafiy va pedagogik qarashlarini o‘rganishda yetakchi olimlardan biri, shuningdek, Qarakalpog‘istonning zamonaviy tarixiga katta hissa qo‘shgan olim sifatida tan olishimiz kerak. U.Aleuov “Qoraqalpog‘istonning yangi tarixi” (Nókis 2023) nomli ommaviy kitobning muallifi, tarixiy kadrlar tayyorlash bo‘yicha maxsus kengash a’zosi, ko‘plab yosh olimlarning murabbiyi va bizning zamonaviy tariximizdagi Jadidchilik tarixi o‘rganishining peshqadamidir”. Haqiqatdan ham, U.Aleuov butun hayoti davomida Muxammad (s.a.v), A.Timur, Yusuf Xos Xojib, Asan qayg‘ı, Axmad Yugnakiy, Dospambet jirov, Jiyen jirov, Ajiniyoz, Berdaq, Soppasli sıpıra jirov, Sasıq beg, Ernazar olakoʻz, Kunxoʻja, Oʻtesh, Annaqul, Qulmurat, Sıdıq, Abdiqádir, Omar, Qazı Máwlik, Jańabay, Sápiwra, Ayapbergen, Seyfulg‘abit, Abbaz va boshqalarning hayoti, ilmiy-pedagogik qarashlari va axloqiy qarashlarini tadqiq qildi. Biz mazkur maqolamizda Professor Userbay Aleuovning ilmiy-pedagogik faoliyatini shuqur o‘rganib, tahlil qildik va uning asarlaridagi g‘oyalarini turkumlab chiqdik. Tahlil va natijalar. Professor U.Aleuovning hayoti, ilmiy-pedagogik va ijodiy faoliyati Qoraqalpog‘iston va umuman O‘zbekiston pedagogik ilmining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Uning ilmiy merosi milliy tarbiya, xalq pedagogikasi va zamonaviy ta’lim usullarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan. Adabiyotlarda U.Aleuovning pedagogik qarashlari, ilmiy ishlari va ta’lim sohasidagi amaliy faoliyati keng
3 27 4 7.2 yoritilgan. Aleuov o‘z tadqiqotlarida pedagogikaning nazariy va amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratgan. Uning ilmiy asarlarida ta’lim va tarbiyaning tarixiy taraqqiyoti, milliy ta’lim tizimining shakllanishi va zamonaviy ta’lim metodlari muhokama qilingan. U xalq pedagogikasini chuqur o‘rganib, milliy qadriyatlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish muhimligini ta’kidlagan. Professorning ilmiy ishlarida mustaqillik yillarida ta’lim tizimining takomillashtirilishi, pedagogik innovatsiyalar va yosh avlod tarbiyasining dolzarb masalalari tahlil qilingan. U xalq pedagogikasi an’analarini zamonaviy ta’lim metodlari bilan uyg‘unlashtirishga alohida urg‘u berib, milliy o‘ziga xoslikni saqlab qolgan holda ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llarini ko‘rsatgan. Adabiyotlar tahliliga ko‘ra, U.Aleuovning pedagogik faoliyati ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish hamda ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Bu esa uning ilmiy faoliyatini pedagogik taraqqiyotning muhim qismiga aylantirgan. Xulosa. U.Aleuov yaratib ketgan ilmiy asarlari, maktabi – bu tugamas xazina boʻlib, hali kelajak avlod uchun koʻp xizmat qiladi. Shogirtlari Olim yaratib ketkan maktabni davom ettirish orqali rivojlantirish jarayonini ilmiy jihatdan asoslash kerakligini ustuvor vazifa etib belgiladik. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Əлеуов Ɵ. Қарақалпақстанда тәлим-тәрбиялиқ ойлардың қәлиплесиўи ҳәм раўажланыўы. – Нөкис: Билим, 1993. – 13 b. 2. Əлеўов Ɵ. Саламат бала тәрбиясының дереги халықлық тәлим-тәрбия. //Əмиўдәрья. – Нөкис, 2014. – № 3. 9 b. 3. Палўаниязов Қ.А. Проф. Ө. Əлеўовтың музика хаққындағы ой-пикирлери. //Марказий Осиё педагогика фанида ўрни бор олим. – Нукус: КГУ типографиясı, 2015. 65-66 b. 4. Əлеўов Ө. Музыка ҳәм эстетикалық тәрбия.// Ғәрезсизлик дәўиринде театр өнериниң раўажланыўы. РИТК материаллары. Өзб.МКӨМИ Нөкис филиалы. Нөкис. 2014. 24-январь. 613 b. 5. Айтимбетов М. Истиқлол даврида Қорақалпоғистон умумий ўрта таълим мактаблари тизими такомили. Услубий қўлланма. – Т.: Тафаккур, 2012. – 78 b. 6. Атемова К. Формирование традиций семейного воспитания тюркских народов. Монография. – Алматы, 2009. 14-18 b. 7. Алеўов Ў, Байдуллаев А, Рахманова А. “Moodle LMS” масофавий ўқитиш тизимидан талабалар мустақил таълимини ташкил этиш. // Ilim hám jámiyet. 2019. № 2. 62-63 b.