scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CHET TILI SIFATIDA RUS TILINI O'QITISH JARAYONIDA LOYIHAVIY METODNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYAGA TA'SIRI

Ganiyeva Miyasar Ayapbergenovna

Full text

3 38 4 7.2 CHET TILI SIFATIDA RUS TILINI O‘QITISH JARAYONIDA LOYIHAVIY METODNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYAGA TA’SIRI Ganiyeva Miyasar Ayapbergenovna Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17904271 Annotatsiya: Ushbu maqolada rus tilini chet tili sifatida o‘qitish jarayonida loyihaviy ta’lim texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Kommunikativ va faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvlar doirasida loyihaviy usulning nazariy asoslari yoritiladi hamda uning til va sotsiomadaniy kompetensiyani shakllantirishdagi roli ochib beriladi. Shu bilan birga, loyihaviy faoliyatni tashkil etishning metodik tamoyillari, amalga oshirish bosqichlari va rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan loyiha turlari tahlil qilinadi. Loyihaviy faoliyatga jalb etish talabalarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va til o‘rganishga bo‘lgan ichki motivatsiyani rivojlantirishga xizmat qiladi, shu orqali til bilimlarini amaliy va madaniylararo muloqot tajribasi bilan uyg‘unlashtiradi. Kalit so‘zlar: loyihaviy o‘qitish, rus tili chet tili sifatida, o‘qitish metodikasi, kommunikativ yondashuv, madaniylararo kompetensiya. Аннотация: В данной статье анализируются роль и значение проектных образовательных технологий в процессе преподавания русского языка как иностранного. В рамках коммуникативного и деятельностного подходов раскрываются теоретические основы проектного метода, а также его роль в формировании языковой и социокультурной компетенций. Кроме того, рассматриваются методические принципы организации проектной деятельности, этапы её реализации и типы проектов, которые могут применяться при обучении русскому языку как иностранному. Участие студентов в проектной деятельности способствует развитию самостоятельного мышления, творческого подхода и внутренней мотивации к изучению языка, что, в свою очередь, способствует интеграции языковых знаний с практическим и межкультурным коммуникативным опытом. Ключевые слова: проектное обучение, русский язык как иностранный, методика преподавания, коммуникативный подход, межкультурная компетенция. Abstract: This article analyzes the role and significance of project-based learning technologies in the process of teaching Russian as a foreign language. Within the framework of communicative and activitybased approaches, the theoretical foundations of the project method are discussсed, along with its role in developing linguistic and sociocultural competence. The article also examines the methodological principles of organizing project activities, the stages of their implementation, and the types of projects that can be applied in teaching Russian as a foreign language. Engaging students in project-based activities helps foster independent thinking, creativity, and intrinsic motivation for language learning, thereby integrating linguistic knowledge with practical and intercultural communication experience. Keywords: project-based learning, Russian as a foreign language, teaching methodology, communicative approach, intercultural competence. 3 39 4 7.2 Kirish. Zamonaviy sharoitda rus tilini chet tili sifatida o‘qitish jarayoni faol rivojlanish va transformatsiya bosqichini kechirmoqda. Xalqaro hamkorlikning kengayishi, akademik mobillikning o‘sishi hamda rus madaniyatiga bo‘lgan qiziqishning ortayotgani rus tilini samarali o‘qitish zaruratini yanada kuchaytirmoqda. Shu sharoitda ta’lim faqat bilim berish bilan cheklanib qolmasdan, balki talabalarda to‘laqonli kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiluvchi samarali metodlarni joriy etish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Zamonaviy pedagogikaning eng samarali usullaridan biri — loyihaviy ta’lim usuli bo‘lib, u kognitiv, faoliyat va kommunikativ yondashuvlarni uyg‘unlashtiradi. Bu usul talabalarda til bilimini chuqurlashtirish, mustaqil fikrlash, izlanish, hamkorlikda ishlash va madaniylararo kompetensiyani rivojlantirish imkonini beradi. Adabiyotlar taxlili. Loyihaviy ta’lim atamasi XX asr boshlarida pedagogikaga amerikalik olimlar J. Dyui va U. Kilpatrik ishlari orqali kirib kelgan. Ular ta’limning asosiy qiymati — talabalarning hayot bilan bog‘liq haqiqiy muammolarni hal etish faoliyati orqali bilim va tajribaga ega bo‘lishidir, deb hisoblaganlar. Hozirgi kunda loyihaviy usul turli fanlarda, jumladan, chet tillarini o‘qitishda ham keng qo‘llanilmoqda. Tadqiqotchilarning fikricha (Ye. Polat, 2007; Hutchinson & Waters, 2010), bu usul talabalarda motivatsiya, jamoaviy ish va madaniylararo muloqot ko‘nikmalarini shakllantiradi. Rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda loyiha usuli til bilimlarini amaliy faoliyat orqali mustahkamlashga, real muloqot sharoitlarini yaratishga va talabalarning faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqot metodologiyasi. Loyihaviy o‘qitishning asosiy xususiyatlari: aniq va ma’noli maqsadning mavjudligi; talabalarning mustaqilligi va javobgarligi; amaliy natijaga yo‘naltirilganlik; fanlararo integratsiya; jamoaviy muloqot va hamkorlik; yakunda tayyor mahsulotni (matn, taqdimot, tadqiqot, madaniy tadbir va h.k.) taqdim etish. Rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda loyiha usuli nafaqat til bilimlarini mustahkamlash vositasi, balki real muloqotga yaqin sharoitda talabalarning nutqiy faoliyatini rivojlantirish mexanizmi sifatida xizmat qiladi. Kommunikativ kompetensiya — bu shaxsning turli muloqot vaziyatlarida til vositalarini samarali qo‘llash qobiliyatidir. U quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: Lingvistik kompetensiya — grammatika, fonetika va lug‘at zaxirasini bilish; Diskurs kompetensiyasi — izchil va mantiqiy nutq qurish qobiliyati; Sotsiomadaniy kompetensiya — madaniy normalar va muloqot an’analarini anglash; Strategik kompetensiya — muloqotdagi qiyinchiliklarni yengish va moslashuvchan muloqot strategiyalarini qo‘llash mahorati. Loyihaviy ta’lim zamonaviy pedagogikaning integrativ tizimi sifatida bir nechta ilmiy yondashuvlarga tayanadi. U faqatgina ma’lum bir usullar majmuasi emas, balki ta’lim 3 40 4 7.2 jarayonini tubdan qayta ko‘rib chiquvchi, talabani faol subyekt sifatida namoyon etuvchi pedagogik konsepsiya hisoblanadi. Tahlil va natijalar. Loyihaviy ta’limning asosiy qiymati — uning insonparvar va ijodiy yo‘naltirilgan tabiatidadir. Bu usul talabani faol subyekt sifatida namoyon etib, uning shaxsiy fikri, tajribasi va tashabbusini qadrlaydi. Shaxsan mening amaliyotimda loyihaviy yondashuv rus tilini chet tili sifatida o‘rganayotgan talabalarda nafaqat til bilimini, balki madaniy hushyorlik, ijodiy fikrlash va jamoaviy hamkorlik qobiliyatini ham shakllantirayotganini ko‘rsatdi. Loyihaviy faoliyatni tashkil etish muayyan metodologik va pedagogik asoslarga tayanadi. Bu prinsiplar loyiha usulining mazmun va shaklini belgilaydi: 1. Subyektlilik prinsipi — talabani ta’lim jarayonining markaziga qo‘yish; 2. Amaliyotga yo‘naltirilganlik prinsipi — natija hayotda amaliy qiymatga ega bo‘lishi; 3. Hamkorlik prinsipi — jamoaviy ish, muloqot va yordam muhitini yaratish; 4. Integratsiya prinsipi — fanlararo bog‘lanishni ta’minlash. Loyihalar turlari: 1. Tadqiqot loyihalari — ilmiy izlanish xarakterida bo‘ladi; 2. Axborot loyihalari — ma’lumot yig‘ish va tahlil qilishga asoslangan; 3.Ijodiy loyihalar — badiiy va estetik salohiyatni rivojlantiradi; 4. Sotsiomadaniy loyihalar — madaniy muloqotni rivojlantiradi. Xulosa. Loyihaviy ta’lim — bu zamonaviy, insonparvar va ijodiy yo‘naltirilgan usul bo‘lib, u talabani faol subyekt sifatida namoyon etadi. Uning yordamida ta’lim jarayoni faqat bilim berish emas, balki shaxsni rivojlantirish jarayoniga aylanadi. Loyihaviy usul rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda quyidagi natijalarni beradi: talabalarning til bilimini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtiradi; madaniylararo muloqotni rivojlantiradi; ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantiradi; ta’lim jarayonini faol, interaktiv va ma’noli qiladi. Loyihaviy ta’lim rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning samarali usuli bo‘lib, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtiradi. U kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish bilan birga talabalarda mustaqillik, ijodkorlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Loyiha usuli zamonaviy ta’lim talablariga javob beradi: u amaliyotga yo‘naltirilgan, interaktiv va faol ishtirokni rag‘batlantiradi. Natijada talabalar faqat til bilimini emas, balki madaniylararo muloqot tajribasini ham egallaydilar. Shu tariqa, loyihaviy faoliyat rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda kompetent, motivlangan va ijodkor shaxslarni tarbiyalashning muhim vositasiga aylanadi. Shuning uchun loyihaviy ta’limni rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning eng samarali usulilaridan biri sifatida tavsiya etish mumkin. 3 41 4 7.2 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Dewey, J. (1938). Experience and Education. New York: Macmillan. 2. Kilpatrick, W. H. (1918). The Project Method: The Use of the Purposeful Act in the Educative Process. Teachers College Record. 3. Полат, Е. С. (2007). Новые педагогические и информационные технологии в системе образования. Москва: Академия. 4. Hutchinson, T., & Waters, A. (2010). English for Specific Purposes: A Learning-Centered Approach. Cambridge University Press. 5. Савинова, Т. В. (2015). Лингвокультурологический подход в обучении русскому языку как иностранному. Вестник РУДН, №3. 6. Қурбонов, А. (2021). Чет тилларини ўқитишда инновацион технологиялар. Ўзбекистон педагогика журнали, №4. 7. Мусаева, Н. (2020). Лойиҳавий таълим усулининг чет тилларини ўқитишдаги аҳамияти. Тил ва маданият, №2.