TALABALARNI MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHGA TAYYORLASHDA TARBIYAVIY MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI
Full text
3 57 4 7.2 TALABALARNI MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHGA TAYYORLASHDA TARBIYAVIY MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI Maxsud Erejepov Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogi institutı Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17904284 Annotatsiya: Maqolada oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning uzviyligi, izchilligi va samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Unda zamonaviy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va ilmiy asoslangan metodlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Talabalarning ma’naviyaxloqiy kamolotini ta’minlash, ularni tashkilotchilik va mas’uliyatga o‘rgatish jarayoniga alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: ma’naviy-ma’rifiy ishlar, oliy ta’lim, tarbiya, innovatsion yondashuv, talaba faolligi, boshqaruv mexanizmi, milliy qadriyatlar. Аннотация: В статье рассматриваются вопросы повышения согласованности, последовательности и эффективности духовно-просветительской работы в высших учебных заведениях. Анализируется значение современных подходов, инновационных технологий и научно обоснованных методов. Особое внимание уделяется обеспечению духовно-нравственного развития студентов, воспитанию их организованности и ответственности.. Ключевые слова: духовно-просветительская работа, высшее образование, воспитание, инновационный подход, студенческая активность, механизм управления, национальные ценности. Abstract: The article discusses the issues of improving the coherence, consistency and effectiveness of spiritual and educational work in higher educational institutions. It analyzes the importance of modern approaches, innovative technologies and scientifically based methods. Special attention is paid to the process of ensuring the spiritual and moral development of students, teaching them organization and responsibility. Key words: spiritual and educational work, higher education, upbringing, innovative approach, student activity, management mechanism, national values. Kirish. Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning uzviyligi va izchiligini olib borish, natijadorligini oshirish, bu sohaga oid bo‘lgan meyoriy hujjatlarning ijrosini vaqtida sifatli bajarish, tegishli javobgar shaxslarning ma’suliyatliligin his etish, ushbu faoliyat ishtirokchilari hisoblangan rahbar, pedagog xodimlar va talabalarning qalban va vijdonan yondashishini amalga oshirish zarur. Oliy ta’limda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat – auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarda talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalaydigan, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ezozlashga o‘rgatuvchi, kasbiy kompetensiyalarni shakllantiruvchi, barkamol shaxsni tarbiyalovchi jarayondir. Hozirgi davrda Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning dolzarbligi ortmoqda bu o‘rinda quyidagi meyoriy hujjatlarda ham o‘z aksini topgan.
3 58 4 7.2 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasida “Davlat yoshlarning intelektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog’lig’ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish ushun shart-sharoitlar yaratadi” [1] deb belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PQ-4307sonli Qarorida “Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tarbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati ongi tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda” [2] deb belgilangan. Ushbu qarorda ilgari surilgan vazifalar mamlakatimizda ma’naviyma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Adabiyotlar tahlili. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” asarida yoshlarimiz har javqada yetuk bo‘lib yetishida “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hesh qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi ushun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarvar etamiz” [59 Б., 14-б] - deb ta’kidlagan. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish jarayonida talabalarda tarbiyaviy munosabatlarning shakllanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu jarayon nafaqat ularning shaxsiy dunyoqarashi va axloqiy pozitsiyasini mustahkamlashga, balki ijtimoiy faollik, mas’uliyat, hamkorlik va insonparvarlik kabi sifatlarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Jamoat arbobi Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan fikri hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tarbiyaviy ahamiyatli bo‘lib yoshlarning barkamol avlod sifatida shakllanishida muhim sanaladi. Shu o‘rinda buyuk mutaffakirlardan biri Abu Nasr Farobiyning tarbiya haqida fikrlarida “Inson yaxshi tarbiya ko‘rmagan va turmushda tajriba orttirmagan bo‘lsa, u ko‘p narsalarni nazarga ilmaydi va ulardan jirkanadi” [320 Б., 281-б] deb hisoblagan. Platonning “farzandlaringizning ilm va adabini o‘zingizning ilm va adabingiz bilan cheklamang, ularni kelgusi zamon uchun tayyorlang, chunki ular sizning zamonangizga tegishli emas, ular kelgusi zamon odamlaridir” [335 Б., 266-б] degan ibratli fikrida ota-
3 59 4 7.2 onaning yoki ustozning hozirgi bilim va dunyoqarashi bilan cheklab qo‘yish emas, balki kelajakdagi hayotga moslab tayyorlash zarur ekanligin ifodalaydi. Bu shaxsga yo‘naltirilgan, innovatsion va erkin fikrlovchi avlodni tarbiyalashga chaqiruvchi ma’naviyaxloqiy tamoyildir. Beruniy ta’limotiga ko‘ra inson kamolatida uch narsa muhim ro‘l oynaydi. 1.Irsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya [418 B., 205 b] deb hisoblaydi. Haqiqatdan ham ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarishda yosh avlodning barkamol shaxs sifatida shakllanishi ustuvor vazifa bo‘lib bu o‘rinda tarbiyaviy ishlarni uzviy va doimiy olib borish muhim kasb etadi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarishda munosabatlar ham a’lohida kasb etib ta’lim muassasalarida boshqaruv jarayoni haqidagi R.X.Djuraev, S.T.Turg’unovlarning fikrida tarbiyaviy munosabatlar inson shaxsining har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiluvchi doimiy ijtimoiy jarayon sifatida [264 Б., 63-б] talqin etilgan. Chunki tarbiya faqat ta’lim jarayonida emas, balki kundalik ijtimoiy munosabatlar, xususan, rahbar va xodim o‘rtasidagi muloqotda ham uzviy ravishda amalga oshadi. K.Kadirovning tadqiqod ishida “G’oyaviy tarbiya samaradorligi talabalar orasida “tengdosh-tengdoshga” printsipi asosida yondashuv natijasiga bo‘g’liq [37 B., 24-б] ekanligin ilmiy asoslab berilgan. Talabalarni o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini rivojlantirish g’oyaviy-tarbiyaviy jarayonni faollashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Nukus davlat pedagogika institutida eksperiment tarzida joriy etilgan “Talabalar kengashi” talabalarning ijtimoiy faolligi, o‘zaro nazorati va tashabbuskorligini oshirish, ijodiy va ishchan muhitni shakllantirish orqali ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi innovatsion mexanizm sifatida e’tirof etiladi. Bu Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni boshqarishda oziga xos yondashuvni ilgari surilgan bo‘lib o‘z navtida talabalarda tashabbuskorlikni, mustaqil fikrlash va qarorlar qabul qilishni, jamoaviy fikrlash va ishlashni o‘rganishi, rahbarlik qobiliyat va kunikmalarning shakllanishi, kommunikativ qobiliyatlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Tadqiqod metodologiyasi. Ushbu tadqiqotning metodologik asosi O‘zbekiston Respublikasining ta’lim va ma’naviyat sohasiga oid me’yoriy hujjatlariga, jumladan, Konstitutsiya, Prezident qarorlari hamda milliy va xorijiy pedagogik-nazariy manbalarga tayangan. Tadqiqotda oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish jarayonining psixologik-pedagogik xususiyatlari o‘rganilgan. Tahlillar va natijalar. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari sharoitida oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish yangi, zamonaviy yondashuvlarni talab etmoqda. Mazkur jarayonni an’anaviy metodlardan
3 60 4 7.2 innovatsion usullarga yo‘naltirish orqali talabalarning ichki dunyosi, ijtimoiy faolligi va shaxsiy mas’uliyatini yanada chuqurlashtirish imkonini beradi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amaliyotga samarali joriy etishda yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish va ularni tizimli tarzda qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, interaktiv ta’lim texnologiyalari, raqamli pedagogika vositalari, axborotkommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali bu sohadagi faoliyatning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish mumkin. Shuningdek, ushbu jarayonga ilmiy yondashuvni tatbiq etish orqali ma’naviyma’rifiy ishlarning nazariy asoslarini chuqurlashtirish, amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va ularning natijadorligini monitoring qilish imkoniyatlari yaratiladi. Bu esa, o‘z navbatida, oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ijtimoiy-ma’naviy kamolotini ta’minlash, ularning ongida milliy qadriyatlar, fuqarolik pozitsiyasi va mas’uliyat hissini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuqori sifat darajasida olib borish uchun: ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarni o‘rganish; zamonaviy texnologiyalar asosida metodik materiallar ishlab chiqish; fanlararo yondashuvni tatbiq etish; psixologik-pedagogik tadqiqotlar asosida innovatsion uslublarni joriy etish; zaruriy omillar sifatida e’tirof etiladi. Bu omillarni quyidagi sxema asosida izohlash mumkin. 1-jadval Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmuni yosh avlodni har tomonlama barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat hissini
3 61 4 7.2 shakllantirish, Vatanga sadoqat va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usini rivojlantirishni nazarda tutadi. Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatning samaradorligi, avvalo, ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmuniy jihatdan boyitilishi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning individual qiziqish va ehtiyojlariga mos kurslar, to‘garaklar va ijtimoiy loyihalarga jalb etilishiga bevosita bog‘liqdir. Shu bois, ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini takomillashtirish yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni komil inson va haqiqiy vatanparvar shaxs sifatida kamol toptirishning muhim omillaridan biri sifatida qaraladi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar — bu “ma’naviyat” va “ma’rifat” tushunchalarining uzviy bog‘liqligiga asoslangan faoliyat turi bo‘lib, ushbu ikki yo‘nalishning uyg‘un holda olib borilishini nazarda tutadi. Mazkur yondashuvga ko‘ra, ma’naviyat mavjud bo‘lgan muhitda ma’rifat zarur sanaladi, xuddi shuningdek, ma’rifat mavjud bo‘lgan joyda ma’naviyatga ehtiyoj tug‘iladi. Demak, ma’naviy-ma’rifiy ishlar mazmunan insonning ichki dunyosini boyitish va uni bilim bilan quvvatlashga qaratilgan kompleks jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. (2-jadvalga qarang) 2-Jadval Talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashkil etish va boshqarishda bilim bilan ta’minlash va kunikmalarni shakllantirish zarur. Tadbirlarni o‘tkazishda rejalar tuzulishi, shu asosda ishlar amalga oshirilishi, rejalarni milliy qadriyatlar, davlat ramzlari kuni, milliy va xalqaro bayramlar, buyuk bobolarimizning hayoti va ijodi, yoshlarni, ma’naviy-axloqiy Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tushunchasi Ma’naviyat Ma’rifat Inson qalbining ezgulikka yo‘naltirilgan bo‘lishi, uning mustahkam irodasi, bardoshliligi, yuksak axloqiy fazilatlari, odobaxloq me’yorlariga rioya qilishi, sadoqatli bo‘lishi va insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etishi barkamol shaxs shakllanishining muhim ko‘rsatkichlaridandir. Bu jarayon shaxsning intellektual salohiyati va tafakkur doirasining kengayib borishini, ilmiy dunyoqarashi, tahliliy fikrlash qobiliyati va mustaqil o‘rganishga bo‘lgan ichki ehtiyoji bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, barkamol shaxs shakllanishi hamda jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omil
3 62 4 7.2 tarbiyalash ishlari, sport musobaqalari, madaniy kechalar, kitobxonlikni targ’ib etish, hududiy va global muammolar mavzulari asosida yaratish maqsadga muvofiq boladi. Ta’lim sohasida belgilanib olingan maqsad va vazifalar, amalga oshirilayotgan islohatlar negizida oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalarin qayta korib chiqish zarur hisoblanib endi talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ishtirokchilari emas aynan bu ishlarning tashkilotchilari etib tarbiyalash shu yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligin orttirishga erishiladi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni bosqishma-bosqish olib borishni taklif qilamiz. 3-jadval Ilmiy izlanishlar va mavjud adabiyotlar tahliliga asoslanib, talabalarni ma’naviyma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarishga tayyorlash jarayonida talabalar yoshiga xos psixologik-pedagogik xususiyatlar, shaxsiy qobiliyat va izlanishlar, intelektual va kommunikativ imkoniyatlar, mavjud bilim va ko‘nikmalar hamda jamoa bilan samarali muloqot o‘rnata olish salohiyati etiborga olinishi zarur. Shu omillar asosida shakllantirilgan tarbiyaviy faoliyat, bir tomondan talabaning ichki ehtiyoj va ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini mustahkamlaydi, ikkinchi tomondan, ularni mustaqil tarzda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan yetakchi shaxs sifatida boyaga etkazishga xizmat qiladi. Natijada talabalar faqatgina ma’naviy bilimlarni egallabgina qolmay, balki ularni amaliyotga tatbiq eta oladigan, jamoa oldida tashabbus ko‘rsata oladigan, ijtimoiy faol va ongli fuqaroga aylanishadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PQ-4307-sonli Qarori. 3. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Т.: “ЎЗБЕКИСТОН” нашриёти, - 2016 й. - 59 Б., 14-б 4. Абу Наср Фаробий. Фозил одамлар шаҳри. – Т.: “Янги аср авлоди” нашриёти, -2016 й. - 320 Б., 281-б 5. Зуннунов А. Педагогика тарихи. – Т.: “Шарқ” нашриёти, -2004 й. -335 Б., 266-б
3 63 4 7.2 6. Xodjaev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T.: “Sano-standart” nashriyoti, -2017 y. -418 B., 205 b 7. Джураев Р.Х., Турғунов С.Т., Таълим менежменти. – Т.: “Voris nashriyot” нашриёти, -2006 й. - 264 Б., 63-б. 8. Қадиров Қ.A. Ўзбекистон тараққиётининг янги босқишида олий таълим муассасалари ғоявий тарбия тизимини модернизациялаш: педагогика фанлари бўйича доктори (DSc). … дисс. Автореф. – Нукус, - 2024. – 37 B., 24-б.