PEDAGOGIKA, RUHSHUNOSLIK(PSIXOLOGIYA) VA INNOVATSIYALAR ORQALI BOSHLANG'ICH TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH
Abstract
This scientific article discusses the issues of innovative activities of educational institutions, the development of innovative education, trends and prospects, the implementation of innovative activities in the development of innovative education, along with the creation of an innovative environment in the system of continuing education in the country.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 46 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us PEDAGOGIKA, RUHSHUNOSLIK(PSIXOLOGIYA) VA INNOVATSIYALAR ORQALI BOSHLANG‘ICH TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 4-kurs Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 9BT-22 guruh talabasi Fayzullayeva Yulduz ANNOTATSIYA Ushbu ilmiy maqolada Respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimida innovatsion muhitning yaratilishi barobarida ta'lim muassasalarining innovatsion faoliyatini, innovatsion ta'limning rivojlanishi, tendentsiyalar va istiqbollari, innovatsion ta'limni rivojlantirishda innovatsion faoliyatni amalga oshirish masalalari haqida fikr yuritilgan. Kalit so'zlar: innovatsiya, innovatsion muhit, innovatsion faoliyat, innovatsion ta'lim, innovatsion tendentsiyalar, ilm-fan, ta'lim tizimi. АННОТАЦИЯ В данной научной статье рассматривается инновационная деятельность образовательных организаций в контексте создания инновационной среды в системе непрерывного образования нашей республики, развитие, тенденции и перспективы инновационного образования, а также реализация инновационной деятельности в развитии инновационного образования. Ключевые слова: инновации, инновационная среда, инновационная деятельность, инновационное образование, инновационные тенденции, наука, система образования. ABSTRACT This scientific article discusses the issues of innovative activities of educational institutions, the development of innovative education, trends and prospects, the implementation of innovative activities in the development of innovative education, along with the creation of an innovative environment in the system of continuing education in the country. Keywords: innovation, innovative environment, innovative activity, innovative education, innovative trends, science, education system. O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 2020 yil 6 noyabrdagi PF -6108-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida mamlakatimizda ta'lim muassasalarining innovatsion faoliyatini joriy etish xususiyatlari, uning ahamiyati va zaruriyatidan kelib chiqqan holda vazifalar belgilangan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884-sonli qarorida ta'lim sifatini oshirish masalalari bo'yicha vazifalar uzluksiz ta'lim tizimining har bir bo'g'ini uchun alohida ajratib ko'rsatilgan bo'lib, bu vazifalarni amalga oshirishda ta'lim texnologiyalarini qo'llash asosida o'qitish jarayonini tashkil etish ham o'z ahamiyatiga ega. Amaliyotga joriy etiladigan innovatsiyalar jamiyat tomonidan e'tirof etilishi oqibat natijada vujudga keladi. Bu xususda quyidagi global tendentsiyalarni alohida ko'rsatib otamiz: 1.Ta'lim tizimini demokratlashtirish, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida uzluksizlik va uzviylikni ta'minlash, ta'lim muassasalari mustaqilligini mustahkamlash.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 47 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us 2.Aholining barcha qatlamlari uchun ta'lim olishga teng imkoniyatlar yaratish. 3.Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ta'lim oldiga yangi vazifalar qo'yishi. Kasb o'rganish uchun ta'lim olish bilan birga kelajakda ishlash uchun emas, balki o'z shaxsiy ehtiyoji uchun ta'lim olishning rivojlanib borishi va boshqalar. Milliy ta'lim tizimlari innovatsion faollik ular faoliyatiga ta'sir kursatib kelmoqda, ular birbiridan taraqqiyot darajasi, maqsad va vazifalari, milliy va tarixiy xususiyatlari, an'analari, aholini qamrab olish darajasiga ko'ra keskin farqlanadi. Ta'lim tizimini rivojlantirish uchun mamlakatimizning ilmiy-texnik va innovatsion potentsialini barqaror saqlash xamda rivojlantirish zarur. Buning uchun quyidagi yunalishlar bo'yicha choratadbirlar amalga oshirilishi kerak: - mavjud konunchilikka innovatsion sohadagi faollikni yanada jadallashtirish uchun qulay shartsharoit yaratib beradigan yangi takliflar kiritish; - ilm-fanni rivojlantirish va innovatsiyalarni yaratish uchun, ilm-fan yutuklaridan keng ko'lamda foydalanish asosida innovatsion faoliyat sub'ektlarini va ulardagi faollarni qo'llab-quvvatlash; - yaratiladigan innovatsion loyihalarni ro'yobga oshirish bilan bog'lik bo'lgan barcha ishlarni muvofiqlashtirib boshqarib boradigan maxsus innovatsion guruhlarni yaratish; - bilimli, tajribali professional ilmiy-texnik xodimlari, olimlari va mutaxassislaridan tarkib topadigan innovatsion loyixalarni ishlab chiqib ularni ro'yobga oshirish bilan bog'liq chora-tadbirlarni rejalashtiradigan, keyinchalik ushbu faoliyatni boshqarib turadigan ta'lim muassasalariaro Forsayt markazlarini tashkil qilish. Innovatsion guruhlar faoliyat va undagi faollikani tartibga solish mexanizmlarini boshqaruv funktsiyalari orqali muvofiqlashtirib borish quyidagilarni amalga oshirishga bog'liq: - ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik istiqbollarni to'g'ri belgilash; - turli xil ilmiy izlanishlarni va innovatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo'ladigan mablag'larni akkumulyatsiyalash; - innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish; - innovatsiyalarni rag'batlantirish; innovatsion sohada raqobatchilikni kuchaytirish va ta'lim tizimidagi innovatsion faoliyatni amalga oshirishda salohiyatli kadrlar ta'minotiga ahamiyat berish; - ilmiy-innovatsion infratuzilmani shakllantirish; - amalga oshirilishi mo'ljallangan innovatsiyalarning ijtimoiy va iqtisodiy yo'nalishli bo'lishligini ta'minlash; - ta'lim tizimida innovatsion faoliyatning ijtimoiy mavqeini ko'tarish; - ta'lim tizimida innovatsion jarayonlarni regional mikyoslarda tartibga solish; XULOSA Innovatsiyalarni ta'lim jarayonlariga joriy etilishi natijasida ta'lim sifatiga ta'sir etishi hammaga ma'lum. Innovatsion guruhlarni tashkil etgan ta'lim muassasalari raqobatbardoshlikka ega. Bu esa o'z navbatida turli xil dasturlarni tashkil etishda va integratsiya qilinishida xizmat qiladi. Innovatsion guruhlarni tashkil etgan muassasalar - bu lider, ya'ni bu ta'lim muassasalarining faol ishtirokini bildirib, chet ellik hamkorlar bilan mustahkam tashqi munosabatlarni bildiradi. Bu - muassasalar qulay bo'lib, ya'ni xavfsizlikni ta'minlaydi va to'liq infratuzilma bilan (meditsina, sport, mediateka, psixolog - pedagogik kuzatuv, informatsion markaz va boshqalar) ajralib turadi. Bunda muassasalar innovatsion faoliyatni ham samarali yuritadi, ya'ni yangi tashkillashtirilgan
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 48 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us texnologiyalarni, yangi dasturlarni va uslublarni ishlab chiqadi. Biz bularni quyidagicha guruhlarga bo'lishimiz mumkin: Birinchi guruh: 1.Ta'lim maqsadi va mazmuniga oid innovatsiyalar; 2.Pedagogik jarayonda foydalaniluvchi metodlar, vositalar, usullar, texnologiyalarni o'zgartirishga qaratilgan innovatsiyalar; 3.Ta'lim va tarbiya shakllari va usullarini o'zgartirishga qaratilgan innovatsiyalar; 4.Ta'lim muassasasi rahbariyati, pedagoglar va ta'lim oluvchilar faoliyatini tashkil etish va boshqarishni o'zgartirishga qaratilgan innovatsiyalar; Ikkinchi guruh: 1.Yakka, muayyan ta'lim muassasasiga oid, o'zaro bir-biriga bog'liq bo'lmagan innovatsiyalar; 2.Kompleks holdagi, o'zaro bir-biriga bog'liq bo'lgan innovatsiyalar; 3.Tizimli, ta'lim tizimini to'liq qamrab olgan va barcha ta'lim muassasalariga tatbiq qilish mumkin bo'lgan innovatsiyalar. Uchinchi guruh: l.Mavjud tizim (o'quv rejalari, DTS, fan dasturlari)ni qisman o'zgartirish, rivojlantirish, takomillashtirishga qaratilgan innovatsiyalar; 2.Nisbatan chuqurroq o'zgarishlarga qaratilgan innovatsiyalar; 3.Tub islohotlarga qaratilgan innovatsiyalar. To'rtinchi guruh: l.Muayyan hududni zamonaviy kadrlarga bo'lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan innovatsiyalar; 2.Ijtimoiy buyurtmani qondirishga qaratilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan innovatsiyalar; 3.Inson haqidagi fanlarning yutuqlarini o'rganishga qaratilgan innovatsiyalar; 4.Ilg'or pedagogik tajribalarni tatbiq etishga qaratilgan innovatsiyalar; 5.Ta'lim muassasasi rahbariyati va pedagoglarning malakasini oshirib borish, ishga ijodiy yondoshuv, mas'uliyat va fidoyilikni tarbiyalashga qaratilgan innovatsiyalar; 6.Tajriba-sinov ishlari, yangiliklarni sinash uchun ma'lum bir ta'lim muassasalarida qo'llab ko'rib, ijobiy tajribalarni, yutuqlarni ommalashtirishga qaratilgan innovatsiyalar; 7.Ilg'or xorijiy tajribalar, jahondagi nufuzli ta'lim muassasalarining yutuqlarini joriy etishga qaratilgan etishga qaratilgan innovatsiyalar va boshqalar. Innovatsion ta'limni rivojlantirishda yuqorida ajratib ko'rsatilgan innovatsion faoliyatni amalga oshirish guruhlari eng maqbul variantlarni tanlashi, innovatsiyalarni unumli boshqarishi uchun zarur oid masalalarni hal etishi lozim. Innovatsion ta'limni rivojlantirishda, ta'lim tizimida innovatsiyalar xususida maqbul qarorlar qabul qilish, elektron axborot tizimini yaratish va undan unumli foydalanish masalalarini muvaffaqiyatli hal etish maqsadga muvofiq. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S. (2021). Xalqaro dastur talabalari asosida innovatsion ta'lim muhitini yaratish. Integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 1(02), 132-137. 2. Elmurzaeva, N. K., & Qorayev, S. B. (2021). Pedagogical Requirements for the Organization of the Educational Process in Specialized State Educational Institutions. Psychology and Education Journal, 58(1), 1078-1084.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 49 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us 3. Кораев, с. Б., & Жолдасов, И. С. (2021). Касб-хунар мактаблари фаолиятини амалий машгулотлар самарадорлигини ошириш оркали такомиллаштириш масалалари. Academic research in educational sciences, 2(2). 4. Adbujalilova, S. A., & Koraev, S. B. (2020). Талабалар илмий дунёкарашини шакллантиришда педагогик технологияларнинг урни. Academic research in educational sciences, (4). 5. Korayev, S. B. (2018). Recommendations on Effective Organizing Training and Production Complexes at Secondary Educational Institutions. Eastern European Scientific Journal, (2). 6. Караев, С. Б. (2018). Современные пути совершенствования учебно-производственных комплексов, специализированных на профессиональной подготовке учащихся. In Психология и педагогика на современном этапе (pp. 30-36). 7. Ernazarova, G. (2016). Development of training professional activity of vocational college students. Наука и Мир, 2(11), 100-102.