scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA BOLALAR ADABIYOTINING AHAMIYATI

Hayitova Muhabbat Shukrullayevna; Xoliqulova Nozima Shayzak qizi

Abstract

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda bolalar adabiyotining ahamiyati, vazifalari va metodik asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bolalar adabiyotining psixologik, ma’naviy va estetik rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Bundan tashqari, o‘quvchilarning yosh xuxusiyatiga qarab kitob tanlash, mavzularning rang-barangligi hamda o‘qituvchi, ota-onalar uchun kitobxonlikni shakllantirishga doir metodik tavsiyalar berilgan. Shuningdek, bolarning shaxs sifatida kamol topishida, milliy qadriyatlarini egallashda va dunyoqarashi shakllanishida kitobxonlikning muhim vosita ekanligi haqida so‘z boradi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 321 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA BOLALAR ADABIYOTINING AHAMIYATI Hayitova Muhabbat Shukrullayevna Samarqand davlat pedagogika instituti assistenti. Xoliqulova Nozima Shayzak qizi Samarqand davlat pedagogika institute talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17910977 Annotatsiya. Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda bolalar adabiyotining ahamiyati, vazifalari va metodik asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bolalar adabiyotining psixologik, ma’naviy va estetik rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Bundan tashqari, o‘quvchilarning yosh xuxusiyatiga qarab kitob tanlash, mavzularning rang-barangligi hamda o‘qituvchi, ota-onalar uchun kitobxonlikni shakllantirishga doir metodik tavsiyalar berilgan. Shuningdek, bolarning shaxs sifatida kamol topishida, milliy qadriyatlarini egallashda va dunyoqarashi shakllanishida kitobxonlikning muhim vosita ekanligi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: kitobxonlik, bolalar, barkamol avlod, tasavvur, tushuncha, qiziqish, qobiliyat, tavsiya. Аннотация. В данной статье рассматривается роль детской литературы в формировании читательской культуры у учащихся начальных классов, а также основные задачи и методические основы этого процесса. Анализируются психологические и возрастные особенности юного читателя, мнения педагогов, родителей и специалистов. Освещается тематический диапазон детской литературы, методические подходы к подбору книг для младших школьников и факторы, влияющие на их интерес к чтению. Кроме того, подчёркивается значимость развития читательской культуры у детей младшего школьного возраста и определяются ключевые критерии, стратегии и педагогические методы, направленные на повышение эффективности формирования устойчивой привычки к чтению. Ключевые слова: читательская культура, детская литература, учащийся, интерес, способность, рекомендация, воображение, восприятие. Annotation. This article examines the role of children’s literature in the formation of reading culture among primary school pupils, as well as the main tasks and methodological foundations of this process. Evaluates the psychological and age-related characteristics of the reader, drawing on the opinions of teachers, parents, and experts. It analyzes the thematic range of children’s literature, the methodological approaches used in selecting books for young readers, and the factors influencing pupils’ interest in reading. In addition, the paper highlights the significance of developing reading culture in primary school children and outlines the essential criteria, strategies, and teaching methods that enhance the effectiveness of fostering reading habits. Key words: reading culture, children’s literature, pupil, interest, ability, recommendation, imagination, perception. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 322 KIRISH. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning keskin rivojlanishi, internet va mobil qurilmalarga kirish imkoniyatining kengayishi bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunan o‘zgartirib, badiiy kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishning pasayishiga olib kelmoqda. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning ko‘proq tezkor axborotga, qisqa shakldagi ko‘ngilochar kontentga moyilligi ularning tafakkuri, tasavvuri hamda nutq madaniyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois bugungi kunda ta’lim tizimi oldida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishni yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish dolzarb vazifalardan biri sifatida kun tartibiga chiqmoqda. Bola shaxsining asosiy psixologik va ma’naviy poydevori aynan boshlang‘ich ta’lim davrida shakllanishi sababli, bu bosqichda o‘qitilayotgan badiiy adabiyotlar mazmuni, uslubi va tarbiyaviy yo‘nalishi alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti o‘quvchining tasavvurini kengaytiradi, obrazli tafakkurini rivojlantiradi, ezgulik, mehnatsevarlik, odob-axloq kabi ijtimoiy-axloqiy qadriyatlarni singdiradi. Eng muhimi, bolalarda kitobga nisbatan mehr, ehtiyoj va odat shakllanishiga zamin yaratadi. ASOSIY QISM. O‘zbekiston ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, xususan, “Yosh kitobxon”, “Kitob — ma’naviyat manbai” kabi respublika miqyosidagi dasturlar, maktab kutubxonalarining yangilanishi, bolalar uchun yangi badiiy asarlarning chop etilishi boshlang‘ich ta’limda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish masalasining bugungi kun dolzarbligini yana-da oshirmoqda. Biroq raqamli muhitning kuchli ta’siri, oilaviy kitobxonlikning sustligi, o‘quvchilarning o‘qish texnikasi va motivatsiyasidagi farqlar ushbu jarayonni murakkablashtirib, bolalar adabiyotidan maqsadli foydalanishni talab qilmoqda. Shu sababli mazkur maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda bolalar adabiyotining o‘rni va ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan yoritish, mavjud muammolarni tahlil qilish hamda samarali pedagogik yechimlarni taklif etishga qaratilgan. Barkamol insonning shakllanishi uning munosib kasbni egallashi jamiyat tarqqiyoti uchun baholi qudrat o‘z hissasini qo‘shib yashashi va shu orqali jamiyatda o‘zligini namoyon etishi ya’ni shaxsning kamol topishi nazarda tutiladi. Shuningdek, komillik sari intilish shaxsning kasbiy rivojlanishi bilan birgalikda yaxlit holda kechadigan va bir umr davom etadigan murakkab jarayoni hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda kitobxonlikning maqsadi yosh kitobxon o‘quvchi tarbiyasiga ta’siri haqida nazariy bilimlar berish, o‘zbek va rus adabiyoti haqida ma’lumot berish, bolalarning og‘zaki va yozma nutqini shakllantirish va rivojlantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Vazifasi sifatida esa boy adabiyotimiz namunalari bilan tanishtirish, kitobxonlik haqida nazariy bilimlar berish, ularni hayotga tatbiq qila olish, mustaqil fikrlay olish qobiliyatini shakllantirish, boshqalarga o‘z fikrlarini ifoda eta olish hamda eslab qolish ko‘nikmalarini shakllantirishini kiritishimiz mumkin [1]. Bugungi globallashuv jarayonida axborot oqimining keskin ortishi, raqamli vositalarning keng qo‘llanilishi yosh avlodning o‘qishga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirmoqda. Bunday sharoitda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish masalasi nafaqat ta’lim tizimi, balki jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti uchun ham g‘oyat dolzarb vazifaga aylanmoqda. Zero, bolaning dunyoqarashi, tafakkuri va nutq madaniyati aynan boshlang‘ich ta’lim bosqichida barqaror shakllanadi. Kitobga mehr uyg‘otish, mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish va badiiy asarlarni anglab o‘qish malakasini hosil qilishda bolalar adabiyotining o‘rni beqiyosdir. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 323 U nafaqat estetik didni tarbiyalaydi, balki axloqiy sifatlarni mustahkamlaydi, hayotiy tasavvurlarni boyitadi hamda bolalarda ijtimoiy-emosional kompetensiyalarni rivojlantiradi. Shuning uchun ham zamonaviy pedagogik yondashuvlar boshlang‘ich ta’limda badiiy adabiyotdan samarali foydalanishni taqozo etadi. Ayni paytda O‘zbekiston ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar — xususan, “Kitobxonlikni rivojlantirish” bo‘yicha dasturlar, yangi adabiyotlar nashri, maktab kutubxonalarini boyitish jarayonlari — yosh kitobxonlarni tarbiyalashning mazmun va mexanizmlarini yangicha talqin etishni talab qilmoqda. Bu esa bolalar adabiyotining tarbiyaviy va ta’limiy imkoniyatlarini chuqur o‘rganish, uning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishdagi rolini ilmiy asoslash zaruratini yuzaga keltirmoqda. Shu ma’noda mazkur maqola bolalar adabiyotining o‘quvchilar kitobxonlik madaniyatiga ta’sirini tahlil qilish, uning samarali qo‘llanish mexanizmlarini asoslash hamda boshlang‘ich ta’lim jarayonidagi metodik ahamiyatini yoritishga qaratiladi [2]. Kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda kitob tanlash g‘oyat muhimdir. Bolajonlarimizga kitob tanlashda bir nechta jihatlariga e’tibor qaratish lozim. Xususan, kitob tanlashda uning tarbiyaviy maqsadi, asarlar janrining xilma-xilligi o‘quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi, kitobxonning qiziqishi hamda mavsumiyligi hisobga olinadi. Umuman olganda kitobni to‘g‘ri tanlash o‘quvchilarda kitobxonlikka nisbatan yanada chanqoq bo‘lishlariga zamin yaratadi. Bolalarda kitobxonlikni shakllantirishda ota-ona va o‘qituvchining o‘rni beqiyosdir. Otaonalar farzandlari uchun o‘quv muhitini yaratishi, birgalikda kitob mutolaa qilishi, bolalar kitobxonligini yanada rivojlantiradi, o‘stiradi. O‘qituvchi va ota-onalar bolalarda kitobxonlikka muhabbat uyg‘otishi, kelajakda uning barkamol avlod bo‘lib yetishishiga zamin hozirlaydi [3]. Bolalar kitobxonligida bolalar adabiyotining xilma-xilligi, boy kitoblar olami, turlitumaniligi diqqatimizni tortadi. Bolalar adabiyotida o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari turlitumandir. Ushbu kitoblar bolalarning dunyoqarashini yanada boyitadi. Ularning bir nechtasini misol tariqasida keltirib o‘taman. Mumtoz adabiyot namunalaridan Alisher Navoiy, Sa’diy She’roziy, Muhammad Sharif Gulxaniy yaratgan asarlar; milliy uyg‘onish adiblari (Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Mahmudxo‘ja Behbudiy) yaratgan asarlar; mustaqillik adabiyoti namoyonlari Quddus Muhammadiy, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Zafar Diyor, Tursunboy Adashboyev, Kavsar Turdiyeva kabi adiblarimizni keltirishimiz mumkin [4]. Shu jumladan, Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodiga alohida to‘xtalish joiz. Yozuvchining yumorga boyligi, kuchli iste’dod egasi ekanligi, oddiy vaziyatlardan ham kulgi bilan chiqa olishi uning asarlarini yana o‘qishli bo‘lishiga zamin yaratgan. Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sir ochildi”, “Aka-uka Omonboy va Davronboylarning sarguzashtlari”, “Shirin qovunlar mamlakati yoxud sehrgarlar jangi”, “Quyonlar saltanati”, “Besh bolali yigitcha”, “Sariq devni minib” kabi asarlarining yuzaga kelishi o‘zbek bolalar adabiyotining yutug‘i hisoblanadi [5]. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish jarayoni bolalarning intellektual, ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishida hal qiluvchi omil bo‘lib, bu jarayonda bolalar adabiyoti asosiy pedagogik vosita sifatida alohida ahamiyatga ega. Bolalar adabiyoti mazmunining sodda, tasvirlarining yorqin, qahramonlarining yaqin va tushunarli boʻlishi yosh oʻquvchilarning oʻqishga boʻlgan tabiiy qiziqishini qo‘llab-quvvatlaydi hamda o‘qish jarayonini emotsional jihatdan mazmunli qiladi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 324 Aynan shu xususiyatlar orqali bolalar adabiyoti o‘quvchida mustaqil mutolaa ko‘nikmasini, matnni idrok etish, tahlil qilish va xulosa chiqarish kabi asosiy kompetensiyalarni shakllantiradi. Shuningdek, bolalar adabiyoti orqali o‘quvchi real hayotiy holatlar, ijobiy qahramonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishadi, bu esa unda axloqiy me’yorlar, ona Vatanga muhabbat, mehr-shafqat, hamkorlik, mas’uliyat kabi fazilatlarning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Badiiy matnlar bilan ishlash jarayonida o‘quvchining tasavvuri kengayadi, so‘z boyligi ortadi, nutq madaniyati rivojlanadi va ijodiy fikrlash jarayoni faollashadi. XULOSA. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish bugungi kunda nafaqat pedagogik jarayonning muhim tarkibiy qismi, balki yosh avlodning ma’naviy kamoloti va intellektual rivojining asosiy omillaridan biri sifatida qaralmoqda. Bolalar adabiyoti nafaqat boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish qobiliyatlarini rivojlantirish, balki ularning shaxsiy kamoloti, milliy-ma'naviy qadriyatlarni egallashi va jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi uchun muhim omil hisoblanadi. Hozirgi raqamli muhitda bolalarning e’tibori ko‘proq elektron vositalarga qaratilayotgani kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish vazifasini yanada dolzarb qilmoqda. Shu bois bolalar adabiyotining o‘quvchilar hayotiga muntazam kirib borishini ta’minlash, o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodlardan foydalanish zarur hisoblanadi. Umuman olganda, boshlang‘ich sinf davrida bolalar adabiyotidan samarali foydalanish kelajak yosh kitobxonning ma’naviy, intellektual va madaniy kamolotini shakllantirishga xizmat qiluvchi ishonchli poydevor bo‘lib, ta’lim jarayonining sifat va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. To‘xliyev B, Murodov Q “Bolalar adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi”. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020. 2. G.K.Raximova. “Bolalar adabiyoti”. Darslik Samarqand davlat chet tillar instituti nashriyoti, Samarqand 2025. 3. Qodirov A “Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarini o‘qitish metodikasi”. – Toshkent. 2018. 4. Nazarova R “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”. – Toshkent: Innovatsiya, 2021. 5. www.kitobxon.uz — Zamonaviy o‘zbek bolalar adabiyoti manbalari.