Full text
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 348 IJTIMOIY BARQARORLIK SARI: XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI VA OILAVIY MUSTAHKAMLIKNI UYG‘UNLASHTIRISH ORQALI TAZYIQSIZ JAMIYAT MODELI Berdiyeva Nargiza «Til va adabiyot.uz» elektron ilmiy-metodik jurnali bosh muharriri https://doi.org/10.5281/zenodo.17911140 Annotatsiya. Mazkur maqolada jamiyat barqarorligini ta’minlashda xotin-qizlarning faolligi va oilaviy mustahkamlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilmiy asosda tahlil qilinadi. Unda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish hamda ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida talqin etiladi. Oilaning mustahkamligi jamiyat barqarorligining poydevori ekani, ayniqsa ayollarning iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida tazyiqsiz ijtimoiy muhitni shakllantirish mumkinligi asoslab beriladi. Jumladan, maqolada innovatsion yondashuvlar asosida zo‘ravonlikka qarshi profilaktik choralar, ayollarning liderlik salohiyatini rivojlantirish va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari suriladi. Kalit so‘zlar: xotin-qizlar faolligi, oilaviy barqarorlik, tazyiqsiz jamiyat, gender tenglik, ijtimoiy barqarorlik, zo‘ravonlikka qarshi profilaktika, innovatsion ijtimoiy model. Bugungi kunda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jamiyat barqarorligini taʼminlash, inson qadri va shaʼnini ulugʻlash, ayniqsa xotin-qizlarning ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayotdagi rolini tubdan yuksaltirishga qaratilgan yangi bosqichga kirdi. “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi”, “Harakatlar strategiyasi” va “2022–2026 yillarga moʻljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da xotin-qizlarga nisbatan har qanday tazyiq va zo‘ravonlikka murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning jamiyatdagi faolligini kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilandi. Mazkur strategik hujjatlar doirasida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori hamda 2023-yilda qabul qilingan gender tenglik bo‘yicha milliy dasturlar jamiyatda tazyiqsiz va adolatli ijtimoiy muhit yaratishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamladi. Shu bilan birga, bugungi kunda gender tengligi va oilaviy barqarorlikni ta’minlash sohasida hali ham dolzarb bo‘lib qolayotgan muammolar mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiysi – xotin-qizlarga nisbatan psixologik, iqtisodiy va jismoniy zo‘ravonlik holatlarining davom etayotganidir. Raqamlar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy muhofaza tizimi mavjud bo‘lishiga qaramay, ayrim hududlarda zo‘ravonlikka qarshi profilaktik choralar yetarli darajada samarali natija bermayapti. Shu munosabat bilan davlat tomonidan “Nol darajadagi murosasizlik” tamoyili joriy etilib, ayollarni himoya qilish bo‘yicha himoya orderlari tizimi yo‘lga qo‘yildi, hududlarda “Ayollar daftari” va “Temir daftar” orqali manzilli yordamni kuchaytirish choralari ko‘rilmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, jamiyat barqarorligini ta’minlash jarayonida faqatgina huquqiy asoslarni yaratish emas, balki oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ayollarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, ularning ijtimoiy ongi va liderlik salohiyatini rivojlantirish zaruriy
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 349 ehtiyojga aylanmoqda. Ana shunday murakkab sharoitda xotin-qizlar faolligini oilaviy barqarorlik bilan uygʻunlashtirish orqali tazyiqsiz jamiyat modelini yaratish nafaqat ijtimoiy barqarorlikni taʼminlaydi, balki Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining strategik maqsadlariga erishishda asosiy omil sifatida namoyon bo’ladi. Shu ma’noda xotin-qizlarning jamiyat barqarorligi va oilaviy farovonlikdagi o‘rni chuqur tahlil qilinishi hamda islohotlar mazmunini amaliy natijalar bilan uyg‘unlashtiruvchi innovatsion yondashuvlar takliflari ishlab chiqilishi o‘rinlidir. O‘zbekistonda jamiyat barqarorligini ta’minlash va inson kapitalini rivojlantirishda xotinqizlarning tutgan o‘rni strategik ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Inson qadri uchun” tamoyili negizida olib borilayotgan islohotlar nafaqat ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida ayollar faolligini oshirishga qaratilgan, balki ularni har qanday tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni ham davlat siyosati darajasiga olib chiqmoqda. Ushbu jarayonda oilaning mustahkamligi barqaror jamiyatning poydevori bo‘lib, uning barqarorligi va farovonligida ayollarning iqtisodiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi hal qiluvchi omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini kamaytirish maqsadida respublikamizda himoya orderlari amaliyotga joriy qilindi, gender tenglik bo‘yicha milliy harakat dasturi ishlab chiqildi, oilaviy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha kompleks profilaktik mexanizmlar yo‘lga qo‘yildi. Bu orqali nafaqat zo‘ravonlik oqibatlarini bartaraf etish, balki uning kelib chiqish sabablari bilan kurashishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ta’lim, bandlik, iqtisodiy faollik, davlat boshqaruvi organlarida ayollar ulushini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat barqarorligini ta’minlashda ayollarning liderlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhim yo‘nalishlardan biridir. Ayollarning siyosiy va ijtimoiy jarayonlarda faol ishtiroki ularning huquqiy madaniyatini yuksaltiradi, ijtimoiy adolat tamoyillarining hayotga tatbiq etilishida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birga, ayollarning iqtisodiy mustaqilligi oilaning moddiy barqarorligini ta’minlaydi, bu esa o‘z navbatida ijtimoiy beqarorlik va nizolar yuzaga kelishining oldini oladi. Oilani mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan davlat siyosatining amaliy natijalari shuni ko‘rsatadiki, xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi kuchaygan sari jamiyatda psixologik barqarorlik, o‘zaro hurmat va totuvlik muhitining qaror topishi tezlashmoqda. Bu esa Yangi O‘zbekistonni barqaror ijtimoiy taraqqiyot sari yetaklaydigan muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayolning oiladagi obro‘si, jamiyatdagi mavqei va davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlar uyg‘unlashganda, tazyiqsiz, farovon va barqaror jamiyatni shakllantirish imkoniyati yanada mustahkamlanadi. Shunday qilib, asosiy masala – xotin-qizlar faolligini oilaviy barqarorlik bilan integratsiya qilish orqali ijtimoiy muhitda nol darajadagi murosasizlik tamoyilini qaror toptirishdan iborat bo‘lib, bu O‘zbekistonning milliy taraqqiyot strategiyasi doirasida dolzarb va ustuvor yo‘nalish sifatida e’tirof etilmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, jamiyat barqarorligini ta’minlash va tazyiqsiz ijtimoiy muhitni shakllantirish borasida olib borilayotgan islohotlarning natijadorligi bevosita ularning amaliyotda qanday tatbiq etilayotgani bilan belgilanadi. Xususan, yuqorida keltirilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, nafaqat mavjud muammolarni aniqlash, balki ularga yechim bo‘ladigan innovatsion mexanizmlarni ishlab chiqish zarurati dolzarb bo‘lib bormoqda. Shu sababli mazkur maqolada xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va oilaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan aniq
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 350 yo‘nalishlar, huquqiy asoslar hamda amaliy mexanizmlar integratsiyalashgan holda taklif etiladi. Quyidagi jadval esa ushbu takliflarning ilmiy asoslanganligini, konferensiya mavzusiga to‘liq mos kelishini va jamiyat barqarorligiga xizmat qiluvchi kompleks yondashuv sifatida shakllanganini yaqqol ifodalaydi: Muammo yo‘nalishi Dolzarb masala Milliy islohotlar va hujjatlar asosida tahlil Innovatsion yondashuv Amaliy taklif Zo‘ravonlikka qarshi kurash Ayollarga nisbatan psixologik va iqtisodiy tazyiqlar davom etmoqda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, himoya orderlari tizimi Raqamli monitoring platformasi, 24/7 onlayn yordam tizimi Har bir hududda “Tazyiqsiz hudud” raqamli markazini joriy etish Oila barqarorligi Oilaviy nizolar va ajrimlar soni oshib bormoqda Taraqqiyot strategiyasi, Oila kodeksi islohotlari Oilaviy mediatorlar tayyorlash, “Raqamli oila diagnostikasi” Oilalarda profilaktik psixologik xizmatlarni majburiy bosqich sifatida joriy etish Ayollar liderligi Ayollarning davlat boshqaruvidagi ulushi yetarli emas Gender tenglik milliy dasturi, kvotalar joriy etilishi “Ayol liderlar maktabi”, mentoring tizimi Har bir vazirlikda ayol kadrlar uchun alohida karera ko‘tarilish yo‘lagi yaratish Iqtisodiy faollik Ayollarning moliyaviy mustaqilligi past Prezidentning ayollar bandligini oshirish bo‘yicha qarorlari Startap grantlari, onlayn biznes platformalari “Ayol tadbirkorlar klasteri” tashkil etish va soliq imtiyozlari berish
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 351 Ijtimoiy faollik Ayollarning muammolarni jamoatchilik darajasida ko‘tarish mexanizmi sust “Ayollar daftari”, mahallabay tizim Jamoatchilik kengashlarida ayollar ulushini oshirish Har bir mahallada “Ayollar tribunasini” yo‘lga qo‘yish Yuqoridagi jadval va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularni zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda oilaviy barqarorlikni ta’minlash borasida taklif etilgan innovatsion yondashuvlar nafaqat nazariy ahamiyatga, balki amaliy samaradorlikka ham ega. Jamiyat hayotida ayollarning liderlik salohiyati kuchaygan sari iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy totuvlik va ma’naviy yuksalish jarayonlari tezlashadi. Zero, mustahkam oila – barqaror jamiyatning asosiy tayanchi, faol ayol esa ushbu barqarorlikni ta’minlaydigan kuchdir. Shu nuqtai nazardan, profilaktik choralarni kuchaytirish, raqamli va institutsional innovatsiyalar asosida tazyiqsiz ijtimoiy modelni shakllantirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining poydevoriy yo‘nalishiga aylanmoqda. Mazkur maqolada ilgari surilgan takliflar ijtimoiy tizimda o‘zaro uzviylikni ta’minlab, gender tenglik va oilaviy farovonlikni uyg‘unlashtirish orqali jamiyatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Demak, xotin-qizlar faolligini davlat va jamiyat manfaatlari bilan integratsiyalashgan holda qo‘llab-quvvatlash – kelajak avlodlar istiqboli va taraqqiyot kafolatidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: Adolat, 2023. – 68 b. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonuni. “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”. – Toshkent: 2019-yil 2-sentabr, №ЗРУ-561. 3. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022. – 432 b. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori: “Ayollarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – Toshkent, 2021-yil 2-fevral, PQ-5006. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni: “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”. – Toshkent, 2022yil 28-yanvar, PF-60. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori. “Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”. – Toshkent, 2023-yil 15-may, VMQ225. 7. Gender tenglikni ta’minlash milliy dasturi. – Toshkent: Oila va jamiyat ilmiytadqiqot instituti, 2021. – 120 b. 8. Abdullaeva M. Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishda davlat siyosatining o‘rni // “Ijtimoiy fanlar” jurnali. – Toshkent, 2023. – №4. – B. 45–52. 9. Jalilova D.U.; Rasulova R., Qurbonova E., Nurmamatova M. O‘zbekistonda ayollar fan va ta’lim rivojlanishida: imkoniyatlar va istiqbollar. International scientific journal Science and innovation special issue: “Transformation of education: The role of women in the development of science”, February 16, 2024. 581-583-betlar https://doi.org/10.5281/zenodo.10663629
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 352 10. Jalilova D.U., Xolmo‘minova S. Talabalarda gender madaniyati rivojlantirishning pedagogik tizimi. International scientific journal Science and innovation special issue: “Transformation of education: The role of women in the development of science”, February 16, 2024. 584-588-betlar https://doi.org/10.5281/zenodo.10663646 11. Jalilova D.U., Xolmo‘minova S. Ta’limdagi islohotlar kelajak poydevori. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INNOVATIVE APPROACHES IN STUDY OF THE LANGUAGE, LITERATURE, TRANSLATION, TOURISM AND CULTURAL HERITAGE ON THE SILK ROAD», MAY 3-4, 2024 10431045-betlar. https://doi.org/10.5281/zenodo.11099063 12. Jalilova D.U., Toshpo‘latova S. Ta’lim-tarbiyada kreativ muhitni yaratishda fanlararo aloqadorlik. NTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INNOVATIVE APPROACHES IN STUDY OF THE LANGUAGE, LITERATURE, TRANSLATION, TOURISM AND CULTURAL HERITAGE ON THE SILK ROAD», MAY 3-4, 2024. 1039-1042-betlar. https://doi.org/10.5281/zenodo.11099054 13. United Nations Development Programme (UNDP). Gender Equality Strategy Report. – New York: UNDP Publications, 2021. – 96 p. 14. World Bank Group. Women, Business and the Law 2023: A Decade of Reform. – Washington, DC: World Bank, 2023. – 142 p. 15. Karimova G. Jamiyat barqarorligida ayollarning iqtisodiy faolligi roli // “Iqtisodiyot va ta’lim”. – Toshkent, 2022. – №6. – B. 88–94.