scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DUO VA TILAK BIRLIKLARI: O'ZBEK BADIY MATNLARI ASOSIDA LINGVISTIK TAHLIL

Boymurotova Muattar Jaloliddinovna

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek badiiy matnlarida uchraydigan duo va tilak birliklarining lingvistik xususiyatlari, ularning semantik-pragmatik mohiyati, xalqning diniy-ma’naviy dunyoqarashi bilan bog‘liq jihatlari hamda poetik funksiyalari tahlil qilingan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 328 DUO VA TILAK BIRLIKLARI: O‘ZBEK BADIY MATNLARI ASOSIDA LINGVISTIK TAHLIL Boymurotova Muattar Jaloliddinovna Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti 6-2uzb25 guruhi talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17911618 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek badiiy matnlarida uchraydigan duo va tilak birliklarining lingvistik xususiyatlari, ularning semantik-pragmatik mohiyati, xalqning diniyma’naviy dunyoqarashi bilan bog‘liq jihatlari hamda poetik funksiyalari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: duo, tilak, badiiy matn, lingvistik xususiyat, semantik-pragmatik tahlil, diniyma’naviy dunyoqarash, poetik funksiya, milliy mentalitet Аннотация. В данной статье проанализированы лингвистические особенности единиц молитвы и пожеланий, встречающихся в узбекских художественных текстах, их семантико-прагматическая сущность, связь с религиозно-нравственным мировоззрением народа, а также их поэтические функции. Ключевые слова: молитва, пожелание, художественный текст, лингвистические особенности, семантико-прагматический анализ, религиозно-нравственное мировоззрение, поэтическая функция, национальный менталитет Abstract. This article analyzes the linguistic features of prayers and well-wishing units found in Uzbek literary texts, their semantic-pragmatic nature, their connection with the religious and moral worldview of the people, as well as their poetic functions. Keywords: prayer, well-wishing, literary text, linguistic features, semantic-pragmatic analysis, religious and moral worldview, poetic function, national mentality. Kirish. Duo va tilak birliklari o‘zbek tili madaniyatida qadimdan mavjud bo‘lgan va xalqning turmush tarzi, diniy e’tiqodi, qadriyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan nutq birliklaridir. Ular nutq jarayonida ezgu niyat bildirish, ruhiy qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy tasalli berish kabi vazifalarni bajaradi. Badiiy matnlarda esa duo va tilaklar obraz yaratish, personaj ruhiy dunyosini ochish, emotsional fonni kuchaytirish kabi estetik funksiyalarni bajaradi. Tilshunoslikda duo-tilaklar pragmalingvistika, nutq aktlari nazariyasi, etnolingvistika, matn lingvistikasi doirasida muhim o‘rin tutadi. Ular asosan optativ ma’no, iltijo, istak, umid kabi semantik komponentlarga ega. Duo va tilak birliklarining lingvistik xususiyatlari: a) Tilak mazmunini bildiruvchi so’zlar “Bo‘lsin”, “qilsin”, “yetkazsin”, “ko‘rsin”, “asrasin” kabi fe’llar. Misol: — Aylanay, oyimposhsha, shu arizani eringizga berib qo‘ying. Nohaqdan bola-bechoraga zulm qilayotirlar... Aylanay, bolam, orzuhavasingizga yeting, bola-chaqa ko‘ring, tilagingizni bersin Xudoyim! [7] b) Modal ifodali birliklar “Inshoolloh”, “nasib bo‘lsa”, “Xudo xohlasa”, “iloji bo‘lsa”. Misol: “Ha, nasib etsa, bir kun kiyarmiz.”[7] ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 329 c) Baraka va ezgu umid bildiruvchi formulalar “Omad tilayman”, “barakoting ziyoda bo‘lsin”, “yo‘ling ochiq bo‘lsin”, “xudo rozi bo‘lsin”. d) Arxaik shakllar Folklor va mumtoz adabiyotda: “Umring baxtiyor bo‘lg‘ay”, “Ko‘ngling dildor bo‘lg‘ay”. Duo-tilaklarning semantik turlari orasida diniy mazmundagi duolar alohida ahamiyatga ega. Bunday duolarda Xudo, taqdir yoki boshqa ilohiy kuchlarga murojaat qilinadi, bu esa ularning mazmunini ruhiy va axloqiy yo‘nalishga yo‘naltiradi. Shu tariqa, diniy duo-tilaklar nafaqat individual ibodat yoki istak ifodasi sifatida, balki badiiy matnlar orqali milliy madaniyat va diniy qadriyatlarni aks ettiruvchi vosita sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi.Misollar: “Xudo panohida asrasin, o’g’lim! Boshing toshdan bo’lsin!”[7]. Dunyoviy tilaklar Asosan ezgu niyat, ruhlantirish, rag‘bat, quvonch ifodasi. Misol: “Barcha shodlik senga bo’lsin, bor sitam, zorlik menga.” [7]. Estetik-poetik tilaklar She’riyatda ko‘proq obrazli shaklda uchraydi. Misollar: “Uch balodan saqlasin, Charxi balokash bo’lmasin, Do’st mehrsiz’ dardsi ulfat, Yor jafokash bo’lmasin.” [10] Duo va tilaklarning pragmatik funksiyalari o‘zbek badiiy matnlarida kommunikativ va ijtimoiy-madaniy jihatlarni o‘zida mujassam etadi. Ular nutq ishtirokchilari o‘rtasidagi ijtimoiy aloqani mustahkamlash, tasalli berish va ruhiy rag‘batlantirish kabi vazifalarni bajaradi. Shuningdek, duo va tilaklar hurmatni ifodalash, mehr-muhabbat oqimini aks ettirish va insonlar o‘rtasida iliq munosabatlarni rivojlantirish vositasi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Shu tariqa, duo va tilaklar nafaqat individual nutq aktlari sifatida, balki jamiyatning madaniy va axloqiy qadriyatlarini mustahkamlovchi kommunikativ vosita sifatida ham ahamiyat kasb etadi. Duo-tilaklar o‘zbek xalqining axloqiy qarashlarini, diniy e’tiqodini, oila markazidagi munosabatlarini, marosim madaniyatini aks ettiruvchi lingvokulturologik birliklardir. Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asarida duolar ko‘pincha ona obrazining mehrmuhabbati orqali beriladi. — Xudo yetkazadi, albatta! Shunda ham bandasi harakat qilsa, qimirlasa yetkazadi-da! Xudo «sabab»ni hal qilgan emasmi, axir? Eshonoyim bir kun Eshon so‘fidan o‘qib berib, kasb-korning farzligini aytdilar-ku! [6]— bu yerda ezgulik va umid uyg‘un keladi. O‘tkir Hoshimov asarlarida: “Dunyoning ishlari”da - Vahima qilmang, poshsha, dardni bergan Xudo, davosiniyam beradi[7]. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 330 — pragmatik jihatdan tasalli va ardoqning ifodasi. Erkin Vohidov she’riyatida: Bu gulshan uyingiz muborak bo'lsin, Muhabbat to'yingiz muborak bo‘lsin [10]. — poetik tilak, milliy g‘oya bilan bog‘liq. Folklor matnlarida: To‘ymarosimlarda uchraydigan duo formulalari: “Ko‘payinglar, barakali bo‘linglar.” “Umringiz uzoq bo‘lsin.” Bu birliklar marosim nutqining tarkibiy qismidir. O‘zbek badiiy matnlarida duo va tilak birliklari lingvistik, semantik, pragmatik va estetik jihatdan muhim xususiyatlarga ega bo‘lib, milliy mentalitetni til orqali ifodalashda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Lingvistik jihatdan ular modal va formulaviy tuzilishga ega bo‘lsa, semantik jihatdan umid, ezgulik, iltijo va baraka mazmunlarini ifodalaydi. Pragmatik nuqtai nazardan, duo va tilaklar tasalli beruvchi, ruhlantiruvchi va mehr-muhabbatni yetkazuvchi nutq aktlari sifatida ishlatiladi. Estetik jihatdan esa ular badiiy obraz yaratish, emotsional fonni kuchaytirish va asarning milliy ruhini ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan, duo va tilaklar o‘zbek badiiy matnlarining mazmuni va ruhiyatini shakllantiruvchi, milliy mentalitetni aks ettiruvchi asosiy lingvistik vositalardan biri hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Abdullayev A. O‘zbek tili pragmatikasi. — Toshkent: Fan, 2019. 2. Jo‘rayev M. Matn lingvistikasi asoslari. — Toshkent: O‘qituvchi, 2016. 3. Mahmudov N., Sobirov A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020. 4. Rahimov M. Til va madaniyat: lingvokulturologiya masalalari. — Toshkent: Fan, 2018. 5. Eshmurodov A. Nutq aktlari nazariyasi va o‘zbek tili. — Samarqand, 2017. 6. Cho‘lpon. Kecha va kunduz. – Toshkent: “Sharq” - 2000. –B. 15-192. 7. O‘tkir Hoshimov. Dunyoning ishlari. Toshkent: “Yangi asr avlodi” – 2019. –B.19242.) 8. Erkin Vohidov. Dilda ishq daryochadir… (she’riy to‘plam). –Toshkent: “Ziyo nashr” – 2019. – B. 14-117. Toirova G. So‘zlashuv uslubida tejamlilikning pragmatic xususiyatlari. Таълим ва инноватцион тадкикотлар. Халкаро журнал. 2022№5,-Б57-60. 9. Toirova G.Establishment of a national corpus the uzbek language is a requirement of a new era. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). Vol 10, Issue9, September, 2021 10. Тоирова Г. Ўзбек тили миллий корпусни яратишда интерфейснинг аҳамияти. // Сўз санъати халқаро журнали, – Тошкент, 2020, № 3, – Б.100-105. 11. Тоирова Г. Лингвистик базани тузишда модуллаштиришнинг аҳамияти // Наманган давлат университети илмий ахборотномаси. –Наманган, 2021. – №3. -Б.377-386. 12. Toirova, G., & Hamroeva, N. (2020). The importance of linguistic models in the development of language bases. Sciences of Europe, (59-2 (59)), 57-63.