scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SOVET DAVRIDA O'ZBEKISTONDA DINIY E'TIQODLARNI MAFKURAVIY CHEKLASH SIYOSATI VA UNING OQIBATLARI

Turapova Mohidil Turdiyevna

Abstract

Ushbu maqolada Sovet Ittifoqining O‘rta Osiyo musulmonlariga nisbatan olib borgan diniy siyosati tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. 1917-yildan boshlab dastlabki pragmatik munosabat, 1920–1930-yillardagi keskin ateistik kampaniyalar, Ikkinchi jahon urushidan keyingi qisman yumshash va 1980-yillarda kuzatilgan diniy uyg‘onish jarayonlari yoritiladi. Masjid va madrasalarning yopilishi, ulamolarning ta’qib etilishi, diniy ta’limning izdan chiqarilishi hamda sovet diniy idoralarining faoliyati o‘rganilib, ushbu siyosatning mintaqa madaniy merosi va musulmon jamiyatining ma’naviy hayotiga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 344 SOVET DAVRIDA O‘ZBEKISTONDA DINIY E’TIQODLARNI MAFKURAVIY CHEKLASH SIYOSATI VA UNING OQIBATLARI Turapova Mohidil Turdiyevna Termiz davlat universiteti, Jahon tarixi kafedrasi t.f.b.f.d., PhD. Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17912101 Annotatsiya. Ushbu maqolada Sovet Ittifoqining O‘rta Osiyo musulmonlariga nisbatan olib borgan diniy siyosati tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. 1917-yildan boshlab dastlabki pragmatik munosabat, 1920–1930-yillardagi keskin ateistik kampaniyalar, Ikkinchi jahon urushidan keyingi qisman yumshash va 1980-yillarda kuzatilgan diniy uyg‘onish jarayonlari yoritiladi. Masjid va madrasalarning yopilishi, ulamolarning ta’qib etilishi, diniy ta’limning izdan chiqarilishi hamda sovet diniy idoralarining faoliyati o‘rganilib, ushbu siyosatning mintaqa madaniy merosi va musulmon jamiyatining ma’naviy hayotiga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Sovet Ittifoqi, O‘rta Osiyo, islom, ateizm, repressiyalar, masjidlar, diniy siyosat, madrasalar, diniy boshqarmalar. Аннотация. В данной статье на основе исторических источников анализируется религиозная политика Советского Союза в отношении мусульман Средней Азии. Освещаются начальный прагматичный подход после 1917 года, масштабные атеистические кампании 1920–1930-х годов, частичное смягчение после Второй мировой войны и процессы религиозного возрождения 1980-х годов. Изучены закрытие мечетей и медресе, преследование религиозных деятелей, разрушение системы исламского образования и деятельность советских религиозных управлений. Оценено воздействие этой политики на культурное наследие региона и духовную жизнь мусульманского общества. Ключевые слова: Советский Союз, Средняя Азия, ислам, атеизм, репрессии, мечети, религиозная политика, медресе, духовные управления. Abstract. This article analyzes the Soviet Union’s religious policy toward the Muslims of Central Asia based on historical sources. It examines the initial pragmatic approach after 1917, the intensive atheistic campaigns of the 1920s–1930s, the partial relaxation following World War II, and the religious revival observed in the 1980s. The study investigates the closure of mosques and madrasas, persecution of religious scholars, the dismantling of Islamic education, and the activities of Soviet religious administrations. The article evaluates the impact of these policies on the region’s cultural heritage and the spiritual life of its Muslim communities. Keywords: Soviet Union, Central Asia, Islam, atheism, repressions, mosques, religious policy, madrasas, religious administrations. XX asr boshlarida bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kelishi sobiq Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan barcha hududlar qatori musulmon aholisi ko‘pchilikni tashkil qilgan O‘rta Osiyo mintaqasining tarixiy taraqqiyotiga keskin ta’sir ko‘rsatdi. Bolsheviklar inqilobdan so‘ng sobiq imperiya hududlarini saqlab qolish orqali yagona ittifoq davlatini barpo etishni maqsad qilgan edi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 345 Ammo Islom qadimdan jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayotida markaziy o‘rin egallagan hududlarda kommunistik mafkuraning joriy etilishi tabiiy ravishda qarshiliklarga sabab bo‘ldi. Inqilobning dastlabki yillarida Sovet hokimiyati musulmonlar orasida mustahkam o‘rnashib ulgurmagani bois diniy an’analarga keskin zarba bermaslikka harakat qildi. 1917-yil 20noyabrda Lenin imzolagan “Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga” murojaati aynan shunday siyosiy ehtiyoj mahsuli edi. Unda musulmonlarning dinu e’tiqodi, urf-odatlari va muassasalarining “erkin va daxlsiz” ekani e’lon qilindi. Bu bayonot mahalliy aholini Sovet hokimiyatiga moyil qilish, ayni paytda musulmonlarning diniy tuyg‘ularini siyosiy maqsadlarda foydalanish zaruratidan kelib chiqqan edi. Bolsheviklar ayni davrda islomiy tashkilotlar bilan ochiq to‘qnashuvga kirishmadi. Sovet hokimiyati markazlashib, mustahkamlangan sari diniy hayotni cheklashga qaratilgan siyosat boshlab yuborildi. 1920-yillarning oxiridan boshlab partiya rahbariyati Islomni “aksilinqilobiy kuch” sifatida talqin qila boshladi. 1929-yilda L.M. Kaganovich tomonidan yuborilgan maxfiy ko‘rsatmalarda diniy tashkilotlar “xalqni orqaga tortuvchi, reaktsion kuch” sifatida ko‘rsatilgan. Shu hujjat mahalliy sovet organlari tomonidan masjidlar va madrasalarni yopish, diniy ulamolarni qamoqqa olish uchun “asosiy yo‘riqnoma” vazifasini o‘tadi. 1930-yillar Sovet tarixida eng shafqatsiz “din bilan kurash” davri bo‘ldi. 1930-yillar oxiriga kelib minglab masjidlar yopildi yoki vayron qilindi, turli manbalarda aytilishicha, faqat Turkiston hududining o‘zida 1929–1939-yillar orasida qariyb 14 ming masjid faoliyatdan to‘xtatildi, ko‘plab imomlar, mudarrislar, shayxlar “xalq dushmani” degan tamg‘a bilan qamoqqa olindi, qatl qilindi yoki Sibirga surgun qilindi. Diniy merosni yo‘q qilish siyosati doirasida arab yozuvidagi diniy kitoblar “reaksion adabiyot” sifatida ko‘rilib, ommaviy ravishda yo‘q qilindi. Bu harakat nafaqat Islomga qarshi kurash, balki mahalliy xalqning yozma madaniyatini, tarixiy xotirasini uzib tashlashni ham ko‘zlagan edi. Yopilgan masjidlar bir necha xil maqsadlarda foydalanildi: omborxona, ustaxona, kerosin do‘koni, ateizm muzeyi. Ba’zi joylarda madrasalar butunlay vayron etildi yoki qamoqxonalarga aylantirildi. Masalan, Qarshi shahridagi ayrim madrasalar 1920-yillar oxirida qattiq rejimli hibsxonalarga aylantirilgani haqida tarixiy ma’lumotlar mavjud. 1930-yillarning oxiriga kelib musulmonlar uchun mustaqil diniy ta’lim tizimi deyarli yo‘q qilindi. Faqat rasmiy nazorat ostidagi Musulmonlar diniy boshqarmalari orqali cheklangan hajmdagi diniy faoliyatga ruxsat berilgan. Sobiq Ittifoqda ularning to‘rttasi mavjud edi: O‘rta Osiyo va Qozog‘iston, Yevropa qismi va Sibir, Shimoliy Kavkaz va Dog‘iston, Kavkazorti (sunniy va shia musulmonlari uchun). Ammo ular Sovet hukumatining mafkuraviy filtridan o‘tgan, nazorat ostidagi idoralar bo‘lib, erkin diniy faoliyatga yo‘l qo‘ymagan. Ikkinchi jahon urushi yillarida Sovet hukumati ichki barqarorlik maqsadida diniy ta’qiblarni qisman yumshatdi. Natijada 1943-yilda O‘rta Osiyo musulmonlar idorasi tuzuldi. 1946yilda Buxoroda Mir Arab madrasasi qayta ochildi va 1980-yillargacha butun Sovet Ittifoqidagi yagona rasmiy islomiy o‘rta ta’lim muassasasi bo‘lib qoldi. 1970-yillarga kelib masjidlar soni 500 taga еtdi — bu 1917-yildagi 25 ming masjid bilan taqqoslaganda nihoyatda past ko‘rsatkich edi. Gorbachyovning “qayta qurish” siyosati davrida diniy cheklovlar asta-sekin bekor qilina boshladi: ba’zi masjidlar qayta ochildi, Qur’on o‘zbek tiliga tarjima qilinib chop etildi, musulmonlarning cheklangan tarzda chet elda tahsil olishi mumkin bo‘ldi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 346 Aynan shu davrda Sovet hududidagi musulmonlar soni 45–50 millionga еtgan edi, ammo rasmiy masjidlar soni hanuz 500 dan oshmasdi. Sovet hukumatining Islomga munosabati 1917–1991-yillar oralig‘ida bir necha bosqichlarni boshdan kechirdi. Dastlab siyosiy pragmatizm asosidagi murosachilik, keyin esa 1920-1930-yillarda misli ko‘rilmagan repressiyalar va diniy merosni yo‘q qilish siyosati hukm surdi. Urushdan keyingi davrda qisman yumshash bo‘lsa-da, diniy hayot qattiq nazorat ostida qoldi. 1980-yillar oxirida esa mintaqada islomiy uyg‘onishning dastlabki belgilari ko‘zga tashlana boshladi. Bu jarayonlar O‘rta Osiyo xalqlarining diniy, madaniy va ijtimoiy taraqqiyotiga chuqur iz qoldirdi. Ayniqsa, Islomni cheklash siyosati faqat diniy institutlarga emas, balki butun bir xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy an’analari va madaniyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Алимова, Д., Шодмонова, С. Из истории паломничества мусул'ман Сентрал'ной Азии в Мекку (конетс ХIХ – начало ХХI вв.) // Ўзбекистон тарихи. – 2011. – № 6. – С. 49– 61. 2. Odilov, A. Sovet hukumronligining dastlabki yillaridagi diniy siyosat tarixidan // O‘zMU xabarlari. – 2008. – № 2. – B. 62–63. 3. Olimiy, S. M. Buxoro – Turkiston beshigi / fors-tojik tilidan tarj. H. H. To‘rayev. – Buxoro : Buxoro nashriyoti, 2004. – 144 b. 4. Hayitov, Sh. O‘zbek muhojirligi tarixi. – Toshkent : ABV Matbuot Konsalt, 2008. – 208 b. 5. Jumayev, M. (2024). SURXONDARYO VILOYATIDAGI BA’ZI TOPONIMLAR VA ULARNING TAHLILI. Modern Science and Research, 3(12), 953-955. 6. Erkin oʻgʻli, J. M. (2023). TOPONOMIKANING ASOSIY BO'LIMLARI VA ULARNING TARIX UCHUN AHAMIYATI. Better Intellektual tadqiqotlar, 9 (2), 121125. 7. Jumayev, M. (2023). TARIXIY NOMLARNING MANBALARI VA TA’LIQNING ILMIY ASOSLARI. Zamonaviy fan va tadqiqotlar , 2 (10), 568-576. 8. Jumayev, M. (2023). SOURCES OF HISTORICAL NAMES AND SCIENTIFIC BASIS OF STUDY. Modern Science and Research, 2(10), 568-576.