scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlarining asosiy xususiytlari

Rajapov, Mardonbek

Abstract

Ushbu maqolada Qadimgi Xorazm hududida shakllangan mudofaa inshootlarining asosiy xususiyatlari, ularning arxitektura tuzilishi, funksional vazifalari va tarixiy rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Arxeologik tadqiqotlar, antik va o‘rta asr manbalaridan olingan ma’lumotlar asosida Xorazm vohasida vujudga kelgan qal’a, devor, minoralar, qo‘rg‘on va istehkomlarning hududiy-geografik sharoitga moslashgan jihatlari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, mudofaa tizimlarining irrigatsiya tarmoqlari, savdo yo‘llari va siyosiy markazlarni himoyalashdagi o‘rni ilmiy asosda yoritiladi. Maqola Xorazmning harbiy-arxitektura merosini chuqur o‘rganish, mintaqaning qadimgi davlat tuzilmalari va ularning xavfsizlik strategiyalarini anglash uchun muhim manba vazifasini bajaradi.

Full text

Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlarining asosiy xususiytlari UrDU Tarix fakulteti Tarix yo‘nalishi 2 -kurs magistranti Mardonbek Rajapov Vatanimiz hududi koplab arxeologik va qadimgi manzilgohlarga boy olka hisoblanadi. Qadim davrlardan bu hududlarda odamlarning manzilgohlari shakllanib to hozirgi kunga qadar ularning ko pchiligi saqlanib qolgan. Aholi yashaydigan manzilohlarni, shahar va qishloqlarni himoya qilish maqsadida mudofaa inshootlari qurilgan. Ilmiy tilda bunday turdagi binolarni fortifikatsiya deb atash ham mumkin. Umuman mudofaa maqsadida qurilgan har qanday binolarg fortifikatsiya atamasini qollaymiz. Arxeologik tadqiqotlar natijasidan shu narsa ma lumki, fortifikatsiya qurish an anasining boshlanish nuqtasi Bronza davriga borib taqaladi. Mudofaa istehkomlarining harbiy san'at darajasida qaror topishi taxminan mill. avv. I mingyilliklar o rtalariga to g ri keladi1. Aynan shu davrda muntazam burj va shinaklari bo' lgan harbiy istehkomlar qurila boshlangan. Dastlabki davrda mudofaa devorlar va minoralar u qadar mustahkam bo'lmagan. Devorlarni buzadigan harbiy qurollarning ixtiro qilinishi natijasida istehkom va minoralar mustahkam , devorlari esa qalin qilib qilib qurilgan. Asosiy qurilish materillari sifatida paxsa va xom g'ishtdan ishltilgvn bo'lib, yarim aylana va to'g'ri burchakli minoralar bilan mustahkamlangan. Harbiy arxitektura uzoq, muddat xizmat qiladigan harbiy istehkomlar tipiga oid bo‘lib, ulardan ko‘zlangan maqsad mudofaani, ayniqsa, davlatning strategik jihatdan muhim punktlari mudofaasini kuchaytirishdan iborat bo‘lgan. Shuning uchun biron-bir obyekt xavfsizligi to‘g‘risida qal’a devorini ko‘tarmasdan oldin, unga joy tanlashdayoq, puxta qilingan. Shu munosabat bilan bunday obyektlar binokorlari mudofaa inshootlari chegaralari sifatida tabiiy to‘siqlar (daryolar, kanallar, tepaliklar, g‘orlarning tik yonbg‘rirlari)dan 1 Д.Х Зияева - Узбекистонда харбий иш тарихидан Т.;«Шарк^>, 2012, 29-бет foydalanishga intilishgan. Joyning to‘gri tanlanishi qal’aning bir, ikki tomondan, bazida hamma tomondan himoya qilinishini ta’minlardi. Ustyurt terrasasidan birida joylashgan Katta Oybuyirqal’a uch tomondan devor bilan o‘rab olingan, jarga yondashgan to‘rtinchi - janubiy tomon esa tabiiy himoyaga ega bo‘lgani uchun devor yo‘q2. Arxeologiya ishi dalolat berishicha, qadimgi Xorazmdagi tekislikda barpo etilgan deyarli barcha istehkomli inshootlar xandak, bilan o‘rab olingan. Masalan, Qo‘yqirilganqal’ada uning tashqi devori ortida, unga juda yaqin joyda q al’ani aylanasi bo‘ylab to‘liq, o‘rab olgan, suv to‘ldirilgan xandak, bo‘lgan. Qadimgi Xorazm mudofaa tizimiga xos elementlardan biri bo‘lgan proteyxizma Qo‘yqirilganqal’ada, Xivadagi Tuproqqal’ada, Govurqal’ada , Shovotdagi Tuproqal’ada, Katta Oybuyirqal’ada, Ichan qal’ada (Xiva), Qal’ajikda, Burliqal’ada, Katta Qirqqizqal’ada, Qo‘rg‘oshinqal’ada va boshqa hudud yodgorliklari orqali organilgan3. Proteyxizmalar, odatda, qal’a devoridan tashqarida 2-20 m masofada paxsa yoki xom gishtdan qurilgan. Proteyxizma bilan asosiy qal’a devori o‘rtasida bo‘shliq, bo‘lib, extimol, uning strategik vazifasi ham bo‘lgandir. Bu devor qal’a devori poydevorini devorteshar mashinalardan himoya qilgan, hujumchilarni qal’aning asosiy devori oldida ovora qilib qo‘yishga xizmat qilgandir. Bunday xollarda, qal’aning asosiy devoriga etib kelish uchun dushman proteyxizmadan o‘tishi lozim bo‘lgan. Devor mudofaa tizimida eng muxim joy bo‘lib, u nafaqat to‘siq, balki asosiy jangovar sarxad hamdir. Devor harbiy istehkomning bir qator muxim elementlaridan tarkib topib, bo‘lar, jumladan, asos, devorning o‘zi, valgang, o‘qdan saqlanish to‘sig‘i, pilyastr, kontrfors (g‘isht tirgovich),shinak, burj, darvoza va boshqalardir. Oralig‘ida otish yo‘lagi bo‘lgan qo‘shdevor qadimgi Xorazm harbiy me’morchiligiga eng ko‘p darajada xos bo‘lgan hodisadir. Ilk arxaik istehkomlarda antik mudofaa qurilmalarining eng zarur elementlaridan biri - asos (sokol) bo‘lmagan. Mudofaa inshootlarining navbatdagi juda muxim elementa burjdir. Burj qal’a devorlari 2 Хожаниязов Г. Фортификация древнего Хорезма. - Нукус; 1996 52-С 3 Хожаниязов Г. Кзилкала (работы 1981-1982 гг.) // Археология Приаралья. Вып.З. - Ташкент: —Фан1, 1986. C.54 perimetri bo‘ylab, odatda, devordan balandroq bo‘lib, tashqariga turtib chiqqan. Burjlar joylashgan tarxdga ko‘ra har xil tipda: to‘g‘i burchak, kvadrat va oval shaklda bo‘lgan. Ular orasida tarxi yarim oval shakldagi burjlar eng qadimgi tiplarga kiradi. Bunday burjlar Ko‘zaliqirning quyi satxida ma’lum4. Xorazmning ilk arxaik davridagi shinaklar Ko‘zaliqir shahristonida mavjud bo‘lgan . Bu yerda shinaklar paxsada bir-biridan 2 m masofada ochilgan va qavat darajasida shoxmot tartibida joylashgan. Qadimgi Xorazmning ayrim qal’alarida, shinaklar va yorug‘lik tuynuklaridan tashqari, ajabtov ur tuynuklar - toqlar saqlanib qolgan. Ular, masalan, Anqaqal’ada qayd etilgan. Bu yerda burjlar oraliridagi har bir devorda ikkitadan toq, joylashgan. Tuynuklarning barchasi devorniki bilan bir xil terilgan o‘lchamdagi g‘ishtlardan terilgan. Shu kabi tuynuk Ayozqal’a 1 shimoliy devorida ham topilgan, u ham yarimdoira toq shaklida. Darvozalar harbiy jixatdan doimo aloxida e’tiborni tortgan. Qadimgi Xorazm qal’alari tarxi tuzilishining taxlili darvoza qurilmalarining uch guruhini ajratish uchun asos beradi: 1peshdarvoza adashtirma yo‘li (labirinti); 2 -peshdarvoza burjlari; 3 - qo‘shimcha qurilmalarsiz oddiy tip. Birinchi tip eng ko‘p yoyilgan. Ayrim istehkomlarda darvozaga yaqinlashish pandus (nishab yo‘lka) vositasida qiyinlashtirilgan. Pandusli joylarda dushman qal’a devori bo‘ylab harakatlanar ekan, himoyasiz qolgan yonboshini o‘qqa tutib berishga majbur bo‘lgan. Pandus Xivadagi ilk qanxxa davriga oid Tuproqqal’a peshdarvoza istehkomida topilgan. Qo‘rg‘oshinqal’ada tuproqdan ko‘tarilgan pandus qoldig‘i qayd etilgan. Kirish joyi pandus bilan boshqacha jixatdan ham jixozlangan. Masalan, Qo‘yqirilganqal’ada markaziy binoga yetib borish uchun pandus orqali o‘tish zarur bo‘lgan, u qal’aga kiriladigan asosiy joydan boshlanib, 34 m uzunlikda davom etgan. Markaziy binoga kirish yo‘li pandus bilan, aftidan, ko‘tarma ko‘prik orqali bog‘langan. Tuproqqal’ada shahristonida pandusning boshqacha varianti ko‘zga tashlanadi. Xovliga shahar tarafdan kvadrat shakldagi katta burj orqali kirilgan. Burjga materik satxidan g‘isht zina ' Толстов С.П. Древний Хорезм. - Москва: —Наука!, 1948.C. 52 orqali chiqilgan. Qadimgi Xorazm qal’a darvozalariga yetib borish ba’zan tabiiy «panduslar» yordamida mushkullashtirilganXorazmda qal’a darvozalarini pandus bilan jixozlash ilk o‘rta asrlarda ham qo‘llanilgan. Mudofaa istehkomlarini barpo etishda loyosimon sog‘tuproq, asosiy qurilish materiali bo‘lgan, undan paxsa yoki xom g‘isht tayyorlangan. Sog‘ tuproqdan, shuningdek, qurilish qorishmasi yoki devorni suvash uchun loy tayyorlangan. Paxsa devor juda yuqori sifatli materialdan qilingan, unda yoriqlar yo bo‘lmagan yoki sezilar-sezilmas bo‘lgan. Paxsa asosan devorning tub qismlari (asos)da ishlatilgan, g‘ishtdan esa devorning o‘zi, gumbazlar ko‘tarilgan. Ba’zan platformaga xom g‘isht terilgan. Qadimgi Xorazm binokorlik ishida zilzilaga qarshi hususiyatga ega eng qadimgi tarxlash tuzilmasi bo‘lganligi aniqlangan. Qurilishda tabiiy tepaliklardan foydalanilgan Inshootlar asosini qumpaxsa yoki qum-g‘isht bilan ko‘tarish qadimgi Xorazm binokorlik ishining uziga xos hususiyati bo‘lib, qumtepalarda imorat qurish bo‘yicha ibtidoiy ananalar bilan bog‘liq. Qadimgi Xorazm binokorlik ishida haddan tashqari kamyob yog‘ochdan bino konstruksiyasining usiz ish bitmaydigan joyida - ustun, to‘sin sifatida, eshik va qal’a darvozasini yasashda foydalanilgan. Ba’zan qal’a devorini mustahkamlash uchun g‘isht qatorlari orasiga ham yo g‘och tashlangan.Qadimgi Xorazm binokorlik ishida toshdan juda cheklangan holda foydalanilgan. Kvadrat shakldagi g‘ishtga o‘tilishini, extimol, Xorazm binokorlik ishiga ahomaniylar qurilish texnikasining ta’siri bilan izohlash mumkindir5 Xulosa ornida shuni aytishim mumkinki, Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlari boshqa hududlarnikidan qurilish va ishlatilgan materiallari jihatidan ancha farq qilgan. Xorazm mudofaa inshootlarining asosiy xususiyatlaridan biri bu-tabiiy joyning puxta tanlanishidir. Bu asrlar osha qal alarning va shahar aholisining dushmanlardan himoya qilishning eng samarali usullaridan hisoblangan. Воробьева М.Г. Дингильджа. Усадьбы - I тыс. до н.э. в древнем Хорезме. - Москва: Наука, 1973. C91 5