GENDER TENGLIGI VA UNING HUQUQIY VA IJTIMOIY ASOSLARI
Abstract
Mazkur maqolada gender tengligi tushunchasining mazmuni, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda O‘zbekiston Respublikasida gender siyosatini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy va siyosiy munosabatlarda gender tengligini ta’minlash borasida yaratilgan imkoniyatlar ochib beriladi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 361 GENDER TENGLIGI VA UNING HUQUQIY VA IJTIMOIY ASOSLARI Amiriddinov Firdavsxon Dilshod o’g’li Namangan Davlat Universtiteti 1-kurs Yuridik fakulteti talabasi. [email protected] Mirzaakbarova Nodirabegim Nozimjon qizi Namangan Davlat Universtiteti 1-kurs Yuridik fakultet talabasi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17913149 Annotatsiya. Mazkur maqolada gender tengligi tushunchasining mazmuni, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda O‘zbekiston Respublikasida gender siyosatini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy va siyosiy munosabatlarda gender tengligini ta’minlash borasida yaratilgan imkoniyatlar ochib beriladi. Tayanch so‘zlar: gender tengligi, gender siyosati, ijtimoiy munosabatlar, siyosiy islohotlar, O‘zbekiston Respublikasi. Аннотация. В данной статье анализируются сущность гендерного равенства, его роль в развитии общества, а также реформы, направленные на укрепление гендерной политики в Республике Узбекистан. Кроме того, раскрываются создаваемые возможности по обеспечению гендерного равенства в социальных и политических отношениях. Ключевые слова: гендерное равенство, гендерная политика, социальные отношения, политические реформы, Республика Узбекистан. Annotation. This article analyzes the concept of gender equality, its significance for social development, and the reforms aimed at strengthening gender policy in the Republic of Uzbekistan. The study also highlights the opportunities created to ensure gender equality within social and political relations. Keywords: gender equality, gender policy, social relations, political reforms, Republic of Uzbekistan. KIRISH Rivojlanib kelayotgan bugungi davrda jamiyatning barcha a’zolari uchun teng imkoniyatlar yaratish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Xususan, so‘nggi yillarda jamiyat e’tibori gender tengligi, uni ta’minlash hamda rivojlantirishga kuchli qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham ushbu yo‘nalishdagi islohotlar izchil davom etmoqda. Bu borada PQ-323sonli “Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror (2022-yil 18-iyul) alohida ahamiyatga ega bo‘lib, unda ayollarni kasb-hunar va tadbirkorlikka keng jalb qilish, ularning iqtisodiy mustaqilligini oshirish, gender tengligini ta’minlashga qaratilgan tizimli mexanizmlar belgilangan. Mazkur qaror mamlakatimizda gender tengligi siyosatining huquqiy poydevorini yanada mustahkamladi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 362 Shuni ham ta’kidlash lozimki, gender tengligi masalasi eng avvalo Asosiy Qonunimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 58moddasida: “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlaydi”, — deb belgilangan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ham gender tengligi bo‘yicha yondashuv yanada mustahkamlandi. Jumladan: 19-modda har bir shaxsning teng huquqliligi va kamsitilishning har qanday shakliga yo‘l qo‘yilmasligini kafolatlaydi. Bu norma gender asosida kamsitishni qat’iyan man etadi. Demak, gender tengligi nafaqat ijtimoiy talab, balki konstitutsiyaviy qadriyat sifatida e’tirof etilib, davlat siyosati darajasida qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu esa mamlakat taraqqiyotida ayollar va erkaklar faol ishtirokini ta’minlashga, jamiyatda adolat va tenglik tamoyillarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. Tahlil natijalari Erkaklar va xotin-qizlar tengligi - insonning asosiy huquqlaridan biri hisoblanadi.Shuningdek, gender tenglik, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning ham negizi hisoblanadi.Milliy qonunchiligimizga «gender» tushunchasi 2019-yil 3sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni bilan kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra gender — xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati hisoblanadi. Shuningdek, ushbu qonun bilan gender statistikasi — davlat statistikasining jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning holati to‘g‘risida har bir jins bo‘yicha alohida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, har xil jinsdagi shaxslarning ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalaridagi tegishli holatini aks ettiradigan, gender muammolarini va jamiyatdagi munosabatlarni yoritadigan qismi, gender-huquqiy ekspertiza — normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ularning loyihalarini xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish kabi tushunchalar ham qonunchiligimizga kiritildi. Gender tengligi va xotin-qizlar imkoniyatlarini yanada kengaytirish, sohasidagi tizimli o‘zgarishlarni ilgari surish uchun jamiyatda mustahkam o‘rnashib olgan stereotiplar va me'yorlarni o‘zgartirish maqsadga muvofiq. Buning uchun quyidagilar muhim ahamiyatga ega: 1) huquqiy va ijtimoiy normalar va qoidalarni o‘zgartirish. 2) ayollarning iqtisodiy va intellektual mustaqilligini oshirish, 3) ma'lumotlarni to‘plash va monitoring qilish tizimini takomillashtirish. Loyihaning asosiy hamkori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi hisoblanadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 363 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Xotin-qizlar va oila masalalari qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat statistika qo‘mitasi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy qo‘mita, Ombudsman, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Hozirgi kunda kutilayotgan natijalardan, 2025 yilga kelib yoshlar, ayollar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari turmush sharoitlari yaxshilanadi, munosib mehnat va keng qamrovli hamda adolatli iqtisodiy o‘sish natijasida yaratilgan imkoniyatlardan bahramand bo‘ladilar , ayollar, yoshlar va chekka qishloqlar aholisi yaxshi malaka, barqaror ish o‘rinlari va mustahkamlangan turmush sharoitlaridan foydalanadi. Qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish, xabardorlikni oshirish va yetakchi ayollar huquqlarini kengaytirish orqali gender stereotiplarni bartaraf etish; Xotin-qizlari ish bilan ta'minlash imkoniyatlarini kengaytirish, STEM tashabbuslarini ilgari surish orqali ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari va imkoniyatlarini yaxshilash; Ma'lumotlarni to‘plash va tahlil qilish metodologiyalarini ishlab chiqish va buning uchun maxsus raqamli vositalarni yaratish orqali ayollarning ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy ishtiroki, gender zo‘ravonlik to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va muntazam monitoring qilish tizimini takomillashtirish. BMTning ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyasi (CEDAW) qoidalari yaratish. Xulosa Xulosa qilib aytganda, gender tengligi nafaqat jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, balki davlat manfaatlarini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega. Davlat adolat va tenglik tamoyillari asosida faoliyat yuritib, gender tengligini ta’minlash va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratadi. Ayni paytda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan farmon, qaror va qonunlar gender tengligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Maxsus qo‘mitalar va davlat tashkilotlari xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi faolligini rag‘batlantirish, huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi. Kelajakda gender tengligini ta’minlovchi rivojlangan jamiyat barpo etish nafaqat mumkin, balki davlatimiz taraqqiyotining muhim omilidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019-yil 3-sentabr. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori PQ–323-son “Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2022-yil 18-iyul. 4. BMTning Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini bartaraf etish to‘g‘risidagi Konvensiyasi (CEDAW). 5. Karimov, N. Gender tengligi va ijtimoiy rivojlanish: nazariya va amaliyot. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2021. 6. Xoliqova, M. O‘zbekistonda gender siyosatini rivojlantirishning huquqiy asoslari. – Toshkent, 2022.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 364 7. Qodirova, D. Gender masalalari bo‘yicha xalqaro standartlar va milliy qonunchilik. – Toshkent: Adolat, 2020. 8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati materiallari: Gender tengligi siyosati va islohotlar. – 2021–2024-yillar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi: Gender statistikasi bo‘yicha yillik hisobotlar. – Toshkent, 2023–2024. 10. United Nations Development Programme (UNDP): Gender Equality in Uzbekistan. – 2022–2023.