scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RIVOJLANTIRUVCHI SOHALAR KOMPETENSIYALARINI INTEGRATSION YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI

Joʻrayeva Zilola Sayfiddin qizi

Abstract

Mazkur maqolada rivojlantiruvchi sohalar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning xorijiy tajribalari va maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg‘un rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarga tayangan holda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarida bolalarni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish haqida tushunchalar tahlil etilgan.

Full text

Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 26 RIVOJLANTIRUVCHI SOHALAR KOMPETENSIYALARINI INTEGRATSION YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI Joʻrayeva Zilola Sayfiddin qizi Namangan davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi [email protected] Annotatsiya. Mazkur maqolada rivojlantiruvchi sohalar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning xorijiy tajribalari va maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg‘un rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarga tayangan holda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarida bolalarni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish haqida tushunchalar tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: intellektual, axloqiy, estetik, jismoniy rivojlanish, ta'lim, tarbiya, zamonaviy ta'lim, ilmiy sohalar. FOREIGN EXPERIENCES IN SHAPING MORAL AND ETHICAL UPBRINGING OF PRESCHOOL CHILDREN THROUGH THE INTEGRATIVE APPLICATION OF DEVELOPMENTAL AREA COMPETENCIES Jurayeva Zilola Sayfiddin kizi Independent researcher of Namangan State University [email protected] Abstract. In this article, based on the foreign experiences of spiritual and moral education of preschool children through developmental fields and advanced foreign experiences in the field of harmonious development of preschool children, conditions for spiritual and moral education of children in pedagogical processes in preschool educational organizations are presented. concepts about creating conditions are analyzed. Key words: intellectual, moral, aesthetic, physical development, education, training, modern education, scientific fields. Kirish.Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish maqsadida Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi[1]da ham ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 27 va texnologiyalarini joriy etish uchun asosiy vazifalari belgilab berilgan. Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda”. Rivojlanish sohalariga integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash holatini o‘rganish maqsadida quyida bir nechta xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil etilgan. Janubiy Koreyada bolalar bog‘chasi umumta’lim turiga kirmaydi. Ota-onalar farzandlarini xususiy maktabgacha ta’lim muassasalariga beradilar. Bu tashkilotlarda ta’lim koreys tilida, ingliz tilida, ba’zilarida faqat ingliz tilida olib boriladi. Bolalar bog‘chasiga 3 yoshdan 5 yoshgacha qabul qilinadi. Bog‘chalarda asosan musiqa, rasm, hisoblash mashg‘ulotlari integratsion shaklda tashkil etiladi. Koreys bog‘chalarida bolalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodkorlik kabi ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga katta e’tibor berilishi, ta’lim-tarbiya jarayonini uzviylikda olib borilishi, O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimida Koreya tajribasidan foydalanish imkoniyatlarining kengligini ko‘rsatadi. Xitoy bog‘chalarida bolalar tarbiyasi integratsion ko‘rinishga ega ya’ni, jismoniy rivojlanish bilan uyg‘unlikda olib boriladi, maktabacha ta’lim tashkilotlari bolalarni jismonan, aqlan, estetik rivojlanishlariga ko‘mak beradi, bu bilan bolani eng kichik yoshidan barkamol shaxs bo‘lib rivojlanishini ta’minlaydi. Bolalar bog‘chasida tarbiyaning asosiy vositasi o‘yin hisoblanadi, u yerda bolalarning rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan, o‘z qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniyatlari ta’minlangan. Yaponlar bolaning erta voyaga yetishi tarafdoridirlar. Turli yoshlarda tarbiyaning turli muammolariga urg‘u beradilar. Masalan, 1 yoshda – o‘ziga ishonch hissini uyg‘otish, 2 yoshda – amaliy san’at qo‘l mehnatini ko‘rsatish, 3 yoshda – burch hissini tarbiyalash, 4 yoshda – yaxshilik va yovuzlikni farqlashga o‘rgatish, 5 yoshda – liderlik xislatlarini tarbiyalash, mustaqillikka, reja tuzish va ularni bajarishga o‘rgatish kabi odatlarini O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bolalar bog‘chalarida bolalarning aqliy, jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik va ichki tartib ko‘nikmalarini tarbiyalash, jamiyat hodisalariga to‘g‘ri munosabatda bo‘la olishni o‘rgatish jarayonlarida ham inegrativ yondashishni kuzatish mumkin. Shuningdek, og‘zaki nutq, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatishga ham katta e’tibor beriladi. Bolalarning aqlan va jismonan rivojlanishiga yordam beradigan o‘zaro munosabatda bo‘lish muhitini yaratish katta ahamiyat kasb etadi. 2020 yilning 6 noyabrь kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi[3] farmoni qabul qilingan edi. Farmonda maktab ta’limi bo‘yicha ilg‘or Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 28 davlatlar tajribasini, xususan Finlyandiya ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish vazifasi yuklatilganligi, davlatimiz rahbari tomonidan aynan Finlyandiya ta’lim tizimini misol qilib ko‘rsatilgani bejizga emas. Ushbu mamlakat ta’lim sifatini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tadqiqotlardagi o‘z muvaffaqiyatlari bilan ajralib turadi. Prezidentimizning Finlandiya maktablari tajribasini mamlakatimizga tadbiq etish yuzasidan bergan ko‘rsatmalariga muvofiq tahlil etilganda u yerdagi ta’lim tizimidagi muvaffaqqiyatlar asosini tashkil etgan quyidagi; tenglik, individuallik, ishonch va pedagoglar salohiyati, ixtiyoriylik, mustaqillik kabi tamoyillarini maktabgacha ta’lim tizimiga tatbiq etish yosh avlodni barkamol shaxs etib kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Fransiya maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarda tabiatga bo‘lgan muhabbatni va hayvonlarga bo‘lgan mehrni oshirishga katta ahamiyat beriladi. Barcha bolalarning faoliyati tabiat quchog‘ida tashkil etishga va tarbiyaviy sifatlar tabiat bilan uyg‘un holda rivojlantirishga ahamiyat berilishi ta’lim-tarbiya jarayoniga integrativ yondashishni bildiradi. Angliyada odatda ta’lim berishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limdan keng foydalanadilar. Bunday yondashuv rivojiga Russo, Frebel, Montessori asos solganlar. Ular bolaning mustaqilligini himoya qilish va individualligini rivojlantirish kerak, deb hisoblaganlar. Maktabgacha tarbiyaning asosiy maqsadlari: bolalar o‘rtasidagi farqni hurmat qilish, har bir bolaning ehtiyoji va uning manfaatlarini qondirish. Har qanday bolaning o‘qish uchun ichki intilishi yetarli va ular tabiatan serg‘ayrat va qiziquvchan deb taxmin qilinadi. O‘qitishni bolaning ixtiyoriy tanlagan o‘yini bilan bog‘lab borilishi kerak. Pedagogning asosiy vazifasi bolani majburlash yo‘li bilan emas, balki uni qo‘llab turish, unga tadqiqot o‘tkazish uchun turli materiallar taqdim etishdan iborat. Germaniya maktabgacha ta’lim tizimi o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, u yerda maktabgacha ta’lim muassasalari davlat tizimiga kirmaydi. Endigina o‘sib, rivojlanib kelayotgan bolalarda tengdoshlari va kattalarga o‘z mustaqil fikrini ifodalashi va muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish, ularni boshlang‘ich ta’limga tayyorlashda bog‘chalarning o‘rni katta. SHu bois ham olmonlar bog‘chalarni “tafakkur ustaxonasi” deb atashadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar faoliyati o‘yinlar, mashg‘ulotlar, mustaqil faoliyat, maktabgacha tayyorlov kurslari, sayr, ekskursiyalar, to‘garaklar shaklida olib borilib, bola rivojlanish sohalari (ijtimoiy munosabatlar; ijtimoiyhissiy rivojlanish; bilish jarayonining rivojlanishi; bilingval o‘qitish (ta’lim jarayonini bir necha tilda tashkil etish)ni shakllanirishga ahamiyat beriladi. Germaniya bog‘chalarida bolalar faoliyatiga integratsion yondashiladi va ularda mehnatsevarlik, go‘zallikni his etish, tabiatni sevish va uni asrab-avaylashga intilish, millatlararo totuvlik, chidamlilik, bag‘rikenglik kabi ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratadilar. Xulosa. Maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg‘un rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarga tayangan holda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarini interatsiyalash (mujassamlashtirish) hisobiga bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash uchun Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 29 shart-sharoitlar yaratish mumkin bo‘ladi. Xorijiy mamlakatlarda maktabgacha ta’lim tizimiga tatbiq etilayotgan zamonaviy axborot va innovatsion pedagogik texnologiyalar tejamli, qulay, samaradorligi va ko‘zlangan maqsadlarga erishishni kafolatlashi bilan e’tiborga loyiq bo‘lib, ularni amaliy faoliyatda qo‘llash o‘z samarasini beradi, deb hisoblaymiz. Adabiyotlar 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5198-son farmoni 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PQ-4312–son qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6108 son. 06.11.2020-y 4.Abidov B.K. Maktabgacha ta’lim (xorijiy mamlakatlar tajribasi) // Zamonaviy ta’lim. – Toshkent, 2017.– №11. – B.35 5. Abdusamatova N.J. Integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari: Ped. fan.b. fals. dok. (PhD) ...diss. avtoref. – Namangan, 2021. – 12 b.