INTELLEKTUAL MULK HIMOYASINING XALQARO HUQUQDAGI OʻRNI
Abstract
Ushbu maqolada intellektual mulk sohasining xalqaro huquqiy tahlili, mavjud muammolar va ularni manzilli hal etish usullari, himoya usullari ham bevosita keltirib oʻtilgan. Shuningdek, bu mavzuning dolzarbligi, uni oʻrganish nima uchun muhimliligi ham maqolada oʻz aksini topgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 395 INTELLEKTUAL MULK HIMOYASINING XALQARO HUQUQDAGI OʻRNI Nasibova Xumora Axmad qizi Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabasi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17915123 Annotatsiya. Ushbu maqolada intellektual mulk sohasining xalqaro huquqiy tahlili, mavjud muammolar va ularni manzilli hal etish usullari, himoya usullari ham bevosita keltirib oʻtilgan. Shuningdek, bu mavzuning dolzarbligi, uni oʻrganish nima uchun muhimliligi ham maqolada oʻz aksini topgan. Kalit soʻzlar: WIPO, TRIPS kelishuvi, Jahon savdo tashkiloti, xalqaro konvensiyalar, monitoring tizimi, xalqaro standartlar, postindustrial. Xalqaro huquq doirasida tartibga solinishi lozim bo’lgan sohalar miqdor jihatdan kengayib bormoqda. Bunga asosiy omil davlatlarda turli muammolar vujudga kelishidadir. Mana shunday sohalardan biri sifatida intellektual mulkni keltirishimiz mumkin. Intellektual mulk sohasi nima uchun dunyo miqyosidagi muammoga aylanib bormoqda degan savolga aynan raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt kabi omillarning shiddat bilan rivojlanib borayotganini sabab sifatida keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari, intellektual mulkni tijoratlashtirish masalasi bo’yicha ham bir qancha muammolar mavjud va bu intellektual mulk himoyasi mexanizmini yanada rivojlantirishni talab etadi. Himoya haqida so’z borar ekan, bu bo’yicha bir qancha konvensiya va shartnomalar mavjudligini aytib o’tish foydadan holi emas. Ammo ushbu hujjatlarni qo’llashda qanday kamchiliklar mavjudki, bir qancha ziddiyatlar yuzaga kelmoqda. Bunday kamchiliklarni sanab o’tish bu muammoning yechimi bo’libqolmaydi. Shuning uchun ham ularni birma-bir tahlil qilish va manzilli yechim izlash, uning amaliyotga qo’llanishi bo’yicha ham bir qancha takliflar berilishi va bu amalga oshirilishi lozim. Davlatimizda huquqiy hamda amaliy nuqtayi nazardan ham bir qancha muammolar yuzaga kelmoqda. Amaliyotda ham qonunchilik me’yorlarida sezilarli darajada bo’shliqlar mavjud. Xalqaro standartlar asnosida sohada bir qancha tartibli mexanizmlar mavjud. Soha bo’yicha nafaqat amaliyotni tahlil qilish, balki nazariy jihatlarni ham o’rganish muhimdir. Buning sababi nazariy qarashlar ham turlicha va har bir nazariy qarashlar orqali ko’plab amaliyotdagi farqlanishi lozim bo’lgan jihatlarni bilib olish mumkin. Mavzu doirasi juda ham keng bo’lganligi uchun uni har bir elementini tahlil qilishdan ko’ra, uning muhofazasi nuqtai nazardan umumiy xalqaro huquq me’yorlarining o’rnini hamda bu bo’yicha xalqaro tashkilotlarning faoliyatini yoritish maqsadga muvofiqdir. Sohaning amaliy faoliyati haqida so’z borganda TRIPS haqida batafsil o’rganish ahamiyatlidir. TRIPS kelishuvi bu Jahon savdo tashkilotiga a’zo barcha davlatlar o’rtasida tuzilgan intellektual mulk huquqining savdo bilan bog’liq masalalari bo’yicha bitimi. Maqolada ushbu kelishuv va shu bilan birga Jahon savdo tashkilotining intellektual mulk huquqi himoyasidagi o’rni, u orqali qanday muammolar hal etilishi mumkinligini ko’rishimiz mumkin. Bundan tashqari, Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) va uning faoliyati ham bevosita maqolada yoritib o’tiladi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 396 Sababi aynan yuqorida keltirilgan tashkilotlar intellektual mulk himoyasining xalqaro huquqdagi o’rnini o’zida namoyon qiladi. Mavzuning dolzarbliligini raqamli texnologiyalar asrda yashayotganligimiz bilan aloqador desak mubolag’a bo’lmaydi. Intellektual mulkning nafaqat milliy qonunchilik orqali balki xalqaro normalar orqali ham himoya qilinish mexanizmini kuchaytirish bu kelajakda vujudga kelishi mumkin bo’lgan mumammolarni bartaraf etishga va uning himoyasini ta’minlashga yordam beradi. Intellektual mulk tushunchasining rasmiy muomalaga kirib kelishi bevosita 1967-yil 14iyuldagi Butunjahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etish to’g’risidagi konvensiya qabul qilinishi bilan bog’liq. Intellektual mulk huquqi uzoq vaqt davomida rivojlangan va jadal rivojlanayotgan davlatlar o’rtasida munozarali masala hisoblanib kelgan. Yillar o’tgani sari bu soha ham rivojlanib bormoqda. Intellekual mulk haqida ko’plab nazariy yondashuvlar olimlar tomonidan ilgari surilgan. Xususan, raqamli iqtisodiyot sharoitida intellektual mulkning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o’rgangan tadqiqotchilardan biri – A.V.Gavrilyuk hisoblanadi. Ushbu olimning ta’kidlashicha, intellektual mulk zamonaviy iqtisodiyotning eng muhim resurslaridan biri bo‘lib, u ko'pgina mamlakatlar uchun raqamli iqtisodiyot intensiv o'sish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga, intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanish, intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirish bo’yicha ham o’z yondashuvlarini bildirgan 1 . Intellektual mulk faoliyat natijalarini tijolaratlashtirish masalasiga o’z fikrimni bildirsam, aynan mana shu bo’yicha bir qancha muammolar mavjud. Intellektual mulkning tarkibiy qismi hisoblanadigan mualliflik huquqi himoya qilinadigan sohalar bu aynan tijoratlashtirishda keng muhokamalarga sabab bo’lib kelmoqda. Shu kabi O. V. Bogdanova va I. A. Tixomirova asarlarida esa raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda intellektual mulkni boshqarish tizimini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etayotgani berilgan. Bu birinchi navbatda, intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish, uzatish va tijoratlashtirishning samarali mexanizmlarini yaratishni nazarda tutadi. Intellektual mulk uzoq vaqtdan beri biznesda qo'llanilgan, ammo 20-asrning ikkinchi yarmida unga alohida biznes tizimi sifatida qarala boshlangan. Bu esa jahon iqtisodiyotining postindustrial bosqichga o‘tishi bilan bog‘liq 2 . Ilmiy jihatdan olimlar intellektual mulk obyektlaridan foydalanish va unda mavjud muammolarni o’rganib kelmoqda. B.Santo, P.Druker, A.Uebb, M.Xiruxa kabi xorijiy mualliflar, MDH mamlakatlari olimlarining asarlari shular jumlasidandir. MDH davlatlarining zamonaviy iqtisodiy makonida intellektual mulkdan korxonalar soliqqa tortishni huquqiy optimallashtirish vositasi sifatida foydalanish tendentsiyasi rivojlandi. Ko'rib turganimizdek, ikkala holatda ham intellektual faoliyat natijalarining bir muhim xususiyati e'tibordan chetda qolmoqda - ularni tijoratlashtirish 3 . 1 Гаврилюк А.В. Интеллектуальная собственность в цифровой экономике: теоретические и практические аспекты. – М.: Инфра-М, 2021 – 21 с. 2 Тимофеев Д.В. Теоретические подходы к составляющим процесса коммерциализации интеллектуальной собственности // Экономические и юридические науки. 2015 – 33 с. 3 Тимофеев Д.В. Теоретические подходы к составляющим процесса коммерциализации интеллектуальной собственности // Экономические и юридические науки. 2015 – 34 с.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 397 Umuman olganda, tijoratlashtirishda intellektual mulk obyektlarining himoyasini taʼminlash quyidagilarga imkon beradi: a) Ilmiy ishlanmalarni joriy qilishning samarali nazorati; b) Intellektual mulk obyektlarini yaratishning barcha bosqichlarida ularni boshqarish; c) Samarali texnologiyalarni oʻz vaqtida aniqlash; d) Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqni keyinchalik tashkilotning tadbirkorlik aylanmasida foydalanish va hisobga olish maqsadida belgilab olish; e) Tashkilotning intellektual salohiyatini aniqlash; f) Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar himoyasi va ularni tijoratlashtirishning samarali shakllarini tanlash toʻgʻrisida tavsiyalarni oʻz vaqtida ishlab chiqish 4 . Yuqoridagilardan aytishimiz mumkinki, intellektual mulkdan foydalanish sohasida hali o‘rganilmagan va qisman o‘rganilgan yo‘nalishlar ko‘p. Ilmiy-nazariy tahlillarga tayangan holda o’z fikrimni bildiradigan bo’lsam, xalqaro huquqiy tizimda intellektual mulk huquqlarining kuchli muhofazasi raqamli iqtisodiyot sharoitida ham mamlakatlar innovatsion salohiyatini oshirish va iqtisodiy o‘sishga erishish uchun muhim omil sanaladi. Bugungi globallashtirilgan raqamli iqtisodiyotda nomoddiy aktivlar transchegaraviy savdosi sezilarli darajada ortgan: masalan, davlatlararo ma’lumot va g‘oya oqimlari milliy iqtisodiyotlar YAIM hajmini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, intellektual mulkni mustahkam himoya qiluvchi mamlakatlar texnologik innovatsiyalar doirasidagi resurslardan samarali foydalangan holda iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi, natijada YAIM o‘sishida yuqori salohiyatga ega bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, xalqaro me’yorlar asosida barqaror intellektual mulk himoyasi tuzilmasini yaratish, uni tijoratlashtirish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish orqali mamlakatlarda bu bo’yicha nizolarga barham berishimiz mumkin. Xalqaro huquq doirasida intellektual mulk himoyasi tashkilotlar tomonidan qabul qilingan hujjatlarda namoyon bo’ladi. BMTning ixtisoslashgan agentliklaridan biri ya’ni Butunjahon intellektual mulk tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti mana shunday tashkilotlar jumlasidandir. Butunjahon intellektual mulk tashkilotidan boshlaydigan bo’lsak, ushbu tashkilot davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali butun dunyo bo’ylab intellektual mulkni himoya qilish uchun tashkil etilgan. Ushbu tashkilot “Butunjahon intellektual mulk tashkilotini tashkil etish to’g’risida”gi knvensiya asosida o’z faoliyatini boshlagan. Mana shu konvensiya ham mavzu doirasidagi huquqiy asoslardan biri bo’lib xizmat qiladi. BIMT(Butunjahon intellektual mulk tashkiloti)faoliyatiga xalqaro intellekyual mulk qoidalari, siyosatlarini muhokama qilish va shakllantirish uchun forumlar oʻtkazish, turli mamlakatlarda IPni roʻyxatdan oʻtkazuvchi va himoya qiluvchi global xizmatlarni taqdim etish, transchegaraviy IP nizolarni hal qilish, yagona standartlar va infratuzilma orqali IP tizimlarini ulashga yordam berish va umumiy maʼlumot bazasi sifatida xizmat qilish kiradi. Endi esa, mana shu tashkilot tomonidan qabul qilingan xalqaro konvensiyalar, shartnomalar va bitimlarga to’xtalib o’tamiz. Sanoat mulki muhofazasi bo‘yicha Parij Konvensiyasi (1883-yil 20-mart) Ushbu konvensiya sanoat mulkini tartibga soluvchi umumiy qoidalarni belgilaydi. 4 Ubaydov N. Intellektual mulk obyektlarini boshqarish, baholash va tijoratlashtirishning nazariy-huquqiy asoslari // CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH. 2024– 72 b.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 398 Misol uchun ixtirolar, sanoat namunalari, tovar belgilari, tovar nomlari uchun patentlar ushbu konvensiyada muhofaza qilinadi. Ushbu konvensiya uch tamoyilga asoslanadi: Milliy rejim: ya’ni bunda davlatlar o’z fuqarolariga qanday sanoat mulkiga oid huquqiy himoya bergan bo’lsa, bshqa davlat fuqarolariga ham bir xil huquqiy himoya berishlari shart Ustuvorlik huquqi: Agar kimdir ixtiro, savdo belgisi yoki sanoat namunasi uchun bitta a'zo davlatda ariza topshirgan bo'lsa, ular 12 oy ichida boshqa a'zo davlatda ariza topshirishlari va yangi arizalari asl ariza bilan bir kunda topshirilgandek ko'rib chiqilishi mumkin. Hududiylik: Huquqlar har bir mamlakatda alohida beriladi. Masalan, bir mamlakatda berilgan patent boshqa mamlakatda avtomatik ravishda himoya qilinmaydi va uning himoyasi u berilgan mamlakat hududi bilan cheklanadi. Adabiy va badiiy asarlar muhofazasi bo‘yicha Bern Konvensiyasi (1886-yil 9sentabr) Ushbu konvensiya intellektual mulk huquqining aynan qaysi sohasini tartibga solishini nomi bilan ham anglab olishimiz mumkin. Bern konvensiyasi mualliflarga misol uchun, yozuvchilar, shoirlar, rassomlar va boshqalarning o’z ijod mahsullaridan qanday foydalanilishi mumkinligi to’g’risidagi qidalarni o’zida jamlagan. Bundan tashqari ushbu konvensiya mualliflarga bir qator huquqlar bergan hamda a’zo mamlakatlarga bir qancha majburiyatlar yuklagan. Uning amalda qo’llanishi bilan bog’liq holatlar BIMT tomonidan nazorat qilinadi. O’zbekiston mazkur konvensiyaga 2004-yilda qo’shilgan. Patent huquqi to‘g‘risidagi shartnoma (PLT) (2000-yil 1-iyun) Patent bilan bogʻliq tartib-qoidalarni belgilab bergan ushbu shartnoma ham intellektual mulk himoyasida huquqiy asoslardan biridir. Shartnoma patent olishning barcha bosqichlarida ariza beruvchilarga qo‘yiladigan formal talablarni minimallashtirish va ularni xalqaro me’yorlarga mos holda yagona standartga keltirish. Bundan tashqari patent huquqiga oid boʻlgan yan quyidagi hujjatlar ham mavjud: Xalqaro patent tasnifi to‘g‘risidagi Strasburg bitimi (1971-yil 24-mart); Patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma (PCT) (1970-yil 19-iyun); Patent tadbirlari maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponentlashtirishni xalqaro e’tirof etish to‘g‘risidagi Butapesht shartnomasi (1977-yil 28-aprel); Tovar belgilari bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnoma (TLT) (1994-yil 27oktabr); Tovar belgilari boʻyicha ham xalqaro miqyosda davlatlar oʻrtasida bor qancha ziddiyatliklar mavjud. Buni tartibga soluvchi hujjat esa aynan mana shu TLT (Trademark Law Treaty) shartnomasi. Bu belgilangan hududlarda tovar belgilari huquqlarini qoʻllabquvvatlash, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, himoya qilish va roʻyxatdan oʻtkazishni boshqarish qoidalari uchun xalqaro standartlarni belgilab beradi. 1994-yil 27-oktabrda Jenevada imzolangan ushbu shartnoma, tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazishning yagona tizimini va xalqaro tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish mexanizmini joriy qildi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 399 TLTning asosiy maqsadlari: Tovar belgilari huquqlarini himoya qilish: Xalqaro miqyosda tovar belgilari egalarining huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish. Xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish: Tovar belgilari uchun xalqaro miqyosda roʻyxatdan oʻtkazish tizimini taʼminlash. Standartlashtirish: Milliy tovar belgilari qonunlarining asosiy tamoyillari va standartlarini belgilash. Savdo va investitsiyalarni ragʻbatlantirish: Tovar belgilari huquqlari bilan bogʻliq xavfsizlikni taʼminlash orqali xalqaro savdo va investitsiyalarni rivojlantirishga koʻmaklashish. TRIPS kelishuvi Intelektual mulk himoyasidagi huquqiy asoslar haqida soʻz borganda TRIPS kelishuvi haqida ham batafsil maʼlumot berish oʻrinlidir. JST doirasida qabul qilingan intellektual mulk huquqining savdo bilan bogʻliq masalalari boʻyicha ushbu bitim – aʼzo davlatlarning fuqarolariga nisbatan qoʻllaniladigan intellektual mulkning turli shakllarini hukumat tomonidan tartibga solish uchun minimal standartlarni belgilaydigan huquqiy hujjat. A’zolar ushbu bitim qoidalarini amalga oshirishlari shart. A’zolar bitim qoidalariga zid kelmasa, o’z qonunchiligida ushbu bitimda talab qilinganidan ko’ra kengroq himoyani joriy etishlari mumkin, ammo bunga majbur emaslar. A’zolar o’z huquqiy tizimi va amaliyoti doirasida ushbu Bitim qoidalarini amalga oshirishning tegishli usulini belgilashda erkindirlar 5 . Xalqaro doiradagi huquqiy hujjatlar bilan milliy qonunchilikni ham tahlil qilish lozim. Aynan milliy qonunchilikdagi mavjud muammolar ham turli xil nizolarga sabab boʻlishi mumkin. Intelektual mulk huquqiga doir quyidagi qonunchilik hujjatlarini keltirishimiz va tahlil qilishimiz mumkin: “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-221-son Prezident qarori “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi qonun “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi qonun Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning MAʼMURIY REGLAMENTI Intelektual mulk masalasiga toʻxtalar ekanmiz, Oʻzbekiston uchun bu sohada eng katta oʻzgarishlarga sabab boʻladigan Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik masalasini ham aytib oʻtish lozim. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni 1994 yilda boshlangan, biroq o‘sha paytda olib borilgan “o‘zini o‘zi ta’minlash” siyosati tufayli 2005 yilda to‘xtatilgan edi. 2018-yilda Prezident Mirziyoyev boshchiligida iqtisodiyotni liberallashtirish va ichki savdo rejimini modernizatsiya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va o‘zgarishlar doirasida JSTga a’zo bo’lish jarayoni qayta tiklandi. Prezidentimiz 2023-yil 14-aprel kuni Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlari va istiqbollariga oid taqdimot bilan tanishishi chogʻida JST ga aʼzo boʻlish shartligini taʼkidladi. 5 WTO. Intellectual Property (TRIPS). Agreement Text: General Provisions. Article 1.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 400 Bu boradagi vazifalar 2022–2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasining 91-maqsadida belgilangan. Uning amaliyoti borasi “Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ-181-son Prezident qarori ham qabul qilingan. Shu yilning 22-sentyabr sanasida BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mamlakatimizning JSTga a’zo bo‘lishi borasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi. Ushbu xalqaro tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi. JST me’yorlari va qoidalariga muvofiq milliy qonunchilikni, shu jumladan texnik jihatdan tartibga solish va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Joriy yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi natijadorligini ta’minlash, shuningdek, 2026-yilda muzokaralar yakunlanishi va mamlakatimiz tashkilotga qo‘shilishi muhim ekani ta’kidlandi 6 . Intellektual mulk himoyasidagi ulkan qadamlardan biri sifatida ham aynan mana shu Oʻzbekistonnning JST ga aʼzolik masalasi koʻrib chiqilayotganini misol sifatida olishimiz mumkin. Sababi bu orqali sohadagi mavjud muammolar bartaraf etilishi va kelib chiqayotgan ziddiyatlarga oʻrinli yechimlar berilishi mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, intellektual mulk himoyasida amaliyot ham, sudlov amaliyoti ham, huquqiy hujjatlar qabul qilinishi va uning amalda qo’llanishi ham, ilmiy-nazariy yondashuvlar ham o’z o’rniga ega. Qolaversa, aynan shular intelektual mulk himoyasini mexanizmini tashkil etib turibdi. Ammo qaysidir tomonlama mexanizmni kuchaytirish o’rganilmagan tomonlarni o’rganish, qisman o’rganilayotgan tmonlarga ham taklif berish o’rinlidir. Mana shu sabab xalqaro huquqdagi intelektual mulk himoyasi uchun taklif keltirib o’tmoqchiman. Raqamli dunyoda yashar ekanmiz, aynan intellektual mulk huquqida ham bu bilan yuzmayuz kelib qolamiz. Ammo afsuski, ko’plab savollar haligacha ochiqligicha qolmoqda. Sun’iy intellekt yaratgan intellektual mulk obyektlarning huquqiy maqomini belgilash haligacha mavhum. Oddiy misol, ko’pchilik kundalik hayotda, deyarli barcha soha vakillari CHATGPT dan foydalanadi. Xo’sh bu bo’yicha javobgarlik kelib chiqsa nima bo’ladi? Uning mualliflik huquqi himoya qilinishi qanchalik to’g’ri va o’zi buni qilish kerakmi?. Bu bo’yicha o’z taklifimni aytadigan bo’lsam, aynan mana shu SI ning intellektual mulk sohasi bo’yicha maqomi va javobgarligi masalasi aniq ko’rsatilgan xalqaro hujjat ishlab chiqilishi lozim. Balki xalqaro tashkilotlar faoliyatida sun’iy intellekt faoliyatini litsenziyalash masalasini ham ko’tarish kerakdir. Internet platformalari uchun yagona xalqaro monitoring markazini ishlab chiqish ham himoya sifatida samaradorlikni oshiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: I. Kitoblar va darsliklar: 1. Gavrilyuk A.V. Intellektual mulk obyektlarni raqamli iqtisodiyotda: nazariy va amaliy 6 https://president.uz/oz/lists/category/5?menu_id=12
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 401 jihatlar. — M.: Infra‑M, 2021. 2. Mualliflar jamoasi. Xalqaro iqtisodiy huquq: darslik. — Toshkent, 2019. 3. Carlos M., Abduqavi A. Intellectual Property and International Trade: the TRIPS Agreement. II. Ilmiy maqolalar 1. Ubaydov N. Intellektual mulk obyektlarini boshqarish, baholash va tijoratlashtirishning nazariy-huquqiy asoslari // Central Asian Journal of Academic Research. 2024. 2. Timofeev D.V. Teoreticheskie podhody k sostavlyayushchim protsessa kommertsializatsii intellektualnoy sobstvennosti // Ekonomicheskie i yuridicheskie nauki. 2015. 3. Timofeev D.V. Teoreticheskie podhody k sostavlyayushchim protsessa kommertsializatsii intellektualnoy sobstvennosti // Ekonomicheskie i yuridicheskie nauki. 2015. 4. Umarova X.N. Belgilarni xalqaro ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi Madrid kelishuvi bayonnomasi qoidalari va Parij konvensiyasining qoidalarining qiyosiy tahlili // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences. III. Xalqaro huquqiy hujjatlar va tashkilot manbalari 1. World Intellectual Property Organization (WIPO). Protocol Relating to the Madrid Agreement Concerning the International Registration of Marks. (Madrid, 27 iyun 1989). 2. WIPO Lex. Qonunchilik va shartnomalar bo‘limi, O‘zbekiston tomonidan tasdiqlangan intellektual mulkka oid xalqaro shartnomalar. 3. TRIPS Agreement. IV. O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari 1. “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori 2. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonun. 3. “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonun. 4. Prezident qarori “O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi