CHUQUR TOG'LI KARYERLARNI QAZIB OLISHDA YO'L YONBAG'IRLARINING OPTIMAL QIYALIKLARINI ASOSLASH
Abstract
Ushbu tezisda chuqur tog‘li karyerlarni ishlab chiqishda transport yo‘llarining yonbag‘irlarining (avtoyo’llar, servis yo‘llari ) optimal qiyaliklarini aniqlashga bag‘ishlangan. Maqsad geologik, geoteхnik va ekspluatatsion omillarni hisobga olgan holda ishonchli va iqtisodiy jihatdan maqbul yonbag‘ir qiyaliklarini asoslash; ishonchlilik, barqarorlik, xavfsizlik va qazib olish samaradorligini ta’minlash.Xavfsiz qiyalikni tanlashda litologiya va sharoitlar uchun tavsiya etiladigan qiyalik oralig‘i, loyihalashtirish metodikasining bosqichlari va xavfsizlik o’rganiladi.
Full text
Dekabr, 2025-Yil 102 CHUQUR TOG‘LI KARYERLARNI QAZIB OLISHDA YO‘L YONBAG‘IRLARINING OPTIMAL QIYALIKLARINI ASOSLASH Ulashev Jahongir Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 2-bosqich magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17916260 Annotatsiya. Ushbu tezisda chuqur tog‘li karyerlarni ishlab chiqishda transport yo‘llarining yonbag‘irlarining (avtoyo’llar, servis yo‘llari ) optimal qiyaliklarini aniqlashga bag‘ishlangan. Maqsad geologik, geoteхnik va ekspluatatsion omillarni hisobga olgan holda ishonchli va iqtisodiy jihatdan maqbul yonbag‘ir qiyaliklarini asoslash; ishonchlilik, barqarorlik, xavfsizlik va qazib olish samaradorligini ta’minlash.Xavfsiz qiyalikni tanlashda litologiya va sharoitlar uchun tavsiya etiladigan qiyalik oralig‘i, loyihalashtirish metodikasining bosqichlari va xavfsizlik o’rganiladi. Kalit so‘zlar: Karyer, yonbag‘ir qiyaligi, barqarorlik, limit-holat tahlili, geomateriallar. Kirish. Chuqur tog‘li karyerlarni chuqurlashtirib borish jarayonida avtoyo’llar uchun optimal yonbag‘ir qiyaliklarini tanlash va asoslash kon korxonalarining samaradorligi, transport tizimining xavfsizligi hamda qazib olish tannarxi uchun eng muhim omillardan biridir. Karyerlarning chuqurlashuvi, tog‘ jinslarining murakkab geologik tuzilishi, transport texnikasining yuklama va tormoz xususiyatlari — bularning barchasi yo‘l qiyaligini ilmiy asosda aniqlashni talab etadi. Chuqur tog‘li karyerlarni ishlab chiqish jarayonida yo‘l yonbag‘irlarining qiyaligi karyerning xavfsizligi, iqtisodiy samaradorligi va transport tizimining unumdorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Notog‘ri tanlangan qiyaliklar o‘z navbatida toshqinlar, yer silkinishi va texnika ishlashining qiyinlashuviga olib keladi. Shu sababli yo‘l yonbag‘irlarining optimal qiyaliklarini aniqlash va asoslash konchilik texnologiyasining dolzarb masalalaridan biridir. Asosiy qism. Chuqur tog‘li karyerlarni loyihalash va ularda transport yo‘llarini barpo etishda geologik-geotexnik sharoitlar asosiy omil hisoblanadi. Tog‘ jinslarining mustahkamligi, qatlamlarning yotish burchagi, ularning suvlanish darajasi, yoriqlanish tizimi va jinslarning fizikmexanik parametrlarining o‘zgaruvchanligi yo‘l yonbag‘irlari barqarorligini belgilaydi. Chuqur karyerlar odatda 250–600 m gacha bo‘lgan chuqurliklarda qazib olinadi, bu esa yonbag‘irlarning kuchlanish holatida sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi. Chuqur tog’li karyerlarni ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi, birinchi navbatda, avtotransportning qiyalik bo‘ylab harakatlanish sharoitlari bilan belgilanadi. Chunki yuk ko‘taruvchi avtosamosvallar qazib olingan rudani yoki qoplovchi jinslarni yuqoriga - qiya yo‘llar orqali tashiydi. Gravitatsion qarshilikyo‘l qiyaligi qancha katta bo‘lsa, mashinaning og‘irlik kuchi shuncha orqaga tortadi. Ishqalanish qarshiligi yo‘lning sifatiga, g‘ildirak bosimiga bog‘liq. Havo qarshiligi - yuqori tezliklarda seziladi. Rulon qarshiligig‘ildiraklarning deformatsiyasi va yo‘lning notekisligi tufayli yuzaga keladi. Yo‘l qiyaligi oshgan sari mashinaning foydali tortish kuchi kamayadi, chunki dvigatel kuchining katta qismi og‘irlikni yengishga sarflanadi. Qiyalikka ko‘tarilishda yoqilg‘i sarfi tekis yo‘lga nisbatan 2-4 baravar ko‘p bo‘lishi mumkin.
Dekabr, 2025-Yil 103 Tog‘li karyerlarda yoqilg‘i ekspluatatsion xarajatlarning 55-60% ini tashkil etadi, Ravon karyerlarda esa bu ko‘rsatkich 30-35%. Demak, qiyalik karyer transportining eng muhim energiya iste’molchisidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki: qiyalik 3-5% bo‘lganda avtosamosvalning ish tezligi uncha kamaymaydi, 7-10% qiyaliklarda tezlik 2-2,5 baravar pasayadi, 12% va undan yuqori bo‘lsa, ko‘plab modellar faqat 1-2 uzatmada harakatlana oladi. Har bir avtosamosvalning konstruktiv cheklovi bor - bu gradeability, ya’ni yuk holatida yengib o‘ta oladigan maksimal qiyalik mavjud shuningdek ular dvigatel quvvati,yuk ko‘tarish qobiliyati (BelAZ va CAT avtosamosvallari uchun odatda 6–10% ko‘tarilish mumkin) hamda tormoz tizimlari barqarorligi va harakat dinamikasi bilan bog’liq. Masalan: Avtosamosval turi Eng yuqori qiyalik (%, yuk bilan) BelAZ-75131 10-12% Komatsu HD785 12-14% Caterpillar 785C 12% Hitachi EH1100 10-11% Bu qiymatlar ideal yo‘l holatida, qisqa masofada va dvigatel maksimal quvvatda ishlaganda beriladi. Lekin karyerlarda yo’l notekis va burilishlar ko’p hamda yuk har doim ham maksimal emas shuning uchun amalda qiyalik 8-10% dan oshmaydi Avtotransportning qiyalik bo‘yicha samarali ishlashi yo‘l qoplamasi yaxshi bo‘lishi , burilish radiuslari katta bo‘lishi (odatda 20-25 m),tezkor drenaj - yomg‘ir suvi yo‘lga zarar bermasligi , texnikaga doimiy texnik xizmat ko‘rib turilishi hamda qiyalik bo‘yicha harakatda uzatmalar to‘g‘ri tanlanishi juda muhimdir. Tog‘li chuqur karyerlarda yo‘l qiyaligi odatda: 5-7% - eng qulay qiyalik 7-10% - ruxsat etilgan, amaliy optimal 10-12% - chegaraviy (faqat qisqa masofalarda) 12% dan yuqori - xavfli va tavsiya etilmaydi. Xulosa Chuqur tog‘li karyerlar uchun avtoyo’llar yonbag‘irlarining optimal qiyaliklarini asoslash murakkab geomekanik, texnologik va iqtisodiy omillar yig‘indisidir. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ilmiy asoslangan qiyaliklar nafaqat xavfsizlikni oshiradi, balki transport jarayonining samaradorligini sezilarli darajada yaxshilaydi. Yuqorida ko’rsatilgan 5-7% qiyalik eng optimal qiyalik bo’lsa Komatsu HD 785 va Caterpillar 785 C modeli uchun bu qiyalik 10% yuqori bo’lishi mumkin faqat qisqa masofalarda va shartli ravishda karyerni holatiga yo’llarni mustahkamligiga qaraydi lekin amalda eng ko’p ruhsat etiladigan qiyaligi 8-10% dan oshmaydi shu sababli transport harajatlari 12-18% gacha kamayadi. Avtosamasvallarning o’rtacha tezligi 10-15% gacha oshadi, yo‘llarda avariya xavfi kamayadi, karyer bortlarining xizmat muddati uzayadi va natijada kon korxonasining umumiy samaradorligini oshiradi.
Dekabr, 2025-Yil 104 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. www.nkmk.uz 2. https .belaz.com 3. Анистратов, Ю. И. Технологические процессы открытых горных работ [Текст]: учеб. для вузов / Ю. И. Анистратов. - М.: Недра, 1995. - 351 с. 4. Васильев, М. В. Транспорт глубоких карьеров [Текст] / М. В. Васильев. - М.: Недра, 1983.-295 с. 5. https://actual.ngmk.uz