TA'LIM JARAYONINI INDIVIDUALLASHTIRISHDA NEYROPEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING AHAMIYATI
Abstract
Ta’lim jarayonini individuallashtirish — bu har bir tarbiyalanuvchiining shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’limni tashkil etish jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, individuallashtirilgan ta’limda har bir tarbiyalanuvchiga o‘ziga xos yo‘l, usul va sur’atda bilim olish imkoniyati yaratiladi. Bu uchun avvalo tarbiyalanuvchining o‘ziga xos xususiyatlarini pedagog bilishi va shu orqali ta’lim faoliyatini olib borish zarur. Mana shu o‘ziga xos xususiyatlarni neyropedagogik diagnostika metodlari orqali aniqlash mumkin.
Full text
VOLUME-3, ISSUE-11 41 TA’LIM JARAYONINI INDIVIDUALLASHTIRISHDA NEYROPEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING AHAMIYATI Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi dotsenti, p.f.f.d (PhD) S.R.Mansurova Tel.93.311-81-27 [email protected] Annotatsiya. Ta’lim jarayonini individuallashtirish — bu har bir tarbiyalanuvchiining shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’limni tashkil etish jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, individuallashtirilgan ta’limda har bir tarbiyalanuvchiga o‘ziga xos yo‘l, usul va sur’atda bilim olish imkoniyati yaratiladi. Bu uchun avvalo tarbiyalanuvchining o‘ziga xos xususiyatlarini pedagog bilishi va shu orqali ta’lim faoliyatini olib borish zarur. Mana shu o‘ziga xos xususiyatlarni neyropedagogik diagnostika metodlari orqali aniqlash mumkin. Kalit so‘zlar: ta’limni individualashtirish, o‘ziga xos xususiyatlar, diagnostka, neyropedagogika, metod, afzal ko‘radigan reperezentativ tizim, xotira, diqqat, tafakkur. Kirish. Neyropedagogika sohasidagi ilmiy izlanshlarda turli psixotiplar xulq-atvori, ta’limtarbiya faoliyatida o‘quv vazifalarni bajarishda “afzal” hisoblagan yo‘llarni tanlashlaridagi farqlar tadqiq etilgan. Xususan, neyropedagogika sohasidagi bir qator ilmiy tadqiqotlarda – bolalarning bilimlarni (chet tilini o‘rganish misolida) o‘zlashtirishining ulardagi yetakchi yarimsharlar funksiyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi, 1 ta’lim berishda bolalarning yosh va rivojlanganlik jihatlarini hisobga olish, 2 o‘quv ma’lumotlarini ularning tafakkur strategiyalariga muvofiq tarzda havola qilish 3 masalalari yoritilgan. Ta’lim jarayonini individuallashtirish uchun tarbiyachi bolalardagi o‘ziga hosliklarni bilishi kerak. Chunki bolalarni deyarli har kuni ko‘rish va muloqot qilishning o‘zi ularni yaxshi bilish va tushunish uchun yetarli emas. 4 Ta’lim jarayonini individuallashtirish — bu har bir tarbiyalanuvchiining shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’limni tashkil etish jarayonidir. Individuallashtirishning asosiy yo‘nalishlari: 1. Mazmunni individuallashtirish — har bir o‘quvchiga mos bilim darajasi va mavzularni tanlash. 2. Usulni individuallashtirish — o‘quvchining o‘rganish uslubi (vizual, audial, kinestetik va h.k.)ni hisobga olish. 3. Sur’atni individuallashtirish — har bir o‘quvchiga mos o‘qish tezligini belgilash. 1 Тункун Я.А. Основы нейропедагогики: история, теория и практика / Ж.: Киберленинка, 73-2, -С.206. (ftp://194.226.213.129/text/tunkun_33_73_2_203_208.pdf) 2 Gulyamov J.R., Nurboyev Q.M., Khuzhakulov N.T. Teaching Children Of Preschool Age In Neurodidactic Conditions / Palarch’s Journal Of Archaeology Of Egypt / Egyptology 17(6). ISSN 1567-214x / PJAEE, 17 (6) (2020) / P.1448514494 3 Гулямов Д.Р., Каланходжаева К.Б. К вопросу учета особенностей межполушарной функциональной асимметрии мозга обучаемых в учебном процессе / Евразийский Союз Ученых. #11 (56), 2018 / https://euroasia-science.ru/wp-content/uploads/ -С. 38-43 4 Мавлонова Р., Тўраева О., Холиқбердиев К. Педагогика / Дарслик. –Тошкент: Ўқитувчи, 2001. 173-174 бетлар.
VOLUME-3, ISSUE-11 42 4. Nazorat va baholashni individuallashtirish — natijalarni shaxsiy rivojlanish nuqtai nazaridan baholash. Ta’lim jarayonini individuallashtirish — bu “hamma uchun bir xil” ta’lim modelidan voz kechib, har bir o‘quvchining shaxsiy rivojlanish trayektoriyasini yaratish demakdir. Boshqacha qilib aytganda, individuallashtirilgan ta’limda har bir tarbiyalanuvchiga o‘ziga xos yo‘l, usul va sur’atda bilim olish imkoniyati yaratiladi. Individual o‘ziga hosliklariga bolaning jinsi, bosh miyasining dominant yarimshari, laterallik profilining tipi va afzal ko‘radigan reprezentativ tizimi kabilar kirib, ular bolalarning idrok qilish mexanizmlarini belgilaydi. Shuning uchun tarbiyachilar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida katta guruh bolalarini maktabga tayyorlash va ular bilan o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkillashtirishlari uchun ularning individual xususiyatlarini hisobga olishlari uchun neyropedagogik diagnostika metodlarini bilishlari va mazkur metodlarni amalda qo‘llay olishlari kerak bo‘ladi. Umuman olganda, har qanday murakkab tizimning ishlashini o‘rganish “diagnostika” (“tashxis”) deb nomlanadi 5 . Diagnostika so‘zi (yunon. «dia» - shaffof va «gnozis» - bilim) – o‘rganilayotgan obyekt yoki jarayonga oid kutilayotgan ma’lumotni oldindan olishning umumiy yo‘llari, ma’nosini beradi 6 . Hodisa, voqea va jarayonlarning mohiyatini tushunish uchun dastlab ularni keltirib chiqargan sabablarni aniqlab diagnoz (tashxis) qo‘yiladi. Olingan natijalarga asoslanib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olish, ijobiy jihatlarni shakllantirish va rivojlantirish choralari belgilanadi. Bunda diagnostika natijalarining obyektivligi masalasi muhim sanaladi. Chunki noto‘g‘ri diagnostika mutaxassisning barcha harakatlarini bekor ketishiga sabab bo‘lish bilan birga, mavjud muammoni bartaraf etish imkoniyatini yo‘qqa chiqarib, boshqa, yanada og‘irroq muammolarni yuzaga keltirib chiqarishi mumkin 7 . Neyropedagogik diagnostika — bu o‘quvchining miya faoliyati, hissiy holati, diqqat, xotira, tafakkur va boshqa kognitiv (aqliy) jarayonlarini o‘rganish orqali uning o‘quv imkoniyatlarini aniqlash tizimidir.Bu jarayon ta’limni individuallashtirishda juda muhim ahamiyatga ega. Neyropedagogik diagnostikaning ta’limni individuallashtirishdagi ahamiyati bolalarning neyropsixologik xususiyatlarini aniqlaydi. Neyropedagogik tashxis orqali tarbiyalanuchilarning: • diqqat turi va davomiyligi, • xotira hajmi, • tafakkur uslubi (logik, obrazli, ijodiy), • emotsional barqarorligi kabi xususiyatlari aniqlanadi. Bu ma’lumotlar asosida o‘quv dasturi va usullar bolalarga moslashtiriladi. • Neyropedagogik diagnostika yordamida: • disleksiya (o‘qishdagi qiyinchiliklar), • diskalkuliya (hisoblashdagi qiyinchiliklar), • diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik (DEHB) kabi holatlar erta aniqlanadi. 5 Ингенкамп К. Педагогическая диагностика / перевод с немецкого.- М., 1991, 7-бет. 6 Подласый И.П. Педагогика: в 3-х кн., кн.3: Теория и технология воспитания: учеб.для студ.вузов. – Москва: ВЛАДОС, 2007. 66-67-стр. 7 Щукина Г.И. Педагогические проблемы формирования познавательных интересов учащихся. – М., Педагогика, 1988. 84-бет.
VOLUME-3, ISSUE-11 43 Bu esa har bir o‘quvchiga shaxsiy ta’lim strategiyasini ishlab chiqishga yordam beradi. Diagnostika natijalariga ko‘ra: kimga ko‘proq vizual materiallar, kimga audiomateriallar, kimga amaliyotga asoslangan o‘quv usuli kerakligini aniqlash mumkin. Bu orqali bolalar o‘ziga mos yo‘l bilan samarali o‘qiydi. Neyropedagogik usullar orqali o‘quvchining stress darajasi, motivatsiyasi va qiziqishi kuzatiladi. Shu asosda o‘quv muhiti (masalan, dam olish intervallari, multimedia vositalari, ijobiy rag‘bat) to‘g‘ri tashkil qilinadi. Diagnostika natijalari nafaqat bolalar uchun, balki pedagog va ota-onalar uchun ham bolalarni qo‘llab-quvvatlashning individual strategiyasini ishlab chiqishda yo‘l-yo‘riq bo‘ladi. Xulosa o‘rinda shuni aytish mumukinki, neyropedagogik diagnostika — ta’lim jarayonini individuallashtirishning ilmiy-amaliy asosidir.U orqali har bir bolaning miya faoliyati, tafakkur va asosiy rivojlanish xususiyatlarini bilib, ta’lim jarayonini insonning neyropsixologik ehtiyojlariga moslashtirish mumkin bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Child Neuropsychology in Practice: Perspectives from Educational Psychologists (Emilia Misheva, 2020) — болалардаги нейропсихология ва таълим психологияси ўртасидаги боғланишлар, таълим мутахассислари учун амалий йўриқнома. link.springer.com 2. Diagnosing Learning Disorders: A Neuropsychological Framework (2nd ed.) (Bruce Pennington, 2009) — ўқишдаги бузилишларни нейропсихологик нуқтаи назардан диагностика қилиш бўйича фундаментал асар. OUP Academic 3. Neuro-Education: A Translation from Theory to Practice (Ed. Ellyn Lucas Arwood & Christopher Merideth, Neuro-Education Press, 2017) — нейроилм ва педагогика бирлашмасидан келиб чиқиб таълим амалиётини қандай енгиллаштириш мумкинлиги ҳақида. Neuro-Education Press 4. Neuro-Systemic Applications in Learning (Ed. G.N. Madhuranatha Dixit et al., Springer, 2024) — билим олишнинг нейро-системик механизмлари ва уларни педагогик жараёнда қўллаш имкониятлари. link.springer.com 5. Assessing and Diagnosing Speech Therapy Needs in School: Pedagogical Diagnostics in Theory and Practice (Małgorzata Przybysz-Zaremba, Aleksandra Siedlaczek-Szwed, Krzysztof Polok, 2023) — мактаб таълимида тил, нутқ ва билишка боғлиқ қийинчиликларни педагогик диагностика воситалари орқали аниқлаш ва йўлларни ишлаб чиқиш 6. Тункун Я.А. Основы нейропедагогики: история, теория и практика /Ж.: Киберленинка, 73-2, -С.206.(ftp://194.226.213.129/text/tunkun_33_73_2_203_208.pdf) 7. Gulyamov J.R., Nurboyev Q.M., Khuzhakulov N.T. Teaching Children Of Preschool Age In Neurodidactic Conditions / Palarch’s Journal Of Archaeology Of Egypt / Egyptology 17(6). ISSN 1567-214x / PJAEE, 17 (6) (2020) / P.1448514494 8. Гулямов Д.Р., Каланходжаева К.Б. К вопросу учета особенностей межполушарной функциональной асимметрии мозга обучаемых в учебном процессе / Евразийский Союз Ученых. #11 (56), 2018 / https://euroasia-science.ru/wp-content/uploads/ -С. 38-43 9. Мавлонова Р., Тўраева О., Холиқбердиев К. Педагогика / Дарслик. –Тошкент: Ўқитувчи, 2001. 173-174 бетлар. 10. Гулямов Д.Р., Каланходжаева К.Б. К вопросу учета особенностей межполушарной функциональной асимметрии мозга обучаемых в учебном процессе / Евразийский Союз Ученых. #11 (56), 2018 / https://euroasia-science.ru/wp-content/uploads/ -С. 38-43 11. Мавлонова Р., Тўраева О., Холиқбердиев К. Педагогика / Дарслик. –Тошкент: Ўқитувчи, 2001. 173-174 бетлар.