scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

EMPATIYA IFODALASHDA YAPON VA O'ZBEK TILLARIDA IJTIMOIY MASOFA VA DARAJANING PRAGMATIK ROLI

Sabirova, Yulduzxon Abdulla qizi

Full text

3 196 4 7.2 EMPATIYA IFODALASHDA YAPON VA O‘ZBEK TILLARIDA IJTIMOIY MASOFA VA DARAJANING PRAGMATIK ROLI Sabirova Yulduzxon Abdulla qizi Alfraganus universiteti o‘qituvchisi E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17918345 Annotatsiya: Ushbu maqolada yapon va o‘zbek tillarida empatiya ifodalash jarayonida ijtimoiy masofa, nutqiy daraja va rasmiylik-kamtarinlik kategoriyalarining pragmatik roli qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning markazida yapon tilidagi keigo va aidzuchi tizimining empatiya ifodalashdagi o‘rni, o‘zbek tilida esa empatiyaning ijtimoiy roli va nutqiy masofaning ta’siri yotadi. Tahlil jarayonida yapon tilidagi 相槌 iboralari hamda o‘zbek tilidagi “Yuragingizga og‘ir olmasangiz edi”, “Xafa bo‘lmang”, “Sizni tushunaman” kabi birliklar qiyoslandi. Natijalar yapon tilida empatiya ko‘pincha grammatik rasmiylik orqali, o‘zbek tilida esa kontekst va munosabatlar orqali ifodalanishini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: 敬語 , 尊敬語 , 謙譲語 , 丁寧語 , あいづち , ええ , そうですか , なるほど , empatiya, pragmatik, semantik, rostanmi, his-tuyg’u, ijtimoiy masofa. Аннотация: В данной статье проводится сравнительный анализ прагматической роли социальной дистанции, речевых уровней и категорий официальности–скромности при выражении эмпатии в японском и узбекском языках. В центре исследования — роль системы кейго и айдзути в японском языке, а также социальное значение эмпатии и влияние речевой дистанции в узбекском языке. В ходе анализа сопоставлены японские выражения типа 相槌 , а также узбекские единицы, такие как «Yuragingizga og‘ir olmasangiz edi», «Xafa bo‘lmang», «Sizni tushunaman» и др. Результаты показали, что в японском языке эмпатия чаще выражается через грамматическую официальность, тогда как в узбекском языке через контекст и характер взаимоотношений. Ключевые слова: 敬語 , 尊敬語 , 謙譲語 , 丁寧語 , あいづち , ええ , そうですか , なるほど , эмпатия, прагматика, семантика, rostanmi, чувства, социальная дистанция. Abstract: This article presents a comparative analysis of the pragmatic role of social distance, speech levels, and the categories of formality–modesty in the expression of empathy in Japanese and Uzbek. The study focuses on the role of the keigo system and aizuchi expressions in Japanese, and the social significance of empathy and the impact of communicative distance in Uzbek. Japanese aizuchi expressions and Uzbek expressions such as “Yuragingizga og‘ir olmasangiz edi,” “Xafa bo‘lmang,” and “Sizni tushunaman” are compared. The results show that in Japanese, empathy is often conveyed through grammatical formality, while in Uzbek it is expressed mainly through context and interpersonal relationships. Keywords: 敬語 , 尊敬語 , 謙譲語 , 丁寧語 , あいづち , ええ , そうですか , なるほど , empathy, pragmatics, semantics, rostanmi, emotion, social distance. Kirish. Bugungi kunda globallashuv jarayonida til va madaniyatlararo muloqotning samaradorligini oshirish muhim masalalardan biridir. Muloqot jarayonida suhbatdoshning hissiyotini anglash, tushunish va unga mos tarzda javob qaytarish esa alohida kommunikativ kompetensiyani talab qiladi. Bu jarayon lingvistika fanida empatiya, yapon tilshunosligida esa 共感 [kyoukan] deb yuritiladi. Empatiya har bir xalq madaniyatining 3 197 4 7.2 nutqiy ko‘rinishida namoyon bo‘lib, o‘ziga xos lingvopragmatik belgilar orqali ifodalanadi. Yapon va o‘zbek xalqlarida empatiya muloqotning ajralmas qismi bo‘lsa ham, ularning ifodalanish mexanizmi, ijtimoiy masofa, hurmat-izzat darajasi, tinglovchi va so‘zlovchi o‘rtasidagi kommunikativ roli keskin farq qiladi. Masalan, yapon tilida empatiya ifodalash ko‘pincha 敬語 [keigo] tizimi orqali tartibga solinadi, suhbatdoshning ijtimoiy mavqeiga qarab har bir ibora moslashtiriladi. O‘zbek tilida esa empatiya ko‘proq madaniy qadriyatlar, hurmat, suhbat ohangi, duo, tasalli bildiruvchi iboralar orqali ifodalanadi. Ushbu maqola yapon va o‘zbek tillarida empatiyaning lingvopragmatik xususiyatlarini ijtimoiy masofa va daraja nuqtayi nazaridan chuqur tahlil qilishni maqsad qiladi. Adabiyotlar tahlili. Yapon tilshunosligida empatiya 対人関係語用論 [Taijin kankei goyōron] sifatida o‘rganiladi va bu bo’yicha ko’plab olimlar bir qancha tadqiqotlar olib borishgan jumladan Brown, P. & Levinson, S. (1987). Politeness: “Some Universals in Language Usage”; Ide, Sachiko (1989). “Formal forms and discernment: Two neglected aspects of universals of linguistic politeness”; Matsumoto, Y. (1988). “Reexamination of the universality of face”; Clancy, Patricia (1986). “The acquisition of Japanese”; Maynard, Senko K. (1997). “Japanese Communication: Language and Thought in Context”; Shibamoto-Smith, Janet (2004). “Japanese politeness strategies.” Ularning ta’kidlashicha, yapon tilidagi empatiya uch asosiy birlik orqali namoyon bo‘ladi:  敬語 [keigo] tizimi: 尊敬語 [sonkeigo], 謙譲語 [kenjōgo], 丁寧語 [teineigo]  あいづち[aidzuchi]: ええ[ee], そうですか[soudesuka], なるほど[naruhodo]  遠慮[enryo] – o‘zini tiyish strategiyasi [Ide, Sachiko 1989:166]. Empatiya ifodalarining “face-saving” jihatlari, yapon madaniyatidagi yuqorida keltirilib o‘tilgan ifodalar hamda masofa tushunchasi haqida asosiy nazariyalar keltirilgan. Ide o’zining ilmiy ishlarida formal shakllaryaʼni kim bilan rasmiy yoki norasmiy suhbat qurishni anglash , yapon xushmuomalaligida markaziy ekanligini taʼkidlaydi va shu orqali empatiya ifoda qilish paytida til vositasini aniq tanlash zarurligi tushuniladi. [Ide 1989:166]. Matsumoto, Brown & Levinson nazariyasini yapon kontekstida qayta koʻrib, “face” va ijtimoiy masofa orasidagi munosabat murakkab va madaniyatga bogʻliq ekanini ko‘rsatadi, yaʼni yapon tilida empatiya faqat “yumshatish” orqali emas, balki kontekstga mos ravishda ijtimoiy munosabatlar va normalarni anglab ishlatiladi. [Brown & Levinson1987:49]. O‘zbek tilshunosligida empatiya odobi muomala, hurmat shakllari va pragmatik birliklar doirasida o‘rganilgan jumladan: Turdiyeva H.K. “Yapon, o‘zbek va fors tillarida xushmuomalalik strategiyalarining qiyosiy pragmatikasi”. Bu tadqiqotda muallif 3 198 4 7.2 madaniyatlararo kontekstda xushmuomalalik (politeness)ni tahlil qiladi, ya’ni uch tilda muloqotdagi va madaniyat o‘rtasidagi pragmatik farqlar va o’ziga xos jihatlari, “pozitiv face” va “negative face” nazariy manbalar va so’rovnomalar orqali aniqlangan. Ijtimoiy masofa, ehtirom, suhbatdoshlar o‘rtasidagi munosabat darajasi - bular barchasi til tanloviga ta’sir qiluvchi omillar sifatida ko‘riladi. [Turdiyeva H.K. 2020:6] Yulchiyeva D. o’zining “Ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalalik me’yorlarining qiyosiy tahlili” nomli ilmiy ishida asosan ingliz va o’zbek tillaridagi xushmuomilalik kategoriyalarini keng yoritib bergan; [Yulchiyeva D.2024:411] Xamidova N.M. “Yapon va o‘zbek tillarida rad etish iboralarining o‘rganilganlik darajasi”. Ushbu tadqiqotda muallif rad etish iboralarini tahlil qilganda, rad etishni bildiruvchi ifodalar bilan bir qatorda uning “xushmuomalalik” kontekstida berilishi muhimligini ta’kidlaydi. Ya’ni, rad etayotgan holatda ham ijtimoiy masofa (yosh, mansab, munosabat) hisobga olinadi, rad etish nutqi yumshatiladi, bilvosita shakllar tanlanishi kerakligi ta’kidlangan. Yapon va o’zbek tillaridagi yumshatuvchi til birliklarining o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash maqsadida qiyosiy tahlil o‘tkazilgan. Tadqiqot Brown va Levinsonning “yuz” nazariyasi, Lakoffning xushmuomalalik tamoyillari, shuningdek, yapon tilshunosligidagi “wakimae” konsepsiyasi asosida olib borilgan. Mazkur strategiyalarning sintaktik modellari, semantik yuklamalari va pragmatik funksiyalari batafsil ko‘rib chiqilgan. Yapon tilidagi muloqot etiketi bilan o‘xshash ravishda, o‘zbek tilida ham ba’zan sukut saqlash, jumlani to‘liq yakunlamaslik yoki mazmunni bilvosita ifodalash orqali xushmuomalalikni ta’minlash mumkinligi Xalmurzayeva N.ning “Yapon va o‘zbek tillaridagi muloqotda noaniqlik semantikasi asosida shakllanuvchi xushmuomalalik strategiyalarining qiyosiy tahlili” nomli ilmiy ishida batafsil yoritib berilgan. [Xalmurzayeva N. 2025:71] Poyonova Z. va Maxammadov B. “O‘zbek tilida hurmat ifodalovchi vositalarning o‘rganilishi”. Ushbu tadqiqotda mualliflar o’zbek tilidagi “siz” va “sen” olmoshlari, fe’l shakllaridagi hurmat ifodalari, xitob so‘zlari, etiketa birliklari (salomlashish, kechirim so‘rash, minnatdorchilik bildirish) tahlil qilinadi. Shu bilan birgalikda zamonaviy o‘zbek tilidagi hurmatga oid vositalarning kommunikativ funksiyasi va ularning sotsiolingvistik talqini ham ko‘rib chiqilgan. [ Poyonova Z. & Maxammadov B. 2025:131]. Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu maqolada his-tuyg’u ifodalarining ijtimoiy masofasi hamda darajalari qiyosiy va pragmatik tahlil qilinadi. あいづち[aidzuchi] hamda 遠慮[enryo] empatiyalari dialoglar, adabiy parchalar va kundalik nutqda qanday ifodalanishi kontekstual, semantik tahlil qilinadi. Yapon ijtimoiy tarmoqlari, intervyular, turli xil asarlardan parchalar va o’zbek kundalik suhbatlari asos sifatida olinadi. Tahlillar va natijalar. Yapon tili ijtimoiy mezonlarga eng ko‘p asoslangan tillardan biri bo‘lib, har bir muloqot jarayoni qat’iy ijtimoiy iyerarxiya, vaziyat, kontekst, 3 199 4 7.2 suhbatdoshning statusiga bog‘liq bo’ladi. Empatiya ifodalash ko’proq 敬語 [keigo] orqali ifodalanadi. Hurmat darajasi noto’g’ri tanlansa, empatiya emas aksincha noo’rinlik kelib chiqishi mumkin. 敬語 [keigo] o’zi nima? Bu – xushmuomilalik iboralari hisoblanadi, va u uch turga bo’linadi: 1. 尊敬語 [sonkeigo]- hurmat shakli 2. 謙譲語 [kenjōgo]- kamtarlik shakl 3. 丁寧語 [teineigo]- rasmiy hurmat va odob shakli Empatiya ifodalanishida 尊敬語 sonkeigo (hurmat shakli) eng ko‘p qo‘llanadi, chunki unda suhbatdoshning hissiy holatini e’tirof etish ham ijtimoiy hurmat ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Masalan: お辛かったですね。- “Sizga og‘ir bo‘libdi.” (samimiy hamdardlik + hurmat) 大変でしたね、よく頑張りました。-“Juda qiyin bo‘lgan, yaxshi bardosh bergansiz.” Bu iboralarda empatiya bilan birga suhbatdoshning mehnati va hissiyotiga hurmat namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy masofani saqlashda 内外 [uchi-soto] tushunchasidan foydalanish muhim omil hisoblanadi. Yapon madaniyatida 内外[uchi-soto] (ichki guruh-tashqi guruh) konsepti har qanday muloqotning asosiy mezonidir.  内[uchi] - yaqinlar: oila, do‘st  外[soto] -begona, ustoz, rahbar, mijoz Empatiya ifodalari 外[soto] guruhiga nisbatan juda ehtiyotkor tarzda qo’llaniladi. Ya’ni 外の人[sotonohito] ga nisbatan so’zlarning hurmat shakli, 内の人[uchinohito]ga nisbatan esa so’zning oddiy shakli ham ishlatilsa bo’ladi. Yaponlar empatiyani faqat so‘z bilan emas, balki qisqa reaksiyalar あいづち[aidzuchi] orqali ham bildiradilar. あいづち[aidzuchi]ning o’zi ham ma’no va ishlatilish o’rni jihatidan bir nechta guruhlarga bo’linadi. Quyida shular batafsil yoritiladi. 1. Asosiy tasdiqlovchi あいづち Bu turdagi iboralar suhbatdoshingizni diqqat bilan tinglayotganingizni bildiradi. Empatiyaning bazaviy shakli hisoblanadi. 3 200 4 7.2 Yaponcha Romaji Ma’nosi はい hai Ha, eshityapman (rasmiy) ええ ee Ha (yumshoq, qulay shakl) うん un Ha (norasmiy) そうですか soudeska Shundaymi? (qiziqish va tushunish) そうなんですね sounandesune Ha, demak shunday ekan-a (empatiya kuchli) 2. Tushunishni bildiruvchi あいづち (kuchli empatiya) Bu iboralar II yoki III shaxsning his-tuyg‘usiga kirishga harakat qilayotganingizni bildiradi. Yaponcha Romaji Ma’nosi なるほど naruhodo Aha, tushunarli わかります wakarimasu Tushunaman わかるわかる wakaru wakaru Bilaman, bilaman (kuchli yaqinlik) たしかに tashikani To‘g‘ri, haqiqat そうだよね soudayone Ha, men ham shunday deb o‘ylayman 3. Hamdardlik va achinishni ifodalovchi あいづち Bu iboralar empatiyaning eng hissiy ko‘rinishini ifodalaydi. Yaponcha Romaji Ma’nosi 大変でしたね taihendeshitane Qiyin bo‘lgan ekan-a かわいそうに kawaisouni Bechora, qanday achinarli お気持ちわかります okimochi wakarimasu Hislaringizni tushunaman つらかったですね tsurakattadesune Og‘ir bo‘lgan ekan 心配でしたね shinpaideshitane Xavotirli bo‘lgan ekan 4. Hayrat va qiziqish bildiruvchi あいづち (pozitiv empatiya) Bu turdagi reaktsiyalar tinglovchining suhbatga faol kirishayotganini, sizning suhbatingiz menga ham qiziq, davom ettiring ma’nolarida ham qo’llaniladi. Yaponcha Romaji Ma’nosi へえ hee Voy, rostdanmi?! (yumshoq hayrat) ほんとう hontou Rostmi? まじで majide Rostdan-a? (norasmiy) すごい sugoi Zo‘r! 3 201 4 7.2 うそ uso Yo‘g‘-e?! 5. Kuchli qo‘llab-quvvatlovchi あいづち Bu iboralar suhbatdoshning fikri yoki hissiy holatini qo‘llab-quvvatlashda ishlatiladi. Positive reaksiyalarda keng qo’llaniladi. Hissiy qo‘llab-quvvatlash + suhbatga doimiy diqqatni anglatadi. Yaponcha Romaji Ma’nosi よかったですね yokattadesune Yaxshi bo‘libdi! その通りです sonotōridesu To‘ppa-to‘g‘ri いいね iine Zo‘r ekan 頑張ったね ganbattane Yaxshi harakat qilibsiz すばらしいですね subarashiidesune Ajoyib ekan-a あいづちyapon tili kommunikatsiyasida: tinglash madaniyati, ijtimoiy masofa darajasi, hissiy moslashuvchanlik bilan chambarchas bog‘langan. Shu sababli, ular faqat til birliklari emas, balki lingvopragmatik empatiya belgisi hisoblanadi. O‘zbek tilida empatiya, avvalo, kommunikativ jarayonning emotsional, ijtimoiy va madaniy qatlamlarini qamrab oluvchi murakkab fenomen sifatida namoyon bo‘ladi. Empatiya nafaqat shaxsning his-tuyg‘ularini tushunish, balki ularni nutq orqali tan olish, tasdiqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan pragmatik strategiyalar majmuini ham o‘z ichiga oladi. O‘zbek jamiyatining kollektivistik va yuqori kontekstli madaniyati empatikaning ochiq, iliq va shaxslararo munosabatlarga yo‘naltirilgan shakllarda qo‘llanishiga zamin yaratadi. Shu bois empatiya ifodalari ko‘pincha affektiv leksika, ijtimoiy birlik va birdamlikni kuchaytiruvchi iboralar, murojaat shakllari va kontekstual yumshatish strategiyalari bilan uyg‘unlashadi. Pragmatik nuqtai nazardan qaralganda, empatikaning muvaffaqiyatli ifodalanishi suhbatdoshning “ijtimoiy yuzi” (face-saving)ni saqlash, munosabatlarni mustahkamlash va kommunikativ muvozanatni barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Shu sababli o‘zbek tilida xushmuomilalik ko‘proq bilvosita, odob doirasidan chiqmagan holda, hurmat bilan qo‘llanadi. O‘zbek madaniyatida muloqot “katta–kichik”, “hurmat–ehtirom”, “odob”, “qarindoshlik” tamoyillariga asoslanadi. Empatikaning pragmatik ko‘rinishlari suhbatdoshlar o‘rtasidagi ijtimoiy masofa darajasi bilan sezilarli darajada o‘zgaradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, masofa kichik bo‘lgan holatlarda empatiya emotsional jihatdan boyroq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va shaxsiy tusda bo‘ladi. Masofa ortishi bilan til rasmiylashadi, his-tuyg‘ularni ifodalash bilvosita shakllarga o‘tadi. Yaqin ijtimoiy masofa (oila, do‘stlar, yaqinlar) o “Juda achinib ketdim, nima bo‘ldi o‘zi?” o “Seni to‘liq tushunyapman, jonim.” 3 202 4 7.2 o “Dardingni eshitib yuragim ezilib ketdi.” Bu kontekstlarda metaforik leksika, muomala terminlari (jonim, ukajon, opajon), hissiy intonatsiya va qisqa tasdiq reaksiyalari (ha-a, voy, rostdanmi?) empatiya kuchini oshiradi. O‘zbek kommunikativ madaniyatida yaqin suhbatlarda emotsional ochiqlik normal deb qabul qilinadi, bu esa empatikaning bevosita va iliq ifodalanishiga olib keladi. O‘rta masofa (kursdoshlar, tanishlar, xizmat ko‘rsatuvchi soha vakillari) Bu darajada empatiya ifodasi qisman rasmiylashadi , leksika kamayadi va yordam taklif qilish bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Nutqiy etiketa (iltifot, hurmat) kuchayadi, lekin samimiylik saqlanadi: o “Afsus, shunday bo’libdi.” o “Kerak bo‘lsa yordam berishga tayyorman.” o “Xavotirli holat ekan, o‘zimga aytsang, ko‘maklashaman.” Katta ijtimoiy masofa (rahbar, ustoz, begona shaxslar). Masofa oshgani sari empatiya ifodasi yanada rasmiy xarakter kasb etadi: “Bu voqea og‘ir kechgan bo‘lsa kerak, afsusdaman.” “Holatingizni tushunaman, bardam bo‘ling.” “Sizga kuch–quvvat tilayman.” Bu holatda til yumshoq modal, kirish so’zlar (ehtimol, shekilli, kerak bo‘lsa), neytral leksika, hurmat bildiruvchi murojaatlar bilan chegaralanadi. Emotsional oshkoralik minimal bo‘ladi, chunki ijtimoiy masofa hurmatni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Xulosa. Yapon va o‘zbek tillarida empatiya ifodalanishi umumiy maqsadga ega bo‘lsada, lingvopragmatik mexanizmlari keskin farqlanadi. Yapon tilida empatiya keigo, aidzuchi, ijtimoiy daraja, uchi-soto tizimi orqali tartibga solinadi. Bu yerda empatiya nafaqat hissiy qo‘llab-quvvatlash, balki suhbatdoshga hurmatni bildiruvchi vosita sifatida ham xizmat qiladi. O‘zbek tilida esa empatiya ko‘proq madaniy qadriyatlar, hissiy ochiqlik, hamdardlik, duo va tasalli shaklida namoyon bo‘ladi. O‘zbek empatiyasi yapon empatiyasiga qaraganda ko‘proq ta’sirchan, emotsional va ochiq tusga ega. Mazkur tadqiqot yapon va o‘zbek tillarida empatiya ifodalarining farqli madaniy asoslarini ko‘rsatib, lingvopragmatik xususiyatlarini aniqlab berdi. Natijalar madaniyatlararo muloqotda empatiyani to‘g‘ri qo‘llashning amaliy ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Brown P. Levinson S. Politeness: Some Universals in Language Usage. Cambridge University Press, 1987. 2. Clark H. Using Language. Cambridge University Press, 1996. 3. Ide S. Formal forms and discernment: Two neglected aspects of universals of linguistic politeness, 1989. 4. Maynard S. K. Japanese Communication: Language and Thought in Context,1997. 5. Poyonova Z., Maxammadov B. O‘zbek tilida hurmat ifodalovchi vositalarning o‘rganilishi, 2025. 6. Turdiyeva H. K. Yapon, o‘zbek va fors tillarida xushmuomalalik strategiyalarining qiyosiy pragmatikasi. 2020 3 203 4 7.2 7. Xamidova N.M. Yapon va o‘zbek tillarida rad etish iboralarining o‘rganilganlik darajasi. 2024 8. Xalmurzayeva N. Yapon va o‘zbek tillaridagi muloqotda noaniqlik semantikasi asosida shakllanuvchi xushmuomalalik strategiyalarining qiyosiy tahlili. 2025 9. Yo‘ldosheva D. O‘zbek tilida xushmuomalalik kategoriyasi. Toshkent: TDPU ilmiy jurnali, 2021. 10. Yulchiyeva, D. Ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalalik me’yorlarining qiyosiy tahlili. 2024