ANTONI BERJESNING "BURAMA SOAT" (A CLOCKWORK ORANGE) DISTOPIK ROMANIDA BOLALIK MAVZUSI IN'IKOSI
Full text
3 213 4 7.2 ANTONI BERJESNING “BURAMA SOAT” (A CLOCKWORK ORANGE) DISTOPIK ROMANIDA BOLALIK MAVZUSI IN’IKOSI Begmatova Sohiba Mustafoyevna, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili amaliy fanlar 2 kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD) E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17918439 Annotatsiya: Mazkur maqola XX asrning taniqli ingliz yozuvchisi, musiqashunosi, adabiyotshunosi hamda sanʼatshunosi, bir qator badiiy asarlar muallifi Antoni Berjesning mashhur “Burama soat” (A Clockwork Orange, 1971) distopik asaridagi bolalik va oʻsmirlik davrining murakkabliklari, shuningdek, shaxsiy erkinlik, axloqiy tanlov va ijtimoiy nazorat kabi mavzularni koʻrib chiqadi. Maqolada Berjes asarlarida bolalik obrazi ifodasi va uning distopik muhitga qanday mos kelishi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: distopiya, distopiya mualliflari, bolalar obrazi, bolalik mavzusi, shaxsiy erkinlik, ijtimoiy nazorat, zo‘ravonlikka qarshi kurash. Аннотация: В данной статье рассматриваются сложности детства и подросткового возраста, а также такие темы, как личная свобода, моральный выбор и социальный контроль, в знаменитом антиутопическом произведении Энтони Бeржесcа, известного английского писателя, музыковеда, литературного критика и искусствоведа XX века, автора ряда художественных произведений. В статье анализируется выражение образа детства в произведениях Бeржесcа и его место в антиутопической среде. Ключевые слова: антиутопия, авторы антиутопий, образ детей, тема детства, личная свобода, социальный контроль, борьба с насилием. Abstract: This article examines the complexities of childhood and adolescence, as well as topics such as personal freedom, moral choice and social control, in the famous dystopian work by Anthony Burgess, a famous English writer, musicologist, literary critic and art critic of the 20th century, author of a number of works of fiction. The article analyzes the expression of the image of childhood in the works of Burgess and its place in a dystopian environment. Keywords: dystopia, the authors of dystopias, the image of children, the theme of childhood, personal freedom, social control, the fight against violence. Kirish. Adabiyot halq hayotini aks ettirar ekan, u albatta, ijtimoiy turmushdagi milliy, umuminsoniy jihatlarni badiiy ifodalashi tabiiy bir holdir. Milliylik va umuminsoniylik adabiyotning ruhida chuqur iz qoldiradi. Shu sababli, milliylik va umuminsoniylik ijtimoiy hodisalargina emas, ayni choqda, estetik hodisa hamdir [4]. Distopiya jamiyatlari ko‘plab badiiy asarlarida tasvirlangan va ulardagi voqeahodisalar kelajakda, yangi davr adabiyotida sodir bo‘ladi. Distopiya janr sifatida ko‘pincha muallifning atrof-muhit, siyosat, din, mafkuraviy tarbiya muammolari, inson baxtini yo'q qiladigan va ruhiy azob-uqubatlarga olib keladigan muqarrar xotira muammosi, tillarning mafkuraviy o‘zgarishi, jinoyat va jazo, urushlar, giyohvandlik, odamlarning sinfiy tabaqalanishiga e’tiborni qaratish uchun ishlatiladi. Zamonaviy distopiya asarlari nafaqat totalitar hukumatlar va anarxizmni, balki atrof-muhitning ifloslanishi, global isish, iqlim o‘zgarishi, sog‘liqni saqlash, fan, iqtisodiyot va texnologiya kabi mavzularni ham qamrab
3 214 4 7.2 oladi [11]. Darhaqiqat, XX asr insoniyat, fan va texnika yutuqlari asri boʻlsa-da, afsuski, insoniyat uchun moddiy, maʼnaviy, siyosiy va ijtimoiy muammolar koʻlamini kengaytirgan asr sifatida tarixga kirdi. Zamonaviy dastopik adabiyotda bolalar nafaqat soddalik va beg‘uborlik timsoli sifatida, balki ma’naviy jihatdan murakkab, ruhiy olami chuqur obrazlar sifatida ham tasvirlanadi. Kadzuo Isiguroning “Meni qo ‘yib yuborma” (Never Let Me Go, 2005 ) romanida Hailsham maktabinternatida tarbiyalanayotgan bolalar - inson klonlari bo‘lib, ularning butun bolalik davri ular hayot haqiqatlaridan bexabar holda o‘tadi. San’at va ta’limga yo‘naltirilgan tarbiya jarayoni ularni erkin fikrlovchi shaxs sifatida emas, balki itoatkor va qo‘rqmas avlod sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Bu jarayon dastopik tuzumning eng xavfli jihatini ko‘rsatadi: e’tiroz tug‘ilmasligi uchun ongni bolalikdan boshlab shakllantirish. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ilm-fan va texnologiyalardagi jadal o‘zgarishlar fonida kuchaygan pessimizm natijasida dastopiyalar jamiyatning xavfli yo‘nalishlarga kirib ketayotganidan ogohlantiruvchi asarlarga aylandi. Ular ilgari umid uyg‘otgan ijtimoiy tuzilmalar qayta ko‘rib chiqilishi zarurligini ko‘rsatadi. Adabiyotlar tahlili. Distroptik adabiyot zamonaviy adabiy jarayonning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning nazariy asoslari, janr xususiyatlari va badiiy-estetik tamoyillarini o‘rganishda bir qator tadqiqotchilar muhim hissa qo‘shgan. S. Begmatovaning “Kadzuo Isiguro distopik romanlarining badiiy o‘ziga xosligi” ga bag‘ishlangan tadqiqoti ushbu yo‘nalishdagi yondashuvlarni milliy ilmiy maktab doirasida o‘rganishga harakat qilgani bilan ahamiyatli. Muallif Isiguroning “Never Let Me Go” (2005) romanini distopik g‘oya, falsafiy-kenglik va xronotop nuqtayi nazardan sharhlab, distopiya janrining zamonaviy transformatsiyalarini ochib beradi. Distroptik adabiyot bo‘yicha eng asosiy nazariy manbalardan biri - Bakkolini va Moylan tomonidan tuzilgan “Dark Horizons: Science Fiction and the Dystopian Imagination” (2003). Mazkur asarda distopiyaning siyosiy, madaniy va ijtimoiy ildizlari tahlil qilinib, “tanqidiy distopiya” tushunchasi ilgari suriladi. Tadqiqotchilar zamonaviy distopik romanlarda an’anaviy totalitar modellardan tashqari, shaxsning ijtimoiy tizimga moslashtirilishi, subyektiv erkinlikning chegaralanishi kabi masalalar markazga chiqayotganini ta’kidlaydi. Balasopoulos tomonidan taklif etilgan distopiya va antiutopiya (2006,2010) o‘rtasidagi genetik farqlarni fikran qayta ko‘rib chiqish g‘oyalari ham muhimdir. Uningcha, antiutopiya asosan utopik g‘oyalarning rad etilishi bo‘lsa, distopiya kengroq ijtimoiy-falsafiy maydonni qamrab oladi va haqiqiy ijtimoiy xavflarni badiiy modellashtirishga qaratilgan. T. Boboyevning “Adabiyotshunoslik asoslari” asari distopik romanlarni tahlil qilishda zarur bo‘ladigan adabiy tushunchalar - xronotop, badiiy konflikt, kompozitsiya, obrazlar tizimi kabi kategoriyalarni belgilab beradi. Ayniqsa, distopik matnlardagi xronotop
3 215 4 7.2 masalasini tahlil qilishda Baxtinning «Формы времени и хронотопа в романе» (1975) asari alohida ahamiyat kasb etadi. Baxtin roman makon va zamonining ideologik-badiiy mazmun bilan bog‘liqligini asoslab, distopiya kabi g‘oyaviy yo‘nalishdagi janrlarni tahlil qilish uchun nazariy asos yaratadi. Utopiya va distopiya janrlarining bolalar hamda yoshlar adabiyotidagi aks etishi Hintz & Ostry (2003) tomonidan yoritilgan. Bu manba distopiyaning shaxsiy kamolot, identitet va ijtimoiy ong shakllanishi jarayonidagi rolini ochib beradi. Youngning (2011) “Nima uchun distopiyalar yoshlar uchun jozibador?” maqolasida esa zamonaviy yosh kitobxonning distopiya janriga qiziqishi global ijtimoiy beqarorlik, texnologiyalashuv va identitet inqirozi bilan bog‘liqligi ta’kidlanadi. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqot dastlab distopik adabiyot nazariyasiga tayanadi. Ayonki, distopiya adabiyoti Oruel, Haksli va zamonaviy mualliflar ijodi orqali ijtimoiy-siyosiy tuzumlarning adabiy modellar orqali tanqid qilinishi o‘rganadi. Distopik asarlardagi bolalar obrazi – beg‘uborlik, mafkuraga moyillik, axloqiy tanlov va tizimli nazorat ramzi sifatida sharhlanadi. Ilmda distopiya adabiyoti ijtimoiy muammolarni tanqid qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu janrda bola obrazi kuchli ramziy ma’noga ega. Bolalar tasviri mafkuraviy ta’sir, shaxsiy erkinlikni yo‘qotish, adolatsizlikka qarshi isyon kabi mavzularni o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Utopik adabiyotda bola kelajakka umid timsoli bo‘lsa, distopik adabiyotda u ko‘proq buzilgan yoki boshqariladigan kelajakdir. Distopik asarlarda bola obrazi ramziy vosita sifatida ishlatiladi. Bu asarda bolalik davri quvonchli, shod-hurram lahzalarga to‘la davr emas, balki nazorat va zulmga yo‘g‘rilgan hayot tarzida tasvirlanadi. Masalan, Jorj Oruelning “1984” distopik romanida [7] bolalar kattalarni “Spies” ya’ni “josuslar” tashkiloti a’zolari sifatida kuzatishga o‘rgatiladi va hatto ularning ota-onalarini xiyonat uchun fosh qiladi. Bu totalitar tuzumlarning bolalikni mafkuraviy nazorat ostiga olishga intilishidan dalolat beradi. Bunday holda, bola nafaqat jabrlanuvchi, balki tizimning faol a’zosi hamdir. Tahlil va natijalar. Antoni Berjes yaratgan dastopiya nafaqat kelajak haqidagi salbiy taxmin, balki insoniyatning abadiy muammolari - erkinlik va nazorat, axloq va itoat, shaxsiy iroda va jamiyat talabi o‘rtasidagi ziddiyatni ochib beradi. “Burama soat ” romani bolalik – axloqiy chekka holat sifatida ko‘rsatiladi. Aleksning “nadsat” lahjasi Baxtin nazariyasidagi tilning ijtimoiy qatlamlari tamoyillarini aniq aks ettiradi. Lyudovik usuli orqali davlat yosh ongini majburan “yaxshilashga” urinadi, ammo bu jarayon Aleksni irodadan mahrum, “mexanik odam”ga aylantiradi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, davlatning “yaxshilikka” majburlash urinishi Aleksni axloqiy vositadan mahrum qiladi. Tanlash qobiliyati bo‘lmasa, Aleks “burama soat” ga aylanadi - tirik, lekin mexanik. Bolalik davri romanda eng samarali yoritilgan nuqta sifatida ajralib turadi.
3 216 4 7.2 Antoni Berjesning “Burama soat” asari distopik romanida ijtimoiy tartibning darz ketishi ortidan inson tabiati xususida qator savollarni tug‘diradi. Asar inson tabiati tashqi bosimlar ortidan emas, balki botiniy hissiyotlar ortidan o‘zgarishi lozim, degan xulosa beradi [1]. Yozuvchi yaratgan dastopiya nafaqat kelajak haqidagi salbiy shubha, taxmin, balki insoniyatning abadiy muammolari - erkinlik va nazorat, axloq va itoat, shaxsiy iroda va jamiyat talabi o‘rtasidagi ziddiyatni ochib beradi. Baxtinga ko‘ra[12], roman tilining ijtimoiy qatlamlarga bo‘linishi – avlodlar, kasb, mafkura, siyosiy guruhlar tilining mavjudligi – roman janrining asosiy xususiyatidir. Berjes ham ushbu tamoyilni o‘ziga xos badiiy shaklda namoyon etadi. “Nadsat” lahjasi yoshlar submadaniyatini aks ettirib, avlodlararo qarama-qarshilik hamda davlatning til orqali ideologik ta’sirini ochib beradi. Roman tilining ko‘p ovozliligi (yoshlar lahjasi, siyosiy hokimiyatning rasmiy tili, diniy nutq) - kim shaxsiyat va axloqiy qadriyatlarni nazorat qilishi masalasidagi dialogik to‘qnashuvni yuzaga chiqaradi. “Burama soat” asarida bolalik – axloqiy tanlov va nazorat oralig‘idagi maydon sifatida tasvirlanadi. Aleks hali voyaga yetmagan bo‘lsa-da, jinoyatlar girdobida qolgan, ammo baribir ijtimoiy tizimning tajriba obyektiga aylantirilgan o‘smirdir. Asarning har bo‘limi “What’s it going to be then, eh?” [5]degan savol bu oddiy “Xo‘sh ,nima qilamiz endi?” emas, balki Berjesning erkinlik, axloq va tanlov, mas’uliyat va insoniy iroda haqidagi falsafiy muammosini boshlanish nuqtasida kitobxonga eslatib turuvchi markaziy metaforik savoldir. Adibning asosiy shiori shundan iboratki, inson erkin tanlovsiz axloqiy bo‘la olmaydi. Asarda insonni majburan “yaxshi inson qilish” – shaxsni mexanik mavjudotga aylantiradi. Distopiya romanlarida bolalarning mafkuraviy tajribalarga jalb qilinishi jamiyatning kelajagi qanday shakllanishiga oid ogohlantiruv sifatida namoyon bo‘ladi. Avvalo, ular axloqiy mustaqillikning yo‘qotadilar. Bunday asarlarda oilaviy rishtalarning yemirilishi, zo‘ravonlik yoki itoatkorlikning normal qabul qilinishi kuzatiladi. Natijada esa jamiyat asta-sekin yemiriladi. Xulosa. Distopiya adabiyotda bolalik markaziy, ramziy va syujet qurilish unsuri sifatida qo‘llanadi. “Burama soat” asarida bolalik - erkinlik, begunohlik va axloqiy mustaqillik uchun kurash maydoniga aylanadi. Antoni Berjessning yondashuvi inson axloqi erkin tanlovga asoslanishini, majburlash orqali “yaxshilik” yaratish mumkin emasligini isbotlaydi. Til, madaniyat va siyosiy mexanizmlar yosh avlodni shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, ularning noto‘g‘ri qo‘llanishi shaxsning mexanizatsiyalashuviga olib keladi. Distopik adabiyot jamiyatning bolalarga munosabati - uning axloqiy holati ko‘zgusi ekanini ta’kidlaydi. Bolalikning boshqarilishi jamiyatning kelajagiga bevosita tahdiddir. Shu ma’noda, distopik asarlar kitobxonni nafaqat tasvirlangan jamiyatni, balki o‘z zamonining axloqiy muammolarini qayta ko‘rib chiqishga undaydi.
3 217 4 7.2 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Begmatova S.M. Kadzuo Isiguro distopik romanlarining badiiy o‘ziga xosligi. Diss.avtoreferati., O‘zDJTU, Toshkent, O‘zbekiston. May, 2025 yil. 58 b. https://uzswlu.uz/backend/web/files/Avtoreferat%20Begmatova%20S.%202025%20yil%20%207% 20may%20%282%29%20%281%29.pdf58p 2. Baccolini, R., & Moylan, T. (2003). Dark Horizons: Science Fiction and the Dystopian Imagination. Routledge. -312 P. 3. Balasopoulos A. Anti-utopia and Dystopia: Rethinking the Generic field // Utopia Project Archive. – 2006–2010. – pp. 59–67. 4. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. T., O‘zbekiston, 2002 y. - 558 b. 5. Burgess, A. “A clockwork orange”. W. W. Norton & Company, New York. 2005. -213 P. 6. Hintz, C., & Ostry, E. (2003). Utopian and Dystopian Writing for Children and Young Adults. Routledge. -212 P. 7. Orwell, G. (1949). 1984. Secker & Warburg. -328 P. 8. Ishiguro, K. (2005). Never Let Me Go. Faber & Faber. - 263 p 9. James, P.D. (1992). The Children of Men. Faber & Faber. -324 P. 10. Lowry, L. (1993). The Giver. Houghton Mifflin.-128 P. 11. Young, M. (2011-10-22) ”Why is dystopia so appealing to young adults?”. The Guardian. ISSN 0261-3077. 12. Бахтин М.М. Формы времени и хронотопа в романе // Вопросы литературы и эстетики. – 1975. – С. 407.