MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQI VA TAFAKKURI RIVOJIDA INNOVATSION METODLARNING QO'LLANILISHI
Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq va tafakkur rivojini ta’minlashda innovatsion pedagogik metodlarning ahamiyati, ularning psixologik-pedagogik asoslari, samarali ta’limiy texnologiyalar va interfaol yondashuvlarning qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy MTTlarda qo‘llanilayotgan STEAM, Montessori, “Mind-mapping”, “Storytelling”, “Dialogik o‘yinlar” kabi metodlarning nutqiy kompetensiyani shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan.
Full text
379 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQI VA TAFAKKURI RIVOJIDA INNOVATSION METODLARNING QO‘LLANILISHI Sa’dullayeva Nilufar Ilhomovna Buxoro davlat pedagogika instituti Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) 1-bosqich magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17919705 Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq va tafakkur rivojini ta’minlashda innovatsion pedagogik metodlarning ahamiyati, ularning psixologikpedagogik asoslari, samarali ta’limiy texnologiyalar va interfaol yondashuvlarning qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy MTTlarda qo‘llanilayotgan STEAM, Montessori, “Mindmapping”, “Storytelling”, “Dialogik o‘yinlar” kabi metodlarning nutqiy kompetensiyani shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Kalit so’zlar: maktabgacha ta’lim, nutq rivoji, tafakkur rivoji, innovatsion metodlar, STEAM texnologiyasi, Montessori metodikasi, storytelling, mind-mapping, interfaol metodlar. APPLICATION OF INNOVATIVE METHODS IN THE DEVELOPMENT OF SPEECH AND THINKING OF PRESCHOOL CHILDREN Abstract. This article analyzes the importance of innovative pedagogical methods in ensuring the development of speech and thinking in preschool children, their psychological and pedagogical foundations, the use of effective educational technologies and interactive approaches. Also, the role of methods such as STEAM, Montessori, "Mind-mapping", "Storytelling", "Dialogical games" used in modern MTTs in the formation of speech competence is substantiated. Keywords: preschool education, speech development, thinking development, innovative methods, STEAM technology, Montessori methodology, storytelling, mind-mapping, interactive methods. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi rivojining psixologik-pedagogik asoslarini tahlil qiladigan bo’lsak psixolingvist olimlarning ta’kidlashicha, bolaning nutqiy rivojlanishi uch asosiy omilga tayanadi: tabiiy biologik rivojlanish, ijtimoiy muhit, pedagogik ta’sir. [2, 112118]. Mazkur fikrni tahlil qiladigan bo’lsak, “tabiiy biologik rivojlanish” omilining mazmuni bu komponent bolaning: markaziy asab tizimi yetilishi, nutq apparati (til, lab, jag‘)ning jismoniy rivoji, eshitish va ko‘rish qobiliyatlari, tug‘ma neyropsixologik imkoniyatlari bilan bog‘liqdir. Psixolingvistika nuqtayi nazaridan, bola biologik tayyorgarliksiz nutqni egallay olmaydi, lekin biologiya yetarli emas - bu faqat poydevordir. Bolaning nutqiy rivojlanishi uchun “ijtimoiy muhit” omilining roli juda beqiyos bo’lib, nutqning shakllanishida: kattalar bilan muloqot, til muhitining boyligi, oilaviy aloqa madaniyati, tengdoshlari bilan o‘yin jarayoni, ijtimoiy faollik hal qiluvchi muhim o’rin tutadi. Vigotskiy nazariyasiga ko‘ra, nutq avvalo ijtimoiy muloqotda paydo bo‘ladi, so‘ngra ichki nutqga, ya’ni tafakkur jarayoniga aylanadi. Demak, bola qanday muhitda tarbiya olsa, uning nutqi ham shunga mos ravishda boyiydi yoki cheklanadi. Demak, nutq tafakkur bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bola muloqot jarayonida intellektual amallarni egallaydi va bu jarayon interfaoldir. [3, 56].
380 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Bolaning nutqiy rivojlanishi uchun “pedagogik ta’sir”ning ahamiyati muhim bo’lib, pedagogik yondashuv bolaning nutqini: rejalashtirilgan mashg‘ulotlar, innovatsion metodlar, tarbiyachining nutq madaniyati, didaktik materiallar, interaktiv o‘yinlar orqali maqsadli ravishda rivojlantirishni anglatadi. Bu omil nutq rivojining sun’iy tartibga solinadigan, metodik jihatdan asoslangan bosqichini tashkil qiladi. Agar pedagogik ta’sir bo‘lmasa, ijtimoiy muhit va biologik imkoniyatlar ham to‘la ishlamaydi. Tahlil qilinayotgan fikr maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanishida ko‘p komponentli tizimga tayanish zarurligini ilmiy asoslaydi. Bu yondashuv psixolingvistika, pedagogika va neyropsixologiyadagi zamonaviy qarashlar bilan uyg‘un hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi va tafakkuri rivojida innovatsion metodlarning o’rni beqiyosdir. Hozirgi vaqtda ayniqsa dolzarb yondashuv hisoblangan STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) metodikasi o‘yin va tajriba orqali nutqiy faoliyatni faollashtirib, bolalar predmet va hodisalarni izohlash, tahlil qilish va xulosalashga o‘rganadi - bu esa tafakkur jarayonini har tomonlama rivojlantiradi [4, 23]. Shuningdek innovatsion metodlardan biri “Storytelling” - hikoya qilish texnologiyasi bolada: bog‘lanishli nutq, sabab-oqibatni tushuntirish, tasviriy so‘z boyligini kengaytirish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, muntazam hikoyalash mashqlari bolalarning lug‘at boyligini 25–30 % ga oshirishi mumkin [5, 78]. Bolalar tafakkurida “Mind-mapping” (Aqliy xaritalar) metodi orqali mavzularni vizual tarzda tartibga solish orqali: mantiqiy fikrlash, tushunchalar orasidagi bog‘liqlikni aniqlash, nutqni rejalashtirish malakalarini shakllantiradi. [6-34]. “Montessori” metodikasi esa bolani erkin tanlov va mustaqil faoliyatga undaydi. Tabiiy nutqiy muloqot uchun qulay sharoit yaratiladi, natijada bola: o‘z fikrini aniq ifodalash, savollarga mustaqil javob topish, nutqda grammatik to‘g‘rilik ko‘nikmalarini rivojlantiradi [7101]. Interfaol metodlarning nutq rivojiga ta’sirini dialogik o’yinlar orqali ham tahlil qiladigan bo’lsak, dialogik o‘yinlar (rol o‘ynash, dramatizatsiya, muammoli vaziyatlar) bolalarda muloqot ko‘nikmalarining shakllanishida samarali vosita hisoblanadi. Interfaol yondashuvlar bolani faol suhbat ishtirokchisiga aylantiradi, bu esa nutqning tabiiy rivojini tezlashtiradi [8-52]. Innovatsion metodlarning tafakkur rivojiga ta’sirini innovatsion texnologiyalar orqali izohlaydigan bo’lsak, asosan analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi fikrlash amallari shakllanadi, ijodiy tafakkur kuchayadi, muammoli vaziyatlarda mustaqil yechim topish qobiliyati rivojlanadi. Ayni paytda raqamli vositalar, masalan interaktiv doska, multimediali topshiriqlar, audio-video materiallar kognitiv jarayonlarni rag‘batlantiradi [9-210]. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi va tafakkurini rivojlantirishda innovatsion metodlar muhim omil hisoblanadi. STEAM, Montessori, storytelling, mind-mapping va dialogik o‘yinlar bolalarning lug‘at boyligini kengaytiradi, mustaqil fikrlashni kuchaytiradi, muloqot madaniyatini yuksaltiradi. Shuning uchun MTT tarbiyachilarining zamonaviy metodlarni chuqur egallashi ta’lim samaradorligining asosiy shartidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Hasanov, B. “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”. Toshkent: Yangi Asr Avlodi, 2022. – 320 b. (45–47-b.) 2. Leontyev, A.A. “Psixolingvistika asoslari”. Moskva: Flinta, 2019. – 256 b. (112–118-b.)
381 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 3. Vygotsky, L.S. “Myshleniye i rech'”. Moskva: AST, 2018. – 576 b. (56–60-b.) 4. Yakubova, G. “STEAM texnologiyalarining maktabgacha ta’limdagi o‘rni”. Pedagogika jurnali, 2021. №4, 23–26-b. 5. Brown, M. “Storytelling in Early Childhood Education”. London: Routledge, 2020. – 198 p. (78–81-p.) 6. Buzan, T. “Mind Maps for Kids”. BBC Books, 2018. – 128 p. (34–39-p.) 7. Montessori, M. “The Absorbent Mind”. New York: Holt Paperbacks, 2019. – 347 p. (101– 105-p.) 8. Karimova, D. “Interfaol metodlarning nutq rivojiga ta’siri”. Ta’lim va Innovatsiya, 2020. №2, 52–54-b. 9. Clark, A. “Digital Tools in Early Learning”. Cambridge University Press, 2021. – 210 p.