scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INVESTISION LOYIHALAR SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARINI ANIQLASH

Aliyeva Nigora Bozor qizi; Madatova Farzona Akmalovna

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada investision loyihalar samaradorligini baholashni oddiy baholash, diskontlashuvga asoslangan baholash usullar bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi keltirilgan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 397 UDK: 338.5 INVESTISION LOYIHALAR SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARINI ANIQLASH Aliyeva Nigora Bozor qizi Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti o’qituvchi Madatova Farzona Akmalovna Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17924422 Annotasiya. Ushbu ilmiy maqolada investision loyihalar samaradorligini baholashni oddiy baholash, diskontlashuvga asoslangan baholash usullar bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi keltirilgan. Kalit so’zlar: iqtisodiy baholash, investisiya, sof, diskontlash, loyiha, samaradorlik, daromad, foyda, qiymat. Annotation. This scientific article presents the results of research on the evaluation of the effectiveness of investment projects using simple valuation and discounting-based valuation methods. Keywords: economic valuation, investment, net, discounting, project, effectiveness, income, profit, value. Kirish. Investisiya samaradorligini baholash juda muhim jarayon hisoblanib, u o’z ichiga texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlarni tahlil qilish va baholashni qamrab oladi. Investisiya loyihalari samaradorligini baholash orqali mablag’larni samarali joylashtirish yo’llarining eng optimalini tanlashni talab etadi. Har qanday investisiya loyihasini baholashning mazmuni bugungi xarajatlarni loyihadan olinadigan daromadlar oqlaydimi? - degan savolga javob topishdan iboratdir. Biroq, bu savol shunchalik oddiy bo’lishiga qaramasdan, agar diqqat bilan ko’rib chiqilsa, uning ko’plab qirralari ochiladiki, ba’zan unga bir xil ma’nodagi javobni topish juda mushkul. Har qanday investisiya loyihasi, garchi u ko’pgina ijobiy tavsiflarga ega bo’lsada, unga qo’yilgan mablag’lar, ya’ni qilingan investisiya xarajatlariloyiha mahsuloti (ish, xizmat) sotishdan kelgan daromadlar bilan qoplanmasa, ko’rilgan foyda darajasi ko’zda tutilgan darajada bo’lmasa, u amalga oshirilmay qoladi. Investisiya loyihalarini taqlil qilish va baholashdan asosiy maqsad, ainan ko’zda tutilgan natijalarga erishishni realligini baholashdir. Investisiya loyihalari samaradorligini baholashda loyihadan ko’riladigan daromadning ko’pligiga, mehnat resurslarining kam sarflanishiga, loyihaning amalga oshirish muddatining qisqaligiga, loyiha bo’yicha ishlab chiqariladigan maxsulotning sifatiga, bozorda tutgan o’rniga, shuningdek, xarajatlarning to’g’ri olib borilishigako’proq e’tibor beriladi. Shu bilan birga, baholashda pul oqimini to’g’ri ishlatilishi va nazorat qilinishi ham katta ahamiyatga ega. Bunda kapital xarajatlarni yerni ijaraga olish, u yerda bino va inshoatlar qurish, mashina va jixozlar yaratish yoki sotib olish, mutaxassislar tayyorlash kabi ishlarga sarflanishi, joriy xarajatlar esa, xom ashyo va materiallar sotib olish, suv, energiya, mehnat va boshqa resurslarga sarflanishi e’tiborga olinadi hamda daromadlar asosiy faoliyatdan keladigan daromadlar, ishlab chiqarish ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 398 xarajatlarini pasaytirish, royalti, davlatning obligasiyalari orqali keladigan daromadlarga e’tibor qaratiladi. Investisiya loyihalarini turli usullar bilan baholash mumkin, lekin barcha usullarda eng asosiy e’tibor loyihalarning daromadlilik darajasi xamda ko’riladigan foydaning xajmini aniqlashga qaratiladi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya Investision loyihalar samaradorliginzi baholash usullarini aniqlash iqtisodiyot sohasida muhim ahamiyat kasb etadi. Avvalo, bu faoliyat an’anaviy tarzda ilmiy-texnik taraqiyot yoki yuqori texnologik qismi va ilmiy tadqiqotlar hamda ishlanmalar natijalarining amaliyotga joriy etilishi bilan bog’liq jarayon sifatida tushuniladi. Biroq «Investision loyihalar» tushunchasining ma’no va mazmuni keng qamrovli hisoblanadi. Tuychiyev N.J., Alimov R.X., Xodiyev B.Y., Vasilenko S.S., Tepman L.N. va boshqalar yuqorida tahlil qilingan mavzuda ilmiy izlanishlar olib borishgan. Bu tadqiqotlarning natijalariga ko’ra Yevropa mamlakatlarida haqiqatdan o’sish strategiyasiga alohida e’tibor ko’ratilgan. Investisiya loyihalari samaradorligini baholashda aniq natijalarga erishish, ya’ni loyihalashtirishni yakunlash, bozorga chiqish va undao’z o’rnini mustaxkamlash, belgilangan foydaga erishish, qilingan investisiya xarajatlarini qoplash kabi natijalarga erishish uchun belgilangan muddat ham ayniksa muhimdir. Chet el mamlakatlarining tajribasini, shu bilan birga YuNIDO (United Nations Industrial Development Organization) tavsiyalarini hisobga olgan holda investisiya samaradorligini baholash ikki mezon asosida, ya’ni moliyaviy va iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi. Investisiya samaradbrligini baholashning bu ikkala mezoni ham bir-birini to’ldirib turadi. [2] Moliyaviy baholash investisiyani amalga oshirish jarayonidagi likviddigini tahlil qilishda ishlatiladi. Boshqacha aytganda, moliyaviy baholash vazifasi, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami moliyaviy majburiyatlarini bajarishga korxonaning yetarli moliyaviy resurslari bo’lishini belgilashdir. Natijalar va muhokama Iqtisodiy baholash esa, investisiyaning potensial qobiliyati, shu loyihaga qo’yilgan mablag’larning qiymatini saqlab qolishda va ularning o’sishi sur’atini yetarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi. Takdim etilayotgan obyektni investisiyalashda moliyaviy baholash (yoki moliyaviy asoslanganlik bahosi) investisiya jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Jahon amaliyotida investisiyaning iqtisodiy samaradorligini baholashning bir qancha usullari ishlab chiqilgan bo’lib, ularni shartli ravishda ikki katta guruhga bo’lish mumkin:  Oddiy (yoki statistik) baholash usullari;  Diskontlashga asoslangan baholash usullari. Birinchi guruhga kuyidagilar kiradi:  investisiya qoplash muddati (Raubask Reruod , RR);  investisiya samaradorligi koeffisiyenti (Assounting Rate of Return, ARR.). Ikkinchi guruhga quyidagilar kiradi:  sof joriy qiymatni aniqlash usuli (NetPresentValur, NPV);  foydaning ichki me’yorin ihisoblash usuli (Internal Rate of Return, IRR);  investisiyalarning rentabelligini hisoblash usuli (Profitability Index, PI); ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 399  diskontlashning qoplash muddatini hisoblash usuli (Discount Payback Period, DPP). Ayniqsa, bugungi kunda dolzarb usullaridan investisiyaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning an’anaviy va diskontlashga asoslangan usullari keng qo’llaniladi, jumladan: 1). Shuningdek, investision loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning oddiy (an’anaviy) usullari loyihaning iqtisodiy samaradorligini baholashda qo’llaniladigan qoplash muddati va rentabellik darajasi usullari ham avvaldan ma’lum bo’lib, ular milliy va chet el amaliyotida pul tushumlarining diskontlanishiga asoslangan usullarnyng keng qo’llanilishiga qadar asosiy ko’rsatkichlar sifatida amal qilib kelgan. Ushbu usullarning soddaligi va tushunarliligi va maxsus iqtisodiy bilimga, ko’nikmaga, malakaga, tayyorgarlikka va tajribaga ega 'bo’lmagan xodimlar o’rtasida ham qo’llanilishiga sabab bo’ladi. Hozirgi kunda tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari salohiyatli qarz oluvchilarga investision resurslarni taqsimlash shartlarini ma’lum qilishda, odatda, ushbu ikkita usuldan, ya’ni qoplash muddati va rentabellik darajasi ko’rsatkichlaridan foydalanmokdalar. Investisiyalarning qoplash muddatini hisoblash usuli pul oqimlarini diskontlashga asoslangan usullardan farqli ravishda investisiyalarning nominal mikdorda qaytarilishi mumkin bo’lgan davrni aniqlashga xizmat qiladi. Shunga ko’ra, bu usul investisiya loyihasini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar hisobiga qilingan investisiya sarflarini qoplash davrini aniqlashga asoslangan. Qoplash muddatini aniqroq tushunadigan bo’lsak, bu loyihani yakunlash davridagi yoki undan olingan daromad investisiyalar summasiga teng bo’lgandagi davrga tengdir [3]. Uni hisoblash formulasi quyidagichadir: bu yerda, - boshlang’ich investisiyalar; - investisiya loiihasini amalga oshirishdan olingan yillik pul tushumi summasi. U sof foydani yoki yillik daromad (D) va harajat (X) o’rtasidagi (amortizasiyasiz A) farqni ifodalaydi. Xulosa. Yuqorida olingan natijalar va muhokamalarni tadqiq qilish natijasida quyidagi amaliy natijalarni qo’lga kiritdik, ya’ni “STROYMIX-SAMARKAND” ta’mir qurilish MChJga taklif etildi, investisiya loyihasi uchun 140 mln.so’m mikdorida investisiyalash ko’zda tutilmoqda va loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan pul tushumlari mikdori yillar bo’yicha yilda - 37750 ming so’m, ikkinchi yilda - 42390 ming so’m, uchinchi yilda 47430 ming so’m, to’rtinchi yilda - 51140 ming so’m va beshinchi yilda 60030 ming so’mni tashkil etadi. Bunda qoplanish muddati (RR) necha yilga teng ekanligini aniqladik. Bunda uch yillik pul tushumlari yig’indisi boshlang’ich investisiyalar mikdoridan kichik, ya’ni yil 127570 ming so’mni tashkil etadi. To’rt yil bo’yicha katta (178710 ming so’m)ekanligini - hisobga olsak, investisiyalarning aniq qoplanish muddati investisiya loyihasining to’rtinchi yilgi faoliyatiga bog’liq^igini ko’ramiz. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 400 Uch 'yillik olingan daromadlarning (127570 ming so’m) boshlang’ich investisiyalardan (140 mln.4*" so’m) farqi 12430 ming so’mni tashkil etishini hisobga olsak (140000 - 127570), ushbu qoldiq summaning to’rtinchi yilda olingan daromadlarga nisabti uning qoplanish muddatini ko’rsatadi, ya’ni 12430/51140=0,24 koeffisiyentni, yil hisobida esa 2 oy-u 28 kunni (3 yil+2 oy-u 28 kun)ni tashkil etishini hosil qilamiz. Shunday qilib, investisiya loyihasining qoplash muddati, ya’ni loyihani amalga oshirishdan olinadigan tushumlar qilingan harajatlarni qoplash vaqti hisoblanadi. Adabiyotlar ro’yxati: 1. Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston respublikasining 2023-2025 yillarga mo’ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora tadbirlari to’g’risida» O’zbekiston respublikasi prezidentining qarori. Toshkent sh., 2022 yil 28-dekabr, P-459-son. 2. Abduraxmonov I.Yu. Osenka nedvijimosti: vvedeniye v praktiku osenki stoimosti zdaniy i soorujeniy. – T:, «Norma», 2011-448 s. 3. Ganiyev K.B., Ganiyeva G.I. Osenka nedvijimosti: Uchebnoye posobiye – Toshkent. KONSDUD-ITUNFORM-NAShR, 2010-232 s.