scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

JARQO'RG'ON MINORASI SURXON VOHASINING TARIXIY ME'MORIY OBYEKTLARIDAN BIRIDIR.

Q.B.Tilovov

Full text

International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers ISSN: 2945-4492 (online) | (SJIF) = 8.09 Impact factor Volume-13| Issue-12| 2025 Published: |22-12-2025| 160 Publishing centre of Finland JARQO’RG’ON MINORASI SURXON VOHASINING TARIXIY ME’MORIY OBYEKTLARIDAN BIRIDIR. https://doi.org/10.5281/zenodo.17926470 Q.B.Tilovov Termiz davlat pedagogika instituti tarix fani o’qituvchisi Annotatsiya Mazkur maqolada Jarqo‘rgʻon minorasining tarixiymadaniy obyekt sifatidagi turistik imkoniyatlari ochib berilgan. Kalit so‘zlar Turizm, turist, tarixiy-ma’daniy obyekt, Jarqo‘rgʻon minorasi, turistik karidor. Jarqoʻrgʻon minorasi — Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Minor qishlogʻida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (1108-09). Xuroson meʼmorlik maktabi anʼanalari asosida barpo etilgan. Yonida bir vaqtlar pishiq gʻishtdan qurilgan Jome masjid boʻlgan (saqlanmagan). Jarqoʻrgʻon minorasi 8 qirrali poydevor ustiga gʻishtdan mavj shaklida terilgan 16 plitavor qobirgʻadan iborat. 20 m balandlikda gʻishtin panjarali ravoqlar ishlanib, uning ustida kufiy yozuvli belbogʻ hoshiya bor. Belbogʻ ustida yana qirralar davom ettirilgan, lekin minora tepasi saqlanmagan. N. N. Karazin rasmida masjid va minora harobasi aks ettirilgan (1879-yil). Minoraning hozirgi bal. 21,6 m, asosi (diametri - 5,4 m)ning kitobasida meʼmor nomi Ali ibn Muhammad Saraxsiy va qurilgan sanasi yozilgan (V. A. Shishkin tomonidan oʻqilgan). Jarqoʻrgʻon minorasi taʼmirlangan, davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Bu minorada aylanma zina boʻlib, muazzin turishiga moʻljallangan maydoncha — qafasga olib chiqqan. Bu maydoncha dastavval tahminan 16-18 metr balandlikda boʻlgan. Tanasining rish-tin yuzasi burtma epigrafik bezakdan iborat boʻlgan toʻrtta belbor bilan bezatilgan. Belboglar gʻisht juft-juft terilgan minoranishg yuzasida ajra-lib kurinib turadi. Bu monumental hattotlik-ning ilk variantlari boʻlib, taroshlangan gʻishtlardan terilgan kufiy lavhalar sodda va birmuncha handasaviy hususiyatga ega edi.Minora belborlaridan birida u bunyod etilgan sana - hijriy 423-yilni ukdshga muvaffak, bulindi (bu milodiy 1032-yilga toʻgʻri keladi).Oʻrta Osiyodagi qirrali yagona minora - Jarqoʻrgʻon minorasi. U Oʻrta asrlardagi Charmangan kishlori hududida memor Ali ibn Muhammad Saraxsiy tomonidan 1109-yilda qurilgan. Bir mahallar ikki oshiyonali boʻlgan bu International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers ISSN: 2945-4492 (online) | (SJIF) = 8.09 Impact factor Volume-13| Issue-12| 2025 Published: |22-12-2025| 161 Publishing centre of Finland minoraning kuyi oshienasi hozir ham yahshi saqlanib qolgan. Uning tanasi birbiriga tutashgan yarimdoira tarzidagi 16 kirra bilan bezatilgan. Mahorat bilan archasi-mon terilgan kirralar Quyida bir-biridan bir muncha koʻchib, yuqoriga koʻtarilgan sayin bir-biriga yaqinlashib boradi. 20 metr balandlikda ular gorizontal epigrafik belbogʻ bilan tutashgan. Bu yerda kur`oniy lavh tugamagan, bipobarin, minora tanasining saqlanib qolmagan qismida epigrafik naqshli yana bir belbor boʻlgan. Minoraning 21,6 metrli qismi saqlanib qolgan. Quyi diametri 5,4 metr, yukorisi — 4,1 metr. Minora gʻishti royat puhtalik bilan naqshinkor terilgani va umu-man uning nafis badiiy qiyofasi kishini hayratga soladi. Jarqoʻrgʻon minorasi memoriy-badiiy yechimiga kura Shimoliy Hindiston va Huroson minoralariga yaqin turadi.Sharqda bu tipdagi bino dastavval Narshahiyning „Buxoro tarixi“ kitobida tilga olingan. Unda Buxorodagi 937-yilda yonib ketgan Farjak madrasasi haqida gap boradi. Jarqo‘rg‘ondagi minora quruvchi va buyurmachi nomlari bitilgan, mahobatli me’morchilik aniq sanalgan yodgarliklardan biri bo‘lib qolmay, O`zbekiston hududida saqlanib qolgan musulmon minoralaridan eng qadimgisi hamdir3. XX asr boshida tadqiqotchilar bizgacha yetib kelgan silindirsimon Jarqo‘rg‘on minorasini Markaziy Osiyoda qurilgan noyob inshoatlar eng qadimiysi (423 hijriy1032 milodiy ), deb qayd qilgan edilar. Shuning uchun Jarqo‘rg‘on (O‘rta asrlarda bu yerda Charmangan qishlog‘i joylashgan edi) minorasi Surxondaryo vohasida saqlanib qolgan yagona obidalardandir. Minoraning yuqori qismi vayron bo‘lganiga qaramay, u hamon me’moriy yaxlidlikni yo‘qamagandek tuyuladi, o‘zining salobatli ko‘rinishi bilan barchani maftun etadi. XULOSA Jarqo‘rgʻon minorasiga yil davomida mahalliy va xorijiy turistlar tashrif buyurmoqda. Minor qishlogʻida joylashgan mazkur obida tuman markazidan 2 km janubi-gʻarbda joylashgan bo‘lib, bu yerga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun hech qanday muammo tugʻdirmaydi. Shu sababli mazkur obida atrofida mazkur maskanga kelib ketuvchi sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar (avtomabil yo‘llarining ta’mirtalab qismini ta’mirlash, milliy kasanachilik bilan shugʻillanuvchilar uchun maxsus joylar yaratish, savdo va umumiy ovqatlanish hamda aholiga boshqa maishiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qilish) yaratilsa sayyohlar oqimi bundanda ko‘p bo‘lishi shubhasizdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. T. 2022.01.15. PF-52-son. 2.O‘zbekiston milliy ensklopediyasi. Toshkent-2000. International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers ISSN: 2945-4492 (online) | (SJIF) = 8.09 Impact factor Volume-13| Issue-12| 2025 Published: |22-12-2025| 162 Publishing centre of Finland 3.Tursunov S.N., Pardayev T.P., Ahmedova G.O`., Maxmadiyorova H., Narzullayeva N., Tursunova N.M. O`zbekiston janubiy hududlarida madaniy va amaliy sa’nat yodgorliklari”. Toshkent-2017. 4. Tursunov S.N., Tuxtayev A. “Jarqo`rgon tarixidan lavhalar” 2015-yil 5. Комилова, Нилуфар, and Ойхумор Рўзиқулова. "REGIONAL ASPECTS OF MATERNAL AND CHILD HEALTH IN UZBEKISTAN." Pedagogika: 74. 6. Kalonov, B. H., & Latipov, N. F. (2021). Characteristics Of Geographical Location Of The Population Of Navoi Region. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(2), 477-479. 7. Kalonov, B. H., Latipov, N. F., & Shirinova, M. S. (2021). ENVIRONMENTAL PROBLEMS IN THE NAVOI REGION COTTON FIELD. Мировая наука, (4), 15-18.