scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

О'ZBEKISTONDA EHTIYOJMAND AHOLINI KAMBAG'ALLIKDAN CHIQARISH YO'LLARI

Lukiyev Tolmos

Abstract

Kambag‘allikni qisqartirishda kо‘plab mamlakatlar ijobiy natijalarga erishgan bо‘lsa-da, hali ham kambag‘allik darajasi jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammo bо‘lib qolmoqda. Jahon banki ma’lumotlariga kо‘ra, “mutlaq kambag‘allikda yashovchi dunyo aholisining ulushi 1990-yildagi 36% dan 2022-yilga kelib 9.2% ga taxminan 689 million kishigacha qisqardi”[1]. [1] https://socialincome.org/en/int/world-poverty-statistics-2024

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 439 О‘ZBEKISTONDA EHTIYOJMAND AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH YO‘LLARI Lukiyev Tolmos SamDAQU. https://doi.org/10.5281/zenodo.17926674 Kirish. Kambag‘allikni qisqartirishda kо‘plab mamlakatlar ijobiy natijalarga erishgan bо‘lsa-da, hali ham kambag‘allik darajasi jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammo bо‘lib qolmoqda. Jahon banki ma’lumotlariga kо‘ra, “mutlaq kambag‘allikda yashovchi dunyo aholisining ulushi 1990-yildagi 36% dan 2022-yilga kelib 9.2% ga taxminan 689 million kishigacha qisqardi” 1 . Bu raqamlar kambag‘allikni qisqartirishdagi sezilarli yutuqlarni aks ettirsa-da, xozirda dunyo aholisining har 10 nafaridan 1 nafari kunlik minimal ehtiyojlarini ta’minlay olmay hali ham о‘ta nochor sharoitlarda yashamoqda. Shu bois, mazkur muammoni hal qilish uchun yanada samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni izchil amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kambag‘allik muammosi faqat moddiy yetishmovchilik bilan cheklanib qolmay, insonning ta’lim, sog‘liqni saqlash va mehnat bozoridagi imkoniyatlarini cheklaydi, shuningdek, ijtimoiy adolatga erishish yо‘lida tо‘siq bо‘ladi. Shuning uchun ushbu muammoni hal etish ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratishning asosiy sharti hisoblanadi. Mamlakatimizda oxirgi yillarda ijtimoiy himoya, aholi bandligini ta’minlash, kasb-hunarga о‘rgatish va inson kapitalini rivojlantirish bо‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar kambag‘allikni qisqartirish yо‘lidagi muhim qadamlar sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda. Biroq, mazkur jarayon kо‘pqirrali va tizimli yondashuvni talab etadi. Kambag‘allikni kamaytirish uchun faqat davlat dasturlari emas, balki jamoatchilikning faol ishtiroki, xususiy sektorning qо‘llab-quvvatlovi va xalqaro tajribalardan samarali foydalanish ham zarur. Muammo o’rgnilganlik darajasi. Kambag‘allik muammosi antik va о‘rta asrlarda yashab ijod qilgan mutafakkirlar asarlarida ham atroflicha kо‘rib chiqilgan. Jumladan, islom dinining muqaddas manbalari Qur’oni Karim va Hadisi shariflarda, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Xojib, Amir Temur, Alisher Navoiy 2 asarlarida kambag‘allik paydo bо‘lishining asosiy sabablari, undan qutulish yо‘llari bayon qilingan. Kambag‘allik muammosi kо‘plab horijiy va mahalliy mualliflar tomonidan sotsiologik va iqtisodiy nuqtai nazardan о‘rganilgan. Sotsiolog olimlardan G.Spenser G.Zimmel,, J.Xomans, T.Parsons, M.Veber, E.Dyurkgeym, R.Merton, F.Tyonnis, N.Smelzer, P.Sorokin, O.Lyuislarning fundamental asarlarida kambag‘allik muammosining ijtimoiy jihatlari yoritilgan. Tahlil. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev kambag‘allik muammosini “... insonning hayoti davomida tanlov va imkoniyatlarga ega bо‘lmasligi, jamiyatda tо‘laqonli ishtirok etish uchun tо‘siqlarning mavjudligi, bundan tashqari, oilani boqishi va kiyintirishi, ta’lim olishi yoki kasalxonada davolanishi, biror sohada faoliyat yuritishi yoki daromad olishga imkon beradigan 1 https://socialincome.org/en/int/world-poverty-statistics-2024 2 Qarang: Bu va keyingi ko‘rsatilgan mualliflarning ishlari dissertatsiyaning “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati”da ko‘rsatilgan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 440 mehnat bilan ta’minlash imkoniyatlari yetishmasligi hamda kredit olish imkoniyatining cheklanganligida namoyon bо‘ladi” 3 – deb ta’riflaydilar. Kambag‘allik fenomeni murakkab, keng qamrovli bо‘lib, inson va ijtimoiy xulq-atvorning juda kо‘p о‘lchovlarini qamrab oladi. Odamlarga tegishli deyarli har qanday nazariyani kambag‘allik tushunchasining bir qismi sifatida qarashimiz mumkin. Kambag‘allikning kelib chiqishi iqtisodiy va noiqtisodiy omillar, bandlik, daromad darajasi, oilaning katta-kichikligi, ta’lim hamda salomatlik holati bilan bog‘liq. 1-rasm. Kambag‘allikning paydo bо‘lishiga sabab bо‘ladigan asosiy omillar. Kambag‘allikning sabablari hudud, mintaqa va mamlakatlar bilan solishtirganda global darajada farq qilishi mumkin. Biroq, bu sabablar orasida umumiylik mavjud. Bu sabablarni tushunishda iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy, geografik, ekologik omillar hisobga olinishi kerak. “Kambag‘allik kelib chiqish sabablari haqidagi keng tarqalgan nazariyalarda individualistik va strukturaviy qarashlar ustunlik qiladi” 4 . Hozirda dunyo mamlakatlarida kambag‘allikni daromad va iste’molga asososlangan me’yorlar bilan birgalikda kо‘p о‘lchovli indeksdan foydalanish zarurligi keng e’tirof etilmoqda. Dunyo amaliyotida kambag‘allikni baholashda asosan uchta о‘lchovdan, ya’ni mutlaq, nisbiy va sub’yektiv kambag‘allik konsepsiyasidan keng foydalaniladi. Mutlaq kambag‘allik insonning asosiy ehtiyojlaridan, jumladan, oziq-ovqat, toza ichimlik suvi, sanitariya inshootlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joyga bо‘lgan ehtiyoji qondirilmasligi bilan tavsiflanadi. Mutlaq о‘lchovning namunasi BMT va Jahon Bankining “kuniga 1,90 dollar xalqaro kambag‘allik (xarid qobiliyati pariteti PPP) chegarasidir. 2015-yil oktabr oyida Jahon banki Xalqaro kambag‘allik chegarasining kunlik sarfini 2011 yilda belgilangan 1,90 AQSH dollari о‘zgarishsiz qoldirdi” 5 . “2017 yilgi xarid qobiliyati paritetlari (PPP) bо‘yicha jahon narxlarining yangi hisob-kitoblari qabul qilindi va bu miqdor 2,15 AQSH dollariga oshdi” 6 . Ammo Jahon banki tomonidan aksariyat hollarda xamon kunlik sarf-xarajat chegarasi sifatida 1,90 AQSH dollari miqdori qо‘llanilmoqda. 3 Qarang: Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Тошкент: “Oʻzbekiston” нашриёти, 2021. – Б.436. 4 Niemelä, M. (2008). Perceptions of the Causes of Poverty in Finland. Acta Sociologica, 51(1), 23–40. 5 Qarang: “World Bank”. The World Bank. Retrieved 17 June 2019. 6 Qarang: World Bank Group, 2018. Poverty and shared prosperity 2022 piecing together poverty puzzle. Washington DC: World Bank Group. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 441 Demak, mutlaq kambag‘allik о‘lchovlari daromadni oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana kabi asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bо‘lgan miqdor bilan, nisbiy kambag‘allik insonning yashash darajasining minimal darajasiga, xuddi shu vaqt va makondagi boshqa odamlarning turmush darajasi bilan solishtirish orqali, sub’yektiv kambag‘allik esa maqbul turmush darajasi uchun zarur bо‘lgan resurslarni yetarliligi bilan о‘lchanadi. Hozirgi vaqtda minimal iste’mol xarajatlari orqali kambag‘allikni о‘lchash yetarli emasligi, о‘lchovlarda ta’lim va sog‘liqni saqlash parametrlarini hisobga olish kerakligi keng e’tirof etilmoqda. Ta’lim va sog‘likni saqlash kabi inson kapitalini tо‘plashga qaratilgan omillar, daromadlar tengsizligini yо‘qotish orqali iqtisodiy о‘sishni ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qiladi. 1-Jadval. Jahon bankining “inson kapitali indeksi” bо‘yicha О‘zbekiston kо‘rsatkichlari (2020) Mamlakat nomi 5 yoshgacha omon qolish ehtimoli Kutilayotgan maktab yillari Voyaga yetganlarning omon qolish darajasi Inson kapitali indeksi 2020 (pastki chegara) Inson kapitali indeksi 2020 Inson kapitali indeksi 2020 (yuqori chegara) О‘zbekiston 0,98 12,0 0,87 0,60 0,62 0,64 Ma’lumki, dunyo davlatlarida kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan salmoqli tajriba tо‘plangan. Kambag‘allikni qisqartirishda Osiyo mamlakatlari qishloq xо‘jaligi, hunarmadchilik va kasanachilikni rivojlantirishga katta etibor qaratgan bо‘lsa, rivojlangan g‘arb mamlakatlari esa tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri aholi moddiy hamda ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash yо‘lidan borgan. Shu ma’noda, jahon mamlakatlarining kambag‘allikka qarshi kurashishning eng yaxshi tajribalarini о‘rganish va mahalliy sharoitlarga moslashtirish muammoni bartaraf etishga samarali yordam beradi. Ayni paytda, Xitoy va Hindiston kabi davlatlarning qashshoqlikka qarshi kurashdagi muvaffaqiyatli tajribasi butun dunyo uchun ilhom manbai bо‘lib xizmat qilmoqda. Masalan, “Xitoy 40 yil ichida 800 milliondan ortiq insonni qashshoqlikdan chiqargan, bu esa dunyodagi umumiy qashshoqlikning 70 foizgacha qisqarishiga hissa qо‘shgan” 7 . Bunda infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy dasturlarni rivojlantirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasini qо‘llab-quvvatlash kabi omillar hal qiluvchi rol о‘ynagan. Mamlakatimizda minimal iste’mol xarajatlari (MIX) Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustda qabul qilingan Nizomiga asosan amalga oshiriladi 8 . Ushbu Nizomda aholining real iste’mol xarajatlari, xususiyatlari va tarkibidan kelib chiqib, aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibini belgilab berilgan. 2021 yildan boshlab respublikada kambag‘allikning milliy darajasi Statistika agentligi tomonidan о‘tkazilgan uy xо‘jaliklari kuzatuvlari natijalarida о‘rnatilgan minimal iste’mol xarajatlari asosida hisoblanib 7 World Bank and Development Research Center of the State Council, the People’s Republic of China. Four decades of poverty reduction in China: Drivers, insights for the world, and the way ahead. – 2022. 8 Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 27 августдаги “Аҳолининг минимал истеъмол харажатлари қиймати ва камбағаллик чегарасини ҳисоблаш тартиби тўғрисида”ги Низом. https://lex.uz/docs/5606697 ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 442 kelmoqda. Ushbu mezonga kо‘ra, “2021 yilda kambag‘allik 17 foizni, 2022 yilda esa 14,1 foizni tashkil qildi. 2023 yilda kambag‘al oilalar soni 1307,8 mingni tashkil qilgan bо‘lsa, yil yakunida kambag‘allik darajasi 3,1 foizga qisqarib kambag‘allik darajasi 11,0 foizni tashkil qildi” 9 . (3rasmga qarang) Cv dfnw3` 2-rasm. О‘zbekistonda kam ta’minlangan aholi ulushi va kambag‘allik darajasi. 2021 yil uchun hisoblangan kishi boshiga bir oylik minimal iste’mol xarajatlarining miqdori 440 ming sо‘m, 2022 yildagi 498 ming sо‘mni tashkil etgan bо‘lsa, 2023 yilda bu miqdor 13,2 foizga oshib, 568 ming sо‘mni tashkil etdi. 10 2024 yilning yanvarida esa 568 ming sо‘mdan 621 ming sо‘mga oshirildi. “2024 yilning 1 mayidan boshlab minimal iste’mol xarajatlari 648 ming sо‘m miqdorida belgilandi” 11 . Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlatimizda kambag‘allikning paydo bо‘lish sabab va omillari turlicha ekanligi uni qisqartirishni yagona dastur orqari amalga oshirish imkoniyatini cheklaydi. Shu tufayli kambag‘allikni qisqartirishda uning kelib chiqish sabablari va xususiyatlari inobatga olinib, turlicha dasturlarni amalga oshirish samarali natija beradi. Kambag‘allikdan qutulish uchun qaysi vositalar kо‘proq yordam berishi sо‘ralganda respondentlarning 31,7 foizi “oylik maoshlarni oshirish orqali”, 29,3 foizi “ishsizlarni kasbga о‘qitish va bandligini ta’minlash orqali”, 23,8 foizi “yangi ish о‘rinlarini yaratish orqali”, 9,8 foizi “ta’lim olish va ma’lumotga ega bо‘lish orqali”, 1,2 foizi “ijtimoiy yordamni kо‘paytirish, nochor va zaif qatlamning himoyasini kuchaytirish” kambag‘allikni qisqartirishga yordam beradi, degan javoblarni bergan, 4,3 foizi javob berishni istamagan. Shuningdek, “korrupsiya, tanish-bilishchilik kabi illatlar bо‘lmaganda, balki hammada yaxshi daromad olish imkoni bо‘lar edi va kambag‘allar soni kamayardi”, “nogironlar, nochor va ehtiyojmandlardan tashqari hech kimga moddiy va ijtimoiy yordam berilmasligi kerak” kabi izohlar bildirgan (5-rasmga qarang). 5-rasm. Odamlarning kambag‘allikdan qutulishiga yordam beradigan vositalar О‘tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagi xulosaga kelishga imkon beradi: 9 Ўзбекистонда камбағаллик даражаси 11 фоизга қисқарди // https://gov.uz/uz/bv/news/view/5337/ 10 Qarang: gazeta.uz сайти. https://www.gazeta.uz/uz/2023/07/18/min-cost/ 11 Qarang: https://gov.uz/uz/pj/news/view/10818 ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 443 1. Sо‘rovda qatnashganlarning 25.6%i ishsiz (uy bekalarini (6,7%) qо‘shib hisoblansa ishsizlik 32,3%ni tashkil etadi), bu yuqori ishsizlik darajasiga ishora qiladi. Yangi ish о‘rinlarini yaratish va mavjudlarini rag‘batlantirish choralarini kо‘rish lozim. Bu borada qishloq xо‘jaligi, sanoat, qurilish, savdo va xizmat kо‘rsatish sohalaridagi ish о‘rinlari aholini ish bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 2. 35,3 % respondentlarning oylik daromadlari barcha xarajatlarini qoplash uchun yetarli emas, 16,4% ining daromadi faqat asosiy iste’mol xarajatlari uchun yetadi. Bu esa kambag‘allik darajasini tasvirlashda muhim omillardan biri hisoblanadi. Ba’zi ish bilan band odamlarning ishlab topayotgan daromadlari ehtiyojlarini qondirishga etmaydi. Bu holat past mahsuldorlik va kam maoshli ish joylariga bog‘liqdir. Bunday sharoitlar kambag‘allikni surunkali shaklga aylantiradi. 3. Kambag‘allikning sub’yektiv baholaridan kelib chiqqan holda, respondentlarning 40.7%i о‘zlarini “о‘rtacha” moddiy holatda deb hisoblashsa, 8.5%i о‘zlarini kambag‘al deb baholagan. Ammo daromad darajalari va ijtimoiy imkoniyatlar bо‘yicha olingan javoblar masalani boshqacha ta’riflaydi. Taqqoslash uchun olingan javoblarda ishsizlik 25.6%ni, oylik daromadlari ehtiyojlarini qoplash uchun yetmaydiganlar ulushi 35,3% ni tashkil qilgan. Bu holat kambag‘allikni ijtimoiy stigma sifatida qabul qilinishi sababli odamlar uni tan olishdan qochadi, degan xulosaga kelishimizga asos bо‘ladi. 4. Kambag‘allik paydo bо‘lishining asosiy sabablari sifatida ishsizlik va ishlash uchun imkoniyatning yо‘qligi (34,8%) hamda dangasalik va loqaydlik (12,2%) kо‘rsatilgan. Bundan tashqari, ta’lim va malaka omillari (39,6%) muvaffaqiyatga erishishda muhim ahamiyatga ega deb baholangan. 5. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, respondentlarning 31,7 foizi yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlashni, 29,3 foizi esa ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitishni asosiy vositalar sifatida ko‘rsatgan. Shuningdek, ta’limga sarmoya kiritish ham kambag‘allikni kamaytirishga yordam beruvchi muhim omillardan biri sifatida baholangan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 1. Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Тошкент: “Oʻzbekiston” нашриёти, 2021. – Б.436. 2. Niemelä, M. (2008). Perceptions of the Causes of Poverty in Finland. Acta Sociologica, 51(1), 23–40. 3. World Bank and Development Research Center of the State Council, the People’s Republic of China. Four decades of poverty reduction in China: Drivers, insights for the world, and the way ahead. – 2022. 4. Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 27 августдаги “Аҳолининг минимал истеъмол харажатлари қиймати ва камбағаллик чегарасини ҳисоблаш тартиби тўғрисида”ги Низом. https://lex.uz/docs/5606697