scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MINTAQAVIY INFRATUZILMANI MODERNIZATSIYA QILISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Saydirasulov Alisher Zokirovich; Husainova Rushana Sheraliyevna

Abstract

Ushbu maqolada mintaqaviy infratuzilmani modernizatsiya qilishning iqtisodiy mohiyati, uning samaradorlik ko‘rsatkichlari, O‘zbekiston mintaqalarida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilingan. Zamonaviy mintaqaviy iqtisodiyotning eng dolzarb muammolari kompleks tahlil qilinib,ularning samarali yechim yoʻllari taklif etilgan. Maqolada mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari sifatida mintaqaviy ixtisoslashtirish, raqamlashtirish, barqaror turizm va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, infratuzilma modernizatsiyasining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 483 MINTAQAVIY INFRATUZILMANI MODERNIZATSIYA QILISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI Saydirasulov Alisher Zokirovich Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Biznesni boshqarish” kafedrasi oʻqituvchisi Husainova Rushana Sheraliyevna Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17929219 Annotatsiya. Ushbu maqolada mintaqaviy infratuzilmani modernizatsiya qilishning iqtisodiy mohiyati, uning samaradorlik ko‘rsatkichlari, O‘zbekiston mintaqalarida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilingan. Zamonaviy mintaqaviy iqtisodiyotning eng dolzarb muammolari kompleks tahlil qilinib,ularning samarali yechim yoʻllari taklif etilgan. Maqolada mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari sifatida mintaqaviy ixtisoslashtirish, raqamlashtirish, barqaror turizm va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, infratuzilma modernizatsiyasining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Kalit so’zlar: mintaqaviy infratuzilma, modernizatsiya, iqtisodiy samaradorlik, investitsiya, innovatsiya, barqaror rivojlanish, raqamli infratuzilma, barqaror turizm, maxsus iqtisodiy zonalar. Bugungi globallashuv va raqobat kuchaygan sharoitda mamlakatlarning iqtisodiy barqarorligi va ijtimoiy farovonligi ko‘p jihatdan ularning mintaqaviy infratuzilmasi rivojlanish darajasiga bog‘liqdir. Transport, energetika, aloqa, suv ta’minoti, ijtimoiy xizmatlar tizimi singari infratuzilma elementlari nafaqat iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi, balki hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish, investitsion jozibadorlikni oshirish va aholi turmush sifatini yaxshilashda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda mintaqaviy infratuzilmani modernizatsiya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. “Yangi O‘zbekiston - taraqqiyot strategiyasi”da har bir hududning iqtisodiy potensialidan to‘liq foydalanish, sanoat, transport-logistika va raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.[1] Mintaqaviy infratuzilma modernizatsiyasining nazariy asoslari. Infratuzilma - bu ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani bog‘lovchi ko‘p tarmoqli tizim, u ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini, resurslar harakatining silliq kechishini va aholi ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlaydi. Infratuzilmani modernizatsiya qilish - bu mavjud infratuzilma tarmoqlarini texnologik yangilash, raqamlashtirish, energiya samaradorligini oshirish va boshqaruv mexanizmlarini optimallashtirish jarayonidir.[3] Iqtisodiy samaradorlik tushunchasi bu yerda infratuzilma sohasiga kiritilgan investitsiyalarning makroiqtisodiy natijadorligi, ya’ni ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, transport xarajatlarining qisqarishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va hududlararo integratsiyaning kuchayishi orqali o‘lchanadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 484 Masalan, Jahon banki tadqiqotlariga ko‘ra, infratuzilmaga kiritilgan har bir 1 dollar investitsiya o‘rtacha 1,6–2,0 dollar miqdorida qo‘shimcha YaIM o‘sishiga sabab bo‘ladi. 1-rasm. Mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy muammolari 1 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida hududlarning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun infratuzilmani modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu strategiya doirasida hududlarni kompleks rivojlantirish, zamonaviy infratuzilma yaratish, yangi sanoat korxonalari va kichik sanoat zonalarini tashkil etish kabi chora-tadbirlar belgilangan. Shuningdek, davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas'uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish nazarda tutilgan.[1] Hududlarning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar tasdiqlanib, 2022-2026-yillarda ularga samarali erishish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu rejada hududlarni kompleks va mutanosib rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, yangi sanoat korxonalari va kichik sanoat zonalarini yaratish kabi vazifalar ko‘zda tutilgan. Shuningdek, infratuzilmani modernizatsiya qilish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va aholi turmush darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.[2] Dunyoning eng yirik rivojlanayotgan davlatlaridan biri sifatida Xitoy so‘nggi yillarda transport infratuzilmasi, xususan, temir yo‘l tarmog‘i qurilishida doimiy takomillashib borayotgani tufayli iqtisodiy va shaharsozlikda sezilarli yutuqlarga erishdi.[4] 1 Muallif ishlanmasi Mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy muammolari ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 485 Xitoy dunyodagi eng uzun temir yo‘l tarmog‘iga ega bo‘lib, uning keng shaharlari va so‘nggi bir necha o‘n yilliklardagi jadal iqtisodiy va shahar rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq.[7] 2023 yil holatiga ko‘ra, Xitoyning umumiy temir yo‘l masofasi 150 000 kilometrdan oshdi, tezyurar temir yo‘llar 40 000 kilometrdan oshdi, bu global tezyurar temir yo‘l masofasining 70% dan ortig‘ini tashkil etdi. Ayni paytda aholisi bir milliondan ortiq bo‘lgan shaharlarda tezyurar temir yo‘l bilan qamrov darajasi 94 foizdan oshadi. Ushbu keng tarmoq nafaqat turli mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy almashinuvni rivojlantiradi, balki Xitoyning urbanizatsiya jarayonini rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.[5] Infratuzilmani modernizatsiya qilishda hududlar o‘rtasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish muhimdir. Ba’zi hududlarda infratuzilma yaxshi rivojlangan bo‘lsa, boshqalarida bu borada orqada qolish kuzatiladi. Bu esa iqtisodiy imkoniyatlar va ijtimoiy xizmatlarga teng kirishni ta'minlashda qiyinchiliklar tug‘diradi. Shu sababli, infratuzilma loyihalarini rejalashtirishda hududiy ehtiyojlar va xususiyatlarni inobatga olish zarur. Jahon miqyosida infratuzilmani rivojlantirish uchun katta hajmdagi investitsiyalar talab etiladi. Masalan, 2030-yilgacha yangi infratuzilma yaratish uchun 15 trillion dollar investitsiya zarurati mavjud.[6] Biroq, so‘nggi yillarda xorijiy investitsiyalar oqimi yiliga 10 foizga kamayib, moliyaviy resurslar narxi ikki barobarga oshgan. Ko‘plab davlatlarda infratuzilma obyektlari eskirgan bo‘lib, ularni zamonaviylashtirish katta mablag‘ va resurslarni talab qiladi. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Global iqlim o‘zgarishi infratuzilmani modernizatsiya qilishda ekologik toza va barqaror texnologiyalarni joriy etishni talab etmoqda. Bu esa qo‘shimcha xarajatlar va texnologik o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Germaniya temir yo‘l tizimini modernizatsiya qilish orqali hududlar o‘rtasidagi aloqani mustahkamladi va ekologik barqarorlikka erishdi. O‘zbekiston mintaqalarida infratuzilmani modernizatsiya qilish jarayonining tahlili. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda transport va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha qator yirik loyihalar amalga oshirildi:  “Toshkent – Andijon” avtomobil yo‘li rekonstruksiyasi;  “Talimarjon” va “Sirdaryo” issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish;  “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi asosida raqamli infratuzilmani kengaytirish 2 ;  “Yashil energiya” dasturi doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalariga sarmoyalar jalb etish. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda respublikada infratuzilma loyihalariga yo‘naltirilgan investitsiyalar umumiy hajmi YaIMning 9,4 foizini tashkil etgan. Buning natijasida mintaqalarda ishlab chiqarish quvvatlari 12 foizga, transport tarmog‘ining yuk tashish hajmi esa 17 foizga oshgan.[9] Ammo, bu jarayonda ayrim muammolar ham saqlanib qolmoqda: • Hududlar o‘rtasida infratuzilma rivojlanishining notekisligi; • Loyiha boshqaruvi va investitsion resurslarni samarali taqsimlashdagi muammolar; 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.10.2020 yildagi PF-6079-son. “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 486 • Ayrim mintaqalarda raqamli infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmagani; • Ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalarining yetarli e’tiborga olinmagani. Mamlakatimizning keng hududi va viloyatlar o‘rtasidagi iqtisodiy nomutanosiblikni hisobga olsak, temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Masalan, Toshkent-Samarqand yuqori tezlikdagi “Afrosiyob” poezdi loyihasi muvaffaqiyatli boshlangan bo‘lsada, bu tarmoqni Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo yoki Qoraqalpog‘iston kabi chekka hududlarga kengaytirish hududiy integratsiyani kuchaytiradi. Hozirgi kunda temir yo‘llarning aksariyati elektrlashtirilmagan. Germaniya tajribasidan kelib chiqib, temir yo‘llarni elektrlashtirish va yangi marshrutlar ochish orqali nafaqat transport xarajatlari kamayadi, balki uglerod chiqindilari ham qisqaradi. Bu esa “Yashil iqtisodiyot” strategiyasiga mos keladi. O‘zbekistonda infratuzilmani modernizatsiya qilish uchun katta hajmdagi investitsiyalar zarur. Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) amaliyotini rivojlantirish orqali xususiy investorlarni jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish zarurati mavjud. Transport tarmoqlarini modernizatsiya qilish va xalqaro transport yo‘laklariga integratsiyalash muhim vazifalardan biridir. Raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayonida AKT infratuzilmasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. "Aqlli shahar" texnologiyalarini joriy etish va internet qamrovini kengaytirish orqali hududlarning barqaror rivojlanishini ta’minlash mumkin.[6] Infratuzilmani modernizatsiya qilishning iqtisodiy samaradorligini baholash mexanizmlari. Infratuzilma loyihalarining samaradorligini baholash quyidagi jadvalda ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi:[8] 1-jadval Baholash yo‘nalishi Asosiy ko‘rsatkichlar O‘lchov birligi Makroiqtisodiy ta’sir YaIM o‘sishi, sanoat ishlab chiqarish hajmi, eksport salohiyati % Ijtimoiy samaradorlik Yangi ish o‘rinlari, xizmatlar sifati, transport qulayligi birlik / foiz Moliyaviy natija Investitsiya qaytish muddati (ROI), sof joriy qiymat (NPV) yillar / mln so‘m Ekologik barqarorlik CO₂ (rangsiz, hidsiz va ta'msiz gazdir) chiqindilari kamayishi, energiya tejamkorlik % 1-jadval. Infratuzilma loyihalarining samaradorligini baholash. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 487 2-rasm. Modernizatsiya natijasida iqtisodiy samaradorlik mexanizmlari 3 . Mintaqaviy iqtisodiyot muammolarini hal qilish - bu mamlakatning barqaror va uyg'un rivojlanishining kalitidir. Buning uchun kompleks yondashuv, uzoq muddatli strategiya va davlatning izchil siyosati talab etiladi. Har bir mintaqaning o'ziga xos imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda, mintaqalararo tafovutni kamaytirish va mamlakat iqtisodiyotining yaxlit tizimini shakllantirish mumkin. Mintaqaviy iqtisodiyot muammolarining muvaffaqiyatli yechimi nafaqat iqtisodiy ko'rsatkichlarni yaxshilaydi, balki ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashga, milliy xavfsizlikni mustahkamlashga va kelajak avlodlar uchun yashash uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.[10] Mintaqaviy infratuzilmani modernizatsiya qilish — bu nafaqat texnik yoki moliyaviy masala, balki hududiy iqtisodiy siyosatning strategik yo‘nalishidir. Uning samaradorligini oshirish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bular 1. Hududiy infratuzilma rivojlanishining kompleks dasturini ishlab chiqish va uni davlat– xususiy sheriklik asosida moliyalashtirish. 2. Raqamli infratuzilmani kengaytirish orqali logistika, transport va energetika tarmoqlarini integratsiyalash. 3. Infratuzilma loyihalarida ekologik barqarorlik va “yashil texnologiyalar”ni majburiy talab sifatida kiritish. 4. Samaradorlik monitoringi uchun mintaqaviy indikatorlar tizimini joriy etish (ROI, NPV, IRR asosida). 5. Mahalliy hokimiyatlar va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish orqali infratuzilma investitsiyalarini rag‘batlantirish. 3 Muallif ishlanmasi ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 488 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son “2022 - 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.02.2022 yildagi 83-son. 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida 3. Sayfulina Alfira PhD, dots. “Mintaqaviy infratuzilmaning innovatsion rivojlanishida yashil iqtisodiyotning salohiyati” Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar ilmiy elektron jurnal. NDU № 4 (2025) 4. Li Y, Xiong V, Vang X (2019) Does polycentric and compact development alleviate urban traffic congestion? A case study of 98 Chinese cities. Cities 88:100–111 5. Chen F, Shao M, Dai J, Chen W (2024) Can the opening of high-speed rail reduce environmental pollution? An empirical research based on difference-indifferences model. Clean Techn Environ Policy. 6. T.T.Hоjiyеv BDTU tаyаnch dоktоrаnti “HUDUDLАRNING MUTАNОSIB BАRQАRОR RIVОJLАNISHINI TА’MINLАSHDA INFRATUZILMANI MODERNIZATSIYA QILISH MUAMMOLARI” “RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI |10-SON| 2024. 7. Jahon banki hisobotlari: Infrastructure and Development, 2023. 8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlari. — 2024-yil. 9. State Committee on Statistics of Uzbekistan. Regional Development Indicators, 2024. 10. Xolmatov B. “Mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishda infratuzilma modernizatsiyasining roli.” — Iqtisod va jamiyat, 2023. 11. Nuriddinovna, Mukumova Nargis, and Saydirasulov Alisher Zokirovich. "The Main Stages in the Development of the Digital Economy of Uzbekistan." Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal 2.6 (2023): 178-182. 12. Muxammadiyev, U. A., and A. Z. Saydirasulov. "Management Decisions: their Nature and Content." EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY 3.12 (2023): 1-4. 13. Erkinovna, Olimova Lola, and Saydirasulov Alisher Zokirovich. "Conditions for Providing Sources of Investment Financing in Our Country." Miasto Przyszłości 36 (2023): 238-241. 14. B.К. Abdusamatov, R.М. Egamov, A.Z. Saydirasulov and R.T.Murodov. “THE NEED FOR EFFECTIVE ESTABLISHMENT OF INNOVATIVE EVENTS IN CONSTRUCTION ENTERPRISES”. AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies Volume 02, 2024. 15. O’.A. Muxammadiyev, Sh. N. Jumanov, A. Z. Saydirasulov. “INSON RESURSLARINI JALB ETISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH”. Kielce: Laboratorium Wiedzy Artur Borcuch. International Journal of Economy and Innovation | Volume 57 | Gospodarka i Innowacje. 2025. 16. Komilova Mukammal Shavkatovna, Saydirasulov Alisher Zokirovich. “WAYS TO DEVELOP LABOR RELATIONS AND PERSONNEL POTENTIAL IN CAPITAL ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 489 CONSTRUCTION IN THE CONDITIONS OF ECONOMIC MODERNIZATION”. Miasto Przyszłości Kielce. Vol. 47 (2024). 17. Ismoilova Sanobarxon, Saydirasulov Alisher, Abipova Gulmira, Matkarimov Nizomjon, Babayeva Maxfuza, Makhmudova Nargiza, Matkarimov Inomjon. “INVESTIGATING THE IMPACT OF GREEN HUMAN RESOURCE MANAGEMENT DIMENSIONS ON SUSTAINABLE ORGANIZATIONAL DEVELOPMENT”. Procedia Environmental Science, Engineering and Management 12 (2025) (2) 419-427. 4th International Congress on Agriculture, Environment and Allied Sciences (AEAS) 25-26 March 2025, Istanbul, Turkey.