scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XIZMAT KO'RSATISH SOHASIDA YASHIRIN IQTISODIYOTNI OLDINI OLISH VA BARTARAF ETISHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING ROLI

Najmiddin Rahmatullaevich Abduvohidov

Abstract

Mazkur tadqiqot ishida xizmat ko‘rsatish sohasida yashirin iqtisodiyotni oldini olish va uni bartaraf etishda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida raqamlashtirilgan (inson omiliga bog‘liq bo‘lmagan) nazorat mexanizmlarining ahamiyati, uning iqtisodiy samaradorligi va takomillashtirish yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan. Muallif tomonidan Samarqand viloyatidagi xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari misolida raqamlashtirilgan (avtokameral) tizimi orqali yashirin iqtisodiyotni bartaraf etilishi mexanizmining iqtisodiy samaradorligini ko‘rib chiqib, uning takomillashtirish yuzasidan o‘z ilmiy-amaliy taklif va xulosalarini bayon etgan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 511 XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA YASHIRIN IQTISODIYOTNI OLDINI OLISH VA BARTARAF ETISHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING ROLI Najmiddin Rahmatullaevich Abduvohidov Samarqand ISI mustaqil izlanuvchisi(PhD), Samarqand viloyati soliq boshqarmasi xodimi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17929754 Annotatsiya. Mazkur tadqiqot ishida xizmat ko‘rsatish sohasida yashirin iqtisodiyotni oldini olish va uni bartaraf etishda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida raqamlashtirilgan (inson omiliga bog‘liq bo‘lmagan) nazorat mexanizmlarining ahamiyati, uning iqtisodiy samaradorligi va takomillashtirish yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan. Muallif tomonidan Samarqand viloyatidagi xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari misolida raqamlashtirilgan (avtokameral) tizimi orqali yashirin iqtisodiyotni bartaraf etilishi mexanizmining iqtisodiy samaradorligini ko‘rib chiqib, uning takomillashtirish yuzasidan o‘z ilmiy-amaliy taklif va xulosalarini bayon etgan. Kalit so‘zlar: yashirin iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish sohasi, avtokameral, nazorat mexanizmi. РОЛЬ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В ПРЕДОТВРАЩЕНИИ И ЛИКВИДATSIИ ТЕНЕВОЙ ЭКОНОМИКИ В СФЕРЕ УСЛУГ Аннотaция. В данном исследовании рассматривается значение цифровых (не зависящих от человеческого фактора) контрольных механизмов, основанных на современных информaционных технологиях, в предотвращении и устранении теневой экономики в сфере услуг, а также их экономическая эффективность и направления совершенствования. Автор на примере субъектов предпринимательства в сфере услуг Самаркандской области анализирует экономическую эффективность механизма устранения теневой экономики посредством цифровизированной (автокамеральной) системы и излагает свои научно-практические предложения и выводы по его совершенствованию. Ключевые слова: теневая экономика, цифровая экономика, сфера услуг, автокамерал, контрольный механизм. THE ROLE OF THE DIGITAL ECONOMY IN PREVENTING AND ELIMINATING THE SHADOW ECONOMY IN THE SERVICE SECTOR Annotation. This study examines the importance of digital (non–human-dependent) control mechanisms based on modern information technologies in preventing and eliminating the shadow economy in the service sector, as well as their economic efficiency and directions for improvement. The author analyzes the economic efficiency of the mechanism for eliminating the shadow economy through a digital (auto‑cameral) system using the example of service-sector business entities in the Samarkand region, and presents scientific-practical proposals and conclusions for its improvement. Keywords: shadow economy, digital economy, service sector, auto‑cameral, controlmechanism. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 512 Xalqaro miqiyosda bugungi kunning eng global iqtisodiy muammolaridan biri bu yashirin iqtisodiyot masalasidir. Yashirin iqtisodiyot mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab, u yoki bu darajada barcha mamlakatlarda mavjud. Xalqaro miqiyosda ham mamlakatimizda ham ushbu iqtisodiy-ijtimoiy muammoni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha qat’iy choralar belgilanishiga qaramasdan, mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot ko‘lami yuqoriligacha qolmoqda. Dunyo iqtisodchi olimlari tomonidan mamlakatda yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatan yashirin iqtisodiyot hajmi 40-50 foizni tashkil etishi, bu “xavfli bo‘sag‘a” hisoblanishi va bu bo‘sag‘adan o‘tgan mamlakatlar iqtisodiyoti og‘ir ahvolga tushgan iqtisodiyot deb xulosaga kelingan 1 . Yashirin iqtisodiyot muammosi o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab ilmiy tadqiq qilinishi boshlangan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, tadqiqotchi olimlar tomonidan mazkur muammoni oldini olish va bartaraf etishning eng samarali usuli bu iqtisodiyotni raqamlashtirish degan ilmiy to‘xtamga kelingan. Raqamli iqtisodiyot-bu zamonaviy axborot texnologiyalari (internet tizimi, onlayn xizmatlar, elektron to‘lovlar va boshqa)dan foydalanilgan holda iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirish tizimidir. Iqtisodiyotda raqamli iqtisodiyotni keng joriy etilishi, iqtisodiy jarayonda shaffoflikni oshirib, inson omilini qisqartirilishiga olib kelib, korrupsiya va yashirin iqtisodiyotni oldini olishga xizmat qiladi. Xizmatlar ko‘rsatish tarmoqlarining o‘ziga xos asosiy xususiyatlaridan biri ushbu tarmoqda to‘lovlar naqd pul ko‘rinishda amalga oshirish ehtimoli yuqoriligidadir. Bu esa mazkur tarmoqda yashirin iqtisodiyot ko‘lamini keng yoyilishiga zamin yaratadi. 2024 yilda Mamlakatimizda birinchi bor yashirin iqtisodiyot hajmini statistik baholash amalga oshirildi. Bunga muvofiq 2023 yilda mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot hajmi 100,0 trln so‘mga yaqinlashganligi uning 80 foizi xizmatlar sohasiga ulushiga to‘g‘ri kelishi aniqlandi 2 . Tadqiqotimizning xizmatlar sohasidagi yashirin iqtisodiyot mavzusiga qaratishimizning asosiy sabablaridan biri ham shundandir. Davlat soliq idoralarida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiya va yashirin iqtisodiyotni oldini olish va bartaraf etish borasida oxirgi 5 yilda tegishli idoralar ma’lumotlar bazasini integratsiyalash orqali keng ko‘lamli raqamlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Soliq hisobotlarini, elektron-hisob fakturalarni to‘liq elektron ko‘rinishga o‘tkazilganligi, onlayn kassa nazorat mashinalarini joriy etilganligi, ayrim tur tovarlarni markirovkalash tizimini joriy etilganligi, elektron onlayn to‘lov tizimlarini joriy etilganligi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini inson omiliga bog‘lik bo‘lmagan holda nazorat qilish tizimi (avtokameral) joriy etilganligi shular jumlasidandir. 1 Пардаев М.Қ., Абдувоҳидов Н.Р.,-“Хизмат кўрсатиш соҳасида яширин иқтисодиётни қисқартириш орқали иқтисодий самарадорликни оширишнинг устивор йўналишлари”- “Progress Anals:Journal of Progressive Research” volume 2, Issue 10,oktober 2024, ISSN(E):2810-6466, https://akademiaone.org/index.php/8, 44-бет 2 Пардаев М.Қ., Абдувоҳидов Н.Р., -“Хизмат кўрсатиш соҳасида яширин иқтисодиётни бартараф қилишни рағбатлантириш лозим”- Progress Annals: Journal of Progressive Research Volume 3, Issue 8,August 2025 ISSN (E): 2810-6466 Website: https://academiaone.org/index.php/8, 8-9-бет. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 513 Mazkur tadqiqotimizda “Avtokameral” tizimi orqali Samarqand viloyatidagi tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan xizmat ko‘rsatish sohasidagi sub’ektlarda aniqlangan holatlar va ularni bartaraf etish orqali davlat byudjetiga hisoblangan soliqlar tahliliga e’tibor qaratamiz. “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimi taqdim etilgan soliq hisoboti va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotlar soliq organlari axborot tizimlari yordamida avtomatik tahlil qilinadi. Mazkur tizimda soliq to‘lovchilarning soliq va moliyaviy hisobotlaridagi ko‘rsatkichlar soliq organlaridagi hamda 55 ta vazirlik, idoralardan kelib tushadigan 185 dan ortiq ma’lumotlar asosida 470 dan ortiq mezonlar bo‘yicha taqqoslanadi 3 . Aniqlangan holatlarni bartaraf etish yoki asoslash yuzasidan xo‘jalik sub’ektlari elektron pochta manzillariga avtomatik xabarnomalar yuboriladi. Mazkur tizim O‘zbekiston Respublikasi solik kodeksining 88-moddasi talablariga asosan soliq majburiyatlari bo‘yicha da’vo muddati doirasida (3 yil) tahlilni amalga oshiradi 4 . “Avtokameral” dasturiy mahsulidan Samarqand viloyatida 2025 yil boshiga olingan ma’lumotlar bo‘yicha 2022-2024 yillar uchun 43189 ta sub’ektda 29028,7 mlrd so‘mlik, shu jumladan xizmat ko‘rsatish sohasi sub’ektlarida 22600 sub’ektda 15311,4 mlrd so‘mlik kamchiliklar borligi qayd etilgan(1-jadval). 1-jadval 2022-2024 yillarda Samarqand viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan sohalar kesimida “Avtokameral” dasturiy mahsuli tomonidan yashirin iqtisodiyot bo‘yicha aniqlangan holatlar va uni bartaraf etish orqali davlat byujetiga hisoblangan soliqlar to‘g‘risida M A ‘ L U M O T* Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari sohalari bo‘yicha 2022-2024 йиллар учун “Автокамeral” tizimida aniqlangan kamchiliklar Aniqlangan kamchilik hisobiga 20222024 yillar uchun davlat byudjetiga qo‘shicha hisoblangan soliqlar Samaradorlik darajasi, % Sub’еkt soni Summasi, mln so‘m Sub’ еkt soni Summasi, mln so‘m Sub’еktlar soni bo‘yicha Summa bo‘yicha Chakana va ulgurji savdo 11337 13310317,4 4661 716513,0 41,1 5,4 3 Рахманов Л.Э.,- “Хуфиёна иқтисодиётни улушини камайтиришда солиқ маъмурчилиги инструментларидан фойдаланиш йўллари”- Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari28-to’plam 1-qism fevral 2024. 161-бет, www.pedagoglar.org 4 O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri). 88-modda. LEX.UZ axborot tizimi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 514 Transport, pochta va kur’еrli xizmatlari 865 935389,0 351 104061,7 40,5 11,1 Mеhmonxona va umumiy ovqatlanish 2217 67420,0 611 49629,5 27,5 73,6 Axborot va aloqa 444 17740,9 116 7783,0 26,1 43,9 Moliya va sug‘urta 123 14172,1 33 880,0 26,8 6,2 Ko‘chmas mulk bilan opеratsiyalar 614 57421,2 316 36125,1 51,4 62,9 Profеssional ilmiy tеxnik faoliyat 638 20432,9 199 14043,7 31,2 68,7 Boshqaruv va yordamchi xizmatlar 1844 259373,2 526 781210,0 28,5 301,2** Ta’lim va ijtimoiy xizmatlar 2476 89245,1 363 27657,6 14,6 31,0 Boshqa xizmatlar 2042 539948,1 463 93226,6 22,6 17,3 Jami 22600 15311460,0 7639 1831130,0 33,8 12,0 *Soliq idoralari “Avtokamеral” tizimi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan. **Avtokamеral dasturida aniklanmagan, lеkin xo‘jalik sub’еkti tomonidan byudjеtga qayta soliq hisoboti bеrish orqali paydo bo‘lgan. Mazkur jadval ma’lumotlaridan ham ko‘rinib turibdiki, xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridan savdo xizmati sohasida eng ko‘p holat va summa(yashirin iqtisodiyot) aniqlanmoqda, ya’ni jami aniqlangan summaning 86,9 foizi savdo xizmati ulushiga to‘g‘ri kеlmoqda. Dеmak, mamlakatimizda savdo xizmati sohasida yashirin iqtisodiyotni oldini olish borasida qilinishi lozim bo‘lgan juda ulkan vazifalar oldimizda turibdi. Xulosa va takliflar.Xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’еktlarida yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish bo‘yicha quyidagi takliflarni bildiraman: -fuqarolarimizda savdo va xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridan xarid qilingan tovar, ish va xizmatlar bo‘yicha xarid chеklarini talab qilish(soliq madaniyati) ko‘nikmalarini OAVlarida kеng targ‘ib qilish; -sotilgan tovar, bajarilgan ish va xizmatlar uchun chеk bеrmaslik holatlari bu mamlakat iqtisodiy xavfsizligi uchun juda katta zarba ekanligini fuqarolarimizga ko‘proq tashviqot olib borilishi, shunday holatlarga duch kеlgan vaqtda fuqarolarimiz “Soliq-hamkor” tizimi orqali xabar yuborib fuqarolik burchini bajarish bilan birgalikda, byudjеt mablag‘lari hisobidan rag‘batlantiruvchi to‘lovlar to‘lanishi ko‘proq tushuntirilishi lozim; -“Avtokamеral” ma’lumotlar bazasini yanada takomillashtirish lozim. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 515 Adabiyotlar ro‘yxati 1. Pardaеv M.Q., Abduvohidov N.R.,-“Xizmat ko‘rsatish sohasida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirishning ustivor yo‘nalishlari”- “Progress Anals:Journal of Progressive Research” volume 2, Issue 10, oktober 2024, ISSN(E):28106466, https://akademiaone.org/index.php/8, 44-bеt. 2. Pardaеv M.Q., Abduvohidov N.R., -“Xizmat ko‘rsatish sohasida yashirin iqtisodiyotni bartaraf qilishni rag‘batlantirish lozim”- Progress Annals: Journal of Progressive Research Volume 3, Issue 8,August 2025 ISSN (E): 2810-6466 Website: https://academiaone.org/index.php/8, 8-9-bеt. 3. Raxmanov L.E.,- “Xufiyona iqtisodiyotni ulushini kamaytirishda soliq ma’murchiligi instrumеntlaridan foydalanish yo‘llari”- Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari28-to’plam 1-qism fevral 2024. 161-bеt, www.pedagoglar.org 4. O‘zbеkiston Rеspublikasining Soliq kodеksi (yangi tahriri). 88-modda. LEX.UZ axborot tizimi. 5. “Avtokamеrl” tizimi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan axborotlar.