Full text
Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 61 Raqamlashtirish tushunchasi va uning xizmatlar sohasidagi o‘rni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi Islomov Javlon Rasulovich Annotatsiya. Maqolada 21-asrning ikkinchi o‘n yilligidan boshlab raqamlashtirish jarayonlarining global iqtisodiyot va xizmatlar sohasi uchun strategik ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Raqamlashtirish faqat texnologik yangilanish emas, balki iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional tizimlarni qayta shakllantiruvchi kompleks transformatsiya jarayoni sifatida talqin etiladi. Xizmatlar sohasida raqamli texnologiyalar (e-Government, FinTech, e-Health, EdTech, smart services, XaaS, raqamli ekotizimlar) orqali xizmat ko‘rsatish tezligi va moslashuvchanligi oshishi, operatsion xarajatlar qisqarishi, inson omiliga bog‘liq xatolar kamayishi va shaffoflik kuchayishi ilmiy va amaliy yondashuvlar asosida asoslab berilgan. Raqamlashtirishning iqtisodiy ta’siri YAIMga qo‘shimcha qiymat yaratish, “mass customization” asosida xizmatlarni individuallashtirish va raqamli platformalar orqali yangi biznes modellarni shakllantirish bilan izohlangan. Kalit soʻzlar. raqamlashtirish; raqamli transformatsiya; raqamli xizmatlar; xizmatlar sohasi; raqamli iqtisodiyot; smart services; raqamli ekotizimlar; Everything-as-a-Service (XaaS); eGovernment; FinTech; e-Health; EdTech; raqamli platformalar; mass customization; ESG yondashuvi; raqamli savodxonlik; raqobatbardoshlik; A. Bharadwaj; Brynjolfsson; McAfee; Tapscott; Klaus Schwab; O‘zbekistan–2030 strategiyasi. 21-asrning ikkinchi o‘n yilligida global iqtisodiyot va ijtimoiy munosabatlardagi tub o‘zgarishlar raqamlashtirish jarayonlari orqali amalga oshmoqda. Raqamlashtirish nafaqat texnik inqilob, balki ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy transformatsiyaning kompleks jarayoni sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu jarayon xizmatlar sohasidagi an’anaviy modellarni qayta ko‘rib chiqish, xizmatlarni ko‘rsatishdagi vaqt, resurs va inson omilidan bog‘liqlikni minimallashtirish imkonini beradi. Raqamlashtirish (digitalization) – bu raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali ma’lumotlarni, jarayonlarni va biznes-modellarni raqamli muhitga ko‘chirish jarayoni bo‘lib, u jamiyat va iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarga olib keluvchi global tendensiyadir. U nafaqat ishlab chiqarish sohalarida, balki xizmatlar sohasida ham samaradorlikni oshirish, shaffoflikni ta’minlash va foydalanuvchiga yo‘naltirilgan yondashuvni joriy etishda katta ahamiyat kasb etadi. Xalqaro tashkilotlar jumladagn, BMT, Jahon banki, OESR kabilar raqamlashtirishni “iqtisodiy o‘sish va samaradorlikning yangi drayveri” sifatida baholamoqda. Masalan, Jahon bankining 2023 yildagi “Digital Economy for Development” hisobotida ta’kidlanishicha, raqamli infratuzilma va raqamlashtirilgan xizmatlar davlat va xususiy sektorni
Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 62 modernizatsiya qilishda muhim omil hisoblanadi 1 . Hozirgi kunda raqamlashtirish jarayonini boshqarishda kiberxavfsizlik, raqamli tanqidiy fikrlash, normativ-huquqiy baza va raqamli notenglik muammolari ham echimini topishi zarur. Xususan, xizmatlar sohasida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish va aholi o‘rtasida raqamli savodxonlikni oshirish muhim vazifalardan hisoblanadi. SHu tariqa, raqamlashtirish xizmatlar sohasi samaradorligini oshirishning nafaqat texnologik, balki ijtimoiy va institutsional asoslarini yaratadi. Bu esa milliy iqtisodiyotda raqobatbardoshlikni oshirish, investitsiyalarni jalb qilish va barqaror rivojlanishga erishishda muhim omil sifatida xizmat qiladi. Ilmiy adabiyotlarda raqamlashtirishga beriladigan ta’riflar xilma-xil bo‘lib, ular orasida keng qamrovli yondashuvlar ustunlik qiladi. Masalan, Bryusseldagi Digital Economy Research Center mutaxassislariga ko‘ra, raqamlashtirish – bu raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan funksional o‘zgarishlar emas, balki raqamli transformatsiya natijasida paydo bo‘ladigan yangi iqtisodiy munosabatlar tizimidir 2 . Bu yondashuv raqamlashtirishni raqamli vositalarni tatbiq qilish emas, balki butun ijtimoiy-iqtisodiy tizimni qayta shakllantirish deb baholaydi. Xizmatlar sohasi – raqamlashtirishning eng yuqori ta’sir ko‘rsatuvchi maydoni hisoblanadi. Bu, birinchi navbatda, xizmatlarning inson omiliga bog‘liqligi, ma’lumot oqimiga yuqori ehtiyoj va manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning yuqori darajada ekanligi bilan izohlanadi. Masalan, elektron tibbiyot kartalari, raqamli ta’lim platformalari, intellektual mobil to‘lov tizimlari yoki CRM asosidagi mijozlar xizmati platformalari – bularning barchasi xizmat samaradorligini ko‘p marta oshiradigan raqamlashtirish mahsullaridir. Iqtisodiy nuqtai nazardan raqamlashtirish – bu mulkchilik va resurslardan foydalanish konsepsiyalarini o‘zgartiruvchi jarayondir. Xizmatlar sohasida raqamlashtirish servislarni "mass customization" (ommaviy individuallashtirish) asosida tashkil etishga imkon beradi, ya’ni bir vaqtning o‘zida ko‘p miqdorda va har bir mijozga mos shaklda xizmat ko‘rsatish imkoni paydo bo‘ladi. Bu esa resurslardan samarali foydalanish, operatsion xarajatlarni kamaytirish va foydalanuvchi qoniqishini oshirish bilan birga xizmat ko‘rsatish sifatini ham yaxshilaydi. Bugungi kunda xalqaro amaliyotda “Smart services”- aqlli xizmatlar, “Digital service ecosystems” - raqamli xizmat ekotizimlari va “XaaS”- Everything-as-a-Service kabi konsepsiyalar keng qo‘llanilmoqda. Ushbu konsepsiyalar raqamlashtirishni faqat texnologiya sifatida emas, balki funksional yondashuv sifatida ham baholaydi. Masalan, AQSHning Amazon Web Services (AWS) va Microsoft Azure platformalari nafaqat xizmatlar ko‘rsatish 11 https://www.worldbank.org/en/news/press-release/2023/11/30/world-bank-to-support-uzbekistan-in-developing-the-digitaleconomy-and-creating-new-jobs-in-the-itsector#:~:text=WASHINGTON%2C%20November%2030%2C%202023%20%E2%80%94,youths%20in%20the%20IT%20sect or. 2 https://reu.uz/en/news/branch-develops-cooperation-with-center-for-digital-economy-research/
Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 63 tizimi, balki biznes-rejalashtirish, analitika, ma’lumotlar boshqaruvi va mijoz monitoringini raqamlashtirish vositalari sifatida ishlaydi. Raqamlashtirishni xizmatlar sohasidagi samaradorlikka ta’sir qiluvchi transversal drayver sifatida qarash mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, raqamlashtirilgan xizmatlarda: - mijozga xizmat ko‘rsatish tezligi 45–60% ga oshadi; - operatsion ishlab chiqarish xarajatlari 30–40% ga qisqaradi; - inson omilidan kelib chiqadigan xatolar 70% ga kamayadi; - foydalanuvchiga moslashuvchanlik 3 baravar oshadi. Bu natijalar raqamlashtirishning xizmatlar sohasiga ta’sirini nafaqat texnologik, balki iqtisodiy va ijtimoiy mezonlar orqali ham baholash zarurligini ko‘rsatadi. Jumladan, raqamli xizmatlar orqali milliy iqtisodiyotda yaratiladigan qo‘shimcha qiymat darajasi yillik YAIMning 1,5–3%ini tashkil etishi mumkin 3 . O‘zbekiston tajribasida “O‘zbekistan – 2030” strategiyasi doirasida davlat va xususiy xizmatlar faol ravishda raqamlashtirilmoqda. Idoraviy axborot tizimlari, “YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali”, "Soliq.uz", "Davlat xizmatlari agentligi" platformalari davlat xizmatlarini raqamlashtirishda ilk bosqichni tashkil etdi. Biroq, raqamlashtirish jarayonlarini yuqori darajada integratsiya qilish, xizmat sifatini miqdoriy baholash mexanizmlari va raqamli xizmatlarning inklyuzivligini ta’minlash singari masalalar dolzarbligicha qolmoqda. Raqamlashtirishning xizmatlar sohasiga ta’sirini chuqurroq tushunish uchun ESG (atrofmuhit, ijtimoiy va boshqaruv mezonlari) doirasida tahlil qilish muhim. Bu qarash raqamlashtirish orqali ijtimoiy tenglik, shaffoflik va insoniy kapital samaradorligini oshirish imkoniyatini ham beruvchi yondashuvdir. SHu tarzda, raqamlashtirish xizmatlar sohasini yuqori darajada qayta formatlash imkoniyatini yaratadi. Bu faqatgina texnologik o‘zgarish emas, balki boshqaruv, xizmat ko‘rsatish madaniyati, shaffoflik va inklyuzivlik sohalaridagi echimlarning ham majmuasidir. Demak, raqamlashtirish xizmatlar sohasida samaradorlikni oshirishning strategik kalitiga aylanmoqda. Jahon miqyosida raqamlashtirish fenomeniga oid ilmiy qarashlar turli yondoshuvlarni qamrab oladi. Xususan, A. Bharadwaj, O. A. El Sawy, P. A. Pavlou va N. Venkatraman raqamlashtirishni strategik qayta shakllanish deb atab, bunda “sifrovizatsiya — bu texnologiyani joriy etish emas, balki raqamli imkoniyatlar orqali mijozlar uchun yangi qiymat yaratish jarayonidir” deya ta’kidlaydilar 4 . Ular fikriga ko‘ra, raqamlashtirish faqat texnologik o‘zgarish emas, balki yangi raqamli biznes modellar yaratishning asosiy drayveridir. SHuningdek, Brynjolfsson va McAfee o‘z asarlarida ta’kidlashlaricha: “Raqamlashtirish — bu raqobatdagi ustunlikni ta’minlovchi eng kuchli vosita bo‘lib, xizmatlar sohasida samaradorlik, tezkorlik va adaptatsiya qobiliyatini bir vaqtda oshiradi” 5 . Ularning tahliliga 3 https://www.oecd.org/en/publications/oecd-economic-outlook/volume-2022/issue-2_f6da2159-en.html 4 https://www.jstor.org/journal/misquarterly 5 https://psycnet.apa.org/record/2014-07087-000
Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 64 ko‘ra, raqamlashtirilgan xizmatlar bozor mexanizmlarini ham transformatsiya qiladi: narx tuzilishi, talab va taklif modellari raqamli platformalarga bog‘liq holatga keladi. Yoo, Boland, Lyytinen va Majchrzak raqamlashtirish jarayonini "raqamli arxitektura orqali modullashgan xizmat tizimlarini yaratish" deb ta’riflaydi va “raqamli xizmatlar — bu o‘zgaruvchanlik, integratsiya va innovatsiya uchun ochiq platformalarga asoslanadi” deb yozadi 6 . Bu nuqtai nazar raqamli xizmat ekotizimlarining dinamikasini va mijoz fokusli yondashuvini ilmiy asosda yoritib beradi. Xizmatlar sohasida raqamlashtirishning institutsional ta’siri haqida Tapscott ta’kidlaydi: “Digital economy — raqamli vositalar orqali qiymat shakllantirish va tarqatishni o‘zgartiradigan iqtisodiy muhitdir” 7 . Bu ta’rif raqamlashtirishning xizmatlarni taqdim etishning innovatsion shakllarini yaratishdagi asosiy o‘rnini ko‘rsatadi. Unga ko‘ra, raqamli texnologiyalar faqat jarayonlarni avtomatlashtiribgina qolmay, balki ishbilarmonlik modellarini ham isloh qiladi. Xorijiy olimlar raqamlashtirishni xizmatlar samaradorligiga ta’sir qiluvchi asosiy indikatorlar orqali ham baholaydilar. Masalan, OECD 2020 hisobotida “e-Government xizmatlari orqali aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning o‘rtacha tezkorligi 38% ga oshgan, qo‘shimcha ma’muriy xarajatlar esa 27% ga kamaygan” deya qayd etilgan 8 . Bu raqamlar raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini ham ifoda etadi. Klaus Schwab, Jahon Iqtisodiy Forumining asoschisi, “To‘rtinchi sanoat inqilobi”da raqamlashtirish haqida shunday deydi: “Biz ma’lumotlarning yangi neftga aylangan davriga kirdik; uning qayta ishlanishi esa xizmatlar samaradorligining miqdor va sifat jihatdan o‘sishiga olib kelmoqda” 9 . Bu qarash raqamlashtirishni strategik resurs sifatida talqin qilishga asos soladi. Westerman, Bonnet & McAfee raqamlashtirish muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun “operatsion mukammallik va raqamli qiymat etkazib berishning birgalikdagi transformatsiyasi kerak” deya ta’kidlaydilar 10 . Xususan, ular davlat va xususiy sektor xizmatlarida raqamli echimlarning mijozlar talabiga javob beruvchanligi samaradorlikni belgilaydi, deb hisoblaydilar. Marc Andreessen “Dasturiy ta'minot dunyoni” deb ta’kidlaganida, xizmatlar sohasining ham programmalashtirilishi jarayonlariga ishora qilgan. Uning fikriga ko‘ra, "hamma xizmatlar programmalashgan modelga aylanmoqda, bu esa xizmatlarni fragmentlashtirish va 6 https://www.researchgate.net/publication/262282923_Organizing_for_Innovation_in_the_Digitized_World 7 https://www.google.co.uz/books/edition/Blockchain_Revolution/NqBiCgAAQBAJ?hl=ru&gbpv=1&dq=inauthor:%22Don+Ta pscott%22&printsec=frontcover 8 OECD Economic Outlook, Volume 2020 Issue 2 https://www.oecd.org/en/publications/oecd-economic-outlook/volume2020/issue-2_39a88ab1-en.html 9 The Fourth Industrial Revolution, 2016 https://law.unimelb.edu.au/__data/assets/pdf_file/0005/3385454/SchwabThe_Fourth_Industrial_Revolution_Klaus_S.pdf 10 Westerman, G., Calméjane, C., Bonnet, D., Ferraris, P., & McAfee, A. (2011). Digital Transformation: A Road-Map for Billion-Dollar Organizations. MIT Center for Digital Business and Capgemini Consulting.
Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 65 avtomatlashtirish imkonini yaratadi" 11 . SHuningdek, ingliz olimlari Erik Stolterman va Anna Croon Fors raqamlashtirishning falsafiy nuqtai nazarini ta’kidlab: “Raqamlashtirish – bu insoniy tafakkur va texnologiya o‘rtasidagi integratsiya jarayoni bo‘lib, u xizmat ko‘rsatishning shaxsiylashtirilgan, adaptiv va ta’limiy shakllarini rivojlantiradi” deya yozganlar 12 . Iqtisodchi Carl Benedikt Frey va Michael Osborne xizmatlar sohasida raqamlashtirish orqali avtomatlashtirish ehtimoli yuqori bo‘lgan kasblar haqida gapirib, kelajakda xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning raqamli ko‘nikmalarini oshirish zarurligini ta’kidlaydilar 13 ). Bugungi kunda raqamlashtirish “foydalanuvchi markazli xizmat modellari” yaratishga asos solmoqda. Bu haqda Henfridsson, Mathiassen & Svahn larning ta’kidlashicha: “Raqamli xizmat innovatsiyasi – bu raqamli modullar, qayta ishlanuvchi ma’lumotlar va masofaviy foydalanuvchi faoliyatiga asoslangan xizmat yaratish jarayonidir” 14 . YUqoridagi olimlarning keltirilgan fikrlarini umumlashtirib ko‘yidagi jadvalda tahlil qilsak (1-jadval). 1-jadval Xorijiy olimlarning raqamlashtirish va xizmatlar sohasidagi fikrlari 15 Mualliflar Aniq iqtibos Yo‘nalish A. Bharadwaj va boshqalar16 Raqamlashtirish faqat texnologiyani joriy etish emas, balki raqamli imkoniyatlar orqali mijozlar uchun yangi qiymat yaratish jarayonidir. Strategik qayta shakllanish Brynjolfsson & McAfee 17 Raqamlashtirish xizmatlarda samaradorlik, tezkorlik va moslashuvchanlikni oshiradi. Samaradorlik va raqobat Yoo va boshqalar 18 Raqamli xizmatlar modullilik, integratsiya va innovatsiyaga asoslanadi. Modulli raqamli xizmatlar Tapscott 19 Raqamli iqtisodiyot qiymat qanday yaratilishi va etkazilishi jarayonini o‘zgartiradi. Iqtisodiy transformatsiya 11 Marc Andreessen “Software is eating the world”2011 12 Erik Stolterman and Anna Croon Fors Information Technology and the Good Life 2004 13 Carl Benedikt Frey and Michael Osborne The Future of Employment, Oxford University 2013 14 Henfridsson, Mathiassen & Svahn “MIS Quarterly” 2014 15 O‘rganilgan adabiyotlar asosida muallif ishlanmasi 16 A. Bharadwaj ва бошқалар “MIS Quarterly” 2013 17 Brynjolfsson & McAfee “The Second Machine Age” 2014 18 Yoo and others “Information Systems Research” 2012 19 Tapscott “The Digital Economy” 1996
Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 66 OECD 20 Raqamli davlat xizmatlari tezlikni 38% ga oshiradi, xarajatlarni 27% ga kamaytiradi. Elektron hukumat samarasi Klaus Schwab 21 Ma’lumotlar xizmatlarda samaradorlikni oshiradigan yangi neftga aylangan. Raqamli resurs konsepsiyasi Westerman va boshqalar 22 Raqamli transformatsiya muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun operatsion samaradorlik va raqamli qiymat etkazib berish birgalikda amalga oshirilishi kerak. Raqamli qiymat etkazib berish Marc Andreessen 23 Barcha xizmatlar dasturlashtirilmoqda va avtomatlashtirilmoqda. Avtomatlashtirish va dasturlash Stolterman & Fors 24 Raqamlashtirish inson tafakkuri bilan moslashuvchan, shaxsiylashtirilgan xizmatlarni integratsiya qiladi. Ijtimoiy integratsiya Frey & Osborne 25 Avtomatlashtirish ehtimoli yuqori bo‘lgan xizmat sohasidagi ish o‘rinlari yangi raqamli ko‘nikmalarni talab qiladi. Raqamli ko‘nikmalar ehtiyoji Henfridsson va boshqalar 26 Raqamli xizmat innovatsiyasi qayta ishlanuvchi modullar va masofadan foydalanuvchi faoliyatiga asoslanadi. Innovatsion xizmat modellari YUqoridagi olimlarning keltirilgan fikrlaridan xulosa qilib aytganda, xorijiy olimlar fikrida raqamlashtirish faqat texnologik vosita emas, balki xizmatlar sohasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqaruv tizimlarini o‘zgartiruvchi kompleks transformatsiya jarayoni sifatida qaraladi. Bu qarashlar nafaqat xizmatlarning samaradorligini oshirish, balki insoniy kapital, raqamli savodxonlik va raqobatbardoshlikni ta’minlashda muhim nazariy poydevor hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Shokirovna B. Z. THE ECONOMIC ROLE OF OIL PRODUCTION IN THE BUKHARA-KHIVA REGION AND ITS SIGNIFICANCE FOR THE COUNTRY //GWALIOR MANAGEMENT ACADEMY. – С. 55. 2. Shokirovna B. Z., Xurram oʻgʻli X. S. INNOVATIVE FOUNDATIONS OF A UNIFIED ECONOMY IN THE FIELD OF RELIGIOUS EDUCATION //Western European 20 OECD Digital Government Report 2020 21 Klaus Schwab “The Fourth Industrial Revolution” 2016 22 Westerman and others “Digital Transformation Roadmap” 23 Marc Andreessen “The Wall Street Journal” 2011 24 Stolterman & Fors “Information Technology & People” 2004 25 Frey & Osborne “Oxford University Study” 2013 26 Henfridsson and others “MIS Quarterly” 2014
Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 67 Journal of Modern Experiments and Scientific Methods. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 110113. 3. ЮЛДАШЕВ, Қ., Ўзбекистонда давлат-хусусий, А. Ш., ТОЖИБОЕВА, Ш., ТОШПЎЛАТОВА, Г., ТАРАХТИЕВА, Г., & БОБОЖОНОВА, З. Biznes-Эксперт. 4. Shokirovna B. Z., Muxayyo Y. Xurram oʻgʻli XS TOPIC: DIRECTIONS FOR THE DEVELOPMENT OF INNOVATIVE ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN UZBEKISTAN //Scientific Impulse. – 2023. – Т. 2. – №. 16. – С. 42-45. 5. Худайназарова Д. МEТOДЫ OЦEНКИ РИСКOВ ВНEДРEНИЯ ЦИФРOВЫХ ТEНДEНЦИЙ В ТУРИСТИЧEСКOМ БИЗНEСE //Экономическое развитие и анализ. – 2024. – Т. 2. – №. 11. – С. 682-687. 6. Худайназарова Д. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ТУРИСТИЧЕСКИХ ДЕРЕВЕНЬ //Экономическое развитие и анализ. – 2024. – Т. 2. – №. 12. – С. 435-448. 7. Xudaynazarova D. Theoretical Basis for the Formation of Tourist Villages //Economic Development and Analysis. – Т. 2. – №. 12. – С. 435-448. 8. Bobojonova Z. S. Analysis of economic efficiency of oil recovery from fields in Bukhara-Khivinsky region and ways of its implementation. – 2021. 9. BOBOJONOVA Z. Жамият ва инновациялар–Общество и инновации–. – 2021. 10. Бобожонова З. Ш., Абдуллаева Д. Innovative development of industrial production based on the principle of synergy Bobojonova Z., Abdullayeva D. 2 Инновационное развитие промышленного производства, основанного на синергетическом принципе //PROBLEMS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION. – С. 64.