scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Raqamlashtirish tushunchasining Markaziy Osiyoda talqin etilishi va uning xizmatlar sohasidagi o'rni

Islomov Javlon Rasulovich

Abstract

Maqolada Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekiston sharoitida raqamlashtirish jarayonlarining xizmatlar sohasi rivojlanishiga ko‘rsatgan institutsional, ijtimoiy va iqtisodiy ta’siri mahalliy olimlar ilmiy qarashlari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot YUsupov SH., Boboxodjaev N., YUldoshev A., Abdusattorov F., Safarov I., Raximov B., Qurbonova S. kabi o‘zbek olimlari hamda Tojikistonlik M. YUsufzoda va Qirg‘izistonlik D. Esenovlarning xizmatlar sektorida raqamli transformatsiyaning mazmun-mohiyati haqidagi ilmiy nuqtai nazarlarini qamrab oladi. Ularning fikrlariga ko‘ra, raqamlashtirish xizmatlarning funksional tavsiflarini qayta belgilash, institutsional muhitni optimallashtirish, xizmat sifati, tezkorlik va shaffoflikni sezilarli oshirish bilan birga, davlat boshqaruvi, ta’lim, tibbiyot va moliya xizmatlarida yangi kommunikatsion mexanizmlar yaratadi. Tadqiqot shuningdek, raqamlashtirilgan xizmatlarning jamoatchilik nazorati, korrupsiyani kamaytirish, ijtimoiy tenglikni ta’minlash va inson kapitalini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini ilmiy asoslarda yoritadi. Umumlashtirilgan xulosaga ko‘ra, Markaziy Osiyo olimlarining qarashlarida raqamlashtirish xizmatlar sektorida samaradorlikni oshiruvchi texnologik jarayon bo‘lish bilan birga, keng qamrovli strategik, ijtimoiy va boshqaruv funksiyalarini birlashtiruvchi transformatsion mexanizm sifatida talqin qilinadi.

Full text

Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 68 Raqamlashtirish tushunchasining Markaziy Osiyoda talqin etilishi va uning xizmatlar sohasidagi o‘rni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi Islomov Javlon Rasulovich Annotatsiya. Maqolada Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekiston sharoitida raqamlashtirish jarayonlarining xizmatlar sohasi rivojlanishiga ko‘rsatgan institutsional, ijtimoiy va iqtisodiy ta’siri mahalliy olimlar ilmiy qarashlari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot YUsupov SH., Boboxodjaev N., YUldoshev A., Abdusattorov F., Safarov I., Raximov B., Qurbonova S. kabi o‘zbek olimlari hamda Tojikistonlik M. YUsufzoda va Qirg‘izistonlik D. Esenovlarning xizmatlar sektorida raqamli transformatsiyaning mazmun-mohiyati haqidagi ilmiy nuqtai nazarlarini qamrab oladi. Ularning fikrlariga ko‘ra, raqamlashtirish xizmatlarning funksional tavsiflarini qayta belgilash, institutsional muhitni optimallashtirish, xizmat sifati, tezkorlik va shaffoflikni sezilarli oshirish bilan birga, davlat boshqaruvi, ta’lim, tibbiyot va moliya xizmatlarida yangi kommunikatsion mexanizmlar yaratadi. Tadqiqot shuningdek, raqamlashtirilgan xizmatlarning jamoatchilik nazorati, korrupsiyani kamaytirish, ijtimoiy tenglikni ta’minlash va inson kapitalini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini ilmiy asoslarda yoritadi. Umumlashtirilgan xulosaga ko‘ra, Markaziy Osiyo olimlarining qarashlarida raqamlashtirish xizmatlar sektorida samaradorlikni oshiruvchi texnologik jarayon bo‘lish bilan birga, keng qamrovli strategik, ijtimoiy va boshqaruv funksiyalarini birlashtiruvchi transformatsion mexanizm sifatida talqin qilinadi. Kalit soʻzlar. Raqamlashtirish; raqamli transformatsiya; xizmatlar sohasi; institutsional islohotlar; raqamli iqtisodiyot; xizmat sifati; shaffoflik; jamoatchilik nazorati; raqamli davlat xizmatlari; inson kapitali; raqamli savodxonlik; Markaziy Osiyo; YUsupov SH.; Boboxodjaev N.; Abdusattorov F.; Safarov I.; Esenov D.; YUsufzoda M.; xizmatlar ekotizimi. Markaziy Osiyoda ham raqamlashtirish jarayonlari oxirgi o‘n yillikda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida shakllanib, xizmatlar sohasiga ham chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu jarayonga oid ilmiy tahlillar soni ham ortib bormoqda. Xususan, o‘zbek olimlari tomonidan raqamlashtirishning nazariy tushunchasi, uning iqtisodiy va institutsional jihatlari, hamda xizmatlar sohasidagi amaliy samaralari xususida bir qator ilmiy fikrlar ilgari surilgan. YUsupov SH o‘zining “Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida davlat xizmatlari samaradorligini oshirishning institutsional asoslari” mavzusidagi tadqiqotida shunday yozadi: “Raqamlashtirish xizmatlarning funksional tavsiflarini qayta ko‘rib chiqish, Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 69 ularning institutsional muhitida sifatli o‘zgarishlar qilish imkonini beradi” 1 . Bu fikr raqamlashtirishni faqat texnologik vosita emas, balki boshqaruv islohotlarining asosiy omili sifatida ko‘radi. N.Boboxodjaev va A.YUldoshevlar ham o‘z tadqiqotlarida raqamlashtirishning xizmatlar sohasiga ta’sirini keng ko‘lamda tahlil qilgan. Ular: “Xizmatlar sohasida raqamlashtirish orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifat, tezkorlik va shaffoflik darajasi keskin oshadi”deb ta’kidlaydilar 2 . Markaziy Osiyodagi etakchi tadqiqotchilardan biri bo‘lgan Islam Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professori Abdusattorov F. shunday ta’kidlaydi: “Raqamli texnologiyalar xizmatlar sohasida mijoz-hokimiyat munosabatlarini transformatsiya qiladi, bu esa jamoatchilik nazorati va natijaga yo‘naltirilgan boshqaruvni shakllantiradi” 3 . SHu bilan birga, Tojikistonlik tadqiqotchi M. YUsufzoda o‘z maqolasida raqamlashtirishning xizmatlar sohasidagi institutsional ta’siri haqida shunday yozadi: “Raqamlashtirilgan xizmatlar fuqarolar bilan davlat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlaydi, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi va korrupsiya xavfini kamaytiradi” 4 . Qirg‘iziston iqtisodchisi olim D. Esenov “Qirg‘izistonda raqamlashtirish va elektron hukumat platformalarining ta’siri” mavzusidagi tadqiqotida ta’kidlaydi: “Ta’lim, tibbiyot va bank xizmatlari raqamlashtirilgan holda aholiga etkazilganida, foydalanuvchi talabini tez anglash, real vaqtda ma’lumotlar almashish va individual yondashuv imkoni yaratiladi” 5 . O‘zbekistonda xizmatlar sohasida raqamlashtirish siyosatining amaliy natijalari to‘g‘risida I.Safarov quyidagicha yozadi: “YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali, my.gov.uz, axborotga bo‘lgan erkin kirish, hisobotlarni avtomatlashtirish, vaqtni tejash va adashmasdan xizmat turlarini olish imkoniyatini beradi” 6 . Raximov B raqamlashtirishni inson kapitaliga ta’siri nuqtai nazaridan tahlil qilib, shunday xulosa beradi: “Raqamlashtirilgan xizmatlar faqat avtomatlashtirish emas, balki kadrlar malakasi, raqamli savodxonlik va raqobatbardoshlikni oshiradigan kompleks vositadir” 7 . 1 Юсупов Ш “Иқтисодий тараққиёт ва таҳлил” журнали, 2021, №2 2 Н.Бобоходжаев ва А.Юлдошев. “Ўзбекистонда рақамли иқтисодиётнинг ривожланиш йўналишлари”, Тошкент, 2020 3 Ф. Абдусатторов “Иқтисодий муносабатлар” журнали, 2022, №3 4 М. Юсуфзода “Central Asian Economic Review”, Dushanbe, 2021 5 Д. Эсенов “Central Asian Economic Review”Бишкек, 2020 6 И.Сафаров “Хизматлар соҳаси иқтисодиёти”, 2021, №1 7 Рахимов Б. “Иқтисодий билимлар журнали”, 2023, №4 Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 70 Bundan tashqari, Samarqand davlat universiteti professori S.Qurbonova raqamlashtirishning ijtimoiy yondashuviga alohida e’tibor qaratadi: “Raqamli xizmatlar aholining ehtiyojlariga javob berish, ijtimoiy tenglikni ta’minlash va imkoniyatlar notengligini qisqartirish vositasiga aylanmoqda” 8 . SH.Bo‘rimuratova o‘zining “Xizmatlar sohasida raqamlashtirish jarayonlarini baholashning innovatsion uslublari” mavzusidagi ilmiy maqolasida shunday yozadi: “Xizmatlar samaradorligini baholashda KPI ko‘rsatkichlaridan tashqari, raqamli ko‘rsatkichlar, masalan, portal orqali xizmat olganlar ulushi, xizmat ko‘rsatish vaqti va qoniqish indeksi kabi mezonlar joriy qilinishi lozim” 9 . 1.2-jadval Markaziy Osiyo va O‘zbekiston olimlarining raqamlashtirish haqidagi fikrlari Mualliflar Iqtibos Yo‘nalish YUsupov SH. “Raqamlashtirish xizmatlarning funksional tavsiflarini qayta ko‘rib chiqish, ularning institutsional muhitida sifatli o‘zgarishlar qilish imkonini beradi.” Institutsional yondashuv Boboxodjaev N. va YUldoshev A. “Xizmatlar sohasida raqamlashtirish orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifat, tezkorlik va shaffoflik darajasi keskin oshadi.” Xizmat sifati va shaffoflik Abdusattorov F. “Raqamli texnologiyalar xizmatlar sohasida mijoz-hokimiyat munosabatlarini transformatsiya qiladi, bu esa jamoatchilik nazorati va natijaga yo‘naltirilgan boshqaruvni shakllantiradi.” Jamoatchilik nazorati M. YUsufzoda (Tojikiston) “Raqamlashtirilgan xizmatlar fuqarolar bilan davlat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlaydi, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi va korrupsiya xavfini kamaytiradi.” Ijtimoiy barqarorlik va ishonch D.Esenov (Qirg‘iziston) “Ta’lim, tibbiyot va bank xizmatlari raqamlashtirilgan holda aholiga Innovatsion xizmatlar 8 С.Қурбонова “Ўзбекистон ижтимоий-иқтисодий таҳлиллари”, 2022 9 Ш.Бўримуратова “Иқтисодиёт ва таълим ”ТДИУ, 2023 Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 71 etkazilganida, foydalanuvchi talabini tez anglash, real vaqtda ma’lumotlar almashish va individual yondashuv imkoni yaratadi.” Safarov I. “YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali, my.gov.uz, axborotga bo‘lgan erkin kirish, hisobotlarni avtomatlashtirish, vaqtni tejash va adashmasdan xizmat turlarini olish imkoniyatini beradi.” Davlat xizmatlarini ng raqamlashuv i Raximov B. “Raqamlashtirilgan xizmatlar faqat avtomatlashtirish emas, balki kadrlar malakasi, raqamli savodxonlik va raqobatbardoshlikni oshiradigan kompleks vositadir.” Inson kapitali va raqobatbardo shlik Qurbonova S. “Raqamli xizmatlar aholining ehtiyojlariga javob berish, ijtimoiy tenglikni ta’minlash va imkoniyatlar notengligini qisqartirish vositasiga aylanmoqda.” Ijtimoiy tenglik va raqamli adolat Bo‘rimuratova SH. “Xizmatlar samaradorligini baholashda KPI ko‘rsatkichlaridan tashqari, raqamli ko‘rsatkichlar, masalan, portal orqali xizmat olganlar ulushi, xizmat ko‘rsatish vaqti va qoniqish indeksi kabi mezonlar joriy qilinishi lozim.” Samaradorli kni baholash indikatorlari Markaziy Osiyo va O‘zbekiston olimlari fikrlariga qaralganda, raqamlashtirishning xizmatlar sohasiga ta’siri bir nechta darajada – texnologik, institutsional, ijtimoiy va strategik jihatdan namoyon bo‘ladi. Barcha olimlar fikrida umumiy jihat shuki, raqamlashtirish samaradorlik, shaffoflik, foydalanuvchiga moslik va tezkorlikni oshiradigan, shu bilan birga xizmat ko‘rsatishning yangi madaniyatini shakllantiradigan asosiy mexanizm sifatida qaralmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Shokirovna B. Z. THE ECONOMIC ROLE OF OIL PRODUCTION IN THE BUKHARA-KHIVA REGION AND ITS SIGNIFICANCE FOR THE COUNTRY //GWALIOR MANAGEMENT ACADEMY. – С. 55. 2. Shokirovna B. Z., Xurram oʻgʻli X. S. INNOVATIVE FOUNDATIONS OF A UNIFIED ECONOMY IN THE FIELD OF RELIGIOUS EDUCATION //Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 110113. Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 72 3. ЮЛДАШЕВ, Қ., Ўзбекистонда давлат-хусусий, А. Ш., ТОЖИБОЕВА, Ш., ТОШПЎЛАТОВА, Г., ТАРАХТИЕВА, Г., & БОБОЖОНОВА, З. Biznes-Эксперт. 4. Shokirovna B. Z., Muxayyo Y. Xurram oʻgʻli XS TOPIC: DIRECTIONS FOR THE DEVELOPMENT OF INNOVATIVE ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN UZBEKISTAN //Scientific Impulse. – 2023. – Т. 2. – №. 16. – С. 42-45. 5. Худайназарова Д. МEТOДЫ OЦEНКИ РИСКOВ ВНEДРEНИЯ ЦИФРOВЫХ ТEНДEНЦИЙ В ТУРИСТИЧEСКOМ БИЗНEСE //Экономическое развитие и анализ. – 2024. – Т. 2. – №. 11. – С. 682-687. 6. Худайназарова Д. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ТУРИСТИЧЕСКИХ ДЕРЕВЕНЬ //Экономическое развитие и анализ. – 2024. – Т. 2. – №. 12. – С. 435-448. 7. Xudaynazarova D. Theoretical Basis for the Formation of Tourist Villages //Economic Development and Analysis. – Т. 2. – №. 12. – С. 435-448. 8. Bobojonova Z. S. Analysis of economic efficiency of oil recovery from fields in Bukhara-Khivinsky region and ways of its implementation. – 2021. 9. BOBOJONOVA Z. Жамият ва инновациялар–Общество и инновации–. – 2021. 10. Бобожонова З. Ш., Абдуллаева Д. Innovative development of industrial production based on the principle of synergy Bobojonova Z., Abdullayeva D. 2 Инновационное развитие промышленного производства, основанного на синергетическом принципе //PROBLEMS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION. – С. 64.